Iqtisodiy ta'limotlar


Avstriya maktabi. Subyektiv - psixologik yo`nalish


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

14.2. Avstriya maktabi. Subyektiv - psixologik yo`nalish 
XIX asrning 70-yillarida iqtisodiy ta'limotlarning 
nufuzli maktablaridan biri bo`lgan Avstriya maktabi 
vujudga keldi. Avstriya maktabini subektiv yoki 
subyektiv-psixologik maktab deb ham ataydilar. Uning 
mafkurachilari qo`llagan usul munosabati bilan unga 
mana shunday nom berilgan. 70-yillarda Avstriya mak-
tabining asoschisi K.Menger (1840-1921) bu g`oyani 
rivojlantirib, uni subektiv-psixologik maktabning asosiy 
nazariyasiga aylantirdi. Yevgeniy Byom-Baverk (1851-
1914), Fridrix Vizer (1851-1926) va boshqalar ham shu 
nazariyani ishlab chiqdilar. Avstriya maktabining konsepsiyalari K.Mengerning 
"Siyosiy iqtisod asoslari" (1871), F.Vizerning "Xo`jalik boyligining kelib chiqi-
shi va aso-siy qonunlari to`g`risida" (1884), Ye.Byom-Baverkning "Kapital va 
foyda" (1884-89), "Xo`jalik ne'matlari boyligi nazariyasining asoslari" (1886), 
"K.Marks nazariyasi va uning tanqidi" (1896) va boshqa 
asarlarida bayon etilgan, Avstriya maktabining ta'limoti 
Angliya, Germaniya, AQSH va Rossiyada hamda boshqa 
mamlakatlarda yoyildi. Bu ta'limot iqtisodiyot fanining 
shundan keyingi rivojiga katta ta'sir o`tkazdi. 
Avstriya maktabi iqtisodchilarining asarlarida 
avvalo siyosiy iqtisod predmeti, uning uslubiy negizlari 
va tadqiqot usuli to`g`risidagi ta'limot yanada ken-
gaytirildi. Menger va uning tarafdorlari ishlab chiqarish 
munosabatlarini, ishlab chiqarishning rivojini tartibga 
soluvchi iqtisodiy qonunlarni siyosiy iqtisod predmetiga 
kiritmas edilar. Ularning konsepsiyasiga ko`ra siyosiy iqtisod xo`jalik subyekti 
tajribasining butun xilma-xilligi bilan uni idrok etishni o`rganishi lozim edi. 
Byom-Baverkning da'vo qilishicha, siyosiy iqtisod subyekt hislarida iqtisodiy 
xodisalarni izohlaydigan ildizlarni izlashi kerak. Alohida xo`jalik tadqiqot 
obyekti qilib olinar va shu xo`jalik jamiyatning eng oddiy tipik elementi deb 
talqin qilinar edi. Jamiyatdan mutlaqo ajralgan shaxs - Robinzon xo`jaligi mana 
shunday xo`jalikning oliy maqsadi deb atalardi (D.Defoning asarini eslang). 
Avstriya maktabi kapitalistik xo`jalikni mana shunday eng oddiy elementlarn-
ing mexanik yig`indisi deb talqin etardi. Umuman, iqtisodiyot qonunlarini 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling