Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

 
 
 
 


333 
21.1. Xalqaro iqtisodiy integratsiya. Nisbiy afzallik 
konsepsiyasi. Savdo-sotiqning marjinalistik nazariyalari 
 
Hozirgi davrda dunyoda 200 dan ortiq mamlakat mavjud bo`lsa, 
ularning tabiiy iqlimiy sharoitlari nihoyatda turli-tuman. Ularning aholisi
xo`jalik faoliyati, turmush tarzi ham xilma-xildir. Tarixiy, an'anaviy sharoit 
taqozosi tufayli har bir mamlakatda o`ziga xos xo`jalik faoliyati, mahsulot 
turlari yuzaga kelgan. Masalan, bizga yaxshi tanish bo`lgan kartoshka, 
makkajo`xori, pomidor, tamaki Amerika kashf etilgandan keyin bizga olib 
kelindi va rivojlandi. Xuddi shunday yo`l bilan o`zaro bog`lanish, savdo-sotiq, 
madaniy aloqalar kuchayib bormoqda. Ayniqsa, xalqaro savdo munosabatlari 
bu borada yetakchi o`rinni egallaydi va iqtisodiy ta'limotlarda ham bu sohada 
muhim yutuqlar mavjud. Xalqaro iqtisodiy integratsiya dastlab savdo sohasida 
keng tus olgan. 
Xalqaro savdo rivojlanishi jarayonlari iqtisodiyoti allaqachon milliy 
davlatlar doirasidan chiqqan va bu borada bir qancha iqtisodiy ta'limotlar ham 
mavjud. Ular klassik, neoklassik va neokeynschilik nazariyalarida o`z aksini 
topgan. Ayniqsa, XIX-XX asrlardagi iqtisodchilar A.Smit, D.Rikardo, 
R.Torrens, J.S.Mill, A.Marshall (yuqorida ular bilan tanishganmiz.) J.Vayner, 
G.Xaberler, G.Jonson, P.Samuelson va boshqalar bu sohada barakali ijod 
qildilar. 
A.Smit tomonidan mutloq afzallik prinsipi ishlab chiqilgan, unga ko`ra, 
eng kam xarajat talab etuvchi tovarlar ishlab chiqarish va eksport qilish 
samaralidi va aksincha. 
Klassik iqtisodiy maktab vakili D.Rikardo birinchilardan bo`lib mehnat 
taqsimoti faqat ayrim ishlab chiqarish sohasidagina emas(A.Smit fikri), balki 
xalqaro ko`lamda ham obyektiv zarurat ekanligini isbotlab berdi.Olimning fikri 
shundan iboratki, prinsipial jihatdan qaralsa, har bir davlat o`ziga kerakli barcha 
narsani (tovarlarni) ishlab chiqarishi mumkin, ammo bu iqtisodiy jihatdan 
qanchalik to`g`ri, degan savol tug`iladi. Unga javob berib, Rikardo aytadiki, har 
bir davlat ma'lum bir mahsulotlarni ishlab chiqarishda ixtisoslashadi va nisbiy 
afzallikka, ustunlikka ega bo`ladi. Masalan, Shotlandiyada suli, Portugaliyada 
faqat vino ishlab chiqarish samaraliroqdir, chunki sarf-xarajatlar miqdori eng 
kam bo`lgan sohani rivojlantirish afzaldir. Bunda albatta, tabiiy sharoit, an'ana-
lar, tarixiy tajriba, yer, suv, inson resurslari, xalqning mentaliteti va boshqalar 
hisobga olinishi kerak. Masalan, musulmon davlatlarida cho`chqachilikni 
rivojlantirish haqida so`z ham bo`lishi mumkin emas va boshqalar. 
Solishtirma xarajatlar prinsipi ham barcha mamlakatlar uchun tegishlidir 
va qaysi mahsulotni ishlab chiqarish va eksport qilish muammosi hal etilganda 
hisobga olinishi shart. Shu sababli ayrim davlatlarda u yoki bu soha "mus-


334 
taqilligi" uchun kurash e'lon qilinganda bu omil albatta yaxshi o`rganib chiqi-
lishi maqsadga muvofiqdir.(D.Rikardo ta'limoti yuqori boblarda to`la berilgan). 
Neoklassik, ya'ni "sof" iqtisodiyotni targ`ib etuvchilar xalqaro mehnat 
taqsimotining rivoji va savdo sharoitlarining o`zgarishi sabablarini aniqlashni 
bosh vazifa qilib qo`yganlar, ammo ular savdo almashuvida pul mexanizmi 
yo`lini inkor etadilar. R.Xarrot, F.Maxlup, K.Kurixara kabi neokeynschilik 
tarafdorlari esa xalqaro savdoning pul mexanizmiga alohida e'tibor beradilar
shu bilan bir vaqtda xalqaro mehnat taqsimoti, baynalmilal qiymat, baholar nis-
bati deyarli e'tiborga olinmaydi. 
"Sof" ta'limot tarafdorlari fikricha, jahon bozorida "mukammal raqobat" 
mavjud; barcha kontragentlar xalqaro savdoda bir xil imkoniyatlarga ega; taklif 
doimo talabni vujudga keltiradi; savdo balansi o`zini-o`zi tartibga solish prinsi-
pi bor. Eksport va import baholari nisbatini tushuntirishda ular uzoq muddatli 
rejalarda "savdo sharoitlari" industrial davlatlar ziyoniga va agrar mamlakatlar 
foydasiga o`zgarmoqda, deb o`ylamoqdalar va buni yer unumdorligining pa-
sayib borishi degan qonun bilan bog`lamoqdalar. Ular tovar eksporti va im-
portining fizik hajmlari o`sishini hisobga olmagan holda xalqaro savdo rivoji 
tendensiyalari agrar xom ashyo yo`nalishidagi davlatlar iqtisodiyoti tashqi sav-
do pozitsiyalari yaxshilashuviga olib kelmoqda, demoqdalar. Xalqaro savdon-
ing neokeynschilik ta'limoti vakillarining fikricha, har bir mamlakat ichki bo-
zorda ko`proq tovar ishlab chiqarishga intilgani sababli mehnat va kapital bilan 
bandlikning to`la emasligi tufayli ko`proq eksport qilishga va kamroq import 
qilishga intiladi. Shu sababli ham xalqaro savdo o`zini-o`zi tartibga soluvchi ja-
rayon bo`la olmaydi, aksincha tovar eksporti kapital chiqarish bilan 
rag`batlantirilishi kerak, import esa proteksionistik choralar bilan cheklanishi 
zarur. Bu choralar umummilliy manfaatlarga mos kelar emish. 
Keyingi davrda vujudga kelgan iqtisodiy ta'limotlarda 
E.Xeksher, B.Olin (Shvetsiya), P.Samuelson tomonidan 
yaratilgan "ishlab chiqarish omillarining xalqaro taqsimoti" 
nazariyasi (modeli) tipik hisoblanadi. Ularning fikricha, har 
mamlakat iqtisodiyoti ishlab chiqarish omillari bilan bir xil 
ta'minlanmaganligi bilan, demak har bir omilning turlicha ba-
hoga egaligi (ish haqi, foiz, renta) bilan xarakterlanadi. Ayrim 
mamlakatlarda mehnat asosiy omil (boshqasidan son jihatdan 
ko`p) bo`lsa, uning narxi kapital va yerga nisbatan past baholanadi; kapital mo`l 
bo`lgan mamlakatda u boshqa ikki ishlab chiqarish omiliga nisbatan arzon 
bo`ladi. Har bir mamlakat o`zining ustunligini realizatsiya qilishga intiladi
jahon bozoriga ishlab chiqarish omili nisbatan arzon bo`lgan yo`l bilan tayyor-
langan tovarlar ko`proq chiqariladi. Bunday ishlab chiqarish ixtisoslashuvi 
shunga olib keladiki, barcha davlatlar o`ziga qulay va foydali bo`lgan xo`jalik 
tarmoqlarini rivojlantirib, qulay sharoit bo`lmagan boshqalaridan voz kechadi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling