Reja 1. 1. Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari. 2. Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o’lchanishi. 3. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari.A. Ouken qonuni. 4.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqish sabablari, namoyon bo’lish shakllari va ishsizlik darajasiga ta’siri. 5. O’zbekistonda ishsizlik darajasining tahlili bajardi 40-21 guruh talabasi Asrorov A tekshirdi G’aybullayev S Mavzu: Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi. Ishsizlik. 1. Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari - Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixini o’rganish, ulardan hech biri uzoq muddatda bir tekis rivojlanmaganligi, aksincha, barcha malakatlar uchun davriy rivojlanish xos ekanligini ko’rsatadi.
- Ishlab chiqarish, bandlilik va inflyatsiya darajasining davriy tebranishga iqtisodiy davr (tsikl)lar deyiladi. Ayrim iqtisodiy davrlar boshqalaridan o’tish davrining davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi. SHunga qaramasdan ularning barchasi bir xil bosqichlardan tashkil topadi (3.1-chizma).
- Iqtisodiy davrlar to’rtta bosqichni o’z ichiga oladi. Birinchi bosqich iqtisodiy rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishilgan bosqich bo’lib, u «cho’qqi» deb yuritiladi. Bu iqtisodiyotda ish bilan to’liq bandlik, ishlab chiqarish to’la quvvatda ishlayotganligi, shuningdek, mahsulotlarning baho darajasining o’sish holati kuzatiladi.
2. Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o’lchanishi. - Makroiqisodiy tahlilda mehnat resurslari emas balki ishchi kuchi kategoriyasidan ko’proq foydalaniladi.
- Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni tushuniladi.
- Mehnat bozorida boshqa resurslar bozori singari talab va taklif qonuni amal qiladi. Ishchi kuchining bahosi hisoblangan real ish haqi hajmi oshsa ishchi kuchiga bo’lgan talab qisqaradi, agar real ish haqi hajmi kamaysa ishchi kuchiga bo’lgan talab ortadi, ishchi kuchi taklifi esa kamayadi. Ishchi kuchiga bo’lgan talab miqdorining ishchi kuchi taklifi miqdoridan kam bo’lishi ishsizlikni keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |