Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

Fridrix fon Xayek 


319 
Bu model "asoschilari"dan biri siyosiy iqtisodchi Vilgelm Rebke 
kapitalizm va sotsializm orasidagi "uchinchi yo`l" borligini ko`rsatib berdi. 
Dunyoda rivojlangan mamlakatlar bo`lmish GFR, Shvetsiya va boshqalar shu 
yo`lni tanladilar (Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti. T., "Sharq" NMK, 
1996, 5-bet). 
Dastlab 1961 yilda paydo bo`lgan "ratsional kutilmalar" nazariyasi 
hozirgi davrda keng targ`ib etilmoqda. J.F.Mut tovarlar va qimmatli qog`ozlar 
bozoriga bag`ishlangan maqolasida "nima uchun biron bir qoida yoki formula 
hech qachon narxlarning o`zgarishini to`g`ri prognoz qila olmaydi?" degan 
savolga javob berishga harakat qildi. Uning fikricha, amalda barcha mavjud in-
formatsiya savdogarlar tomonidan darhol qayta ishlanadi va ularning ko`ra 
bilishi, demak "kutilmalar" ratsional bo`lib chiqadi. 
70-yillarda keynschilik siyosati AQSH iqtisodiyotida makro-ekonomik 
masalalarni hal etishda samarasiz bo`lib qoldi, shunda R.I.Lukas, T.J.Sardjent, 
N.Uolleslar Mutning maqolasida aytilgan g`oyalarni takomillashtirib, moliya 
aktividagi narxlar harakatini "ratsional kutilmalar" asosida tushuntirib berdilar. 
Ularning fikricha, iqtisodiy agentlar ham o`z kutilmalarini siyosatchilar (davlat 
xodimlari) qo`lidagi informatsiya asosida shakllantiradilar va o`z-o`zidan 
tushunarliki, iqtisodiyotga siyosatchilarning imkon boricha kamroq aralashuvi 
uchun harakat qiladilar. Amalda iqtisodiy agentlar narxlar prognozini 
shakllantirishda, ya'ni narxlar o`zgarishini kutganda, bozordagi haqiqiy bahol-
arni aniqlash kabi usullardan foydalanar ekanlar. Bu kutilmalar har doim ham 
bexato bo`ladi, degani emas va ko`ra bilish mukammal emas, chunki iqtisodiyot 
tasodifiy, oldindan aytib bo`lmaydigan shok o`zgarishlariga uchrab turadi, bu 
esa narxlarning subektiv kutilmalarining o`rtacha miqdoriga yoki "matematik 
kutilma"ga teng bo`ladi, bu aslida obyektiv taqsimotdir. Ratsional prognoz yoki 
kutilma shunday xususiyatga egaki, kutilayotgan xato har doim nolga teng 
bo`ladi. R.I.Lukas "ratsional kutilmalar" nazariyasi uchun 1995 yilda Nobel 
mukofoti laureati bo`ldi. 
XULOSA 
Neoliberalizm keynschilik ta'limoti davrida yuzaga keldi, ammo davlat-
ning iqtisodiyotga aralashuvi ancha boshqacha talqin etiladi. Davlat "sport 
sudyasi" vazifasini bajarishi, ya'ni erkin iqtisodiyot qonun-qoidalarini tartibga 
solishi kerak, xolos. Bu yo`nalishning yirik uch markazi Germaniya, AQSH va 
Angliya paydo bo`ldi. Germaniya ijtimoiy bozor xo`jaligi konsepsiyasi ilgari 
surildi va amalda yaxshi natijalar berdi, davlat iqtisodiy siyosati darajasiga 
ko`tarildi. Ijtimoiy va boshqa mamlakatlarda, xususan, mustaqil O`zbekistonda 
ham muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. 


320 
Chikagoda paydo bo`lgan monetarizm maktabi M.Fridman nomi bilan 
mashhur bo`ldi, uning konsepsiyasidagi asosiy masala davlatning qattiqqo`l pul 
siyosatidir, har yili kon'yukturaga bog`lanmagan holda pul massasini 3-4% 
oshirish taklif etiladi, bu yo`l AQSHda yaxshi natija berdi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling