321
Dunyoning tilagi, samari ham biz,
Aql ko`zin qorasi javhari ham biz,
To`garak jahonni uzuk deb bilsak,
Shaksiz, uning ko`zi-gavhari ham biz
Umar Xayyom.
20-BOB. HOZIRGI ZAMON IQTISODIY
TA'LIMOTLARI EVOLUTSIYASI
20.1. Neoklassik sintez konsepsiyasining mohiyati
Iqtisodiyotda
bir qancha ofatlar, xususan, ommaviy ishsizlik va
inflatsiya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda asosiy muammolardan biri bo`lib
qolmoqda. qanday qilib aholoning mo`'tadil va to`la bandligini, real daromadlar
O’sishini ta'minlash
mumkin degan savollar hammani, iqtisodiyot fani
namoyondalarini ham qiziqtirib kelmoqda. Ayniqsa,
inqirozsiz iqtisodiy
siklning sirlari nimani muhimdir.
Bu va boshqa masalalar bilan neoklassik sintez yo`nalishi shug`ullanib,
unda klassik iqtisodiy ta'limot tomonidan ilgari aniqlangan haqiqat va qoidalar
hozirgi davrdagi daromadlar shakllanishi nazariyalari bilan sintez qilinadi. Bu
sohada barakali ijod etgan P.Samuelson fikricha, "neoklassik sintez" - bu aslida
hozirgi nokeyns va neoliberal qoida va "haqiqat" larning ilk neoklassik g`oyalar
bilan, shuningdek klassik maktabning ayrim postulatlari va avvalo hozirgi
davridagi daromadlar shakllanishi nazariyalari bilan birlashtirib qarashidir.
Do'stlaringiz bilan baham: