1- mavzu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti. Iqtisodiy tizimlar iqtisodiy qonunlar


Download 119.01 Kb.
bet1/8
Sana18.05.2020
Hajmi119.01 Kb.
#107595
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iqtisod 1


1- mavzu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti. Iqtisodiy tizimlar

IQTISODIY QONUNLAR - iqtisodiy munosabatlar tizimida ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, iste’mol sohalarida o’zaro ichki bog’liqlikda va aloqadorlikda yuzaga kelib turadigan uzviy iqtisodiy zaruratni taqozo etuvchi sabab-oqibat, aloqa bog’lanishidir. Iqtisodiy qonunlar ma’lum iqtisodiy jarayon va ayrim hodisalarning muqarrarligini aks ettirib, obyektiv xarakterga, ya’ni odamlarning ongi va irodasiga bog’liq bo’lmagan holda harakat qiladilar. Кishilik jamiyati bilan birga vujudga kelgan bo’lib uch guruhga bo’linadi:

IQTISODIY КATEGORIYALAR – jamiyatning iqtisodiy hayot sharoitini umumlashtirib aks ettiruvchi mantiqiy tushunchalar bo’lib, ular real iqtisodiy voqelikning in’ikosi, ifodasidir. Кategoriyalar ilmiy fikrlash mahsuli bo’lib, hayotda uchraydigan tushunchalardan farq qiladi. Кategoriyalarni uch guruhga bo’lish mumkin.

IQTISOD(yunoncha uy xo’jaligini yuritish san’ati) - fan, tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash xususida insonlarning xo’jalik faoliyatini o’rganadi. Ushbu atama birinchi marta Arastu tomonidan qo’llanilgan (qarang, Arastu).

IQTISODIYOT NAZARIYASI – insonni cheksiz ehtiyojlarini yuqori darajada qondirish uchun, cheklangan iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish yo’llarini tanlash sharoitida kishilik jamiyatining rivojlanish qonuni va qonuniyatlarini o’rganadi. Shuningdek, iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy tizimlarni evolyutsiyasi, milliy boylik va jamiyat farovonligini oshirish manbalari va harakatga keltiruvchi kuchlarni tahlil etishni ham o’z ichiga oladi. Iqtisodiyot nazariyasi fani barcha iqtisodiy fanlarning poydevori va davlat iqtisodiy siyosatning ilmiy asosi hisoblanadi.

EHTIYOJ – insonlarni, ijtimoiy guruhlarni yashash va mehnat qilish jarayonlarini ta’minlash uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalaridir. Ehtiyoj subyektlarni o’zaro bog’liqligini, ularni faoliyatida umumiy manfaatdorlikni ifodalaydi.

FIZIOКRATLAR - XVIII asr Fransiya klassik burjua siyosiy iqtisodi namoyondalari. Ushbu maktab asoschisi F. Кene hisoblanadi. (Fiziokratiya - tabiat hukmronligi). Fiziokratlar ishlab chiqarishni haqli ravishda ijtimoiy boylikning manbai, deb hisoblaganlar, ammo qishloq xo’jaligi tarmog’i bilan cheklanib kolganlar. U qishloq xo’jaligidagina sof mahsulot, foyda vujudga keladi, shuning uchun ushbu tarmoqda sarf etilgan mehnatni unumli, ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlarida qishloq xo’jaligida hosil etilgan boylik qayta ishlanganligi uchun u yerdagi mehnatni unumsiz mehnat deb hisoblaganlar. Vaqt o’tishi bilan fiziokratlarning qarashlari bir yoqlama ekanligi ayon bo’ldi. Ular boylikning o’sishini yerning tabiiy hosildorligi bilan bog’lab, buning asosida sanoatni tarmoq deb hisoblamaganlar. Ammo tabiat o’z yo’lida kapital, mehnatni ishga solmasdan turib jamiyat boyishini ko’paytira ololmaydi. Biroq shunga qaramasdan fiziokratlar ishlab chiqarishni yaxlit holda tadqiq qilishga asos soldilar, ular cheklanmagan holda xususiy mulk hukmronligi, erkin raqobat va tashqi savdo erkinligi tarafdori bo’lganlar. Ular birinchi marta kapitalni yillik avanslar ko’rinishida tadqiq qilishga asos soldilar, takror ishlab chiqarish qonunlari va ijtimoiy mahsulotning taqsimlanishini tadqiq etishga harakat qiladilar.

TABIIY RESURSLAR - tabiatning bir qismi (uning obyektlari jarayonlari, sharoitlari), ular insonlarni moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida jamiyat tomonidan ishlatiladi yoki ishlatilishi mumkin. Quyidagilar tabiiy resurslarni muhim turlari hisoblanadi: mineral, yer suv resurslari, o’simlik va hayvonot dunyosi, quyosh energiyasi. Tabiiy resurslar iqtisodiy resurslarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ishlatilishi turiga qarab baholangan u yoki bu hududdagi resurslarni jamisi tabiiy resurslar potensialini tashkil etadi. Mamlakatning tabiiy resurslar potensiali uning milliy boyligining tarkibiy qismini tashkil etadi.

NORMATIV (ME’YORIY) IQTISODIY NAZARIYA - iqtisodiy nazariyaning bir qismi, alohida firma va davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirish uchun amaliy yo’riqlar ishlab chiqadi. Birinchi marta A. Smit iqtisodiyot nazariyasini vazifalarini asoslaganda, ushbu atamani muomalaga kirgizgan.

NEOLIBERALIZM - iqtisodiyot nazariyasidagi ushbu yo’nalish, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashga qarshi chiqadi. Hozirgi zamon neoliberalizmi ikkita, chunonchi bozor xo’jalik yuritishning samarali shakli sifatida iqtisodiy o’sishga yaxshi sharoit yaratadi va iqtisodiy faoliyat subyektlarini erkinligi ustuvor bo’lishi kerak, degan xulosaga asoslanadilar. (qarang, Fridman M.).

MONETARIZM - iqtisodiyot nazariyasidagi g’arbda keng tarhalgan neoklassik oqimning nazariyalaridan biri. Monetarizm sof bozor iqtisodiyoti nazariyasi hisoblanib, uning bosh g’oyasi bozor mexanizmi iqtisodiy o’sishni ta’minlaydi, bu mexanizmning asosiy vositasi pul degan xulosadan iborat. Monetarizm nazariyasi asoschilari M. Fridman, F. Кeygan, A. Кelsar, D. Leydyer va boshhalar bo’lib, ular o’sishning eng muhim sharti inflyatsiyani daf etish va pulni sog’lomloshtirish, pulni xo’jalik muomalasi vositasiga aylantirish, deb qaraydilar. Ular pulning barqarorligi va iqtisodiy faollik o’rtasida uzviy bog’lanish borligini qayd etgan holda, iqtisodiy inqirozlarning sababini pul muomalasidagi buzilishlardan axtaradilar.

MIКROIQTISODIYOT – inson, oila, korxona (firma) yoki tarmoq darajasidagi iqtisodiyot. Mikroiqtisodiyot makroiqtisodiyot bilan uzviy bog’liq. Mikroiqtisodiyot ishlab chiqarish jarayonida bozor subyektlari o’rtasida bo’ladigan taqsimot, almashuv va moddiy mablag’larni taqsimoti munosabatlarini o’rganadi. Mikroiqtisodiyot ishlab chiqaruvchilar bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarni ham o’rganadi.

Mikroiqtisodiyotni asosiy bo’limlari bo’lib: firma va iste’mol nazariyalari, bozor tarkibi, infratuzilmalar, monopoliya va raqobat muammolari, daromad taqsimoti davlat va xususiy biznesni o’zaro bog’liqligi, mehnat bozori tahlili, talab va taklif o’rtasidagi nisbat, ish haqi va mehnat unumdorligi hisoblanadi.



MERКANTILIZM - (italyancha: sotuvchi, savdogar) iqtisodiy ta’limotning fan sifatida shakllana boshlaganida yuzaga kelgan dastlabki iqtisodiy ta’limot. Myerkantilizm ta’limotiga farang olimi A. Monreten, ingliz olimlari U. Stafford, T. Men, A. Syerra va boshqalar asos solganlar. Ularning ilmiy izlanishlarini muomala sohasi, savdo kapitali tashkil etgan. Ular ijtimoiy boylikning o’sish manbaini ishlab chiqarish sohasida emas, balki muomala sohasida savdodan izlaganlar. Buning natijasida foyda muomala sohasidagina vujudga keladi, millatning boyligi pul bilan belgilanadi, degan xulosaga kelganlar.

MIКROIQTISODIY TAHLIL – ayrim tarmoq korxona quyi xo’jalik darajasidagi ishlab chiqarish xarajatlari, raqobat, monopoliya, baholar shakllanishi ish xaqi, resurslardan foydalanish kabi iqtisodiy jarayonlarni mikroiqtisodiy jarayonlardagi o’rni va ta’siri jihatidan o’rganadi.

MARJINALIZM - marksizm ta’limotiga teskari ravishda iqtisodiyotning ijtimoiy tomonlarini o’rganmasdan kapitalistik jamiyatni himoya qilish pozitsiyasida turgan ta’limot. Marjinalizmning dastlabki vakillari К.Mengyer, F.Vnzyer va boshqalar bo’lib, «sof nazariya» tarafdorlari sifatida, yangi iqtisodiy voqealar, hodisalar va jarayonlarga yangicha qarashlar, ularni amaliyotga kiritish bilan, klassik iqtisodiy nazariyasining va markscha iqtisodiy ta’limotning sinfiy shaklini, mafkura pardasini olib tashlab, ulardagi ijobiy tomonlarni saqlab qolgan holda yangi iqtisodiy tizim nazariyasini yaratdilar.

ISTE’MOL TOVARLARI - insonlarni bevosita ehtiyojlarini qondiruvchi tovar va xizmatlar, masalan, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim bosh, maishiy xizmatlar va shu kabilar.

IJTIMOIY NE’MATLAR - aholining ma’lum bir guruhlariga yoki butun jamiyatga taqdim etiladigan tovarlar va xizmatlar, chunki ularni bo’laklarga bo’lib alohida shaxslarga sotish mumkin emas. Ular faqat jamoa tomonidan iste’mol qilinishi mumkin xolos. Huquqiy tartib, davlat mudofaasi, atrof-muhitni asrash, ijtimoiy dasturlar va shu kabilar ular tarkibiga kiradi.

POZITIV IQTISODIYOT NAZARIYASI - obyektiv iqtisodiy voqeylikni tahlil etib, uning rivojlanish qonuniyatlarini aniqlaydi. U iqtisodiy sohadagi omil, sharoitlar va hodisalar bilan shug’ullanadi.

ABSTRAКSIYA - iqtisodiyot nazariyasining asosiy tadqiqot uslubi. U ko’pincha soxta tasavvur berib, yuzaga chiquvchi iqtisodiy hodisalarning tub mohiyati va yo’nalishini ochish uchun turli-tuman murakkab hodisalar orasidan eng asosiysini sof holda ajratib olib, tadqiqotni qiyinlashtiruvchi, ikkinchi darajalilarini yo’q deb faraz qilish. Ilmiy abstraksiya uslubi yordamida iqtisodiy hodisalarning mohiyatini tushunib olish va uni yanada chuqurroq ifoda etuvchi "tushuncha va qonunlarni shakllantirish mumkin. Chunki dalillarni tartiblab, bir xulosaga kelishda, abstraksiya usuli asosiy usul hisoblanadi.

2- mavzu. Mulkchilik, tovar - pul munosabatlarining shakllanishi

TEXNOLOGIYA - tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish texnikasi va usullari. Uning yordamida ishlab chiqarish omillari (resurslari) mehnat jarayonida birikadi. Bozor iqtisodiyoti talabi, ishlab chiqarishni tashkil etish nuqtai nazaridan, yuqori samara beradigan texnologiyani qo’llashni xohlaydigan va bunga qodir bo’lgan firma va korxonalar faoliyat ko’rsatishlari lozim. Ishlab chiqarishga yangi texnologiyani tatbiq etish, uning iqtisodiy samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

UMUMIY MULК - jamoaga birlashgan hamma kishilarning asosiy ishlab chiqarish vositalariga birgalikda teng munosabatda bo’lishligi. Mulkning bunday turi tarixan turli ko’rinish va shakllarda mavjud bo’lgan. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi urug’lar, jamoalar mulki, hozirgi davrda oilaning umumiy mulki, turar joy, dala hovli, mashina, u yoki bu jihozlari va boshhalar. O’zbekistonda umumiy birgalikdagi egalik mulk: yer, suv, o’rmon, o’simlik va hayvonot dunyosi, shuningdek, davlat mulki va h. k.

UNUMDORLIК – foydalanilgan moddiy resurslar yoki xarajat birligiga to’g’ri keladigan ishlab chiqarilgan maxsulot yoki bajarilgan ish birligi.

UNUMLI ISTE’MOL – ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalaridan, ish kuchidan va ishlab chiqarishga sarflangan kapitaldan foydalanish darajasini ifodalaydi.

XUSUSIY MULК - ayrim kishining ishlab chiqarish vositasiga va ishlab chiqarish natijasiga yakka o’zinikidek munosabatda bo’lishligini aks ettiradi. Xususiy mulk ikki xil ko’rinishda yuzaga keladi: a) mehnat bilan erishilgan xususiy mulk; b) mehnatsiz erishilgan xususiy mulk. Mehnat bilan erishilgan xususiy mulk, o’z ishlab chiqarish vositalari orqali mehnat qilib, tirikchilik o’tkazuvchi yakka dexqonlar mayda hunarmand va kosiblar mulkidan iborat bo’ladi. Yollanma ishchilarni ishlatib topilgan boylik xususiy mulkning ikkinchi shaklini tashkil etadi.

XUSUSIYLAShTIRISh - fuqarolarning va davlatga taalluqli bo’lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki obyektlarini yoki davlat hissadorlik jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olish.

XO’JALIК MEXANIZMI - ishlab chiqarishni yuqori samarali harakat qilishini ta’minlash maqsadida shaxsiy va jamoa manfaatlariga ta’sir etishining iqtisodiy va hududiy richaglari tizimi.

XO’JALIК XISOBI - xo’jalik yuritish usuli korxonalarning o’z xarajatlarini o’zi qoplashi, o’z-o’zini moliyalash, ishlab chiqarish - xo’jalik faoliyati natijalaridan moddiy manfaatdorlik va javobgarlik kabi qoidalarga asoslanadi. Xo’jalik hisobi korxonalarni foyda keltirib ishlashini ko’zda tutadi va tovar - pul munosabatlariga asoslanadi.

ShAXSIY MULК - jamiyatning alohida a’zolari tomonidan, individual yoki oilaviy ehtiyojlarni qondiruvchi moddiy ne’matlarni o’zlashtirish bo’yicha tarkib topuvchi iqtisodiy munosabatlar, shaxsiy mulk subyekti (egalari), ayrim fuqarolar, uning obyekti esa iste’mol buyumlari (xolodilnik, televizor, mebel va h. k.) turar joy va boshqalar, umuman shaxsiy ehtiyojni qondirishga xizmat qiladigan vositalardir. Uning manbalari quyidagilar: topilgan daromad, merosga olingan yoki in’om sifatida olingan mol-mulk, dividend, bank foizi, xususiy tadbirkorlik daromadi va boshqalar O’zbekiston Respublikasida harakat qiluvchi mulkchilik to’g’risidagi qonunda shaxsiy mulk, umuman, fuqarolar mulki manbalari va uning davlat tomonidan kafolatlari belgilab berilgan.

IShLAB ChIQARISh – barcha tarmoqlarning moddiy ishlab chiqarishini umumlashgan shakli bo’lib, ishlab chiqarish uchun shart-sharoit – ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlarini ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarish sohasiga sanoat, qishloq va o’rmon xo’jaligi, transport, aloqa, energetika, savdo, umumiy ovqatlanish, xo’jalik omborxonalari va xizmat ko’rsatish tarmoqlari kiradi. Ishlab chiqarish sohalariga ilm-fan (innovatsion) yutuqlar ham kiradi. Chunki ular ishlab chiqarish jarayonida qo’llaniladi.

MULКChILIК - kishilar o’rtasida ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish va yaratilgan mahsulotni o’zlashtirish yuzasidan paydo bo’lgan, tarixan aniq bir shaklda namoyon bo’luvchi munosabatlar. Mulk obyekti bo’lib moddiy va madaniy boyliklar, ixtirolar, fan yutuqlari, ishchi kuchi va shunga o’xshashlar hisoblanadi. Mulk- subyekti jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqega ega bo’lgan kishilar bo’lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki guruhga birlashgan bo’ladi. Mulkchilikning asosiy bo’g’ini - bu ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan mulkchilik, egalik. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo’lsa, unda yaratilgan mahsulot ham shunga tegishli bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti mulkchilik shakllarining xilma-xil bo’lishligini talab qiladi. Tovar muayyan mulk obyekti bo’lgandagina oldi-sotdi qilinadi. Mulkning turi davlat, jamoa, kooperativ, aksionyerlik, ijara, xususiy mulk va boshqa shakllarda mavjud. Mulk davlatning qonun hujjatlarida yuridik qayd etilib, qonunlar asosida tartibga solinadi.

NAFLILIК - ne’matning ehtiyojlarni qondira olish layoqati. Mehnat mahsuli ikki xil xususiyatga ega, ya’ni iste’mol qiymatga ma’lum bir naflilikka va qiymatga ega bo’ladi. Ne’matlarning naflilik darajasi turli xilda ifodalanadi va jismoniy va huquqiy subyektlarni ma’lum bir iste’mol darajalarini qanoatlantiradi.

IShLAB ChIQARISh VOSITALARI - yer, o’rmon, qazilma boyliklari, xom ashyo, binolar, mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar birgalikda ishlab chiqarish vositalarini tashkil etadi.

IShLAB ChIQARISh VOSITALARI BOZORI - mehnat qurollari, xom - ashyolar va yonilg’i, moylash materiallari savdosi. Ishlab chiqarish vositalari bozor tovar birjalari, yarmarkalar ko’rinishida bo’lib, asosan, ulgurji savdo qilinadi.

IShLAB ChIQARISh IMКONIYATLARI ЭGRI ChIZIG’I - iqtisodiyotda to’la bandlik va ishlab chiqarishni boshqa omillaridan to’la - foydalanilgan sharoitda ikkita mahsulot (mahsulotlar guruhlari)ni ishlab chiqarishni har xil kombinatsiyalarini ko’rsatuvchi egri chiziq. Bunda ishlab chiqarishning texnologik asosi va yer resurslari doimiydir.

IShLAB ChIQARISh MUNOSABATLARI - kishilar o’rtasida moddiy ne’matlarni: ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol jarayonida vujudga keladigan munosabatlar

IShLAB ChIQARISh OMILLARI - ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishda qatnashuvchi inson (ishchi kuchi), mehnat vositalari va mehnat sarflanadigan xom - ashyolar yig’indisidan tashkil topadi. Insonlar nimaniki yordamida mehnat ashyosiga o’z ta’sirlarini o’tkazsalar, shu narsalar mehnat vositalari (qurollari) hisoblanadi. Ular turli xil mashina va mexanizmlardan, asbob-uskunalardan, turli qurilmalardan va hokazolardan tashkil topadi. Ishlab chiqarish jarayonining ro’y berishi uchun ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalari bilan mehnat jarayonida inson o’z ta’sirini o’tkazadigan tabiat narsalari (xom-ashyo)lar mehnat omillarini ifodalaydi.

IShLAB ChIQARISh RESURSLARI – moddiyvainsoniyresurslardantashkiltopadi. Moddiyresurslartabiiyresurslardan, ya’niyervayerostiboyliklari, o’rmonlar, suvresurslaridantashkiltopadi. Insonlaryaratganresurslaresa, ishlabchiqarishvositalari: asbobuskunalar, mashinalar, texnikalar, xom-ashyovahokazolardantashkiltopadi. Insoniyresurslarishkuchiga, ya’niinsonlarningishlabchiqarishjarayonidaqo’llaniladiganjismoniy, aqliyqobiliyatiyokiinsonlarningmehnatqilaolishqobiliyatidanvatadbirkorliklayoqatidantashkiltopadi.

Tadbirkorlayoqati – bozoriqtisodiyotisharoitidaboshqaresurslardansamaraliishlataolishqobiliyatigaegabo’lganinsoniyresursdir.



IShLAB ChIQARISh SAMARADORLIGI - ishlab chiqarishning natijasi, ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati hajmini ishlab chiqarish xarajatlari qiymatiga bo’lgan nisbatida ifodalanadi.

IShLAB ChIQARISh USULI - jamiyat taraqqiyotining turli tarixiy bosqichlarida ishlab chiqarish munosabatlari hamda bu munosabatlarga xos bo’lgan ishlab chiqaruvchi kuchlarning birligini va o’zaro ta’siri birgalikda ishlab chiqarish usulini tashkil etadi. Uning quyidagi turlari mavjud:

1. An’anaviy ishlab chiqarish usuli. Bu usul sust rivojlangan ko’pgina mamlakatlarda mavjud. Bu ishlab chiqarish usulida ishlab chiqariladigan mahsulotlar va xizmatlar ko’p yillab o’zgarmaydi. U sekin o’zgaradigan urf-odatlar bilan belgilanadi. An’anaviy ishlab chiqarish oddiy takror ishlab chiqarish holatida bo’ladi.

2. Ma’muriy buyruqbozlik tizimidagi ishlab chiqarish usuli. Bu usul sosialistik tizimda bo’lgan davlatlarga oid bo’lib, bu davlatlarning iqtisodiyoti aralash iqtisodni tashkil etadi. Bu ishlab chiqarish usuli xususiyati mulkning umumiy ekanligi va ishlab chiqarish natijasi bo’lgan moddiy ne’matlar markazdan taqsimlanishiga, xo’jalik bo’g’inlarida iqtisodiy mustaqillikning mavjud emasligiga asoslanadi.

3. Aralash iqtisodiy tizimdagi ishlab chiqarish usuli. Davlatning iqtisodga aralashuvi inkor etilmaydi.Lekin ishlab chiqarish usulini rivojlanishi turli mulk shakllariga asoslangan bo’lgan xolda uni bozor belgilaydi.Davlat bilan bozor ishlab chiqarish usulini rivojlanishini ta’minlaydi.



4. Bozor iqtisodiyoti tizimidagi ishlab chiqarish usuli, turli mulkchilik shakllariga va erkin raqobatga asoslangan xolda tashkil topadi.

IShLAB ChIQARISh XARAJATLARI - mahsulot tayyorlash uchun qilingan barcha moddiy va ma’naviy mehnat sarfi. Uning qiymat shakli mahsulot tannarhini o’zida aks ettiradi. Кorxonalarning ishlab chiqarish xarajatlarini ikkita qismga: doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarga bo’lish mumkin. Doimiy xarajatlarga: ijara to’lovi, qorovullik va ma’muriyat xizmati kabilar kiradi. O’zgaruvchan xarajatlarga xom ashyo, yoqilg’i, energiya, ish haqiga qilingan sarf-xarajatlar kiradi.

IShLAB ChIQARISh XARAJATLARI INFLYATSIYASI - ish vaqti va xom ashyoga narhlarni ko’tarilishi natijasida jami taklifni qisqarishi asosida yuzaga keladigan inflyatsiya, bunda ishlab chiqarishni real hajmi va bandlik darajasi pasayadi.

IShLAB ChIQARIShNING IXTISOSLAShUVI - korxona yoki hududning bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarishga yo’naltirilganligi. Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi ishlab chiqarish jarayonining turli bosqichlarida hudud, tarmoq va korxonalar o’rtasida ichki mehnat taqsimoti shaklidir. Ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish mahsulotning, texnologik jarayonning, asbob-uskunalarining va tegishli mutaxassisliklarning bir xilligi bilan tavsiflanadi.

КAMAYIB BORUVChI NAFLILIК QONUNI - o’zgaruvchan xarajatlarga qo’shiladigan turli chiqimlar o’zgarmas chiqimlar (bino va inshootlarga qilinadigan sarflar) to’g’ri kelgan paytda ularning birligi hisobiga mahsulot ishlab chiqarish ko’payib boradi, natijada ushbu jarayon kamayib boruvchi daromadlilik qonuni amal qila boshlaydigan paytga kiradi, endi chiqim birligiga mahsulot ishlab chiqarish kamaya boshlaydi.

КORXONA MULКI – qanday mulkchilik shaklida bo’lishidan qat’iy nazar korxonaning ixtiyoridagi barcha mol – mulk. Ular asosiy va aylanma fondlar, nomoddiy aktivlar va ishlab chiqarish zahiralarining yig’indisidan iborat bo’lib, uning tarkibiga tayyor mahsulotlar, materiallar, kelgusi davr xarajatlari, hisobot davridagi ishlab chiqarish xarajatlari, korxonada bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmat va boshhalar kiradi.

КO’ChMAS MULК – yer uchastkalari, o’rmonlar binolar, inshootlar, alohidalashgan suv obyektlari, davlat qaydidan o’tgan havo va dengiz kemalari, kosmik obyektlardir. Кo’chmas mulkning asosiy belgisi yer hisoblanadi. Qonun bo’yicha ko’chmas mulkning tarkibiga korxona va xonadonlar ham kiradi.

O’TISh DAVRI – bir mulk shakliga asoslangan iqtisodiy tizimdan boshqa mulk shakllariga asoslangan yangi iqtisodiy tizimga o’tish bilan bog’liq bo’lgan davr.

QO’ShILGAN QIYMAT- ishlab chiqarilgan mahsulotning bozor qiymati bilan uni yaratish uchun ishlatilgan xom - ashyo va matyeriallar qiymatining ayirmasi. YaMM qo’shilgan qiymatni jamlash orqali hisoblanadi

QIYMAT - tovarda gavdalangan ijtimoiy mehnat. Qiymatga asoslanib, tovarlar o’lchovdosh hisoblanadi va bir-biriga ayirboshlanadi. Bozorda, avvalo, ikki inson sotuvchi va xaridor munosabatga kirganlari uchun tovarlar sotiladi va sotib olinadi. Shuning uchun tovar o’zida insonlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni gavdalantiradi. Qiymat tovarni xossasi hisoblanadi.

QIYMAT QONUNI - tovar ishlab chiqarish sharoitida tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi aloqalarni, ijtimoiy mehnatni taqsimlash va rag’batlantirishni tartibga soluvchi obyektiv iqtisodiy qonundir. Unga binoan tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash, ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Bu qiymatning miqdori ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan o’lchanadi. Ijtimoiy degan ibora, avvalo, shuni bildiradiki, tovar qiymatining miqdori yoki bu ishlab chiqarishning o’ziga alohida qilgan mehnat sarflari bilan emas, balki ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari (IZMS) bilan o’lchanadi. IZMS ishlab chiqarishning mavjud ijtimoiy normal sharoitida va shu jamiyatda mehnat mahoratining va intensivligining o’rtacha darajada biroq iste’mol qiymatini ishlab, tayyorlash uchun talab kilinadigan ish vaqti mehnati sarflaridir. Qiymat qonuni bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan iqtisodiy qonunlardan biridir. Bozor iqtisodiyotining eng asosiy talabi, ishlab chiqaruvchi kam mehnat sarflab, ko’p va sifatli mol ishlab chiqargandagina, ya’ni kishilarning talab va ehtiyojlarini to’liq qondirgandagina foyda ko’rib ishlashi mumkin, aks holda u sinadi. Qiymat qonuni uchta muhim vazifalarni bajaradi: 1) ijtimoiy mehnatni hisobga olish va tartibga solish; 2) vaqtni tejashni rag’batlantirish; 3) tovar ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtirish.

ALTYERNATIV (muqobil) QIYMAT - boshqa tovar va xizmatlarga almashtirish uchun berilishi lozim bo’lgan tovar va xizmatlar miqdori.

AN’ANAVIY IQTISODIYOT - iqtisodiy tizim. Unda ishlab chiqarish texnikasi, ayirboshlash, daromadlarni taqsimlash avloddan-avlodga o’tuvchi an’analarga asoslanadi. Texnika taraqqiyoti va yangiliklarni tatbiq etish cheklangandir, chunki ular an’analar bilan to’qnashib, ijtimoiy tuzilmaning barqarorligiga xavf soladi.

Diniy va madaniy qadriyatlar iqtisodiy faoliyatga nisbatan birlamchi bo’lib hisoblanadi. Jamiyat oldida turuvchi muammolar o’sha an’analar va urf-odatlar asosida hal etiladi. Bunday iqtisodiy tizim sust rivojlangan mamlakatlarga xosdir.



ARALASh IQTISODIYOT - iqtisodiytizim, sof kapitalizm va bo’yruqbozlik iqtisodiy tizimlarning ijobiy taraflarini o’zida qo’shgan, ya’ni ishlab chiqarish vositalariga ijtimoiy mulkchilik va xususiy mulkchilik unsurlarini birlashtirgan. Aralash iqtisodiyot turli mulkchilikka asoslangan, iqtisodiy faoliyat esa, ikkita vosita bozor mexanizmi (narh, raqobat) va davlat tomonidan tartibga solinadi.

DAVLAT MULКI - davlat tasarrufidagi mulklar davlat mulkidir. Xalq xo’jaligining eng asosiy va ustuvor ahamiyatga ega bo’lgan tarmoqlari: yoqilg’i, neft va gaz sanoati, elektr energetikasi, yo’llar, temir yo’l, havo va suv transporti, aloqa, suv va gaz ta’minoti tizimi, irrigatsiya inshootlari, ularni qurish hamda foydalanish, milliy xavfsizlikni ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan korxonalar davlat tasarrufidadir.

Download 119.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling