Makroiqtisodiyot Suyunov Azizbek
Download 170.04 Kb.
|
Fillips egri chizig\'i
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun rahmat!
MakroiqtisodiyotSuyunov AzizbekFillips egri chizig`i modelning zamonaviy talqini REJA; 1.Fillips egri chizig’I 2. Inflyatsiya va ishsizlik o’rtasidagi bog’liklik Fillips egri chizig'i - bu inflyatsiya va ishsizlik barqaror va teskari munosabatlarga ega ekanligi to'g'risida A. V. Fillips tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy kontseptsiya. Fillips egri chizigʻi - nominal ish haqi stavkalari oʻzgarishlari surʼati (inflyatsiya) bilan ishsizlik oʻrtasidagi teskari bogʻlanishni ifoda etadi. Bu atama ingliz iqtisodchisi O. U. Fillips tomonidan Buyuk Britaniyada 1861 — 1957-yillar davomidagi ishsizlik va pullik ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qilish asosida 1958-yilda ifodalab berilgan. Bu chiziqqa koʻra, ishsizlik darajasiga qarab, ish haqining kutiladigan oʻzgarishini aniqlash mumkin. Mamlakat iqtisodiyotining xususiyatiga ko’ra, shuningdek, inflyatsiyaning qaysi turi mavjudligiga qarab Fillips egri chizig’idagi inflyatsiya va ishsizlik darajalarining kombinatsiyasi farq qilishi mumkin. Bunday tanlov kutilayotgan inflyatsiyaning sur’atiga bog’liq. Ishsizlik darajasi va inflyatsiya sur‘atining maqbul miqdorlari quyidagi formula ko‗rinishida tasvirlanishi mumkin: Yh - Yp = kut + f ( ------------- ) + ε Yp Yp Bu yerda: - inflyatsiyaning haqiqiy darajasi; kut-inflyatsiyaning kutilayotgan darajasi; Ouken qonuniga ko’ra YaIMning uzilishi, ya‘ni (Yh – Yp) / Yp miqdor davriy ishsizlikning o’zgarishiga bog’liqligi sababli qisqa muddatli Fillips egri chizig’ini tenglamasini quyidagicha tasvirlash mumkin: = kut - β [ u –u*] + ε Keltirilgan tenglamadan ko’rinib turibdiki, haqiqiy inflyatsiya darajasi miqdori kutilayotgan nflyasiya darajasiga hamda tashqi baho shoklari darajasi bilan to’g’ri bog’liqlikka, davriy ishsizlik darajasi bilan esa teskari bog’likka ega ekan. Hukumat Fillips egri chizig’iga asoslanib, qisqa davr uchun, iqtisodiy siyosat maqsadlaridan kelib chiqib ishsizlik va inflyatsiya darajalarining istalgan kombinasiyasini tanlashi mumkin. E’tiboringiz uchun rahmat!Download 170.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling