Nuqtali yo‘l datchiklarini prinsipial sxemasini o‘rganish


-rasm. Oraliq o’zgartirgichga ega datchikning sxemasi


Download 108.75 Kb.
bet5/5
Sana26.01.2023
Hajmi108.75 Kb.
#1123330
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 Datchik

12-rasm. Oraliq o’zgartirgichga ega datchikning sxemasi
D iskret o‘zgartiradigan datchiklar. Bu datchiklar ob’ektlarni holatini nazorat qilishadi va temir yo‘l avtomatika hamda telemexanika tizimlaridagi kirish
axborot-larini manbai hisoblanadi.
Yo‘l bo‘lagini harakatlanuvchi tarkibdan ozodligini nazorat qilishlik uchun rels zanjiri (1.13-rasm) ishlatiladi. Rels zanjiri qilib izolyatsiyalovchi tutashmalar IT bilan chegaralangan yo‘l bo‘lagini bir qismi qabul etiladi. Rels zanjirining bir uchidagi relslarga ta’minot ulansa, boshqa uchiga esa o‘tkazgich sifatida ishlatiladigan relslardagi tokka ishlaydigan nazoratchi asbob NA ulanadi.
Odatda NA sifatida, elektromagnit yoki induksion rele ishlatiladi. Agar uchast-ka bo‘sh bo‘lsa, NA dan katta tok o‘tadi (rele yakori tortilgan). Agar uchastka hech bo‘lmaganida bitta g‘ildirak juftligi bilan egallangan bo‘lsa (uni qarshiligi 0,06 Om va NA qarshiligidan ancha kichik), NA da tok keskin kamayadi (rele yakorni qo‘yib yuboradi)
Shunday qilib NA holatiga qarab yo‘l bo‘lagini bo‘sh yoki bandligi haqida fikr yurgizish mumkin.

13-rasm. Relsli zanjirning sxemasi
tasvirlangan magnitaviy datchik yo‘lni ma’lum nuqtasidan vagon-larning skat (g‘ildirak) lari o‘tishligini qayd etadi. Bunday datchik kontaktsiz magnitaviy tepki deb atladi, hamda DM doimiy magnitdan, Ch cho‘lg‘amdan, va NA nazoratchi apparatdan iborat bo‘ladi. Tepkini rels yaqiniga joylashti-rishadi. Tepkiga g‘ildirak yaqinlashib kelanida DM magnit apparatidagi magnit maydon para-metrlari o‘zgaradi.
Natijada Ch cho‘lg‘amda elektr yurituv-chi kuch (EYuK) hosil bo‘lib, undan tok oqa boshlaydi, buni esa NA qayd etadi.

Magnitaviy tepki

Datchiklar yordamida ob’ektlarni aniqlash usullarining tasniflanishi. Aniqlash tizimlari turli mezonlar bo‘yicha tasniflanishi mumkin. Harakat tarkibini xisobga oluvchi datchiklar uchun ob’ektni aniqlash muhim mezon xisoblanadi. Bu ob’ektlar quyidagilar bo‘lishi mumkin:



  • Harakat tarkibini alohida g‘ildiragi yoki g‘ildirak juftligi;

  • Harakat tarkibining kuzov birligi;

  • Harakat tarkibining boshqa passiv qismlari, masalan tramvay pantografi;

  • Harakat tarkibida o‘rnatilgan aktiv rasmiy talab etuvchi yoki javob beruvchi qurilmalar.

Bortdagi kommunikatsion qurilmalarni qo‘llovchi tizimlar, identifikatsi-yalash (aynan o‘xshatish) raqamini yoki poyezdning boshqa identifikatsiya belgilarini biluvchilarga, va tarmoq bo‘yicha poyezdlar anonim (nomini yashirib) harakat-lanuvchilarga bo‘linishi mumkin.
Download 108.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling