Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

E. Xeksher 


335 
Bu nazariya ishlab chiqarishning chiqimlarini mutlaqlashtiradi va xalqaro ixti-
soslashuvning yagona mezoniga asoslanadi. Shu sababli jahon savdosi uyg`un 
(garmonik) jarayon deb qaraladi. Bunda jahondagi real shart-sharoitlar to`la 
hisobga olinmaydi, masalan o`z davrida mustamlaka egasi (metropoliya) bilan 
koloniyalar o`rtasidagi munosabatlarni hech ham uyg`un deb bo`lmaydi. Iqti-
sodi yuksak davlat bilan qoloq mamlakatlar o`rtasidagi aloqalarda ham gar-
moniya bo`lishi amri mahol. Lekin kelajakda ideal shakl sifatida bu xodisa ro`y 
berishi mumkin. 
60-yillarda texnologik xarakterdagi yangi xalqaro mehnat taqsimoti 
konsepsiyalari paydo bo`ldi. Bular orasida eng yaxshi ma'lum bo`lgani "tovar 
hayotining sikli" nazariyasidir, uning mualliflari amerikalik iqtisodiyotchilar 
G.Xofbauer, R.Vernon, M.Pozner va boshqalar hisoblanadi. Uning asosini qay-
ta ishlash sanoatidagi xalqaro mehnat taqsimoti tashkil etadi. Sanoatda paydo 
bo`ladigan texnologik jihatdan har bir yangi mahsulot kirish, eksponent o`sish, 
sekinlashuv va tugash siklini o`tadiki, bu tartib ishlab chiqarishga joriy etish
kengayish, kamolot va eskirish jarayoniga to`g`ri keladi 
(jami 5 stadiya). Ishlab chiqarishni joriy etish fazasida 
yangi mahsulotni tayyorlash asosan yuqori rivojlangan 
ilmiy-texnik bazaga va bozorda shu mahsulotning raqo-
batbardoshlig`ini 
sinovchi 
sharoitning 
mavjudligiga 
bog`liq. O`sish va kengayish fazasi uchun industrial ba-
zaning quvvati bilan belgilanadigan mahsulotni ommaviy 
ravishda ishlab chiqarishni tashkil etish xarakterlidir. 
Yetuklik, kamolot fazasida mahsulot ishlab chiqarish sod-
dalashib, ommaviy tus oladi. So`nggi (eskirish) fazasi 
mazqur mahsulot o`rnini qoplovchi yangi takomillashgan mahsulotning paydo 
bo`lishi bilan bevosita bog`liq, undan tashqari avvalgi mahsulotga talab ham 
keskin kamayadi. Shunday texnologik jarayon mavjud namunaviy mamlakat si-
fatida AQSH misol qilib keltiriladi. Xalqaro mehnat taqsimotining rivoji esa 
boshqa mamlakatlarning Amerika iqtisodiyotiga texnologik qaramligi asosida 
shakllanishi tasavvur etiladi. 
Ilmiy - texnik progressi bilan bog`liq iqtisodiy qarashlar ingliz iqtisodchi-
si Jon Xiks (1904-1989) tomonidan ilgari surilgan. Uning modeli bo`yicha 
texnika progressi neytral, mehnatni iqtisod qiluvchi va kapitalni iqtisod qiluvchi 
guruhlarga bo`linadi. Texnika progressi oqibatida ishlab chiqarish va iste'mol 
xalqaro savdoga neytral, ijobiy va salbiy ta'sir ko`rsatishi mumkin. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling