Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

 
16.3. Jon R.Kommons qarashlari 
Kommons ijtimoiy-huquqiy institutsionalizm yo`nalishining asosiy 
vakili hisoblanadi. Uning asosiy g`oyalari amerika tredyunionizm mafkurasini 
ifodalaydi. Uning ta'limoti jamoat institutlari faoliyatini (oila, ishlab chiqarish 
korporatsiyasi, savdo birlashmalari, tredyunionlar, davlat va yuridik huquqiy 
munosabatlar) tadqiq etish bilan bog`liq. 
U mavjud tuzumni isloh va modernizatsiya qilishga intiladi, biznes tiz-
imini shunchalik samarali qilish kerakki, u o`zini o`zi saqlashga qodir bo`lsin, 
deydi u. Kommonsning asosiy g`oyalari "Kapitalizmning huquqiy asoslari" 
(1924), "Institutsional iqtisodiyot. Uning siyosiy iqtisoddagi o`rni" (1934), 
"Jamoa faoliyatining iqtisodiy nazariyasi" (1950) asarlarida o`z aksini topgan. 
Olimning iqtisodiy qarashlari iqtisodiyotda yuqori naf nazariyasi va 
yuridik konsepsiyalar to`g`risidagi qoidalarning o`zaro qorishmasidan iborat. 
Ishlab chiqarishni bir chekkaga surib, kapitalizmning mohiyati bozor munosa-
batlari bilan almashtiriladi, hozirgi sharoitda bu munosabatlar "odil bo`lmagan 
raqobat"ga olib kelmoqda. Kapitalizmning bu illatini to`g`rilash, almashuv 
munosabatlari odil bo`lishini ta'minlash, raqobat xavfini yo`qotish uchun davlat 
yuridik-qonuniy organlari vositasida hal etish mumkin, degan g`oya ilgari suri-
ladi. 
Kommons kapitalizmda sinflar mavjudligini inkor etadi. marksizmning 
sinfiy kurash nazariyasiga "sotsial nizo" (konflikt) ta'limotini qarshi qo`yadi, bu 
nizolar antagonistik xarakterga ega emas. Mutaxassislar bir-birlari bilan kurash-
ishi emas, hamkorlik qilishlari kerak. Paydo bo`ladigan nizolar esa jamiyat evo-
lutsiyasini harakatga keltiruvchi omildir. Nizolarni yechish jarayoni sotsial tar-
aqqiyotga yordam berishi zarur. 
Kommons nazariyasi kapitalizmni ba'zi islohotlar yo`li bilan yaxshilash 
usulini taklif etadi. Bu esa huquqiy, yuridik me'yorlarni takomillashtirish orqali 


287 
amalga oshiriladi. Ishchi va kapitalist o`rtasidagi munosabat jamiyatning teng 
huquqli a'zolari orasidagi yuridik bitim - kelishuv hisoblanadi, chunki ular 
ma'lum qonun-qoidalar asosida tuziladi. Bu kelishuv ishtirokchilari orasida ja-
miyatning muhim institutlari: oila, tadbirkorlar ittifoqi va hatto davlatning o`zi 
ham bo`lishi mumkin. "Kelishuv" uch momentni o`z ichiga oladi: nizo, o`zaro 
ta'sir, yechim. Yuridik va huquqiy vositalar bilan har qanday ichki qarama-
qarshilik, barcha konfliktlar o`z yechimini topishi mumkin. Jamiyatda ijtimoiy 
qarama-qarshiliklar kuchayishi konfliktlarni yuridik hal qilish mexanizmining 
kamchiliklari bilan belgilanadi. Iqtisodiy kategoriyalar shu kategoriyalarga oid 
yuridik munosabatlar shaklida namoyon bo`ladi. Kommons mulk shakllarini 
iqtisodiy munosabatlar shaklida tahlil etmaydi, ammo "Mulk tituli"ni yuridik 
shakl sifatida ko`radi. U mulkni uch ko`rinishga ajratadi: moddiy, nomoddiy 
(qarzlar va qarz majburiyatlari) va ko`rinmas (qimmatbaho qog`ozlar). 
Ko`rinmas mulk ko`pincha "mulk tituli bilan kelishuv" mazmuni bo`lib amalga 
oshadi. Shu sababli, Kommons tadqiqotlarining asosini qimmatbaho qog`ozlar - 
aksiya, obligatsiya va boshqalarni sotish operatsiyalari tashkil etadi. Ko`rinib 
turibdiki, bu olimning g`oyalarida birinchi o`rinda ishlab chiqarish emas, balki 
muomala sohasi turadi. Uch shakldagi sanoat kapitali o`rniga fiktiv (soxta) 
kapital olinadi, bu soha kapitalistik xo`jalikning mohiyati sifatida qaraladi.
U jamoat fikri bilan hisoblashuvchi va iqtisodiyotni monopoliyadan 
chiqarishni amalga oshiradigan hukumat tuzish zarurligiga ishongan. Iqtisodiy 
islohotlar doirasida davlat qonuniy qarorlari jamiyatdagi qarama-qarshilik va 
konfliktlarni tugata oladi, bunda ma'muriy kapitalizm bosqichiga o`tiladi. 
Yuqorida keltirilgan T.Veblen va J.Kommonslarning g`oyalari amalda, 
1929-1933 yy.dagi iqtisodiy inqiroz davrida AQSH prezidentining "yangi kurs" 
siyosatida amaliy tasdig`ini topdi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling