Reja Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari. Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o’lchanishi. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari. A. Ouken qonuni


Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqish sabablari, namoyon bo’lish shakllari va ishsizlik darajasiga ta’siri


Download 141.59 Kb.
bet3/4
Sana08.04.2023
Hajmi141.59 Kb.
#1341946
1   2   3   4
Bog'liq
mikro iqtisodiyot

4.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqish sabablari, namoyon bo’lish shakllari va ishsizlik darajasiga ta’siri.

  • YUzaga kelgan jahon moliyaviy -iqtisodiy inqirozi dunyodagi deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda makroiqtisodiy berqarorlikni keltirib chiqardi. «Bu inqiroz Amerika Qo’shma SHtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro’y bergan tanglik holatidan boshlandi. So’ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to’lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarining bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o’z navbatida, ko’plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o’sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog’liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi»
  • 3.1-diagramadagi ma’lumotlardan ko’rinadiki, jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi ishsizlik keyingi 3 yil mobaynida o’sib borishi kuzatilmoqda. 2009 yilda AQSHda ishsizlik darajasi 7,2%, YAponiyada 4,4%, Buyuk Britaniyada 6,4%, Germaniyada 8,2% ga o’sishi kutilmoqda. Bu o’z-o’zidan ijtimoiy transfertlarning ko’payishi hisobiga davlat xarajatlarining o’sishiga olib keladi.

3,1-diagramma

5. O’zbekistonda ishsizlik darajasining 2017 yilgi holati

  • O’zbekistonda ishsizlar soni mehnatga layoqatli aholining 5,4 foizini tashkil etadi.
  • “O’zbekistonda bugungi kunda 32,5 mln fuqaro bo’lsa, shundan 14,5 mln kishi iqtisodiy faol fuqaro hisoblanadi. Bandlikka ko’maklashish va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda umumlashtirgan rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, yanvar’-sentyabr’ oylarida 765 ming kishi rasmiy ishsiz deb qabul qilingan. Bu esa, ishlashi mumkin bo’lgan aholiga nisbatan 5,4 foizni tashkil qilishini anglatadi. Agar ishsiz aholi joylardagi bandlikka ko’maklashish va mehnat munosabatlari bo’limlariga rasman murojaat qilib, ro’yxatdan o’tmasa, ular ishsiz deb e’tirof etilmaydi. SHunga binoan, ishsiz yurgan fuqarolar Bandlikka ko’maklashish va mehnat munosabatlari vazirligining tuman bo’limlariga murojaat qilishsa, ishsizlik borasidagi aniq raqamlarga ega bo’lish imkoni paydo bo’lar edi. 
  • Bundan tashqari kelasi yildan ish haqlarini inflyatsiyaga bog’liq ravishda oshirish tizimi joriy etilishi haqida ma’lumotlar berildi. 
  • “2018 yildan byudjet tizimida ish haqini belgilashda birinchidan, inflyatsiyani to’g’ri hisoblash va uning darajasidan kelib chiqqan holda har 6 oyda inflyatsiyadan kam bo’lmagan miqdorda kompensatsiya qilish tizimi yo’lga qo’yiladi. Masalan, 1 yanvardan 1 iyulgacha bo’lgan 6 oyda inflyatsiya qancha bo’lsa, shu miqdorda ish haqi oshiriladi. Keyingi 6 oyda ham, ya’ni yil oxirida xuddi shu tarzda ish haqiga kompensatsiya qilinadi.

Download 141.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling