Iqtisodiy ta'limotlar


V.Paretoning umumiy iqtisodiy muvozanat konsepsiyasi


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

 
15.3. V.Paretoning umumiy iqtisodiy muvozanat konsepsiyasi 
Vilfredo Pareto (1848-1923) iqtisodiy ta'limotning neoklassik 
yo`nalishini davom ettirgan yirik italyan vakili hisoblanadi, u marjinalizmning 
"Lozanna maktabi" ana'nalariga sodiq edi. Bu olimni iqtisodiyot bilan birga 
siyosat va sotsiologiya sohalari ham qiziqtirgan, bu uning yozgan asarlaridan 
ma'lum. Paretoning asosiy asarlari: ikki jildli "Siyosiy iqtisod kursi" (1898), 
"Siyosiy iqtisod ta'limoti" (1906) va "Umumiy sotsiologiya bo`yicha risola" 
(1916).


277 
Paretoning iqtisodiy tadqiqotlarida L.Valras, 
O.Kurno, F.Edtuort va boshqa olimlarning g`oyalari 
ta'siri katta bo`lgan. 1892 yil L.Valras Lozanna univer-
sitetidagi kafedra mudirligini V.Paretoga topshiradi va 
shu dargohda yuqorida ko`rsatilgan asarlar yaratildi. 
V.Pareto V.Valras kabi umumiy iqtisodiy muvozanat 
muammolari tadqiqotiga katta ahamiyat berdi, bunda 
marjinalizmning iqtisodiy tahlil g`ochlariga amal qi-
linadi. Shu bilan birga Pareto iqtisodiyotda muvozanat-
ning shart-sharoitlari va omillarini o`rganishda sifat ji-
hatidan yangi prinsiplarni ilgari surib, neoklassik iqti-
sodiy g`oyalarni yangi "ikkinchi to`lqini"ni boshlab berdi. Bular quyidagilarda 
namoyon bo`ladi. 
V.Pareto funksional yondashuv asosida almashuvning birdan bir sababi 
naflik (ehtiyoj) degan qoidadan voz kechib, iqtisodiy tizimni butunligicha 
izohlashga o`tdi, bunda talab (iste'mol) va taklif iqtisodiyotda muvozanat ele-
mentlari sifatida qaraladi. Shu bilan birga, "sof" iqtisodiy nazariyaga asoslanib, 
daromadlar tengsizligi ularni sinflar o`rtasida taqsimlash bilan bog`liqligini 
inkor etadi. 
L.Valrasning umumiy iqtisodiy muvozanat modelida shu muvozanatga 
erishuvning mezoni naflikning maksimumi (uni hisoblash mumkin emas) deb 
hisoblangan bo`lsa, Paretoda bu mezon boshqasiga, ya'ni konkret individning 
afzal ko`rish nisbati o`lchovi bahosiga almashtiriladi.
Deyarli qirq yildan so`ng (1959) V.V.Leontyev bu muammoni dol-
zarbligi pasaymayotganligi tufayli, bu soXada uchta pozitsiya 1954 y. e'lon qi-
lingan bo`lib, unda iste'molchilarning tovarlarni tanlashda o`zini qanday tut-
ishini kuzatish orqali obyektiv informatsiya manbayi naflik funksiyasi shaklida 
bo`ladi, ularning ko`p sonli turli darajalarini solishtirish real protsedura (ish 
tartibi) dir. 
M.Blauk fikricha, agar naflikni miqdoriy o`lchash imkoni bo`lmasa, 
eski eng yuqori naflik nazariyasidan voz kechish zaruratini seziladi va 
aniqlangan afzallik metodiga to`la o`tish kerak. 
Pareto tadqiqot maqsadida "befarilik egri chiziqlari"dan foydalanib-
ma'lum ne'mat, miqdori, xuddi shuningdek boshqa barcha resusrlar miqdoriga 
bog`liq ravishda iste'molchining qaysi ne'matini tanlash masalasini ko`rib 
chiqadi. Tovarlar nafligi summasi turli kombinatsiyalarda bo`ladi va bir kombi-
natsiyaning boshqasidan ustunligini belgilash kerak. Natijada olimning uch 
o`lchovli diagrammalari paydo bo`ldi, bu diagramma asos (o`n) larida iste'mol-
chi qo`lida bu yoki boshqa ne'matlarning turlicha miqdori ko`rsatiladi. 
Pareto naflikning an'anaviy miqdoriy o`lchashg usullaridan voz kechib, 
"ijtimoiy maksimal naflik" tushunchasini izohlab beradi, bu tushuncha hozirgi 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling