Mustaqil ishi reja: Oila borasidagi diniy, ilmiy va falsafiy yondashuv
Download 1.13 Mb.
|
Islomda oila munosabatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erning ayoli oldidagi vazifalari
- Ayolning er oldidagi vazifalari
TMC instituti pedagogika va psixologiya sirtqi 22-20 guruh O 'ktamova Munira va Andamurotova Hulkarning Oila psixologiyasi fanidan “Islomda oila munosabatlari” mavzusidan tayyorlaganMUSTAQIL ISHI Reja:
Oila borasidagi diniy, ilmiy va falsafiy yondashuvlarni kuzatsak, oila barqarorligida er-xotin munosabatlari asosiy oʻrin tutishini koʻramiz. Masalan, islomda nikoh orqali inson va oilani ulugʻlashga, erkak va ayolning huquqlariga, ularning shaʼniga va oilada tinchlikni saqlashga katta eʼtibor qaratilgan: “Ayollar (uchun belgilangan huquqlar) oʻz meʼyorida erkaklar (huquqi) bilan tengdir”. Islomda er-xotin oʻrtasidagi munosabatning davomiyligini taʼminlash uchun oʻziga xos qonun-qoidalar joriy qilingan. Bunda oilaviy hayotning asosiy tashkilotchilari va aʼzolari boʻlmish er va xotinning har biriga oʻziga xos burch va vazifalar yuklangan, bir-biriga nisbatan haq-huquqlari ham belgilab berilgan Islomda erning ayoli oldida, ayolning eri oldida burchlari bor. Erning ayoli oldidagi burchlari ikki xil bo‘ladi. Birinchisi, moliyaviy burchlar. Er ayolining mahrini ado etishi, nafaqa (taom, libos, boshpana, ro‘zg‘or anjomlari) bilan ta'minlashi kerak. Bu vazifalarning yana biri to‘yni ham er tomon qilib berishidir. Bugun O‘zbekistondagi barcha oilalarning ro‘zg‘orboshilari mana shu vazifalarini to‘liq anglaydi, deb ayta olamizmi? Ular to‘liq anglaganida, bugungi kunda odamlarni ranjitadigan raqamlar kelib chiqmas edi. Oilalarning buzilishi, bolalarning tirik yetim bo‘lishi bugungi holatga kelib qolmas edi. Misol, necha foiz mo‘min-musulmonlarimiz haqi mahr degan narsani batafsil biladi?! Ahli-ayolini ta'minot qilish qay darajada? Ma'lumki, oilada kim ta'minotchi bo‘lsa, shuning ovozi balandroq chiqadi. Hozirda, ko‘pgina oilalarda ayollarning ovozi balandroq chiqayotganini sezyapmiz. Nima uchun deganda, burch-mas'uliyat borasida biroz o‘rin almashib qolganini kuzatmoqdamiz. «Agar kim uylansa, yaxshi niyat bilan oila qursa, uning dinining yarmi mukammal bo‘ldi, qolgan yarmida Allohga taqvo qilsin, Allohdan qo‘rqsin», deya marhamat qilganlar. Shu oilani yuritishda er va ayolning vazifalari, majburiyatlari, burch va huquqlari mavjud. Er va ayol bularni to‘liq anglab yetishi va bilishi kerak. Qachon mo‘min-musulmon banda Allohning shariatida ko‘rsatgan odoblari, qoidalar va hadlariga amal qilsa, shunda oila mustahkam bo‘ladi. Erning ayoli oldidagi vazifalari Islomda erning ayoli oldida, ayolning eri oldida burchlari bor. Erning ayoli oldidagi burchlari ikki xil bo‘ladi. Birinchisi, moliyaviy burchlar. Er ayolining mahrini ado etishi, nafaqa (taom, libos, boshpana, ro‘zg‘or anjomlari) bilan ta'minlashi kerak. Bu vazifalarning yana biri to‘yni ham er tomon qilib berishidir. Bugun O‘zbekistondagi barcha oilalarning ro‘zg‘orboshilari mana shu vazifalarini to‘liq anglaydi, deb ayta olamizmi? Ular to‘liq anglaganida, bugungi kunda odamlarni ranjitadigan raqamlar kelib chiqmas edi. Oilalarning buzilishi, bolalarning tirik yetim bo‘lishi bugungi holatga kelib qolmas edi. Misol, necha foiz mo‘min-musulmonlarimiz haqi mahr degan narsani batafsil biladi?! Ahli-ayolini ta'minot qilish qay darajada? Ma'lumki, oilada kim ta'minotchi bo‘lsa, shuning ovozi balandroq chiqadi. Hozirda, ko‘pgina oilalarda ayollarning ovozi balandroq chiqayotganini sezyapmiz. Nima uchun deganda, burch-mas'uliyat borasida biroz o‘rin almashib qolganini kuzatmoqdamiz. Ayolning er oldidagi vazifalari Ayolning eri oldidagi vazifa-burchlari haqida so‘z ketganda, birinchidan, erning rizoligini topish. Qaysi ayol, erning rizoligini topsa, Alloh rizoligini topadi, jannatning istagan 8 eshigidan kiradi. Hadisda shunday bashorat kelgan. Ikkinchisi, erining sha'nini, mol-mulkini, qadr-qimmatini, izzat-hurmatini asraydi. Uchinchidan, erining vijdoniga aylanishi kerak. Erining halol-pokiza yurishiga, ota-onasidan xabar olishiga, opa-singil, aka-uka, qavm-u qarindoshlaridan xabar olishida xotin erining vijdoniga aylanishi kerak. Oila jamiyatning muqaddas maskani, eng asosiy tarbiya makonidir. Oiladagi ota ibrati, ona mehri, bobo va buvilar o’gitlari orqali milliy qadriyatlarimizga bo’lgan imon-e'tiqod, halollik, mehr-oqibat avloddan avlodga o’tadi, farzandlarimiz ongi va qalbida muhrlanib boradi. Iqtisodiy jihatdan farovon, ijtimoiy-axloqiy va g’oyaviy muhiti sog’lom oila negizida yuzaga kelgan jamiyat va davlatning poydevori mustahkam bo’ladi. Chunki bunday oilalarda ma'naviy barkamol inson voyaga yetadi, uning his-tuyg’ulari, dunyoqarashi, tafakkuri el-yurtga halol xizmat qilishdek insonparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan. Oilada ijtimoiy-ma'naviy muhitni barqaror bo’lib turishida, farzand tarbiyasida onaning, ayolning o’rni beqiyos. Farzandlarimizning oilada shakllangan imon-e'tiqodi, odobi, g’ururi, iftixori, oriyati, mahalla muhitida mustahkamlanib boradi. Oilada imon-e'tiqodli oriyatli etib tarbiyalangan qiz yoki o’g’il mahallaning sha'ni, obro’si, kelajagi uchun qayg’uradi. Mahallada yuzaga kelgan har qanday noxushliklarga barham berishga intiladi. Xulosa Ayol kishi erining tuygʻularini hurmat qilishi, u yoqtirmaydigan yoki unga ozor beradigan ishlardan yiroq boʻlishi va erining moliyaviy sharoitini hisobga olishi, erining uydan tashqaridagi masʼuliyatini qadrlab, uyga kech kelishidan bezovta boʻlmasligi yoki bu borada eriga bosim oʻtkazmasligi lozim. Shuningdek, eri toqat qilolmaydigan darajada pul talab qilmasligi kerak. Baʼzi ayollar nuqul boshqa oilalarda erning xotiniga sarflagan narsalarini misol qilib, eridan xuddi shunday taʼminot talab qiladi. Ayol kishi erini qadrlasa, unga minnatdorlik tuygʻularini oʻzining muomalasi va xatti-harakatlari bilan izhor qilsa, Alloh unday ayoldan rozi boʻladi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling