Iqtisodiy ta'limotlar


Chikago monetarizm maktabi


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

19.3.Chikago monetarizm maktabi 
Keynchilikka muqobil ravishda AQSHda neoliberalizmning Chikago 
maktabi vujudga keldi, uning monitar (pul bilan bog`liq) g`oyalari Chikago 
universitetida 20 yy. paydo bo`ldi. Ammo, neoliberal yo`nalish xarakatida 
amerika monetarizmi mustaqil keyinchalik ilg`orlik pozitsiyalarni faqat 50-
yillar ohiri - 60-yillar boshida egalladi. Bunda M.Fridmen (1912) nashrlari mu-
him ahamiyat kasb etdi (1976 yilgi iqtisodiyot bo`yicha Nobel mukofoti laure-
ati). Fridmen va uning safdoshlari Keynsning pulsiz omillari (masalan, investit-
siyalar) o`rniga aynan pulli omillarni afzal ko`rdilar.
1958 yil A.U.Fillipsning empirik egri chizig`i paydo bo`lishi bilan pul 
hisobidagi ish haqining yillik foiz o`zgarishi va ishsizlik darajasi (hissasi) 
o`rtasidagi bog`lanish aniqlandi. Bunda 1861-1913 yillar Angliyadagi real 


317 
ma'lumotlardan foydalanilgan. 1964 yil P.Samuelson o`zining mashhur 
"Ekonomiks" darsligining 6 nashriga shu grafikni kiritdi va uni Fillips egri 
chizig`i deb atadi. Avvalgi tadqiqotlarda (masalan, Keyns) inflatsiyasiz to`la 
bandlik iqtisodiy siyosatning maqsadi sifatida qarab kelinar edi. Bu egri 
chiziqqa ko`ra, baholar mo`'tadilligi va ishsizlik nomuvofiq xodisalar bo`lib 
chiqdi, aksincha, konflikli maqsadlar ekan: ishsizlikni kamaytirish inflatsiyani 
kuchaytirish yo`li bilan erishiladi, inflatsiyani pasaytirish esa odatda ishsizlar 
ko`payishini taqozo etadi. Shunday qilib, bir vaqining o`zida turg`un baholar va 
to`la bandlikka bo`lgan ishonch, barqaror baho va to`la bandlik o`rtasida tan-
lash bilan o`rin almashdi.
M.Fridmen va uning safdoshlari Fillips egri 
chizig`ini har tomonlama o`rganib, u (egri chiziq) har doim 
ham turg`un emasligi ma'lum bo`ldi, ayniqsa 60-yillar ohiri-
da ko`pgina mamlakatlarda inflatsiya o`sishi "mantiq"qa 
qarama-qarshi ishsizlikning pasayishi emas, balki uning 
o`sishi va 70-yillar boshida esa inflatsiya va ishsizlikning bir 
vaqtda o`sishi bilan ro`y berdi.
M.Fridmen iqtisodiy jarayonlarda pul, pul massasi 
va pul muomalasi ahamiyatini ko`tarishga harakat qildi. 
Pulning aslida neoliberal monetar konsepsiyasi AQSHning 
respublika (1969-1970yillar Nikson prezidentligi davrida) 
hukumati tomonidan sinovdan o`tdi (bunda M.Fridmen prezident maslahatchisi 
edi). Ammo, monetar iqtisodiy g`oyalar AQSHning keyingi prezidenti davrida 
yaxshi natija berdi. Tarixda va iqtisodiyotda reygonomika deb nom olgan bu 
siyosat dollar real mustahkamlangan bir sharoitda inflatsiyani kamaytirish 
mumkin bo`ldi, R.Reygan prezidentlik davrida yangi 14 million millioner - tad-
birkor paydo bo`ldi. Demokrat B.Klinton (8 yil) prezidentligi davrida ham shu 
siyosat davom ettirildi va yaxshi natija berdi. 
Fridmen konsepsiyasi asosiy masala davlatning qattiqqo`l pul siyosatidir 
(boshqalardan, masalan, Keynsdan farqi). Bu Fridmenning "ishsizlik tabiiy 
normasi" tushunchasi bilan bog`liq bo`lib, kon'yutura holatiga bog`lanmagan 
holda, har yili pul massasi 3-4 foizga doim va turg`un (stabil) ravishda oshirib 
borilishi kerak. AQSH ning qator yillar davomida yalpi milliy mahsuloti o`sishi 
o`rtacha sur'atlarini hisobga olib, milliy iqtisodiyotning maksimal mumkin 
bo`lgan darajasi aniqlanadi. 
Fridmenning "ishsizlik tabiiy normasi" konsepsiyasi institutsional
shuningdek qonuniy hujjatlarga asoslanadi (masalan, kasaba qo`mitalari, mini-
mal ish haqi to`g`risidagi qonun) . 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling