6. bozor iqtisodiyotiga muxolif-sotsialistik yo‘nalish


Download 69.39 Kb.
bet6/14
Sana28.10.2023
Hajmi69.39 Kb.
#1729486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
6-мавзу итт

Karl Marks (1818-1883) nemis faylasufi, sotsiolog, iqtisodchi,siyosiy jurnalist. Klassik siyosiy iqtisodni yakunlovchi namoyondalaridan biri sifatida iqtisodiy ta’limotlar tarixida sezirlarli iz qoldirdi. U 1818 yil 5 mayda Germaniyaning Trir shahrida advokat oilasida tug‘ilgan.
K.Marks Trir shahrida gimnaziyani tamomlagandan so‘ng, dastlab 1835-yildan Bonn universitetining huquq fakultetida, 1836-1841-yillarda esa Berlin universitetida huquq, falsafa, tarix va san’at tarixini o‘rgangan, shundan so‘ng (1841) u Yen universiteti falsafa fakultetida doktorlik darajasini olgan.
1842 yili K.Marks Bonnga ko‘chib keldi va shu yilning oktyabrida «Reyn gazetasi»ning bosh muharriri bo‘ldi va Bonndan Kyolnga ko‘chib o‘tdi. Keyingi ikki yil (1844–1845) K.Marks uchun iqtisodiyot nazariyasini, falsafani va sotsiologiyani chuqur o‘rganishning boshlanish davri bo‘ldi.
U F.Engels bilan do‘stlashdi. K.Marks 1845–1848 yillari Bryusselda bo‘ldi.U 1848 yili Germaniyaga Kyoln shahriga keldi va «Yangi Reyn gazetasi»ga rahbarlik qildi. U o‘zining gazetasida 1849 yili «Yollanma mehnat va kapital» asarini chop etdi.
Shundan so‘ng Germaniyadan surgun qilindi va boshqa bu yerga qaytib kelmadi. K.Marks avval Parijga keldi, u yerda bir oz vaqt turgandan keyin Londonga borib, umrining oxirigacha (1850-1883) shu yerda yashadi. Aynan Londonda yashagan davrlarda K.Marks o‘zining ko‘p sonli asarlarini, jumladan, hayotining mazmunini tashkil etgan “Kapital” asarini yozdi.
K.Marksning iqtisodiy konsepsiyalari asosan uning ushbu mashhur asarida berilgan. Uning “Kapital” asari to‘rt jilddan iborat bo‘lib, birinchi jild 1867-yili nashr etildi, ikkinchi va uchinchi jildlar K.Marks vafotidan keyin F. Engels tomonidan (ikkinchi jild 1885-yil, uchinchi jild 1894-yil) chop etildi. To‘rtinchi jild tugallanmasdan qolib ketdi. Unda K.Marks siyosiy iqtisod tarixini ko‘rib chiqmoqchi bo‘lgan. Kapital ishlab chiqarish jarayoni «Kapital»ning birinchi jildining mazmunini tashkil etadi. Ikkinchi jildda kapitalning muomala jarayoni tadqiq etiladi. Uchinchi jildda yaxlit olingan kapitalistik ishlab chiqarish jarayoniga tavsif beriladi. To‘rtinchi jild («Qo‘shimcha qiymat nazariyasi») iqtisodiy ta’limotlar tarixiga bag‘ishlangan.



Download 69.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling