6. bozor iqtisodiyotiga muxolif-sotsialistik yo‘nalish
Download 69.39 Kb.
|
6-мавзу итт
6. BOZOR IQTISODIYOTIGA MUXOLIF-SOTSIALISTIK YO‘NALISH 6.1. XIX-asr boshlarida xayoliy sotsializmning vujudga kelishining tarixiy sharт sharoitlari va uning xususiyatlari. Birinchi marta sotsializm g‘oyalari qarashlar tizimi ko‘rinishida XIX asrning birinchi yarmida Anri de Sen Simona, Sharlya Furye, Roberta Ouen kabi ingliz va fransuz mutafakirlari asarlarida yaratilgan. Sotsializm (lot. socialis — ijtimoiy) — xususiy mulkni ijtimoiy (umumiy) mulkka aylantirish orqali erkinlik va tenglik, baxt va farovonlikka erishish mumkin deb hisoblovchi ta’limot. Sotsializm tarafdorlari ana shu yo‘l bilan qurilgan ijtimoiy tuzumni ideal jamiyat deb hisoblaganlar. Ushbu yo‘nalish vakillarining asarlari tanqidiy yo‘nalganlik va adolatli jamiyatni asoslash istagi bilan ajralib turadi. Birinchi sotsialistlarning g‘oyalari ko‘proq deklarativ va xayoliy tavsifga ega. Ularning mualliflari xayoliy sotsializm vakillari hisoblanadi. Tarixchilar utopik g‘oyalarni XIX asrda Eevropaning rivojlangan mamlakatlarida kapitalizmning vujudga kelishi jarayoni bilan bog‘laydilar. Uning dastlabki qadamlari aholining ko‘plab qatlamlari (dehqonlar, mayda savdogarlar, dvoryanlar) hayotining an’anaviy asoslarini yo‘q qilish bilan birga bordi. Shuningdek, yollanib ishlaydigan ishchilar sinfi vujudga keldi. Ko‘rilayotgan davrda ishchilar sinfining ahvoli juda og‘ir edi. Undan tashqari foyda olishga intilish aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash zarur degan fikrni istisno qilgan. O‘z navbatida sotsialistik g‘oyalar birinchidan, hayotdagi ijtimoiy – iqtisodiy qiyinchiliklar va yollanib ishlaydigan ishchilarning yashash vositalardan mahrumliklarga javob sifatida ikkinchidan esa Yevropa aholisining barchaga farovonlik taqdim etiladigan jamiyat yaratish istagidan vujudga keldi. XIX asrning birinchi yarmida, klassik siyosiy iqtisod vakillarining asarlari ta’sirida xayoliy sotsialistlarning ta’limotlarida sezilarli darajada sifat o‘zgarishlar ro‘y berdi. Shuningdek, sanoat to‘ntarishining yakunlanishi va Yevropa mamlakatlarida yuz bergan jiddiy iqtisodiy o‘zgarishlar ham xayoliy sotsialistlar A.Sen-Simon, Sh.Furye va R.Ouenlar o‘z asarlarida ko‘rsatib, mavjud kapitalizmning ichki xususiyatlari va ziddiyatlarini kengroq ochib berishga intildilar. Aynan shu mualliflar va ularning izdoshlari o‘z g‘oyalarini X1X-asr boshlarida hukmronlik qilgan iqtisodiy sharoitlar va klassik maktabning siyosiy iqtisodining o‘sha paytdagi tamoyillari bilan bog‘lay boshladilar. Xususan, ular ham klassik iqtisodchilar kabi texnika taraqqiyotining jadallashuvi, ilmiy kashfiyotlar va jamiyat ishlab chiqarishining umumjahon rivojini iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadi deb hisoblaydilar. Bundan tashqari, klassiklar va xayoliy sotsialistlar tabiiy tartib konsepsiyasiga amal qiladilar, ya’ni jamiyat va har bir shaxsning ideal ijtimoiy tuzilishi modellarini ilgari surdilar. Biroq, bu modellarning mohiyati va ularni qurish yo‘llari ikkala yo‘nalishda mutloqo bir-biriga qarama qashi edi. Shu nuqtayi nazardan, klassiklardan farqli o‘laroq, sanoat inqilobi davrining xayoliy sotsialistlari xususiy mulk intitutini inkor (R. Ouen) yoki tanqid (K. Sen-Simon va K. Furye) qiladilar. Shuningdek, cheksiz raqobat erkinligi iqtisodiyoti g‘oyasi va amaliyotini qoraladilar. Cheksiz raqobat erkinligida xayoliy sotsialistlar nafaqat inson tomonidan insonning “ekspluatatsiya” qilinishi, balki iqtisodiy hayotning muqarrar monopollashuvi va shunga mos ravishda iqtisodiy inqirozlar sababini ko‘radilar. Bundan kelib chiqib, ular o‘z oldilariga keng ko‘lamli tashviqot va targ‘ibotni olib borishni maqsad qilib qo‘ydilar, bu maqsadda sinflarni va raqobatni yo‘q qilish, shu bilan birga ishchilarning tavsiya etilgan erkin ijtimoiy birlashmalari doirasida ishlab chiqarish erkinligi va talablarini saqlab qolish nazarda tutilgan. Bunda erkin birlashmalarida har bir kishi o‘z mehnatining mahsuli bo‘lgan mahsulotning to‘liq qiymatini o‘zi uchun saqlab qoladi deb hisoblangan. Xayoliy sotsialistlarning yangi avlodi, bir tomondan o‘zlarining o‘tmishdoshlari singari, ham evolyutsiyaviy ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirish yaxshi tomonga o‘zgarishi imkoniyatini, xam inqilobiy, ya’ni zo‘ravonlik bilan "ekspluatator" jamiyatni buzishni inkor etadilar. Ammo boshqa tomondan, ularning doktrinalari hali ham sotsializmga xos bo‘lgan ijtimoiy adolat g‘oyasini tashviqot va targ‘ib qilishga asoslangan bo‘lib, butun dunyo zudlik bilan hozirgi adolatsizlikdan voz kechish uchun uning tabiiy xususiyatiga ishonish kifoya qiladi deb hisoblaydilar. Bu g‘oya, endi shunchaki xayoliy emas, balki bozorga qarshi kurash nazariy jihatdan esa bozor iqtisodiyotiga muqobil qarashlar ko‘rinishini oladi. XIX asrning birinchi yarmida ijod qilgan xayoliy sotsialistlar ta’limotlarida bozor iqtisodiyotiga muqobil qarashlari turlicha namoyon bo‘ladi. Bu o‘rinda ushbu maktab vakillarining birinchidan, individual (yakka) faoliyatni kollektiv mehnat faoliyati bilan almashtirish mexanizmini qanday izohlashlari bilan, ikkinchidan mehnatkashlarni jamoa tashkilotlariga birlashish tamoyillari xususiyatlarini qay tarzda tushuntirishlarida o‘z aksini topadi. Download 69.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling