Iqtisodiy ta'limotlar


Xalqaro mehnat taqsimotini tadqiq etishdagi tanqidiy yo`nalish


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

21.2. Xalqaro mehnat taqsimotini tadqiq etishdagi tanqidiy yo`nalish 
 
Hozirgi davrda amerikaliklar yapon avtomobillarini minadilar, shvedlar 
fransuzlar pishlog`ini iste'mol qiladilar, kanadaliklar koreys kompyuterlarini 
J.Xiks 


336 
sotib oladilar, italiyaliklar Liviya neftidan foydalanadilar, ruslar amerikaliklar 
donidan non pishiradilar. Bu savdo munosabatida ichki savdoga nisbatan ikkita 
o`ziga xoslik mavjud. Birinchidan, xalqaro savdoda ishtirok etuvchi firmalar va 
iste'molchilar turli mamlakatlarda yashaydilar. Birinchi paydo bo`ladigan savol 
shundan iboratki, nega o`zi xalqaro savdo mavjud? 
Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimoti butun jahon yo`li bilan ishlab 
chiqariladi. Ko`pincha davlat hukumatlari bu savdoni tartibga solish uchun tari-
flar, ya'ni import qilinayotgan tovarlar uchun soliqlar solinadi. Ikkinchi muhim 
o`ziga xoslik shuki, savdo qilayotganlarning har biri boshqa-boshqa valuta 
(pul)dan foydalanadilar. Masalan, Amerika xaridorlari yapon avtomobillarini 
dollarda sotib oladilar. Avtomobillarni ishlab chiqarayotgan yapon ishchilari 
o`z maoshlarini iyenlarda olishni istaydilar. Demak, bu yerda xalqaro hisob-
kitob masalasi ko`tariladi. 
Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimoti butun jahon xo`jaligining 
tashkil topishi va rivojlanishining hal qiluvchi omilidir. Bunda kapital chiqarish 
masalalari ham yetakchi o`rinni egallaydi. Shu sababli ularga bag`ishlangan bir 
qancha nazariyalar mavjud. 
Tarixan birinchi bo`lib neoklassik ta'limotlar 
vujudga keldi. Ularning asosi B.Olin (Shvetesiya), 
K.Iverson (Daniya), R.Nurkse (Avstriya-AQSH) asarlarida 
o`z aksini topgan. Ular o`z ta'limotlarida marjinalizm kon-
sepsiyasiga asoslangan holda, kapitalning harakatchanligi, 
"kapitalning eng yuqori unumi" (foiz stavkasi bilan ifoda 
qilinadi) u yoki bu mamlakat kapitalining mo`l-
ko`lligining 
turlicha 
ekanligi 
bilan 
izohlaydilar. 
Kapitalning "mo`l-ko`lligi" yoki "kamligi" uning migratsi-
ya sababi qilib ko`rsatiladi. Bu jarayon to kapital unumi bir 
xil bo`lguncha davom etadi. Bu esa ishlab chiqarish omillari samaradorligining 
o`sishi, milliy daromadning ortishi, butun mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish da-
rajasining tekislanishiga olib keladi. 
Kapital chiqarishning neokeynschilik ta'limoti 30-50-yillarda shakllandi, 
F.Maxlup, Ye.Domar va R.Xarrot bu nazariyaning asoschilari hisoblanadilar. 
Ularning fikricha, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda savdo, to`lov balan-
sining o`zgarishi tufayli, ya'ni aktiv savdo balansi bo`lgan mamlakatlarda 
kapital ortiqchaligi (jamg`armalarning investitsiyalardan ko`pligi), passiv bal-
ansli mamlakatlarda esa aksincha, kapital yetishmasligi sababli kapital harakati 
ro`y beradi. "Jamg`armalar"ning ortiqchaligi mamlakatni iqtisodiy depressiya 
va ishsizlikka olib boradigan eng muhim omil deb qaraladi. Unga qarshi kurash 
yoki uning oldini olish uchun "jamg`armalar" hisobiga qo`shimcha tovar ek-
sportini moliyalash zarur deb topiladi. Ammo, bunda import oshmasligi, ya'ni 
kapital chiqarish yo`li bilan hal etilishi kerak. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling