Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI A. Razzoqov, Sh. Toshmatov, N. O`rmonov, P. Xoshimov, F. Egamberdiyev IQTISODIY TA'LIMOTLAR TARIXI (o’quv qo’llanma) Toshkent – 2005 2 O’quv qo’llanmasida qadimdan to hozirgi davrgacha paydo bo`lgan iqti- sodiy fikr, g`oya, qarash va ta'limotlarning mazmuni, mohiyati, ularning evolutsiyasi va bugungi kundagi ahamiyati tarixiy ketma-ketlik asosida yo- ritilgan. Avvalgi yillari hukmronlik qilgan sinfiylik, partiyaviylik tamoyil- laridan xoli holda, har bir ta'limotning mohiyatiga obyektiv baho berishga harakat qilingan. Ayniqsa, tanqid etib kelingan bozor iqtisodiyoti (kapi- talistik munosabatlar) to`g`risidagi ta'limotlarga keng o`rin berilgan. Sharq, jumladan Markaziy Osiyodagi mutafakkirlarning g`oyalari birinchi marta ma'lum tartibda e'lon qilinmoqda. Mustaqil O`zbekiston Respublikasining erkin bozor munosabatlariga o`tish xususiyatlari ko`rsatilgan. Har bir bobga qisqacha xulosa, tayanch tushuncha, nazorat va mu- hokama uchun savollar berilgan. Oliy o`quv yurti talabalari, aspirant, ilmiy xodimlar va iqtisodiyot tarixi bilan shug`ullanuvchilarga mo`ljallangan. Mualliflar: A. Razzoqov, Sh. Toshmatov, N. O`rmonov, P. Xoshimov, F. Egamberdiyev Mas'ul muharrir: akademik S.S. G’ulomov Muharrir: Yu. Sobirxonova Taqrizchilar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor T.Sh.Shodiyev iqtisodiyot fanlari doktori, professor E.G’.Nabiyev Mirzo Ukug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Ilmiy Kengashininig 2004 yil 29 dekabr majlisi qaroriga asosan Nashrga tavsiya etilgan (Bayonnoma №5) 3 O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 14 yilligiga bag`ishlanadi. MUQADDIMA "Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q", degan edi O`zbekiston Res- publikasi Prezidenti, akademik I.A.Karimov. Har qanday tarixni o`rganish avvalo hozirgi kun va kelajak uchun ahamiyatlidir. Taniqli yozuvchi va adibimiz Abdulla Qodiriy aytganidek: "Moziyga qarab ish tutish xayrlidir". Shu sababli iqtisodiy ta'limotlar tarixini o`rganish katta nazariy, amaliy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyot tarixi (xalq xo`jaligi tarixi) va iqtisodiy ta'limotlar tarixi iqtisodiyot fanining faktologiya va metodologiya asoslarini ta'minlovchi va yaratuvchi asos sifatida ahamiyatlidir. Shu sababli bu fanlar iqtisodiyot fanining ajralmas va tarkibiy qismidir. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling