Marjinalizm iqtisodiy ta’limotining shakllanishi, umumiy ta’rifi. Topshirdi: «Menejment» 75-20 guruh talabasi Jumayeva Ozoda Marjinalizmning umumiy ta’rifi va rivojlanish bosqichlari


Download 1.54 Mb.
Sana09.12.2020
Hajmi1.54 Mb.
#162678
Bog'liq
75-20.Jumayeva.

Marjinalizm iqtisodiy ta’limotining shakllanishi, umumiy ta’rifi.

Topshirdi: «Menejment» 75-20 guruh talabasi Jumayeva Ozoda

Marjinalizmning umumiy ta’rifi va rivojlanish bosqichlari:

  • XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida iqtisodiy ta'limotlarning evolyutsiyasi kapitalizim iqtisodiyotida uning siyosiy jarayonlarda yuz berayotgan tub siljishlarni o’zidan aks ettirar edi.
  • XIX asrning so’nggi choragida erkin raqobatning monopoliyaga aylanishi iqtisodiyotdagi eng muxim hodisa bo’ldi.
  • Bu jarayon kapitalizm ziddiyatlarining, ayniqsa mehnat va kapital o’rtasidagi ziddiyatlarning chuqurlashuvi va keskinlashuvi bilan ayni bir vaqtda ro’y berdi.

XIX asrning 70-yillaridan boshlab qiymati nazariyasi va uni ilmiy tahlil qilishda ham chinakkam inqilobiy o’zgarish yuz berib aynan shu davrda Yevropaning bir nechta mamlakatlarida turlicha nazariy maktablar shakllandi.

  • XIX asrning 70-yillaridan boshlab qiymati nazariyasi va uni ilmiy tahlil qilishda ham chinakkam inqilobiy o’zgarish yuz berib aynan shu davrda Yevropaning bir nechta mamlakatlarida turlicha nazariy maktablar shakllandi.
  • Ushbu maktablar yaratgan iqtisodiy ta'limot fanda «MARJINALIZM» ta'limoti deb nomlanib XX asrning 30- yillarigacha o’z mavqeini saqlab qoldi.
  • «MARJINALIZM» fransuzcha «MARGINAL» so’zidan olingan bo’lib «ENG YUQORI» yoki chegaraviy degan ma’nolarni anglatadi

UILYAM STENLI JEVONS:

  • Marjinalizm boradida o’zining ilk fikrlarini U.S.Jevons 1862-yilda Britaniya fanlarni rivojlantirish Assotsiatsiyasida qilgan «Siyosiy iqtisodiyotning umumiy nazariyasi haqida qisqacha bildirish» nomli ma’ruzasida bayon etgan edi.1871- yilda esa u yangi nazariyasini ilmiy asoslashga bag’ishlangan fundamental asar bo’lgan «SIYOSIY IQTISODIYOT NAZARIYASI» nomli kitobini Angliyada nashr qildirdi.

Karl Menger:

  • Aynan mana shu yili 1871-yilda Avstriyada Karl Mengerning «Siyosiy iqtisod asoslari» nomli kitobi ham e’lon qilindi. Bu kitobdan ham xuddi mana shu «eng yuqori foydalilik» nazariyasi tahlil qilinib matematik formula va teoremalarsiz ilmiy jihatdan asoslab berildi.

Leon Valras:

  • 1874-yilda Shvetsariyada Leon Valrasning «SOF IQTISODIYOT FANI ELEMENTLARI» nomli kitobi nashrdan chiqdi. Bu kitobdagi iqtisodiy nazariya to’liq ravishda matematik jihatdan rivojlantirildi.
  • Shunday qilib yangi yo’nalish bit vaqtda uchta olim tomonidan turli mamlakatlarda ingliz, nemis, fransuz, tillarida ilmiy jihatdan asoslab berildi.

Marjinalizm rivojlanish bosqichlari:

  • BIRINCHI BOSQICH:
  • XIX asrning 70-80 yillarini o’z ichiga olib iqtisodiy tahlilning dastlabki marjinalistik g’oyalarini mujassam qilgan dastlabki ilmiy asarlar yaratildi. Bu davrda asosiy mavzu insonning psixologik xususiyati ya’ni uning xissiyoti va qabul qilishi asosida o’rganiladi. Shuning uchun marjinalizmning bu bosqichini iqtisodiy ta'limotlardagi «Subyektiv yo’nalish» deb ataldi.

Marjinalizm rivojlanish bosqichlari:

  • IKKINCHI BOSQICH:
  • XIX asrning 90-yillariga to’g’ri kelib, bu davrdan boshlab marjinalizm ko’plab davlatlarda mashhur va asosiy ta'limotga aylandi.Marjinalistlarning bu davrda erishgan asosiy yutuqlari subyektiv psixologik yo’nalishidan voz kechib Iqtisodiyotning asosiy maqsadi bu iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud shart-sharoitlar asosida tushuntira bilish demakdir, dedilar.

Natijada yangicha iqtisodiyot namoyondalari, klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib ularga «NEOKLASSIKLAR» deb nom berildi. Marjinal rivojlanishning ikkinchi bosqichini ya’ni neoklassik iqtisodiy ta'limotni rivojlanishiga yirik iqtisodchi olimlar A.Marshall, J.B. Klark, V. Paretto katta hissa qo’shdilar.

  • Natijada yangicha iqtisodiyot namoyondalari, klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib ularga «NEOKLASSIKLAR» deb nom berildi. Marjinal rivojlanishning ikkinchi bosqichini ya’ni neoklassik iqtisodiy ta'limotni rivojlanishiga yirik iqtisodchi olimlar A.Marshall, J.B. Klark, V. Paretto katta hissa qo’shdilar.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling