Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

XULOSA 
 
XIX asrning 70-yillarida Avstriya maktabining shakllanishi iqtisodiyot 
fanida katta voqea bo`ldi. Uning nazariyotchilari fanda marjinalizm deb nom 
olgan iqtisodiy nazariyani ilmiy asoslab berdilar. Bu nazariya qoidalari klassik 
iqtisodiy maktabdan shu darajada farq qilardiki, u ayrim hollarda fandagi 
to`ntarish deb ham baholanadi. Yangicha yo`nalishni taklif qilgan iqtisodchilar 
tovarlar (ne'matlar) qimmatini unga bo`lgan subektiv munosabatlar bilan 
aniqladilar. Har qanday ne'matlar kishilarning talabini qanoatlantirishi 
darajasiga qarab, foydalilik kasb etishi mumkindir. "Foydalilik" va "qimmat" 
kategoriyalari o`rtasida o`zaro bog`liqlik mavjud bo`lib, har qanday ne'mat 
foydalidir, lekin u qimmatli bo`lmasligi ham mumkindir. Foydali bo`lgan 
ne'matlargina ma'lum darajada qimmatli bo`ladilar. Foydalilik va qimmatlik 
kategoriyalarini ajratib ko`rsatish bilan birga marjinalistlar qiymatning mehnat 
nazariyasini butunlay inkor etdilar. Ular bozorlardagi iqtisodiy ne'matlarning 
narxini unga sarf bo`lgan mehnat va ishlab chiqarish harajatlari bilan emas, 
balki iste'molchining subektiv ravishda bu ne'mat qimmatini belgilashida o`z 
o`rnini topadi, deb hisoblaydilar. "Eng yuqori foydalilik" nazariyasi o`ta 
subektivligi uchun tartibsizligi va to`la isbotlangan faktlardan keng 
foydalanganligi uchun ko`p marta haqli tanqid qilindi. Lekin hozirgi zamon 
iqtisodiy 
ta'limotlarida 
Avstriya 
maktabining 
g`oyalarida 
ayniqsa 
mikroekonomika bo`limida keng foydalanib kelinmoqda. Chunki bu 
nazariyaning ustun tomoni shu bilan belgilanadiki, unda nafaqat harajatlarning 
hisobi, balki ishlab chiqarish va muomalaning natijalari to`liq inobatga olinadi. 
Marjinalizm inqilobi to`g`risida gap borganda Avstriya maktabi qatori 
Lozanna maktabini ham alohida ta'kidlashimiz zarurdir. Bu maktab asoschilari 
marjinalistik g`oyalarni qo`llagan holda uning qisqa, ochiq va aniq matematik 
ifodasini topishga harakat qildilar. Valras foydalilik o`rniga noyoblik 
tushunchasini kiritdi va miqdor iste'molining kamayuvchi funksiyasini taklif 
etdi. Umumiy bozor muvozanati nazariyasini ishlab chiqdi va uning 
tenglamasini yaratdi, iqtisodiyot va matematikani bir-biriga chambarchas 
bog`ladi. Valras qonuni bo`yicha, bozor muvozanati sharoitida umumiy talab 
umumiy taklifga tengdir. Agar Valras bozor muvozanati masalasini qo`ygan va 
uning qachonlardir yechilishini bashorat qilgan bo`lsa, V.Pareto bu muammoni 
hal etishga muhim hissa qo`shdi va tartibli foydalilik tushunchasini kiritdi. 
V.Pareto optimal holati (eki Pareto optimumi) bu bozor ishtirokchilarining 
hammasi o`z foydasi uchun intilib, o`zaro manfaat va foydalar muvozanatiga 
erishmoqdalar. Shved olimi K.Viksell normal almashuv sharoitida ikkala 


268 
tomonning ham muvaffaqiyatga erishuvini isbotlab berdi. Ya'ni almashuvdan 
hamma manfaatdordir, degan g`oya ilgari suriladi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling