Iqtisodiy ta'limotlar
Qadimgi Rimdagi iqtisodiy g`oyalar
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
1.3. Qadimgi Rimdagi iqtisodiy g`oyalar
Miloddan avvalgi III asrda qadimgi Rim (hozirgi Italiya) da quldor- lik munosabatlari o`zining eng yuqori cho`qqisiga ko`tarilgan edi. Rimning boshqa yerlarni bosib olish uchun olib borgan urushlari tufayli yirik imper- iya yuzaga keldi, ko`plab qabila va xalqlar qullikka mahkum etildi. Asosan asirlardan iborat bo`lgan qullarning ahvoli Gretsiya qullarinikidan og`irroq bo`lgan. Yana bir o`ziga xos xususiyat shundaki, agar Gretsiyada qullar ko`proq hunarmandchilik va savdoda ezilgan bo`lsa, Rimda qullar asosan qishloq xo`jaligida ekspluatatsiya qilingan. Ishlab chiqarishning quldorlik usulidagi qarama-qarshiliklar shu yerda eng keskin tus oldi va oxir- oqibatda kolonatning paydo bo`lishiga olib keldi. Aholining kambag`al tabaqalari asrlar davomida yerga egalik qilish uchun keskin kurash olib bordilar. Bu holat Rimdagi iqtisodiy g`oyalarga ta'sir etmay qolmadi, qul- likka asoslangan yirik latifundiyalar bilan birga quldorlik xo`jaliklari - vil- lalardan samarali foydalanish muammolari bosh masala edi. Shu davrdagi olim va mutaxassislarning asarlarida bir qancha yangi iqtisodiy g`oyalar ilgari surildi. Bu g`oyalarning rivojiga e'tibor berilsa, quldorlik tizimining yemirilishi bilan unga bo`lgan munosabat ham o`zgardi. Katon Starshiy (m.a. 234-149 yy.) yirik yer egasi bo`lgan, "Dehqonchilik" nomli asarida u qullikka asoslangan natural xo`jalikni himoya qildi. Katon o`z talablarini o`zi ta'minlovchi yoki asosan iste'mol qiymati ishlab chiqaruvchi xo`jaliklarni tan olar edi (natural xo`jalik himo- ya qilinadi). U faqat ortiqcha mahsulotnigina sotish kerak, xo`jalikda ish- 30 lab chiqarish mumkin bo`lmagan narsalarnigina sotib olish zarur, degan g`oyani qo`llaydi. U qul mehnati asosida xo`jalikni yuritishning yangi uslublarini ham ishlab chiqdi. Uning fikricha, qullar yoshligidan sotib olin- ish kerak, shunda qullarni tarbiyalash, ishga o`rgatish oson bo`ladi (yoshi kattalarda bu ish qiyin kechadi), qullar orasida adovat urug`i sepilsa, ularda egasiga nisbatan ig`volar yo`qoladi. qullar qattiq intizom asosida ishlati- lishi, arzimas gunoh uchun jazolanishi, ishiga qarab boqilishi va kiyintiri- lishi taklif etiladi. Bu davrda natural xo`jalik bilan birga bozor munosabatlari ham rivojlanayotgan edi. Bozorni qo`llagan Katon shu bilan birga yollanma mehnatga dushman bo`lgan. U qul mehnatini to`g`ri tashkil etishga alohida ahamiyat beradi. Bayram kunlari ish hayvonlariga dam berilgan holda, qul- lar ishlashga majbur etilgan. Kasallangan ho`kiz davolangan, qulni esa "eski arava" sifatida sotib yuborish tavsiya etilgan. Dehqonchilikda qul mehnati tobora kam samarali bo`layotganligini ko`rgan Katon yaylov xo`jaligini, keyinchalik savdo va sudxo`rlikni qo`llab-quvvatlagan. Qiymatdan ortiq mahsulotni foyda deb bilgan va uni to`la ravishda ishlab chiqarish harajatlariga qo`shgan (xato fikr). "Yuqori foyda olish uchun yuqori baholar kuni kelishini bamaylixotir kutish kerak", deydi u. Dehqonlar qo`lidagi yerlar tortib olinib, yirik latifundiyalar vujudga kela boshladi, erkin Rim aholisi, dehqonlar va armiya soldatlari yersizlan- di. Bu holat yirik yer egalari - patritsiylar va dehqon-plebeylar o`rtasidagi qarama-qarshilikni kuchaytirdi, oxir-oqibatda aka-uka Grakxlarning agrar islohotiga sabab bo`ldi. Ular yersiz yoki kam yerli dehqonlarning yirik yer egalariga qarshi kurashini himoya qildilar. Ammo, bu ishni quldorlik tuzumini saqlagan holda va yirik yer egalarini cheklash yo`li bilan hal etmoqchi bo`ldilar. Yer egalarining qo`lidagi yerning bir qismini kesib va davlat fondidagi yerdan foydalanib kam yerli dehqonlardan ozod dehqonlar tabaqasi barpo etish ko`zda tutilgan, eng muhimi, bu toifa quldorlarning ishonchli tayanchi bo`lishi kerak edi. Aka-uka Tiberiy va Gay Grakxlarning agrar islohoti bo`yicha, davlat yeridan foydalanuvchilarning har biri 500 yuger (125 gektar), har o`g`li uchun 250 yuger, ammo bir oila uchun 1000 yugerdan ortiqcha yer olish ta’qiqlangan. Undan ortiq yerlar musodara qilingan va 30 yugerdan bo`linib, kambag`al fuqarolarga berilgan, lekin bu yerni birovga sotish man etilgan. Bu qonun qabul qilindi, ammo uni amalga oshirishga yirik yer egalari va senat qarshilik qildi. Tiberiy Grakx m.a. 132 yilda ataylab o`ldirildi, Gay (ukasi) Grakx m.a. 123-122 yy.da bu islohotni amalga 31 oshirish uchun ishni davom ettirdi, bir qancha demokratik o`zgarishlarni amalga oshirdi (Rimda arzon non sotish), oqibatda 80 ming fuqaro yer uchastkasi oldi. Islohot vaqtincha muvaffaqiyat keltirdi, m.a. 111 y. davlat yerlarini sotishga yo`l berildi, yerlar xususiy mulkka aylandi (m.a. 121 y.da Gay ham jangda halok bo`lgan). Quldorlik tuzumi inqirozga uchragan va tushkunlikka tushgan davrda rimlik agronomlar Varron (m.a. 116-27 yy.) va Lusiy Kolumella (I asr) lar quldorlik xo`jaligini ratsionallashtirish muammolarini ishlab chiqdilar. Shu bilan birga olim va arxeolog bo`lgan Varron "qishloq xo`jaligi to`g`risida" degan kitobida bu sohaning ahamiyatiga katta o`rin beradi, qishloqdan shaharga intilganlarni qoralaydi. U dehqonchilik bilan chorvachilikni birga rivojlantirishni ma'qul deb biladi. Varron ular o`rtasidagi "Buyuk ittifoq" tarafdori edi. Buning asosiy sababi shundaki, Italiyada don nisbatan arzon edi, chorvachilikning foydasi esa ancha yuqori bo`lgan. Shu bilan birga, Varronning fikricha, har bir xo`jalik o`z-o`zini ta'minlashi kerak, u bozor munosabatlariga kam e'tibor qilgan, qullar ek- spluatatsiyasi tarafdori bo`lgan va ularni "gapiruvchi qurollar" deb bilgan. U qullarning siyosiy jihatdan xavfli ekanligini tushungan va imeniyolarda bir millatga tegishli qullarni ko`p saqlamaslik kerak, deb tavsiya etgan (chunki birlashib harakat qilishlari oson). Kolumella o`zining qishloq xo`jaligiga oid yirik asarida qullar mehnatining samarasi pastligini ta'kidlaydi (birovga ishlaydi-da!). Uning fikricha, qullar yerni yaxshi ishlamaydilar, yer yuqori hosil berishi uchun qayg`urmaydilar. U erkin mayda ishlab chiqaruvchilarning mehnati qullar- nikidan yuqori bo`lishini isbotlab berdi, yirik quldorlik latifundiyalariga nisbatan mayda dehqonchilikni afzal deb hisobladi. Bu davrda yirik lati- fundiyalarning inqirozi aniq bo`lib qoldi, rivojlanish faqat ekstensiv yo`l bilan bordi, ya'ni hosil qo`shimcha yer hisobigagina oshdi. qullar imkoni boricha yerni ishlamaslikka intilgan. Kolumella bunday yerlarni erkin ko- lonlarga bo`lib berish yaxshiroq samara beradi, degan to`g`ri xulosaga keldi, uningcha mayda ishlab chiqarishga o`tish kerak edi (hozirgi davrga solishtirib ko`ring). Sitseron Mark Tulliy (m.a. 106-43 yy.) taniqli davlat arbobi va mashhur notik bo`lgan. U yashagan davrda davlat ancha markazlashgan bo`lib, savdo-sotiq ancha o`sdi, sudxo`rlik boyish manbayiga aylandi. U qishloq xo`jaligini qo`llagan holda (chunki bu soha bozor uchun ham mahsulot yetkazar edi), yirik savdo va sudxo`rlikni boyish manbayi deb hisobladi. Demak, Sitseron boshqalardan farqli ravishda quldorlar bilan birga savdogar va sudxo`rlarning manfaatini ham himoya qildi. 32 Quldorlik tuzumining ichki qarama-qarshiligi tobora o`sdi, qullar qo`zg`oloni ro`y berdi. Tarixda Spartak boshchiligidagi (m.a. 73-71 yy.) qullar qo`zg`oloni katta ahamiyatga ega, u beayov bostirilgan bo`lsa ham, tuzum zaminiga jiddiy zarba bo`ldi. Lutsiy Sergey Katalina m.a. 63-62 yy. kambag`al aholi yordamida hokimiyatni egallamoqchi, qulchilikni yo`q qilmoqchi va boyimoqchi bo`ldi, ammo uning harakatlari ham zoye ketdi. Yangi eramizning I-II asrlarida Rim imperiyasida nisbatan bar- qarorlik davri bo`ldi, lekin quldorlik ekspluatatsiyasining samarasizligi to- bora ayon bo`lib qoldi, kolonat o`sdi. Aristotel g`oyalarida qulchilik tabiiy zarurat deyilgan bo`lsa, endilikda bunga sharoit taqozosi tufayli kelingan, degan fikrlar yuzaga chiqa bosh-ladi. Lutsiy Anney Seneka (m.a.3-mil.65 yy.) qulchilikning siyosiy xa- vfini tushundi va qullar bilan yumshoqroq munosabatda bo`lishni taklif etdi, ular ham tabiatan ozod odam ekanligini tan oldilar. Shu davrda kolonatga, krepostnoylikka o`tish kuchaydi. Ana shun- day bir paytda milodning I asrida (2-yarmida) yangi diniy mafkura - xristianlik vujudga keldi. Uning asosiy aqidalari Injilda keltirilgan. Bu muqaddas kitobda bir qancha iqtisodiy g`oyalar ham berilgan. Oddiy xo`jalik faoliyati (mehnat) zarur va ulug` ish deb qaraladi. Dastlab og`ir qullar haq-huquqini himoya qilgan bu din, bu ahvoldan qutulish yo`li yuqoridan, xudodan deb bilgan. O`sha davrda bu dinning boshqa dinlardan afzalligi shu bo`ldiki, xalqlar o`rtasidagi etnik va sotsial tafovutlar inkor etildi, din oldida hamma barobar deb e'lon qilindi. Keyinchalik bu din boshqa toifalar orasida ham tarqaldi. Dastlab xristianlik mulki umumiy bo`lib, ekspluatatsiya inkor etilgan, odatda sadaqa hisobiga kun ko`rilgan. Birinchi xristianlar ta'qib ostiga olingan, ammo 325 yili Nikey Soborida xristianlikka Rim imperiyasining davlat dini maqomi berildi, oqibatda quldorlik va bo`lajak feodal jamiyatining mafkurasiga aylandi. Milodiy yilning boshida ilk xristianlikning iqtisodiy g`oyalari Avreliy Avgustin Blajenniy (353-430) asarlarida ham berilgan. U ham- maning mehnat qilishi zarurligini, "ishlamagan tishlamaydi" (apostol Pav- elning fikri) g`oyasini ilgari surdi (sotsializmning asosiy tamoyilini eslang), dehqonchilik eng faxriy kasb ekanligini aytdi, savdoni esa faqat foyda, naf olish uchun qilinadigan ish deb qoraladi. Aqliy mehnatni jis- moniy mehnat kabi baholash muhim edi. Ammo, Avgustin qullarni ozod qilishni qat'iy talab etgan emas, u dinning bosh vazifasi aholining axloqiy takomillashuviga yordam berish, degan xulosa chiqargan. Bu dinda odil baho tamoyili, mahsulotlarni shaxsiy emas, balki ijtimoiy baholash, mulk, boylik va boshqa ko`pgina iqtisodiy muammolarga tegib o`tilgan. Avgustin 33 Blajenniy "G’aflatda yotgan xalqni uyg`otish uchun avvalo uning tarixini uyg`otish zarur", degan buyuk fikrni ifoda etgan. XULOSA Dastlabki iqtisodiy g`oyalar insoniyatning paydo bo`lishi bilan shakllangan, ammo bizgacha yetib kelganlari m.a. 2-ming yillikka to`g`ri kelib, ko`proq qadimiy Osiyo xalqlarining xo`jalik faoliyatini aks ettiradi. Antik dunyoga ma'lum darajada amaliyotni nazariy umumlashtirish, ab- straksiyalash oqibatida birinchi iqtisodiy mushohadalar, ayrim iqtisodiy tushunchalar, kategoriyalar shakllana boshladi. Qullikka asoslangan natural xo`jalik, ayniqsa qishloq xo`jaligi qo`llab-quvvatlangan, boylikning asosiy manbayi mehnat deb hisoblangan Hindistonda "buyumning qiymati"ni "ish kunlari" bilan belgilash, mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o`rtasidagi farq ay- tilgan, foyda masalasi ko`tarilib, uning miqdori cheklangan. Davlatning iqtisodga aralashuvi qo`llab-quvvatlangan. Xitoydagi iqtisodiy g`oyalar ancha rivojlangan bo`lib, tabiiy huquq nazariyasi ilgari suriladi, ularda mehnat taqsimoti, davlatning roli, xalq boyligi va hukmdorlar mulki o`rtasidagi bog`lanish, iqtisod va qonun ma- salalariga tegib o`tiladi. Agar Osiyoda quldorlik ko`proq patriarxal shaklda bo`lsa, antik dunyoda u klassik ravishda ro`y bergan, natural hunarmandchilik, dehqonchilik xo`jaligi qo`llangan, ammo bu davr oxirida savdo, sudxo`rlik ham qo`llab-quvvatlangan. Pulning asosan almashuv (Ksenofont jamg`arish) funksiyasi tan olingan. Mahsulot ishlab chiqarishni rag`batlantirish, boylik jamg`arish zararli deb hisoblangan. "Ekonomika", "Xrematistika" tushunchalari kiritilugan, ular bir-biriga qarshi qo`yilgan, qiymat (qimmat) kategoriyasi, tovarlarning almashuv tamoyillari (ilk yo`nalish) keltirilgan, ammo buning mezoni (mehnat miqdori, foydalilik) aniq berilmagan. Rimda quldorlik eng yuksaldi, lekin tanazzulga ham uchray boshladi (Osiyoda feodalizm munosabatlari oldinroq ro`y bergan). qulchilikka munosabat o`zgardi, erkin sohibkorlik ustunligi oydin bo`lib qoldi, dehqonchilik bilan chorvachilik, yirik savdo va sudxo`rlik faoliyati qo`llandi (Sitseron). Mayda ishlab chiqarishga o`tish jarayoni, islohotlar (Grakxlar) yo`li boshlandi. Katon tomonidan foyda tushunchasi kiritilgan, ammo uni xato rav- ishda qiymatdan ortiq mahsulot deb bilgan. 34 Zoroastrizmning muqaddas kitobi Avesto va xristianlik kitoblari Bibliya, Injilda ham muhim iqtisodiy g`oyalar mavjud, masalan sotsializ- mning bosh tamoyili bo`lgan "ishlamagan tishlamaydi" g`oyasi eramiz boshida ma'lum edi. qisqacha xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bu davrdagi iqtisodiy g`oyalarda natural xo`jalik (nobozor) konsepsiyalari asosiy hisoblanadi. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling