Abtning texnologik va prinsipial sxemalari asosida abt uchun funksional va struktura sxemalarini tuzish


Download 109.54 Kb.
bet1/2
Sana04.04.2023
Hajmi109.54 Kb.
#1328464
  1   2
Bog'liq
5 amaliyot


5 AMALIY MASHG’ULOT.
ABTNING TEXNOLOGIK VA PRINSIPIAL SXEMALARI ASOSIDA ABT UCHUN FUNKSIONAL VA STRUKTURA SXEMALARINI TUZISH.
Mashg’ulotning maqsadi: Avtomatik boshqarish tizimining texnologik va prinsipial sxemalarini o’rganish hamda avtomatik boshqarish tizimlari uchun funksional va struktura sxemalarini ishlab chiqish.
Umumiy ma’lumotlar
Avtomatik nazorat qilinadigan kattaliklar haqida tushuncha
Hozirgi davrda xalq xo’jaligi sohalarini avtomatlashtirish jarayonlarida 3000 dan ortiq fizik kattaliklar va texnologik ko’rsatkichlarni nazorat qilish kerak bo’ladi. Qishloq xo’jaligini avtomatlashtirishda barcha nazorat qilinadigan kattaliklar va ko’rsatkichlar asosan besh guruxga bo’linadi: teploenergetik ko’rsatkichlar; elektroenergetik ko’rsatkichlar; mexanik ko’rsatkichlar; kimyoviy tarkibi va bajariladigan vazifalariga qarab avtomatlashtirishni quyidagilarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik ximoya, avtomatik boshqarish, avtomatik rostlash.
Avtomatika elementlari va ularning asosiy ko’rsatkichlari
Avtomatika elementi deb o’lchanayotgan fizik kattalikni birlamchi o’zgartiruvchi moslamaga aytiladi. Avtomatika elementlari to’rt xil strukturaviy belgilanish sxemalaridan iborat bo’ladi:
a) oddiy bir martali (birlamchi) to’g’ridan-to’g’ri o’zgartirish;
b) ketma-ketli to’g’ridan-to’g’ri o’zgartirish;
v) differensial sxemali;
g) kompensatsion sxemali.
Oddiy o’lchash o’zgartirgichlari (a) bir dona elementdan tashkil topgan bo’ladi. Ketma-ketli o’zgartgichlarda esa (b) oldindagi o’zgartirgichning kirish ko’rsatgichi keyindagi o’zgartgichning chiqishi hisoblanadi.
Kompensatsion sxemali o’zgartirgichlar usuli esa yuqori aniqlik bilan ishlashi, universalligi hamda o’zgartirish koeffitsiyentining tashqi ta’sirlarga deyarli bog’lik emasligi bilan ajralib turadi. Avtomatika elementlari tizimning eng asosiy qismi bo’lib, quyidagi funksiyalardan birini bajaradi:
- nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni qulay ko’rinishdagi signalga o’zgartirish;
- bir energiya ko’rinishidagi signalni boshqa energiya ko’rinishdagi signalga o’zgartirish;
- signal tabiatini o’zgartirmasdan uning kattaliklarini o’zgartirish;
- signalning ko’rinishini o’zgartirish;
- signalning formasini o’zgartirish;
- mantiqiy operatsiyalarni bajarish;
- signallarni taqsimlash;
- signallarni saqlash;
- programmali signallarni hosil qilish;
- bevosita jarayonga ta’sir qiluvchi vositalar.
Avtomatika elementlarining funksiyalari xar hil bo’lganiga qaramay, ularning parametrlari umumiy hisoblanadi va ularga quyidagilar kiradi:

  • statik va dinamik rejimlardagi tavsifnomalari;

  • uzatish koeffitsiyenti;

  • xatolik (nostabillik);

  • sezgirlik chegarasi.

Xar bir avtomatika elementi uchun turg’unlashgan rejimda kirish X va chiqish signallari U orasida u=f(x) bog’liqlik mavjud. Ushbu bog’liqlik elementning statik tavsifnomasi deyiladi. Ko’rinish bo’yicha avtomatika elementlarining statik tavsifnomalari uch guruxga ajratiladi: a) chiziqli, b) uzluksiz nochiziqli, v) nochiziq uzlukli. Avtomatika elementining ishlash sharoitlari turg’unlashmagan, ya’ni X va U qiymatlari vaqt davomida o’zgarilayotgan payti dinamik rejim deyiladi. Chiqish qiymatining vaqt davomida o’zgarishi esa dinamik tavsifnomasi deyiladi.
Avtomatika elementlari ma’lum inersionlikka ega, ya’ni chiqish signali kirish signaliga nisbatan kechikishi bilan o’zgariladi. Elementlarning bu xususiyatlari avtomatik tizimining dinamik rejimidagi ishini aniqlaydi. Har bir elementning umumiy va asosiy xarakteristikasi uning o’zgartirish koeffitsiyenti, ya’ni element chiqish kattaligining kirish kattaligiga bo’lgan nisbatiga teng. Avtomatik tizimlarning elementlari miqdor va sifat o’zgartirishlarni bajaradi. Miqdor o’zgartirishlar kuchaytirish, stabillash va boshqa koeffitsiyentlarni nazarda tutadi. Sifat o’zgartirishda bir fizikaviy kattalik ikkinchisiga o’tadi. Bu holda o’zgartirish koeffitsiyenti element sezgirligi deyiladi.
Avtomatika elementining yana bir muhim tavsifnomasi – element chiqish kattaligining o’zgarishidan hosil bo’lgan o’zgartirish xatosidir. Bu xatoga sabab atrof-muhit xaroratining, ta’minlash kuchlanishining o’zgarishi va kabilar bo’lishi mumkin. Element xarakteristikalarining o’zgarishi natijasida paydo bo’ladigan hato nostabillik deb ataladi.
Kirish kattaligining element chiqishidagi signalini sezilarli darajada o’zgartirish qobiliyatiga ega bo’lgan qiymati sezgirlik chegarasi deyiladi. Avtomatika elementlari mustahkamlik bilan xam xarakterlanadi. Elementlarning sanoat ekspluatatsiyasida o’z parametrlarini yo’l qo’yiladigan chegarada saqlash qobiliyatiga mustahkamlik deb ataladi. Mustahkamlik elementni loyihalash vaqtida hisoblanadi va uni ishlab chiqarilgandan so’ng ekspluatatsiya jarayonida sinaladi.
U U U
















X X1 X X


a) b) v)
1- rasm. Avtomatika elementlarining statik tavsifnomalari.
a) - chiziqli Ks= Kg= const; b) - uzluksiz nochiziqli; KsKg const.
v)- nochiziq uzlukli KsKq const F

Download 109.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling