Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

B.Olin
 


337 
Bu yo`nalish vakillari kapitalistik tuzumda kapitalni realizatsiya qi-
lishdagi qarama-qarshiliklarni tan oladilar va buni hal etish uchun kapital 
chiqariladi, bu esa ortiqcha tovarni ko`paytirish hisobiga ro`y beradi. Bu naz-
ariya rivojlanayotgan mamlakatlarga "yordam" konsepsiyasini isbotlash uchun 
ham asos bo`ladi. 
60-70-yillarda kapital chiqarishning "dinamik modeli" ommalashdi, un-
da R.Xarrotning iqtisodiy dinamika nazariyasi asosida mamlakatlar o`rtasidagi 
o`zaro kapital eksporti sabablari va oqibatlarini aniqlashga urinish bor. U 
kapital eksporti va importini yalpi milliy mahsulot o`sishi, investitsion daromad 
va to`lovlar bilan bog`lashga intiladi. Unda neokeynschilikning xalqaro kapital 
harakati konsepsiyasiga asoslanadilar. Shu vaqtning o`zida iqtisodiy o`sishning 
neoklassik nazariyasi ham hisobga olinadi. Bularning hammasi unlab 
o`zgaruvchi parametrlarni o`z ichiga oluvchi iqtisodiy matematik modellar aso-
sida hal qilinadi. Masalan, amerikalik iqtisodchilar J.Borts va K.Kopekilar 
tuzgan ana shunday modelda 20 dan ortiq o`zgaruvchi va shuncha tenglama 
mavjud; unda matematik apparat ustun bo`lib, u nazariy asosning bo`shligini 
kompensatsiyalaydi. 
Ular kapital ortiqchaligi masalasini tushuntirishda neokeynschilarga 
asoslanadilar va uni jamg`armalar va investitsiyalar orasidagi farq sifatida e'lon 
qiladilar. Bu farq ishchi kuchi yetishmasligi va tez o`suvchi kapital miqdori 
o`rtasidagi texnik-iqtisodiy disproporsiyadan kelib chiqadi, deb tushuntiriladi. 
Kapital o`sishi to`lov balansi saldosi musbat bo`lganda investitsion 
daromadlar investitsion to`lovlardan ortiq hollarda ro`y beradi. Daromadi 
to`lovlardan yuqori bo`lgan mamlakatlar kapitalni sof eksport qiladigan, aksin-
cha, to`lovlari daromaddan ustun bo`lganlar esa kapitalni sof import qiladigan 
mamlakatlardir. Chunki ulardagi kapital miqdori mavjud mehnat resurslaridan 
ancha kam bo`ladi. Bunda chet el investitsiyalari bilan sof kreditor yoki debitor 
mamlakatlar ahvoli o`rtasidagi o`zaro bog`lanish ta'kidlanadi. 
Bevosita investitsiyalar nazariyasi ham 60-70-yillarda ishlab chiqilgan 
bo`lib, kapital chiqarish va kiritishning sabab va oqibatlarini aniqlash masalalari 
asos qilib olingan. Ularning fikricha, kapital chiqarish asosan yirik korpo-
ratsiyalar tomonidan amalga oshiriladi va boshqa mamlakat kompaniyalarining 
chet eldagi iqtisodiy pozitsiyalari bilan raqobatga duch keladi. Buning sababi 
shuki, hozirgi sharoitda rentabel ishlab chiqarishni tashkil etish asosan chet 
eldagi bozorlarni egallash bilan bog`liq. E.X.Chemberlin monopolistik konku-
rensiya nazariyasini ishlab chiqdi, unga ko`ra monopolistik konkurensiya ishlab 
chiqarish va kapital konsentratsiyasi tufayli emas, balki firmaning bozorga, 
iste'molchilarning shaxsiy talablariga muvaffaqiyatli moslashishi natijasidir. 
Bevosita investitsiyalarni amalga oshiruvchi korporatsiyalar xuddi ana 
shunday monopolistik ustunliklarga ega bo`lishlari kerak. S. Xaymer - Ch. Kin-
dlebergerlarning "oligopolik strukturalar" (monopolistik ustunliklar) modelida 


338 
bu jarayon korporatsiya investorda "differensiyalashgan mahsulot", maxsus bo-
zor bilimlari, kerakli texnologiya, yuqori malakali menejment mavjudligi tufay-
li ro`y berar ekan. 
Keyingi davrda xalqaro monopoliyalarning yangi tipi - transmilliy va 
transkorporativ konsernlar tashkil topmoqda. Bu monopoliyalar faoliyatini aks 
ettiruvchi bir qancha ta'limotlar mavjud. Ularda xalqaro monopoliyalar bir 
qancha millatlar nomidan chiqayotgan mustaqil korporatsiya sifatida izohlanadi 
va butun dunyoda ilmiy-texnika taraqqiyoti mevalarini targ`ib qiluvchi tashkilot 
deb qaraladi. Bu monopoliyalar misolida iqtisodiy aloqalar har qanday siyosat 
va mafkuradan xoli degan fikr ilgari suriladi, ya'ni u yoki bu korporatsiya ko`p 
mamlakatlarda ishlab chiqarish va kommersiya operatsiyalarini olib borayotgan 
bo`lsa, "sof xalqaro" korxonaga aylanadi va hech bir mamlakat manfaatlarini 
himoya qilmaydi. G.Jonson, Ch.Kindleberger va boshqalar xalqaro monopoli-
yalarning ilmiy-texnika yangiliklarini targ`ib etish, tinchlikni saqlashga oid 
faoliyatlariga keng o`rin berishgan. Ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda bu 
transmilliy korxonalarning roli yuqori baholanadi, ularning ilmiy-texnika so-
hasida, investitsiyalar qo`yish bo`yicha faoliyati ijobiy deb qaraladi. 
Xalqaro monopoliyalar rivojiga tanqidiy bo`lgan nazariyalar ham 
mavjud (R.Barnet -AQSH, E.Penrouz - Angliya), bu nazariyalarda halqaro 
konsernlar davlat iqtisodiy siyosatining ayrim unsurlari, masalan, soliq solish, 
kredit va investitsion siyosat, valutani tartibga solish va boshqalarning samara-
siz bo`lib qolishiga olib keladi. Bu korporatsiyalar o`zlari ish yuritayotgan 
davlatlarda bu mamlakat iqtisodiyoti va siyosatiga salbiy tazyiq o`tkazish uchun 
bir qancha usullardan foydalanishlari mumkin. Ayniqsa bu holat iqtisodiy jihat-
dan qoloq rivojlanayotgan mamlakatlarda salbiy oqibatlarga sabab bo`lishi 
mumkinligi aytiladi. Shu sababli ular xalqaro korporatsiyalar faoliyatini shun-
day qayta ishlab chiqishni taklif etadilarki, ularning harakatidagi "salbiy tomon-
lar"ning yo`qotilishi va jahon bozorini bo`lib olish "qoidalari"ni reglamen-
tatsiyalash kerak. 
Integratsion jarayon bo`yicha yagona alohida ta'limot yo`q, ammo inte-
gratsiyani isbotlash, qo`llab-quvvatlash borasida bir qancha yo`nalishlarning 
ba'zi bir umumiy tomonlari mavjud, ular quyidagilardir: kapitalistik iqtisodiy 
integratsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni soxtalashtiriladi; bu jarayon 
umumiy qonuniyat sifatida qaraladi va XVIII-XIX asrlarda vujudga kela 
boshlagan ichki bozor bilan bir narsa deb qaraladi, Yevropa va Shimoliy 
Amerika mamlakatlari rivojlanayotgan va boshqa davlatlar bilan olib bori-
ladigan aloqa sifatida beriladi; monopolistik kapitalning kapitalistik integratsi-
yaning harakatlantiruvchi kuchi sifatidagi roli bo`yab ko`rsatiladi. 
Odatda iqtisodiy integratsiya to`g`risidagi nazariyalarda integratsiyaga 
a'zo mamlakatlar o`rtasidagi barcha to`siqlar va ayniqsa savdo, boshqa iqtisodiy 
munosabatlarda to`la erkinlik berilishi zarurligi qayd etiladi. Shu bilan birga 


339 
bozorning ko`lami va iqtisodiyotning o`sish sur'atlari o`rtasida funksional (ya'ni 
bevosita) bog`lanish bor degan g`oya ham ilgari suriladi. Shunday qilib, iqti-
sodiy integratsiya zarurati tashqi bozorning qayta ishlab chiqarishga hal qilu-
vchi ta'siri tufayli yuzaga keladi (ya'ni aksincha emas). 
Iqtisodiy integratsiya bo`yicha ta'limotlarda asosiy e'tibor "bojxona itti-
foqi"ga berilib, unda o`zaro savdo bo`yicha har qanday cheklashlar bekor qilin-
ishi va "uchinchi mamlakatlar" uchun yagona bojxona tarifi joriy qilinishi kerak 
bo`ladi. Bunda ayrim iqtisodchilar - B.Belash (AQSH), V.Rebke (Shveytsariya) 
va boshqalar bu jarayonni ideal erkin bozor munosabatlariga qaytish shaklida 
qaraydilar va avvalgi davr voqealarini hozirgi monopolistik davrga 
ko`chiradilar. Boshqalari esa, masalan Ch.P.Kindleberger (AQSH), P.Striten 
(Angliya), A.Marshall va F.Perru (Fransiya)lar yirik korporatsiyalar mavjudlig-
ini tan oladilar, ularning fikricha, jahon bozorini o`zaro bo`lib olib, "bojxona 
ittifoqi" kartellarga qarshi siyosat tufayli ularning faoliyatidagi salbiy tomon-
larni neytralizatsiya qiladi, go`yoki xalqaro integratsiya antimonopol 
yo`nalishga ega. Amaliyotda bu jarayonlar har doim ham nazariyadagidek 
emas, masalan Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (umumiy bozor, hozir Yevropa 
ittifoqi)da kartellashtirishni taqiqlash to`g`risida qonun bo`lishiga qaramasdan
bu jarayon aksincha tezlashdi, bugungi kunda ko`ptarmoqli kompaniya-
konsernlar vujudga kelmoqda. 
Olimlarning fikricha, iqtisodiy integratsiyaning asosiy ijtimoiy-siyosiy 
oqibatlari quyidagilardan iborat bo`ladi: ishlab chiqarishning doimo o`sishi va 
iqtisodiy inqirozlarning bo`lmasligi ta'minlanadi; iqtisodiyotning doimo o`sishi 
tufayli aholining turmush darajasi ko`tariladi; ishchi va kapitalistlar o`rtasidagi 
sotsial sheriklikni rivojlantiradi; turli mamlakatlar o`rtasidagi qarama-
qarshiliklar va siyosiy nifoqlar tugatiladi. Demak, iqtisodiy integratsiya kapital-
istik jamiyatga xos bo`lgan illatlarni kamaytirish vositasi sifatida qaraladi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling