Iqtisodiy ta'limotlar


U.Jevons va L.Valrasning marjinalistik g`oyalari


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

14.3. U.Jevons va L.Valrasning marjinalistik g`oyalari 
Uilyam Stenli Jevons (1835-1882) London universitetida matematika va 
kimyo fanlaridan tahsil olish bilan birga siyosiy iqtisodni 
ham qiziqib o`rgangan. 1863 yilda Manchester shahridagi 
kollejga siyosiy iqtisod o`qituvchisi bo`lib ishga kirdi. Ora-
dan ko`p vaqt o`tmasdan iqtisodiy mavzudagi uning asosiy 
asarlari e'lon qilindi. Ular quyidagilar: "Siyosiy iqtisod naz-
ariyasi" (1871) va "Fan tamoyillari" (1874) va boshqalar. 
XIX asrning oxirigacha U.Jevons va uning asarlari 
o`zining kuchli matematik ifodasi tufayli o`quvchilar 
tomonidan to`liq e'tibor bilan qabul qilinmadi. Lekin uning 
g`oyalaridagi subektivizm asosiy ilmiy asarlarida aniq o`z o`rnini topgan edi. 
Masalan, iste'mol, talab, foydalilik haqida o`z holicha tushunchalar berish bilan 
birga U.Jevons tovarlar narxi uning me'yoriy foydaliligi bilan funksional 
bog`liqdir deb ko`rsatadi. Shuningdek olim klassiklarning raqobat haqidagi 
fikrlarini qo`llab, sotuvchi va oluvchi o`zaro muloqatda bo`lib kerakli ma'lu-
motni bir-biridan olishi mumkin deb ko`rsatadi. 
Natijada u quyidagi xulosa keltirib chiqaradi: bo-
zordagi sotuvchilar (subyektlar) insonlar ehtiyoji uchun za-
rur bo`lgan tovarlarni muhayo qilib, ularning iste'mollarini 
to`laroq qondiradilar. Shu fikri bilan U. Jevons dastlab-
kilardan bo`lib me'yoriy tahlilni maydonga tashlaydi va 
marjinalizm asoschilaridan biriga aylandi. U(1834-1910) 
marjinalizmning Lozanna (Shveytsariya) deb ataluvchi 
maktabi asoschisi hisoblanadi. Unga keyinchalik Pareto, 
Italiyadan Borone, shvetsiyalik Kassel', amerikalik Leon-
tyev va boshqalar qo`shildi. L.Valrasning "Sof iqtisodiy fan elementlari" (1874) 
asari iqtisodiyot bilimlari olamida matematikaning shaxdam qadamlariga asos 
soldi. Shu sababli u matematik maktabning davomchisi hamdir. Har qanday 
iqtisodiy tahlilni matematik izohlashga intilish bu maktab va uning izdoshlarin-
ing xarakterli xususiyati hisoblanadi. Valrasning fikricha, har qanday iqtisodiy 
nazariyani faqat matematika asosida qisqa, aniq va ochiq isbotlash mumkin. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling