Iqtisodiy ta'limotlar
J.B.Klarkning iqtisodiy ta'limoti
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
15.2. J.B.Klarkning iqtisodiy ta'limoti
(1847-1938) marjinalizmning "amerika maktabi" vakili bo`lib, XIX asr oxirida iqtisodiy ta'limotlarda ne- oklassik yo`nalish shakllanishiga muhim xissa qo`shdi. AQSHda tug`ilgan bo`lajak olim keyinchalik Yevropa universitetlarida ta'lim oldi, Karl Knis (Ger- maniyada "Tarixiy maktab" asoschilaridan biri) uning ustozi bo`lgan. AQSHga qaytgach o`qituvchilik qildi, T.Veblen uning qo`lida ta'lim olgan ekan. Klark Amerika iqtisodiy assotsiatsiyasining tashkilotchisi edi va 1893-1895 yy. Uning uchinchi pre- zidenti bo`lgan. Uning asosiy asarlari: "Boylik falsafasi" (1886) va "Boylik taqsimoti" (1899). Bu asarlarda (ayniqsa 2-sida) iqtisodiyot fanining uch tabiiy bo`limlari, "ishlab chiqarish omillarining eng yuqori unumdorligi to`g`risidagi qonun" masalalarining yoritilishi muhimdir. Klarkning yozishicha, iqtisodiyot fanining predmeti jamiyatning barcha daromadlarini turli shakldagi daromadlarga ajratishdan iborat (ish haqi, foiz, foyda), bular o`z navbatida mos ravihda "ish bajarganligi uchun", "kapitalni berib turgani uchun" va "ish haqi va foizni koordinatsiya qilingani uchun" oli- nadi. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, bu daromadlar "sog` aql bilan" aniqlanganda. Ishlab chiqarish bilan shug`ullangan "insonlar sinfi"dan bironta odam bir-biriga da'vo qila olmaydi. Klark "eng yuqori ishchi", "ishning eng yuqori xarakteri", "eng yuqori naflik", "chegaraviy naflik", "eng yuqori unumdorlik" va boshqa marjinalistik kategoriyalar bilan ish yuritadi. U mikroiqtisodiy tahlilni to`laligicha ustuvor prinsip deb qabul qiladi. Robinzon hayotining iqtisodiy tadqiqotlarida qo`llanilishi o`z-o`zidan bo`lgan emas, chunki yakkalangan shaxs xo`jaligini boshqaruvchilar hozirgi davlat iqtisodiyotini boshqarishda davom etmoqdalar. "Ijtimoiy daromadlarni taqsimlash" ijtimoiy qonun bilan tartibga soli- nadi, bu qonun "eng mukammal erkin raqobat"da har bir ishlab chiqarish omilini u hosil qilgan boylik summasi bilan ta'min etishi mumkin. Albatta, bu boylik miqdoriy jihatdan inson farovonligini ta'minlashdagi manbalari che- Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling