Iqtisodiy ta'limotlar
Ekonometrikaning hozirgi zamon asosiy yo`nalishlari
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
20.4. Ekonometrikaning hozirgi zamon asosiy yo`nalishlari
Yuqorida iqtisodiyotdagi matematik uslublar to`g`risida fikr yuritgan edik (Kurno, Tyunen). Unda iqtisodiyotni dastlab matematika, statistikadan foydalanib tahlil etish usullari berilgan. XX asrda bu yo`nalish yana yuqori bosqichga ko`tarildi. Bu yo`nalishning muhim xususiyati shuki, uning namoyandalari iqtisodiy ta'limotlar va iqtisodiy tahlillarda matematika uslublarini keng qo`llaydilar, iqtisodiyotga liberal yondoshuv mavjud. Davr taqozosi tufayli iqtisodiyotdagi ekonometrika yo`nalishi ham tobora rivojlanib, takomillashib bormoqda. Evolutsiya davomida uning namoyandalari qo`llaydigan tushunchalar o`zgarmoqda, bugungi kunga kelib miqdoriy tahlil usullari ham rivojlanmoqda, tahlil sohasi ham kengayib bormoqda. quyidagi omillar bu yo`nalishning rivojini zarur qilib qo`ydi: 1. Tahlilning matematik va statistik uslublarining rivoji, ayniqsa matematik programmalash, turli o`yinlar nazariyasi, matematik statistikaga oid ishlarning ko`payishi; 2. Ilmiy-texnika taraqqiyotining rivoji, fanning yangi tarmoqlarining paydo bo`lishi, xususan kibernetika, elektron-hisoblash texnikasi, komp'yuterlar tizimi, iqtisodiyot sohasidagi informatsiyaning tobora ko`payishi, bu informatsiyani tayyorlash, uzatish, qabul qilish va qayta ishlash hajmlarining keskin ortib ketishi; Umuman hozirgi davrda hayotni, uning muhim qismi bo`lgan iqtisodiyotni bu yo`nalishsiz tasavvur etib bo`lmaydi. Shu sababli ekonometrika ham ilmiy, ham amaliy jihatdan muhim bo`lib qoldi. 326 XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Lozanna universiteti professori L.Valras kapitalistik iqtisodiyotning "umumiy iqtisodiy muvozanati" modelini qurdi. Bu yo`nalish Valras ishining davomchisi, italiyalik olim Vilfredo Pareto (1848-1923) tomonidan keng rivojlantirildi. U "eng yuqori naf" nazariyasini hal etish, iste'mol ne'matlarining nafi (foydaliligi)ni hisoblash uchun harakat qildi va matematik usullardan keng foydalandi. Pareto o`z tahlili asosiga daromad miqdori va tovarlar bahosini qo`ydi. Iste'mol ne'matlari to`plami turlicha bo`lishi tabiiy. Shu sababli Pareto "ideal muvozanat" sxemasini oladi, bunda avtomatik ravishda paydo bo`ladigan "xususiy muvozanat" har bir iste'molchining optimal tanlovidan vujudga keladi. Bu usul bilan Pareto "eng yuqori naf" nazariyasini boshi berk ko`chadan olib chiqa olmadi, lekin uning "afzal ko`rish" va "loqaydlik egri chiziqlari" nazariyasidan ekonometrik tadqiqotlarda foydalanib kelinmoqda. U Valrasning umumiy iqtisodiy muvozanat nazariyasini takomillashtirishga harakat qildi. U ustozidan farqli ravishda ishlab chiqarish funksiyasining mahsulot chiqarish hajmiga bog`liqligi koeffitsientining o`zgarishi mumkinligini tan olgan. "Pareto qonuni"da kapitalistik mamlakatlarda aholi daromadlarining taqsimlanish giperbolasining tenglamasi beriladi (1897). Foydalilik (naf) funksiyasini topish uchun ne'matlar to`plami afzalligi konsepsiyasi Jon fon Neyman tomonidan yanada rivojlantirildi. U o`yin nazariyasiga asoslanib, individuumning maksimum yutuqqa intilishi sharoitidan kelib chiqib, iste'molchining o`zini tutish modelini ishlab chiqdi. Bunda ne'matlar foydaliligi konsepsiyasi psixologik talabni qondirish mezonlari bilan bog`lab o`rganiladi. R.Xuker (Buyuk Britaniya) tomonidan korrelatsion tahlil o`tkazilgan, bunga rus statisti A.A.Chuprov ham ancha hissa qo`shgan. Ekonometrika alohida ilmiy yo`nalish sifatida iqtisodiy nazariya, matematika va statistikadan 20-30 yillarda ajralib chiqdi, bu xususan G.Mur va G.Shuls (AQSH) asarlari tufayli ro`y berdi. "Ekonometriya" matni birinchi bor pol'shalik iqtisodchi P.Chompa (1910) tomonidan ishlatildi (ekonometrika va ekonometriya iboralari teng kuchli hisoblanadi), ilmiy qo`llanuvga esa norvegiyalik iqtisodchi R.Frisk (1926) kiritdi. U I.Fisher, I.Shumpeter, Ch.Rouz va boshqa amerikalik olimlar bilan birga "Xalqaro ekonometriya jamiyati"ning tashkilotchisi hamdir (1930). Bu jamiyat 1933 yildan "Ekonometrika" jurnalini nashr etadi. U.Mitchell va u boshqargan "iqtisodiy barometrlar"ning Garvard maktabi vakillari ham bu yo`nalishga katta hissa qo`shmoqdalar. Keyingi davrda italiyalik iqtisodchilar E.Barone va M.Pantaleoni, amerikalik I.Fisher, Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling