Abtning texnologik va prinsipial sxemalari asosida abt uchun funksional va struktura sxemalarini tuzish
Avtomatikaning boshqarish sxemalari
Download 109.54 Kb.
|
1 2
Bog'liq5 amaliyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- BE BQ IM
Avtomatikaning boshqarish sxemalari
Avtomatik tizimlar, elementlar va moslamalarning montaj, sozlash, rostlash, ekspluatatsiya qilish kabi ish jarayonlarni bajarish maqsadida avtomatik sxemalardan foydalinadi. Avtomatika sxemalari asosiy hujjat hisoblanadi va ular funksional, strukturaviy, prinsipial va montaj sxemalariga bo’linadi. Funksional sxemalar moslamalarni, elementlarni, vositalarni o’zaro bog’lanishlarini va xarakatlanishlarini ifodalaydi. Elementlar sxemada to’rtburchak shaklida belgilinadi, ularning orasidagi aloqalar esa strelkali chiziqlar bilan belgilanadi. Strelkaning yo’nalishi signalning o’tishini ko’rsatadi. BEBQ IMTEBU2- rasm. Avtomatikaning funksional sxemasi. TE - topshirish elementi; BK-boshqarish va qabul qilish elementi; IM - ijro mexanizmi; BE-boshqarish elementi; BU - birlamchi o’zgartirgich. Strukturaviy sxema avtomatik tizimni tashkiliy qismlarining o’zaro bog’lanishlarini ko’rsatib, ularning dinamik xususiyatlarini tavsiflaydi. Strukturaviy sxemalar funksional va prinsipial sxemalar asosida ishlanadi. Strukturaviy sxemada aniq vosita, rostlagich, element ko’rsatilmasdan, balki o’tayotgan fizikaviy jarayonning matematik modeli ko’rsatiladi. Strukturaviy sxemada elementlar to’rtburchak shaklida ifodalanadi va ularning ichida elementning matematik modeli yoziladi. W3W1 W2W43 - rasm. Avtomatikaning strukturaviy sxemasi. Prinsipial sxemalar elementlarning o’zaro elektrik ulanishlarni ifodalaydi. Ushbu sxemada avtomatika elementlari davlat standartlariga binoan belgilanadi. Prinsipial sxemadagi shartli belgilar butun mosmlamani, tizimning ish prinsipini tushunishga yordam beradi. 4- rasm. Avtomatikaning prinsipial sxemasi. Nazorat savollari: Avtomatika elementi deb nimaga aytiladi? Avtomatik sxemalarning qanday turlari bor? Avtomatika elementlarining sezgirlik va mustahkamlik chegaralari haqida nimalarni bilasiz. Download 109.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling