Nuqtali yo‘l datchiklarini prinsipial sxemasini o‘rganish
-rasm. Qarshilik datchiklari
Download 108.75 Kb.
|
2 Datchik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-rasm. Qalinlikni o‘lchaydigan sxemalar
1.9-rasm. Qarshilik datchiklari
Induktiv datchiklarda o‘lchanadigan miqdor, induktivlikni o‘zgarishiga aylan-tiriladi. Masalan: ferromagnit material h qalinligini datchik (1.10,a-rasm) o‘lchaydi. Agar h qiymati ortib borsa, unda havo tirqishi kichrayadi, natijada Сh сho‘lg‘amni induktivligi ortib, o‘lchagich sxema buni qayd etadi. 10-rasm. Qalinlikni o‘lchaydigan sxemalar S ig‘im datchiklarda, kondensator sig‘imini plastina-lar maydoni, ular orasidagi masofa va dielektr doimiyligi orasidagi bog‘liqlikdan foydalanishadi. Sig‘imli datchiklar yordamida chiziqli va burchak siljishlari, harorat, havoni nisbiy namligi va boshqa parametrlarni o‘lchasa bo‘ladi. Xususan 1.10,b-rasmda tasvirlangan sig‘imli datchik dielek-trikdan qilingan kondensatorni A va B plastinalari orasida joylashtirilgan varaqa h qalinligini o‘lchaydi. Infraqizil nurlanish optik datchiklari yordamida (1.11-rasm) qizigan jism harorati o‘lchanadi. U sezgir element 3 yuzasida infraqizil nurlarni qayd qiluvchi linza 2 dan, qizdi-riladigan va nur tarqatadigan jism 1 dan iborat bo‘ladi. Bu o‘lchash natijasida sezgir 3 elementning qarshiligi o‘zga-radi, hamda 4 va 5 chiqishlarida kuchlanish paydo bo‘ladi. Xuddi shunga o‘xshash datchik (bolometr) poyezdlardagi qizib ketgan buksalarni avtomatik aniqlash apparatlarida ishlatiladi. O raliq o‘zgartirgichga ega datchiklar. Bu datchiklar bir nechta bevosita o‘zgartiradigan va ketma-ket ishlaydigan datchiklardan tashkil etilgan. Bundagi bitta datchikni chiqish kattaligi kelgusi datchikni kirish miqdori bo‘lib xizmat qiladi. 1.12, a-rasmda tasvirlangan datchik burchak tezligini kondensator C sig‘imiga aylantirishga xizmat qiladi. Datchikni qabul qiluvchi jism bo‘lib markazdan qochma rostlagich hisoblanadi. U burchak tezlik ω ni P prujinani (oraliq qismi) siqish kuchi bilan taqqoslanadigan markazdan qochma kuchga aylantiradi. Oraliq qismidakuch C kondensatorni yuqori qoplamasi bilan qoplangan rostlagichni pastki muftasini x siljishiga olib keladi. Kondensator datchikni ijrochi qismi hisoblanadi, uni sig‘im plastinalar orasidagi s masofaga qarab o‘zgaradi. 1.12, b-rasmdagi datchik U kuchlanishni f chastotasiga aylantiradi. U kuchlanish strelkasi C sig‘imni o‘zgaruvchan kondensator bilan bog‘liq bo‘lgan V voltmetr yor-damida o‘lchanadi. C kondensator esa, chiqishdagi f chastotasi sig‘imga bog‘liq, topshiriq beruvchi G generatorni konturga ulangan. Shunday qilib, datchikda ushbu o‘zgartirishlar bajariladi: UV voltmetr strelkasini burchak siljishi Gf. Download 108.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling