Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
XULOSA
X1X asrning 70-yillaridan boshlab iqtisodiy ta'limotlarda prinsipial yangi yo`nalish - marjinalizm g`oyalari ustundir, avalgi klassik maktab vakillarining fikrlari keskin tanqidga uchradi, chunki amaliy iqtisodiyotda o`zgarishlar ro`y berdi. XX asrning boshlarida esa neoklassik (ya'ni yangi klassik) g`oyalari shakllana boshladi, bu marjinalizm g`oyalari rivojining 2- bosqichi deb qaralishi mumkin. "Siyosiy iqtisod" dan ancha farq qiluvchi "Ekonomiks" tushunchasi kiritiladi va iqtisodiyotga yondoshuv keskin o`zgardi. Neoklassik yo`nalishning asosiy mafkurachisi A.Marshall hisoblanadi, u "Ekonomiks" iborasini birinchi bo`lib muomalaga kiritdi. Iqtisodiyot faning asosiy vazifasini "insoniyatning normal hayot faoliyati to`g`risidagi ta'limot" deb baholaydi. Klassik maktabning prinsipial g`oyalari himoya qilinadi (erkin baho, raqobat, davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi va b.), ammo unga marjinalistik qoidalar qo`llaniladi. qimmat va baho shakllanishi nihoyatda original ravishda ko`rsatib berilgan, "qaychi tig`i" effekti muhimdir. Talab va taklif chiziqlarining kesishgan joyida baho aniqlanishi, "Marshall xochi" nihoyatda katta ahamiyatga ega va hozir bu qoida doimo qo`llaniladi. "Iste'mol ortiqchaligi", mo`tadil baho, talabning elastikligi, "reprizentativ firma" to`g`risidagi g`oyalar fundamental ahamiyatga ega. Amerikalik J.B.Klarkning qarashlarida fanning asosiy predmeti "jamiyatning barcha daromadlarini turli shakldagi daromadlarga ajratishdan iborat" deb qaraladi. Fanni statika va dinamikaga ajratadi, "eng yuqori (chegaraviy) mehnat unumdorligi qonuni"ni kiritadi. Italiyalik V.Pareto iqtisodiyotda umumiy muvozanat muammolar tadqiqotiga e'tibor beradi. Matematik apparatdan unumli foydalanib, "befarqlik egri chizig`i" ni yaratdi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling