Iqtisodiy ta'limotlar


Ijtimoiy bozor xo`jaligi konsepsiyasi


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

19.2. Ijtimoiy bozor xo`jaligi konsepsiyasi 
2-jahon urushidan so`ng neoliberalizm prinsiplari dastlab G’arbiy Ger-
maniya (GFR) da amaliy jihatdan muvaffaqiyati tatbiq etildi. Bu yerda 1948 
yildan boshlab bu g`oyalar Adenaurer-Erxard davlat doktrinasi statusiga aylan-
tirildi. Neoliberalizmning taniqli nemis nazariyotchilari V.Rebne, A.Ryustov va 
boshqalar ozodlik va insonparvarlik bahonasida monopolizm vujudga kelishin-
ing barcha ko`rinishlarini tanqidiga boshchilik qildilar. V.Oyken va uning 
safdoshlari Frayburg universitetida 1948 yildan "Ordo" nomli yillik to`plamni 
chiqara boshladilar, bu jurnal barcha davlatlar uchun neoliberalizning nazariy 
minbari rolini o`ynaydi. V.Oyken tomonidan tanlangan "Ordo" so`zi yig`ma 
bo`lib, erkin bozor xo`jaligining "tabiiiy tizimi" ma'nosini beruvchi mazmunga 
ega edi. Neoliberilizm G’arbiy Germaniya doktrinasi "Oyken maktabi" ta'siri 
ostida hatto "Ordoliberalizm" deb atala boshlandi.
"Ijtimoiy bozor xo`jaligining" mohiyati GFR neoliberalizm nazariyotch-
ilari "erkin bozor" va adolatli taqsimot prinsiplarini "ijtimoiy tenglik"prinsipi 
g`oyasi bilan birga qo`shimcha muvaffaq bo`ldilar. Birinchi marta uning kon-
sepsial g`oyasi A.Myuller-Armakning "Xo`jalik boshqaruvi va bozor xo`jaligi" 
(1947) kitobida izohlanadi, bunda "Ijtimoiy bozor xo`jaligi" matni ham birinchi 
bor qo`llanilgan. Bu sohadagi ishlanmalar V.Rebke, L.Erxard, V.Oyken (asli 
tarixchi) va boshqalar tomonidan davom ettirildi.
V.Rebekning "nemis iqtisodiy siyosati to`g`rimi?"(1950) degan kitobi 
muqaddimasida GFR kansleri K.Adenauer "ijtimoiy bozor xo`jaligi" modeli 
mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy vazifasi sifatida qilinganligini bayon 
etadi. 
V. Rebke xarakteristikasi bo`yicha, "ijtimoiy bozor xo`jaligi" - "iqti-
sodiy insonparvarlik" sari o`ldir. U o`zining "Insonparvar jamiyat" asarida 
kollektivizmga - persinolizm, hokimiyat konsentratsiyasiga - erkinlik, sentral-


315 
izmga - desentralizm, tashkilotchilikka - o`zini-o`zi boshqarishni qarshi qo`yadi 
va boshqalar. 1957 y. XDS ning navbatdagi syezdida L.Erxard, V.Rebke 
g`oyalarini qullagan holda GFR da "ijtimoiy bozor xo`jaligi"ning 2- bosqichi 
boshlanganligini tasdiqladi. 60-yillarda L.Erxard o`z maqolasida avvalo "erkin 
musobaqa ijtimoiy bozor xo`jaligining eng asosiy elementi hisoblanadi" deb 
ta'kidlangan edi. 1965 y. partiyaning navbatdagi syezdida L.Erxard GFRda 
"Ijtimoiy bozor xo`jaligi" ni tashkil etish dasturining nihoyaga etganligini e'lon 
qildi. Bu dastur mamlakatni "rasmiylashgan jamiyat"ga aylantirildi.
"Rasmiylashgan jamiyat" doktrinasi L.Erxard va uning maslahatdoshlari 
bo`yicha bu eng yaxshi "tabiiy iqtisodiy tartib" ni izlash bo`lib, unga "ijtimoiy 
bozor xo`jaligi" orqali yetishish mumkin. Unda ijtimoiy tizim va ishlab 
chiqarish munosabatlarining besh shakli (tipi), sinflarining antogonizmi 
to`g`risidagi markscha g`oyalar qat'iyan inkor etiladi. Bu g`oyalar V.Oykenning 
inson jamiyati uchun faqat ikki tipdagi iqtisodiyot: "Markazdan boshqari-
ladigan" (totalitarizm) va "Almashuv iqtisodiyoti" (boshqacha matn bo`yicha-
"erkin, ochiq xo`jalik") xos, konkret tarixiy sharoitlarda biron tip belgilarining 
ustuvorligi bilan qo`shma shakli ham mavjud bo`ladi.
Valter Oyken (1891-1950) "Milliy iqtisodiyot asoslari" (1947) asarida 
(9 mrta qayta nashr etilgan) iqtisodiyotni qayta tashkil etishning asosiy 
shakllarini tiplarga bo`lish muammolarini fundamental ishlab chiqdi. Asli tar-
ixchi bu olim kitobning "Iqtisodiy tizimlar" bobida bir xil jamiyatda ikkita ideal 
iqtisodiyot tiplari o`zaro birga yashaydi, bular almashuv va markazdan 
boshqariladigan iqtisodiyotlardir. Markazdan boshqariladigan iqtisodiyotga xos 
narsa shuki, har kungi jamiyatning iqtisodiy hayoti bir markazdan keluvchi reja 
(plan)lar bilan tartibga solinadi. Agar jamiyat iqtisodiyoti ikki yoki undan ortiq 
alohida xo’jaliklardan iborat bo`lsa (ularning har biri o`z rejalarini tuzadi va 
amalgi oshiradi), bu "almashuv iqtisodiyoti" sistemasidir.
Turli tarixiy sharoitlarda ko`pinsa bu sistemalar aralash holda bo`ladi, 
bu bir qancha misollar bilan isbotlab beriladi. Shu bilan birga, Oyken bo`yicha, 
eslab o`tilgan tiplar uch shaklda amalga oshadi, uning har biri quyidagicha ta'ri-
flanadi: a)totalitar markazdan boshqariladigan iqtisodiyot (almashuv umuman 
inkor etiladi; mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimot va iste'mol ohirgi maydo-
chuydaga markaziy boshqarma buyruqlari asosida amalga oshiriladi); b) iqti-
sodiyotni markazdan boshqarish asosida iste'mol mollarini erkin almashuv 
(markaz tomonidan belgilanadigan "ishlab chiqarish kuchlaridan" foydalanish 
usullari, ishlab chiqarish jarayonining vaqtli tarkibi, maxsulotlarni taqsimlash 
usullari va boshqalar asosida amalgi oshiriladi. 1-variantdan farqli ravishda bu 
yerda iste'molchilar almashuv yo`li bilan ajratilgan iste'mol mollariga 
o`zgartirishlar kiritishlari mumkin); v) erkin iste'mol tanlovi asosidagi markaz-
dan boshqariladigan iqtisodiyot (boyliklarni iste'mol uchun odatda markaziy in-


316 
spatsiya ishlab chiqarishni belgilagan maxsulotlar ichidan erkin tashlash mum-
kin). 
"Eruiye bozor xo`jaligi" avtomatik ravishda faoliyat yurita olmasligini 
V.Rebke va L.Erxard, ishlab chiqarish anarxiyasining har qanday 
ko`rinishlariga qarshi davlatning shunga muvofiq choralarni qo`llash uchun 
iqtisodiyotga aralashuvi zarurligi tan olinadi. Bu aralashuv erkin va ijtimoiy za-
rur jamiyat tuzumi sintezi (qo`shilishi)ni ta'minlashi kerak. Rebke-Erxardning 
obrazli ifodasiga ko`ra, davlat roli futbol maydonidagi sudya (arbitr) bilan 
tenglashtiriladi, arbitr futbol komandalari o`yinini ma'lum qoidalar asosida 
diqqat bilan kuzatib va boshqarib boradi, ammo, o`yinda bevosita ishtirok etish-
iga haqqi yo`q. Boshqa so`z bilan aytiladigan bo`lsa, davlat erkin bozor 
xo`jaligining ideal tipi bo`lgan "ijtimoiy bozor xo`jaligi" faoliyati sharoitini 
ta'minlash uchun erkin raqobat ("halol o`yin") "qoida"larining saqlanishi usti-
dan nazoratini olib borishi kerak. Undan tashqari davlat baho shakllanishi sha-
roitini nazorat qilishi, monopol baho o`rgatilishiga bo`lgan urunish harakat 
oldini olishi, monopoliyasiz tovar-pul xo`jaligida xususiy mulkning 
qo`riqlanishi ustuvor ahamiyatini kafolatlashi kerak. 
60-70-yillarda neoliberalizm konsepsiyasi "ijtimoiy bozor xo`jaligi" 
modelini yaratish va amalga oshirish prinsiplari institutsionalizmning "barcha 
uchun farovonlik jamiyati" konsepsiyasi bilan hamohangdir. Chunki, ikkala 
modelda insonni inson tomonidan ekspluatatsiya va sinfiy antegonizm inkor eti-
ladi. Bu modellardan bundan tashqari davlatning faol ijtimoiy vazifasi 
(funksiyasi) g`oyasi bor. Davlat barcha fuqarolarga ijtimoiy xizmatni olish va 
ular farovonligini oshirish uchun teng huquq va teng imkoniyatlar yaratishi za-
rurdir. Bunda jamiyatning turli qatlamlarida aksionerlar sonining ortishi bilan 
birga, barcha ijtimoiy institutlar barqarorligining o`sishi, asosiy mehnatkash 
aholining ertangi kunga ishonchi va boshqalar ko`zda tutiladi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling