Iqtisodiy ta'limotlar
Uesli Kler Mitchell g`oyalari
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
16.4. Uesli Kler Mitchell g`oyalari
U Veblenning shogirdi bo`lib, iqtisodiyotda siklik xodisalar-ning tadqiqotchisi sifatida mashhurdir (bu iqtisodiyotda konyunktur-statistik institutsionalizm oqimi hisoblanadi). Mitchell ustozi Veblendan tadqiqotning genetik uslubini meros qilib oldi, uningcha iqtisodiy xodisalarni belgilovchi omillar bu ijtimoiy psixologiya, an'ana va urf-odatlardir, shu sababli tadqiqot predmeti sifatida odamlarning jamiyatdagi hulqi o`rganilishi kerak. Shuningdek, ustozning ishlab chiqarish va biznes o`rtasidagi qarama-qarshilik to`g`risidagi fikri ham qabul qilingan, bu ishlab chiqarish va narxlar faoliyati harakatidagi farqlarning sababini ko`rsatadi. Bu olim iqtisodiy ko`rsatkichlar, raqamlar, bu ko`rsatkichlar o`zgarishidagi qonuniyatlar bilan shug`ullandi, kapitalistik iqtisodiyotni tartibga solishda ulardan foydalanishning yo`llarini izladi. Ammo, u kapitalizm qarama- 288 qarshiliklarini hal qilish yoki uni yaxshilash to`g`risidagi nazariyalarni yaratmadi. U iqtisodiyotga ta'sir etuvchi omillarni aniqlashga intildi, bular, uning fikricha, moliya, pul muomalasi va kredit kategoriyalari edi. Bu kategoriyalarni tartibga solish yo`li bilan iqtisodiyotga ta'sir etish, hatto siklik tebranishlarni o`zgartirish, oldini olish mumkin, deydi u. U o`zining "Iqtisodiy nazariya tiplari to`g`risida leksiyalar" (1935) asarida iqtisodiy masalalarni madaniyat va sotsiologiya muammolari bilan o`zaro aloqada, ammo asosan psixologik tahlil asosida tadqiq etadi. Siyosiy-iqtisodiy institutlar to`g`risidagi ta'limot sifatida qaraladi. Kapitalistik ishlab chiqarishni tartibga solish zarurligi, Mitchell ta'limotining bosh xulosasidir. Mitchell institutsionalizmi Veblen nazariyasidan, birinchidan, tanqidiy emasligi bilan, ikkinchidan abstrakt nazariyasi bo`lmasdan, o`sha davrning empirik tadqiqoti ekanligi bilan farq qilar edi. U o`z asarlarida inqirozsiz "amaliy sikl" masalalariga alohida e'tibor berib, inqirozlarning haqiqiy sabablarini bo`yab ko`rsatishga uringan, pul muomalasi muammolarini diqqat markazida tutgan. Moliya va pul muomalasi institutlarini insonlar hulqini tushuntirish uchun foydalaniladi. Uningcha, tadbirkorlar jamiyat manfaatlari emas, balki o`z foydalarini ko`paytirish uchun harakat qiladilar va bu axloqiy harakat oqlanadi, mavjud institutsiya (davlat, mulk va boshqalar) bunga imkon beradi. Insoniy jamiyat rivoji ayrim individlar taraqqiyoti shaklida emas, balki jamiyat a'zolarining kollektiv aloqalarining takomillashuvi sifatida xarakterlanadi. Bu aloqalar takomillashuvi shu institutsiyalarning evolutsiyasi, davlat institutlarinig rivoji hamda ularning iqtisodiyotga aralashuvi deb qaraladi. Kapitalizm qarama-qarshiliklarini yechishda davlat yo`li bilan tartibga solish eng qulay vosita deb qaraladi. Iqtisodiyotni o`rganishda matematika va statistikani keng qo`llash yo`li bilan, Mitchell "kichik va katta sikllar" davomiyligini hisoblab chiqdi. U o`zining hisob-kitoblariga asoslanib, kapitalizmning inqirozsiz rivojlanish modeli loyihasini yaratdi. Bu olimning tadqiqotlaridagi ijobiy tomonlar shundan iboratki, mamlakatlarning milliy xo`jaliklari bo`yicha boy faktik materiallar to`plandi, ular asosida natural va qiymat ko`rsatkichlarining rivojlanib boruvchi qatorlari yaratildiki, "dinamik qatorlar" tahlili nomini oldi. Bu tahlil asosida olingan jamlovchi ko`rsatkich va indekslar iqtisodiyotdagi haqiqiy ahvolni aks ettirgan va kapitalistik konyunkturani, ayniqsa ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlaridagi holatni baholashlda ulardan foydalanilgan. Bu yo`nalish tarafdorlari sikllarni o`zaro aloqador parametrlarning ta'siri oqibatida vujudga keladi va kapitalistik ishlab chiqarish dinamikasini belgilaydi, deb qaraydilar. Shu sababli ular sikllarni tasodifiy yagona xodisa emas, balki doimiy kapitalizm iqtisodiyotiga xos xususiyat deb hisoblaydilar. Ular tadqiqot qilayotgan omillar qatoriga birinchilardan bo`lib muomala sohasi 289 ko`rsatkichlarini qo`yadilar, ya'ni narxlar, aksiyalar kursi, pul muomalasi va boshqalar. Inqirozlar inkor etiladi, bu amaliy sikllarni tan olish bilan isbotlanadi (unda inqirozlar yo`q). Iqtisodiy qatorlarning nazariy asosini bekamu ko`st deb bo`lmaydi. Masalan, 1929 yil arafasida Garvard maktabi vakillari tomonidan berilgan iqtisodiy ob-havo prognozi ("Konyunktur barometr") iqtisodiyot ravnaqi - "prosperity" bo`lgan. Ammo, amalda nima bo`lgani hammaga ma'lum (1929-33 yillardagi og`ir inqiroz). "Garvard barometri" uch egri chiziqdan iborat bo`lib, A) spekulatsiya indeksi; B) biznes indeksi; S) pul bozori indeksidir. O`tgan yillar tajribasi asosida egri chiziqlar harakati to`g`ri kelmaydigan lagalar (vaqt oralig`i) topilib, "barometr" mualliflari egri chiziqlarning yangidan chetga chiqishini aniqlash imkoni borligini va shu yo`l bilan iqtisodiy tushkunlikni ko`ra bilish va oldini olish mumkin deb o`ylaganlar. Mitchell tadqiqotlari empirik va institutsional uslublarning qorishmasi- dan iborat. U iqtisodiy siklning amaldagi modelini loyihalashtirishga muvaffaq bo`la olmadi. U. Mitchell o`z ustozining ilmiy xizmatlari va unga bo`lgan cheksiz hurmati sifatida "Veblen ta'limoti" asarini yaratdi, unda ustoz kitob va maqolalaridan ko`chirmalar ko`p keltiriladi, bu kitob Mitchell vafotidan keyin nashr etilgan. Siklik (davriy) o`zgarishlar nazariyasiga rus olimi N.D.Kondratyev (1892-1938) katta hissa qo`shdi. U jahondagi yetakchi kapitalistik deb nom- langan mamlakatlar iqtisodiyotining ko`p yillik (100-150 yil) rivojlanishini tahlil etib, bu o`zgarishlarning bir yildan kam (fasliy), 3,5 yillik, 7-11 yillik savdo-vsanoat va 50-60 yillik katta sikllarini ajratib berdi. U 1929 yildagi "Buyuk depressiyani" oldindan (prognoz) aytib bergan, ammo, sovet davrida "kapitalizm qachon o`ladi" degan savolga "kapitalizm o`lar, ammo, qachon- ligini ayta olmayman" deb javob berganligi uchun qatag`onga uchragan va otil- gan. Bu olimning buyuk xizmatlari jahon iqtisodchilari tomonidan yuqori baholangan va amalda qo`llanilmoqda. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling