Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

Jon Beyts Klark
 


275 
klanganligi bilan xarakterlanadi. "Har bir ihlab chiqarish omili" ijtimoiy 
mahsulotda o`zi bevosita ishlab chiqargan boylik hissasiga ega 
Klark iqtisodiyotni statika va dinamika qismlariga bo`ladi (mexanika 
fani kabi). Avvalgi tadqiqotlarda statika qo`llanilgan bo`lsa, endilikda tabiiy-
dinamik usul taklif etiladi. U iqtisodiyot fanini uch qism (bo`lim)ga bo`ladi: 1) 
boylikning universal xodisalari; 2) ijtimoiy-iqtisodiy statika (boylik bilan keyin 
nima bo`lishi to`g`risida gap yuritiladi); 3) ijtimoiy-iqtisodiy dinamika (agar 
jamiyat faoliyat shakli va usulini o`zgartiradigan bo`lsa, bu sharoitda boylik va 
jamiyatning farovonligi bilan nima ro`y beradi, degan gap yuritiladi). 
Klark fikricha, xayoliy statik ijtimoiy ishalb chiqarishga operatsiyalarn-
ing o`zgarmas xarakteri xosdir, bunda doimo avvalgi texnologik jarayonlarda 
yaxshi ma'lum Usha boyliklar yaratilaveradi, boylik hajmi bunda o`smaydi va 
kamaymaydi. Yer ham bir xil mahnat qurollari yordamida ishlanadi, o`sha hosil 
olinadi, boshqacha aytganda, ishlab chiqarish organizmi o`z shaklini 
o`zgartirmaydi. Demak, bu holatda harakat yopiq sistema (tizim)da boradi, iqti-
sodiyot barqaror va muvozanatda bo`ladi. Klarkning yozishicha, "iqtisodiy 
dinamikada" jahonning normal boyligi ko`proq bo`ladi va ish haqining tabiiy 
darajasi keyin hozirgidan ancha baland bo`ladi. 
Iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qarshi bo`lgan dinamik shart-
sharoitlar keltiriladi: 1) aholi o`sishi; 2) kapital o`sishi; 3) ishlab chiqarish 
metodlarining yaxshilanishi; 4) sanoat korxonalari shaklining o`zgarishi; 5) nis-
batan past unumli korxonalar o`rniga nisbatan yuqori unumli korxonalarning 
yashovchanligi va boshqalar. Hatto har bir omil o`zicha jamiyatni dinamik ho-
latda saqlash va ijtimoiy tarkibga ta'sir etish qudratiga ega bo`lar ekan. 
Klarkning yuqoridagi metodologik g`oyalari keyinchalik N.Kondratyev 
(Rossiya), Y.Shumpeter va boshqa olimlar tomonidan to`ldirilgan. 
Klark tadqiqotida "eng yuqori unumdorlik qonuni" muhimdir. Bu qonun 
erkin raqobat sharoiti, iqtisodiy muvozanat holatida amal qiladi. Ishlab 
chiqarish omillari bir xil samaradorlikka ega bo`lgan sharoitda eng yuqori un-
umdorlikning pasayib borishi masalasi marjinal prinsiplarda qarab chiqiladi. 
Kapital bilan ta'minlanganlik o`zgarmas deb olingan taqdirda, 
mehnatinng eng yuqori unumdorligi har bir yangi ishga jalb etilgan xodim bilan 
pasayib boradi va aksincha. Xodimlar soni o`zgarmas bo`lgan holatda mahnat-
ning eng yuqori unumdorligi faqat kapital bilan ta'minlanganlikning o`sishi na-
tijasidagina yuqoriroq bo`ladi. 
Qimmatni taqsimlashdagi hissalar oxirgi unumdorlikka bog`liq bo`ladi, 
ya'ni foiz kapitalining so`nggi o`sishidan hosil bo`lgan mahsulot bilan aniqla-
nadi, ish haqi esa mehnatning ohirgi oshuvidan hosil bo`lgan mahsulot bilan 
belgilanadi. 
Olim erkin raqobatli korxonada eng yuqori unumdorlikni mikrodarajada 
o`rganib, "befarqlik zonasi" yoki "eng yuqori soha" mavjudligini tasdiqlaydi, bu 


276 
har bir korxona doirasida nazorat qilinishi mumkin. Bu zona doirasida odamlar 
sohibkorlar daromadiga ta'sir etmagan holda ishga kelib-ketishlari mumkin. 
Agar raqobat bekamu ko`st amal qilsa, hamma yerda bu eng yuqori ishchilar 
o`zining mehnat mahsuli sifatidagi maoshini oladilar, ammo raqobat doim 
mukammal bo`lmasligi sababli ular tahminan o`z mehnatiga yaqin maoshni 
oladilar. Bu sharoitda biror xodimning ishdan ketishi tufayli eng yuqori ish (un-
cha ahamiyatsiz ish) bajarilmay qoladi, sohibkor (tadbirkor) esa o`z navbatida 
"befarqlik zona" doirasida ziyonsiz bir nechta ortiqcha odamlarni ishga qabul 
qilishi mumkin, chunki bu zonada ish haqi ularning ishlab chiqarishi bilan 
bog`liq va bunda hech qanday foyda yuzaga kelmaydi. 
Amalda esa tadbirkor shu zona doirasida, avvalgi maosh bilan juda kam 
xodimni ishga jalb etadi, chunki ziyon keltirish xavfi bo`lib, tavakkalchilik 
minemaldir, bu eng yuqori, chegaralangan ishchi maoshi darajasida ish haqi 
oladi.
Kapitalga foizning shakllanishi O.Bem-Baverkning "kutilmalar nazari-
yasi"ga o`xshash fikr yuritiladi. 
Eng yuqori unumdorlik qonunidan shunday xulosa chiqariladiki, ishlab 
chiqarish omilining bahosi uning nisbiy kamomadligi bilan bog`liq. Bu esa, 
xususan, "adolatli ish haqi" doimo mehnatning eng yuqori unumdorligiga mos 
keladi, mehnat esa boshqa unumliroq ishlab chiarish omili, ya'ni kapitalga nis-
batan past bo`ladi.
Shunday qilib, Klark "qonuni"ning asosiy mohiyati quyidagicha: ishlab 
chiqarish omili-mehnat va kapital shu omil tomonidan yaratiladigan mahsulot 
qiymati omil bahosi bilan tenglashguncha o`stirilib borishi mumkin (masalan, 
korxonada ishlayotgan xodimlar sonini ma'lum chegaragacha, ya'ni bu omil 
"befarqlik zonasi" ga kirguncha ko`paytirilishi mumkin). Amalda bu "qonun" 
bo`yicha ishlab chiqarish omilining rag`bati shu omil bahosi tadbirkorning ol-
ishi mumkin bo`lgan daromadidan ortib ketadigan sharoitda o`z imkonini tu-
gatgan bo`ladi. Demak, Klarkni bir vaqtning o`zida ishlab chiqarish harajatlari 
strukturasi (tarkibi) ni optimallashtirish muammolari bilan bog`liq bo`lgan, 
hozirgi davr nazariyalarining asoschilaridan biri deb atash mumkin. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling