Iqtisodiy ta'limotlar


Asosiy tushuncha va iboralar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

 
Asosiy tushuncha va iboralar 
Marjinalizm; eng yuqori (chegaraviy) naf; noyoblik; ekonomiks; 
subyektiv-psixologik; iqtisodiy liberalizm; robinzonada usuli; subyektiv; 
spekulatsiya. 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1.XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida vujudga kelgan iqtisodiy 
ta'limotlarga xos xususiyatlar nimadan iborat? 
2.XIX asrning 70-yillarida shakllangan qaysi nazariy maktablarni 
bilasiz? 
3.Bu davrda yangicha ilmiy tahlilni maydonga tashlagan olimlar kimlar? 
4.Avstriya maktabining asoschilari kimlar? 
5.Marjinalizmning iqtisodiyot fanida tutgan o`rni haqida aytib bering. 
6.K.Menger, Ye.Byom-Baverk va V.Fizerning asosiy asarlari qaysilar? 
7.U.Jevonsning iqtisodiy mavzudagi asosiy asarlarini aytib bering. 
8.L.Valrasning iqtisodiy g`oyasiga qanday tushunchalar asos qilib 
olingan? Miqdor iste'molining kamayuvchi funksiyasini izohlab bering. 
9.Bozorning iqtisodiy muvozanati nimani anglatadi? 
10.L.Valras qonunini izohlab bering.


269 
Tekin pishloq qopqonda bo`ladi.
O`git. 
HOZIRGI ZAMON IQTISODIY 
TA'LIMOTLARINING ASOSIY YO`NALISHLARI 
Hozirgi davr iqtisodiy ta'limotlarining asosiy xususiyatlari 
Birinchi navbatda "hozirgi zamon" tushunchasiga aniqlik kiritish kerak. 
Ba'zi iqtisodchilarning fikricha, XIX asr oxirlarida vujudga kelgan iqtisodiy 
g`oya, ta'limot va konsepsiyalar hozirgi zamonniki, deb tan olinadi. 
Bu izohda mantiq bor, albatta, chunki o`sha davrda yuzaga kelgan 
iqtisodiy g`oyalar keyingi iqtisodiy qarashlar uchun tayanch, asos rolini 
o`ynaydi. Ammo, bu izohning cheklanganligini ham aytish kerak, negaki XX 
asrning o`rtalari, ayniqsa ikkinchi Jahon urushidan keyin iqtisodiy ta'limotlar 
bir qancha yangi qarash, g`oya, konsepsiya va nazariyalar bilan boyidi, ularni 
ham albatta "hozirgi zamon" iqtisodiy g`oyalariga kiritish tabiiydir, ammo 
ularning evolutsiyasi ro`y bergan. 
Shu yerda shuni alohida ta'kidlab o`tish kerakki, iqtisodiy 
ta'limotlarning paydo bo`lishi, shakllanishi va rivoji doimo tarixan dialektik 
ravishda ro`y bermoqda. Tarixning guvohlik berishicha, ma'lum davrda yuzaga 
kelgan u yoki bu ta'limot vaqt va sharoit taqozosi bilan doim evolutsiyada
rivojlanishda bo`ladi. Masalan, XVIII asrning ikkinchi yarmida to`la 
shakllangan 
klassik 
iqtisodiy 
maktab 
bozor 
iqtisodiyotining 
asosiy 
xususiyatlarini ta'riflab bergan, ammo bu maktabning asosiy qoidalari, umumiy 
yo`nalishi saqlangan holda, ularning amalda namoyon bo`lishi turli davr va 
davlatlarda nihoyatda xilma-xildir. 
XX asrning 50-60- yillari, ayniqsa, keyingi paytlarda jahondagi bir 
qancha avvaldan rivojlangan mamlakatlar (AQSH, Buyuk Britaniya, GFR, 
Fransiya, Italiya, Kanada va boshqa Yevropa Ittifoqi davlatlari...) qatoriga 
yangi-yangi davlatlar kelib qo`shilmoqda, ayniqsa Yaponiya, Turkiya va yangi 
industrial mamlakatlar (YAIM) "to`rt ajdaho": Koreya Respublikasi, Tayvan', 
Singapur va Gonkong (Syangan) hamda shular rivojiga yaqinlashayotgan 
Malayziya, Filippin, Tailand kabi davlatlar soni ortib bormoqda. 
Ilgarilari dam-badam bo`lib turadigan inqirozlar soni va ko`lami keskin 
kamaydi. Ammo, yo`qolgan emas, bu nisbiyyutuqlar bir tomondan ilmiy 
texnika inqilobi natijalaridan omilkorlik bilan foydalanilganligi va ikkinchidan 
aholi ijtimoiy talablarini to`laroq qondirish bilan bog`liq bo`lgan ta'limotlar 
qo`llanilayotganligidir, oqibatda ko`pchilik mamlakatlarda iqtisodiy va ijtimoiy 
barqarorlik hukm surmoqda. Ammo kapitalizm yo`lini tanlab olgan, bozor 
iqtisodiyotidan foydalanayotgan yuzlab qoloq davlatlar borligini ham inkor 


270 
etish mumkin emas. Demak, iqtisodiy rivojlanishning yana boshqa omillari ham 
bo`lsa 
kerakki 
(iqtisodiy 
konsepsiya, 
siyosat...), 
ulardan 
samarali 
foydalanayotgan davlatlar (ularning soni 20-25 ta) jahon iqtisodiyotida 
yutuqlarga erishmoqdalar. Shu tajribani o`rganish va amaliyotda foydalanish 
hayotiy zaruriyatga aylandi. 
Ko`rinib turibdiki, hozirgi zamon iqtisodiy ta'limotlari tobora 
chuqurlashib, nazariy masalalar hayot bilan chambarchas bog`liq bo`lib 
bormoqda. 
Xuddi shuningdek, iqtisodiyot fani uchun iqtisodiy jarayonlarni 
matematik modellashtirish, programmalashtirish va modellashtirish, elektron-
hisob mashinalar, kompyuterlar, informatika va kibernetikadan foydalanish 
asosida keng shakllantirish iqtisodiy siyosat masalalariga tobora yaqinlashib 
bormoqda va hozirgi davr ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarida ularning 
ahamiyati keskin o`sib bormoqda, shunga oid iqtisodiy tadqiqot va ta'limotlar 
ham ko`payib bormoqda. 
Biz yuqorida keltirgan iqtisodiy ta'limotlar doimo rivojlanishda bo`lib, 
ularning hech biri sof holda biror bir mamlakatda qo`llanilmaydi. Amaliyotda 
bu mavjud iqtisodiy ta'limotlar, ularning turli oqimlari, maktablarning 
qorishmalari qo`llaniladi. 
Hozirgi zamon iqtisodiy ta'limotlarining asosan uch yo`nalishini ajratish 
mumkin: 
1. Neoklassik (yangi klassik). 
2. Ijtimoiy-institutsional. 
3. Keynschilik. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling