Nazorat uchun savollar
1. «Iqtisodiy romantizm» va «romantik iqtisodchilar» atamalari nimani anglatadi?
2. S.Sismondi asarida siyosiy iqtisodni o‘rganish mavzusi va uslubini talqin qilishning o‘ziga xos xususiyatlari nimada?
3. P.Prudonning tadqiqoti mavzusi va uslubiga qanday xususiyatlar xosdir?
4. P.Prudonning aholi va mehnat taqsimoti nazariyalaridagi asosiy qoidalar mazmunini tahlil qiling. Bu nazariyalardagi qaysi pozitsiyalar S.Sismondining o‘xshash nazariyalariga yaqin?
5. P.Prudonning takror ishlab chiqarish nazariyasida “Sey qonuni”ni qabul qilmaslik uchun qanday dalillar bor? Ularni S.Sismondining bu boradagi qarashlari bilan qay darajada solishtirish mumkin?
6. P.Prudonning pul va foizlarni yo‘q qilish, Xalq bankini tashkil etish va hukumatni bekor qilish haqidagi islohotchilik g‘oyalarining mohiyatini ochib bering va sharhlang.
7. K.Marks ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlari uchun nimani ilmiy manbalar sifatida qabul qilgan?
8. K.Marks o‘zi ilgari surgan bazis va ustqurma tushunchasidan qanday xulosalar chiqaradi?
9. K.Marks «qiymat», «ishlab chiqarish narxi», «qo‘shimcha qiymat», «unumli mehnat» kategoriyalarini qanday izohlaydi?
10. K.Marksning qo‘shimcha qiymatning hosil bo‘lish mexanizmini tushuntirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |