6. bozor iqtisodiyotiga muxolif-sotsialistik yo‘nalish
F ridrix Engels (1820-1895)
Download 69.39 Kb.
|
6-мавзу итт
F ridrix Engels (1820-1895) - nemis siyosatchisi, faylasufi, tarixchisi va tadbirkori. Marksizm asoschilaridan biri. Karl Marksning do‘sti va hamkori, uning asarlari hammuallifi. F. Engels o‘zi va (asosan Marks bilan) hamkorlikda bir qator asarlar yozgan va keyinchalik Marks tadqiqot olib borishi va "Kapital" asarini yozishda moliyaviy yordam bergan. F. Engelsning siyosiy iqtisodni o‘rganishining birinchi natijasi “Siyosiy iqtisod tanqidiga chizg‘ilar” (1844) maqolasi bo‘ldi. Unda F. Engels kapitalistik jamiyatning ziddiyatli tavsifini ko‘rsatishga harakat qildi.
F. Engels 1845-yilda “Angliyadagi ishchilar sinfining ahvoli” nomli yirik asarini yozdi. Marks vafotidan keyin F. Engels "Kapital"ning ikkinchi va uchinchi jildlarini qayta ko‘rib chiqish va nashrga tayyorlashda ishtirok etgan (mos ravishda 1885 va 1894y). F.Engels 1884-yilda “Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi”deb nomlangan marksizmni tushunishga qaratilgan asosiy asarlaridan birini yakunladi. 1894 yilda F. Engels "Fransiya va Germaniyada dehqon masalasi"deb nomlangan asarini yozdi, unda dehqonlarning ommaviy qashshoqlashuviga qarama qarshi sotsialistik muqobil yo‘lni ko‘rib chiqadi. 1878 yilda F.Engelsning “Anti-Dyuring" deb nomlangan asari nashr etildi. U falsafa, siyosiy iqtisod va sotsializm deb nomlangan uch qismdan iborat edi. Birinchi qismda F.Engels idealistik falsafani materialistik falsafaga qarama-qarshi qo‘yadi, ikkinchisining ustunligini tan oladi. Asarning ikkinchi qismda olim K.Marks iqtisodiy ta’limotining asosiy qoidalarini ko‘rib chiqadi va rivojlantiradi. Xususan bunda u moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqarish samaradorligi va ixtisoslashuvining o‘sishi, ijtimoiy mehnat, ishlab chiqarish qurollari va vositalariga xususiy mulkchilikning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq jamiyatning sinflarga bo‘linishining haqiqiy sabablarini ochib beradi. Asarning uchinchi qismi sotsializmga bag‘ishlangan bo‘lib, muallif sotsializimni jamiyat taraqqiyotining va sinfiy kurashning muqarrar natijasi deb biladi. Download 69.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling