Iqtisodiy ta'limotlar


P.Samuelsonning "Ekonomiks" asaridagi g`oyalar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

20.3. P.Samuelsonning "Ekonomiks" asaridagi g`oyalar 
 
Shuni eslatib o`tmoqchimizki, 1901 yildan boshlab fizika, kimyo, 
mediyina (biologiya), adabiyot va tinchlikni saqlash sohalarida Nobel mukofoti 
berilib keladi. 1968 yili Shvetsiyadagi Riksbankning 300 yilligi munosabati 
bilan va albatta, iqtisodiyot fanining insoniyat hayotidagi yuksak rolini tan olish 
va rag`batlantirish maqsadida iqtisodiyot bo`yicha (oltinchi) Nobel mukofoti 
joriy etildi va 1969 yildan buyon har yili berib kelinmoqda. Birinchi bo`lib bu 
mukofot iqtisodchi - matematik olimlar gollandiyalik Yan.Tinbergen va 
norvegiyalik Ragnar Frishga "iqtisodiy jarayonlarni matematik tahlil etishda 
dinamik modellarni rivojlantirish va qo`llash bo`yicha tadqiqotlari uchun" 
berildi (boshqa Nobel mukofotlari to`g`risidagi ma'lumotni A.Razzoqovning 
1998 y. chop etilgan kitobidan olish mumkin).
1970 yilda (ikkinchi bo`lib) Nobel mukofoti P.Samuelsonga "statik va 
dinamik iqtisodiy nazariyani rivojlantirigani va shu bilan iqtisodiyot fani 
tahlilini yanada yuqoriroq pog`onaga ko`tarishga hissa qo`shgan ilmiy ishi 


323 
uchun" berildi. Quyida shu iqtisodchining iqtisodiy g`oyalari to`g`risida fikr 
yuritiladi. 
Pol Antoni (1915) Chikago universitetida ta'lim 
olgan (1932-1935), Garvard oliy maktabida A.Xansen, 
V.Leontyev, Y.Shumperetlardan ilm o`rgandi. 1941 
yildan Massachusets texnologik institutida ishlay boshladi 
(dastlab 
professor 
assistenti). 
Amerika 
iqtisodiy 
assotsiatsiyasi (1961), Ekonometrik jamiyat (1951). 
Xalqaro iqtisodiy assotsiatsiya (1965-1968) prezidenti 
bo`lib saylangan. Olim nazariyotchi bo`lish bilan birga, 
AQSH prezidenti yordamchisi, "Newsweek" jurnalida 
faol ishtirokchi ham edi. Biz bu olimni asosan 
"Ekonomiks" kitobi muallifi sifatida yaxshi taniymiz. Samuelsonning bu kitobi 
dastlab 1948 yili chop etildi va 14 marta qayta nashr etilib, hozirgi iqtisodiy 
ta'limotlarning asosiy yo`nalishlaridan birini tashkil etadi. 
1992 yilda bu kitob Vilyam Nordxaus bilan hammualiflikda nashr etildi. 
"Ekonomiks" kitobi "Ekonomika" nomi bilan rus tiliga ag`darildi. 
Ma'lumki, hozirgi zamon (XX asr) iqtisodiy ta'limotlarida uch asosiy: 
1)neoklassik; 2) keynschilik va 3) institutsional yo`nalishlar mavjud bo`lib, 
Samuelson shulardan birinchisining vakili sifatida ijod etgan. 
Klassik (mumtoz) maktab iqtisodchilari allaqachonlar (XVIII asrda) 
davlat xususiy tadbirkorlar kirisha olmaydigan yoki kirishni xohlamaydigan 
ayrim tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko`rsatishni (masalan, milliy 
mudofaa sohasiga taaluqli), uning o`zi zimmasiga olish kerak, degan fikrga rozi 
bo`lganlar. Lekin, shu bilan birga ular bunday ishtirok juda kam darajada 
bo`lishi kerak deb, hisoblar edilar. 
Samuelson hal qilishni mumtoz maktab bozor ixtiyoriga qoldirishni 
istagan haddan tashqari ko`p muammolarga bozorning ta'siri unchalik 
o`tabermasligini sezdi. qo`shmcha oqibatlar, sog`liqni saqlash, ta'lim , 
sanoatning ifloslantirishi muammolariga talab va taklif qonuni ta'sir etmaydi. 
Binobarin, davlat iqtisodiyot uchun maqsadlarni aniqlashni o`z zimmasiga 
olishi va bu maqsadlarga erishish uchun o`z kuchidan foydalanishi kerak. 
Samuelson eng kam ish haqi to`g`risidagi qonuni daromadlar pilopoyasining 
eng pastida turgan ishchilarga yordam berish usuli deb hisoblaydi; u davlatning 
uy-joy qurilish dasturlarini moliyalashtirishni va oziq- ovqat yordamini 
qashoqlikni kamaytirish usuli sifatida qo`llab-quvvatlaydi. "Ekonomiks" asarida 
tarixiy-iqtisodiy ekskurs mavjud bo`lib, XVII asr oxiridagi Maltusning aholi 
nufuzi nazariyasi eslanadi; A. Smitning "Ko`rinmas qo`l" haqidagi g`oyalar 
tahlil etiladi. Asarda o`tgan davrdagi deyarli barcha doktrinalar qarab chiqiladi 
(bular to`g`risida yuqorida o`qishingiz mumkin). 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling