Iqtisodiy ta'limotlar
Ijtimoiy-institutsional yo`nalish evolutsiyasi
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- J.K.Gelbreyt
16.5. Ijtimoiy-institutsional yo`nalish evolutsiyasi
Yuqorida institutsional yo`nalishning asosiy g`oyalari va dasturi ko`rib chiqilgan edi. Hozirgi davrda ham bu yo`nalish g`oyalari dolzarbligicha qolmoqda. Taniqli iqtisodchining iborasi bilan aytganda, "Veblen kostyumi yaxshi xizmat qilmoqda va u deyarli eskirmagan". Bu yo`nalishning otasi Veb- len tomonidan ilgari surilgan ta'limotda hozirgi zamon jamiyatini qayta qurish, transformatsiya masalalari nihoyatda muhim o`rinni egallaydi. Ularning fikricha, ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli jamiyatdagi sotsial qarama- 290 qarshiliklar yo`qolib boradi. Jamiyatning konfliktlarsiz evolutsiyasi, uning in- dustrial jamiyatdan postindustrial, superindustrial yoki "neoindustrial", infor- matsion jamiyat sari rivoji ro`y beradi. Texnik-iqtisodiy omillarni mut- laqlashtirish tufayli yangi konvergensiya nazariyasini ilgari surish imkoni yara- tildi (J.K.Gelbreyt, Pitirim Sorokin - AQSH, Raymond Aron - Fransiya, Yan Tinbergen - Niderlandiya). "Industrial", "postindustrial" jamiyat nazariyasi ikki sotsialistik va kapitalistik tizimni yagona tizimga keltiruvchi "konvergensiya" nazariyalari yangilik emas. Masalan, XIX asr oxirida nemis iqtisodchisi (yuqorida berilgan) V.Zombart "Hozirgi zamon kapitalizmi" asarida pluralizm, ya'ni turli sotsial tiz- imlarni - kapitalistik, sotsialistik, mayda ishlab chiqaruvchilarni yagona plyural- istik jamiyatga birlashtirish g`oyasini aytgan edi. J.K.Gelbreyt asarlarida bu fikrlar to`laroq ifodasini top-gan. Unda ikkala tizimda ro`y berayotgan umumiy o`zgarishlar qayd etiladi (rejalashtirishdan foydalanish, davlat va korporatsiya o`rtasidagi farqlarning yo`qolib bor- ishi, tashqi muhitni o`rganish, fan va ta'limning mehnat taqsimoti o`sishida asosiy omil ekanligi va boshqalar). Asta- sekin kapitalizmning "yomon" tomonlari sotsializmning "yaxshi" xususiyatlari bilan chirmashib ketishi kerakligi ay- tiladi, "kapitalizm transformatsiyasi" ro`y berishi bashorat qilinadi. J.K.Gelbreytning asosiy asarlari quyidagilardir: "Mo`l-ko`lchilik jamiyati" (1958), "Yangi industrial jamiyat" (1967), "Iqtisodiy nazariyalar va jamiyat maqsadlari" (1973), "Pullar" (1975), "Ishonchsizlik asri" (1977). Bundan tashqari, olimning ko`pgina maqola va intervyulari ham bor. Superindustrial jamiyat to`g`risidagi g`oyalar amerikalik futurolog Tofflerning "Uchinchi to`lqin" kitobida bayon etiladi. Unda "yangi sivilizatsiya" davri vujudga keladi, deyilgan. Keyingi paytlarda neoinstitutsionalizm nazariyalari ham paydo bo`lmoqda. Bu nazariyalarda texnik omillarni mutlaqlashtirishdan chekiniladi va asosiy e'tibor insonga, sotsial muammolarga qaratiladi. Shunday yo`l bilan mulk huquqi (Ronald Kluz - AQSH), jamoat tanlovi (Jeyms Bukenen - AQSH) va boshqa nazariyalar vujudga keldi. Bu qarashlar natijasida rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ham o`zgarmoqda, bu siyosat tobora kapitalizmni ijtimoiy tomonga burish sari bormoqda. Hozirgi davr institutsionalizmining asosiy g`oyasi shuki, inson postindustrial jamiyatning asosiy iqtisodiy omili, asosiy resursi sifatida qaraladi va yangi jamiyat shaxsni har tomonlama rivojlantirish uchun o`z siyosatini qayta ko`rib chiqishi kerak bo`ladi, XXI asr esa "inson asri" deb e'lon qilinadi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling