Nuqtali yo‘l datchiklarini prinsipial sxemasini o‘rganish


Download 108.75 Kb.
bet1/5
Sana26.01.2023
Hajmi108.75 Kb.
#1123330
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 Datchik


Nuqtali yo‘l datchiklarini prinsipial sxemasini o‘rganish


REJA

1. Datchiklar, ishlash prinsiplari, xususiyatlari


va tavsiflari
2. Temir yo’l avtomatika va telemexanika tizimlaridagi datchiklar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Datchiklar, ishlash prinsiplari, xususiyatlari


va tavsiflari


Avtomatika elementi deb, kirish x signalini chiqish u signaliga aylantirib beradigan eng oddiy avtomatik moslamaga aytiladi.
Kirish va chiqish bir nechta bo‘lishlari mumkin. Signallarni o‘zgartirish miqdoriy (sonli), sifatli yoki axborotli bo‘lishligi mumkin. Miqdoran o‘zgar-tirishda, x va y signallar bir xil o‘lchamga ega, ammo qo‘rsatkichlari (amplitu-da, chastota, faza va sh.o‘. lari) bo‘yicha farq qilishadi. Miqdoran o‘zgartirgich elementlarga – kuchaytirgichlar, transformatorlar, stabilizatorlar va boshqaar kiradi. Sifatni o‘zgarishda, x va y signallarni turi o‘zgartiriladi va ana shu sa-babli, ular har xil o‘lchamga ega bo‘lishadi. Bunday o‘zgartirishni datchiklar, dvigatellar, generatorlar va boshqalar bajarishadi.
Axborotli o‘zgartirish – element kirishlaridagi holat haqidagi qandaydir axborot (malumot), uni chiqishida aks etganida (namoyon bo‘lgan) yuzaga keladi. Bunday o‘zgartirishni mantiqiy elementlar bajarishadi. Ikkita diod va rezistorda bajarilgin element (1.6-rasm),.





YoKI mantiqiy elementni sxemasi

YoKI mantiqiy funksiyani amalga oshiradi. Chiqishda manfiy y potensial bo‘lganida, ya’ni qachonki K1 yoki K2 knopka bosilgan, ya’ni x1 yoki x2 kirishlardan birida manfiy potensial paydo bo‘lsa, faqat shundagina chiqishda manfiy u potensial paydo bo‘ladi


y = f(x) funksional bog‘lanishni xususiyatiga qarab, uzluksiz va diskret ishlaydigan elementlarni ajratishadi. Uzluksiz ishlaydigan elementlarda kirish x signali uzluksiz o‘zgarganda, chiqish y signali uzluksiz o‘zgaradi (1.7, a-rasm).
A yrim elementlar gisterezislik xossasiga, yani x kattartirib-kichraytir-ganda, y qiymati bir xil bo‘lmaydi (1.7, b-rasm). Diskret (uzlukli) ishlaydigan element-larda, x uzluksiz o‘zgarganda, chiqish y signalini sakrab o‘zgarishi kutiladi (1.7, d-rasm). Bunda x ning ma’lum uzluksiz o‘zgarish chegaralarida, y ni o‘zgarmas (yoki deyarli o‘zgarmas) qiymati mos keladi.


Download 108.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling