1- mavzu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti. Iqtisodiy tizimlar iqtisodiy qonunlar
Download 119.01 Kb.
|
Iqtisod 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- ZAHIRALAR
- КUTILAY O TGAN INFLY AT SIY A
- DEBET
- GIPYERINFLY AT SIY A
- BANКLARNING AКTIV OPYERASIYALARI
- BANКNING O’Z КAPITALI
- BANКROT
- HISOB-КITOB STAVКASI SIYOSATI
- QISQA MUDDATLIКREDITLAR
- 7 - mavzu. Investitsiya va investitsion siyosat. Ishchi kuchi bandligi va mehnat bozori JAMG’ARISh FONDI
- JAMG’ARIShGA ChEКLANGAN MOYILLIК
- JAMG’ARIShGA O’RTAChA MOYILLIК
- Iste’molga cheklangan moyillik
- Iste’molga o’rtacha moyillik
- IShSIZLIК DARAJASI
- DAVLAT TOMONIDAN BOZORNING TARTIBGA SOLINIShI
- BEVOSITA USULLAR
- AHOLINI IJTIMOIY HIMOYALASh
- DAROMAD
- AHOLINING PUL DAROMADLARI
- 9 -mavzu. Jahon xo‘jaligi va iqtisodiy integratsiya ISh КUChI MIGRASIYASI
- ERКIN IQTISODIY ZONA (EIZ)
- EMIGRASIYA
- JAHON XO’JALIGI INTEGRASIYASI
- INTEGRATSIYA(lot. butun)
- YAGONA IQTISODIY MINTAQA
- OLTIN ANDOZA
- REIMPORT
INJINIRING - tijorat qoidalariga asoslangan muhandislik maslahat xizmatlari: ishlab chiqarishni ta’minlash, mahsulot sotishni uyushtirish, ishlab chiqarish obyektlarini qurib, ishga tushirish yuzasidan maslahat berish. INКASSO - xalqaro savdodagi hisob-kitoblar shakllaridan biri. Unga muvofiq bank o’z mijozining topshirig’iga ko’ra jo’natilgan tovarlar va xizmatlar uchun hisob-kitob hujjatlari asosida to’lanishi lozim bo’lgan pul mablag’larini haq to’lovchidan oladi hamda bu mablag’larni o’z mijozining bankdagi hisob-raqamiga o’tkazadi. ZAHIRALAR - bankdagi omonatlarning qat’iy belgilab qo’yilgan qismi, undan kredit berish mumkin emas (qarang, valyuta zahirasi, kapital, zahirasi). КREDIT - (lot. qarz) pul mablag’lari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama foiz to’lab qaytarish sharti bilan ma’lum muddatga qarz berish. Кreditning tijorat va bank krediti shakllari mavjud bo’lib, ular ishtirokchilarning turi, kreditlash obyekti, foiz o’lchami va foydalanish sohasiga ko’ra farqlanadi. Tijorat krediti, ishlab chiqarishda va savdoda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar o’zaro bir-birlariga sotilgan tovarlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar to’lovini belgilangan muddatda amalga oshiradilar. Bunda, asosan, qarzdorlik kredit pullari, ya’ni veksel, banknot, chek va kredit kartochkalari bank vositachiligida rasmiylashtiriladi. Bank krediti pul mablag’larini ssudaga berishdan iborat bo’lib, 3 xil muddatli bo’ladi. Qisqa, o’rta va uzoq muddatli. КREDIT TIZIMI - pul resurslarini tarkib toptiruvchi o’zida jamlovchi va ma’lum muddatda qaytarib berish va haq to’lash shartlari asosida ularni qarzga beruvchi kredit muassasalarini majmuasi. Unga a) bank tizimi (markaziy bank, tijorat va ixtisoslashgan banklar); b) maxsus kredit muassasalari, ya’ni sug’urta kompaniyalari, nafaqa fondlari, investision kompaniyalar, moliya kompaniya va shu kabilar kiradi. КUTILAYOTGAN INFLYATSIYA— daromad oluvchi tomonidan prognozlanadigan narhlarning oshishi. Shuning uchun daromad egasi inflyatsiyaning oqibatlarini yumshatish yoki bartaraf etish uchun oldindan choralar ko’rishi mumkin. КUTILMAGAN INFLYATSIYA - baholarni o’sishi, bunda daromad oluvchi yoki davlat tomonidan, oldindan choralar ko’rilmaganligi sababli inflyatsiyaning real daromadlarga salbiy ta’sirni oldini olish mumkin bo’lmaydi. DEBET - hisobxona hisobida qarz olganlarning qarzini ko’rsatuvchi qism. VENChUR OPERATSIYALARI - ilmiy texnika taraqqiyotini ishlab chiqish va yangi tadqiqotlarni moliyalashtirish va kreditlar berish bilan shug’ullanadigan innovatsiya banklarining operatsiyalari faoliyati. GIPYERINFLYATSIYA- pulning nihoyat darajada qadrsizlanishi, baholarning shiddat bilan o’sishi, pul topishga intilishning susayib ketishi. BANК - vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini bir joyga to’plash va kimda bu pullarga vaqtinchalik muhtojlik bo’lsa, ularga kredit sifatida berish bilan shug’ullanuvchi kredit-moliya muassasasidir. BANК ZAXIRA ME’YORI - tijorat banki ega bo’lishi kerak bo’lgan majburiy zaxira miqdori va u tomonidan muddatsiz omonatlar bo’yicha majburiyatlar o’rtasidagi nisbat. Zaxira me’yori = 100% BANК ZAXIRALARI - banklar xavfsizliklarini, ta’minlash maqsadida o’zlarida saqlaydigan omonatlar miqdorining bir qismi, banklar omonatlarini hamma miqdorini qarzga bera olmaydilar, chunki omonat egalari ularni har qanday vaqtda qaytarib olishlari mumkin. Shuning uchun banklar o’zlarining to’lash qobiliyatlarini ta’minlash, bankrot bo’lib qolmasliklari uchun bank zaxirasini shakllantiradilar. BANК КREDITI - banklar tomonidan ish yurituvchilarga pul ssudasi shaklida beriladigan kredit. U qisqa muddatli (odatda bir yil muddatga), o’rtacha muddatli (besh yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (besh yildan ko’proq muddatli) bo’ladi. BANК OPERASIYALARI - banklarni o’z maqsadlariga erishish va harakat qilishi vositalari. Ular aktiv va passiv operasiyalarga bo’linadi, shuningdek, banklar har xil turdagi xizmatlarni ham ko’rsatadi (faktoring, lizing, konsalting, trast va h.k.). BANК TIZIMI - biror bir davlatda mavjud bo’lgan va amal qilib turgan banklarning barchasi tushuniladi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi bank tizimi o’z ichiga: 1. Markaziy bank. 2. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki. 3. Ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat va davlat banklari majmuidan iborat bo’lgan 31 ta bankni o’z ichiga oladi. 4. Ulush, qo’shish, hissadorlik hamda xorijiy kapitallar ishtiroki asosida tashkil topgan qo’shma banklar, kooperativ va xususiy banklardan iborat. BANКLARNING AКTIV OPYERASIYALARI - bankni kredit berishi yoki ixtiyoridagi resurslarni joylashtirishi bilan bog’liq operatsiyalari. Ular kredit, ssuda berish vositasida va veksel, tovar hisobiga, fondli va blankali shakllarda amalga oshiriladi. : BANКLARNING PASSIV OPERATSIYALARI - banklarni o’z resurslarini shakllantirish bilan bog’lik operatsiyalari. Bular, mijozlarning omonatlarini bankka jalb qilish, boshqa banklardan kredit olish, qimmatli qog’ozlarni chiqarish va h. k. BANКNING O’Z КAPITALI - bankniaktivlarini passivlaridan (majburiyatlaridan) ortiqcha miqdori. Masalan, bankni aktivlari 15 mln. doll. passivlari esa 12 mln. doll. Unda bankni o’z kapitali 3 mln. doll. (15-12) tashkil etadi. Bankni o’z kapitali birlamchi aksionerlik kapitali, bo’lib zaxirasi jamg’arilgan foydadan tashkil topadi. Uning bank resurslaridagi ulushi 10% ni tashkil etadi. BANКROT - 1. Mulkiy sinish, xonavayron bo’lish. 2. G’oyaviy, ma’naviy-siyosiy jihatdan obro’sizlanish. ARZON PULLAR SIYOSATI - mamlakatda pul miqdorini oshirish siyosati, u mamlakatda ishlab chiqarish quvvatlari to’liq foydalanilmayotgan va ishsizlik miqdorini oshishi sharoitida Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu siyosat kreditni arzon, uni olishni esa oson qilib, pul taklifini oshishiga sharoit yaratadi. Buning uchun esa bank va aholidan ochiq bozorda davlat qimmatli qog’ozlarini sotib olish, zahira me’yorini va hisob stavkasini pasaytirishdan foydalanadi. Pul taklifini oshirish foiz stavkasini pasaytiradi, investisiyalarni ko’payishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada jonlanishiga sharoit yaratadi. HISOB-КITOB STAVКASI SIYOSATI- pul-kredit siyosatini amalga oshirishning vositasi. Hisob-kitob stavkasini Markaziy bank belgilaydi. Agar u past bo’lsa, tijorat banklari ko’proq kredit oladilar, natijada banklarning ortiqcha bank rezyervlari kamayadi, muomaladagi pul massasi ortadi. Hisob-kitob stavkasi darajasi yuqori bo’lsa, banklar kredit kamroq oladilar, olganlarini esa qaytarib berishga harakat qiladilar, natijada ortiqcha bank rezyervlari ko’payadi, muomaladagi pul miqdori kamayadi. QISQA MUDDATLIКREDITLAR - qaytarish muddati bir yildan oshmaydigan qarzlar. QIMMAT PULLAR SIYOSATI - mamlakatdagi pul miqdorini cheklash yoki qisqartirishga qaratilgan hukumat siyosati. Bu siyosat mamlakatda inflyatsiya kuchayganda olib boriladi. Qimmat pullar siyosati kreditni qimmat uni olishni qiyin qiladi. Pulni taklifni kamaytirysh uchun ochiq bozorda davlat qimmatli qog’ozlari sotiladi, banklarni rezyerv me’yori va hisob stavkasi ko’tarilishiga, pirovard natijada investisiyalarni kamayishiga inflyatsiyani cheklashga imkon beradi. 7- mavzu. Investitsiya va investitsion siyosat. Ishchi kuchi bandligi va mehnat bozori JAMG’ARISh FONDI - milliy daromadning bir qismi bo’lib, asosiy va aylanma fondlarni, zahirani ko’paytirish uchun foydalaniladi. Ishlab chiqarish jamg’arish fondi va noishlab chiqarish jamg’arish fondi mavjud. Jamg’arish fondi kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning sur’atlarini belgilab beradigan hal qiluvchi omildir. JAMG’ARISh FUNКSIYASI - har qanday yillik potensial daromad darajasidan qat’iy nazar ishlab chiqaruvchi tomonidan sarf qilinmoqchi bo’lgan investision sarflar. JAMG’ARIShGA ChEКLANGAN MOYILLIК - jamg’ariladigan daromadni har qanday ortiq ulushi foizda ifodalanadi. jamg’arishdagi o’zgarishlar 5 JChM= ––––––––––––––––––––––– = –– = 25 % daromaddagi o’zgarishlar 20 JAMG’ARIShGA O’RTAChA MOYILLIК - umumiy daromadni foizda ifodalangan jamg’ariladigan ulushi. YALPI FOYDA – 1 yil ichida yaratilgan umumiy mahsulot qiymati bilan sotish natijasida olingan umumiy daromad o’rtasidagi tafovutdir. AКSELYERATOR QOIDASI - daromadni o’sishi (kamayishi) investisiyalarni o’sishi (kamayishi)ga olib keladi, bu o’zgarish daromadlarni o’zgarishiga proporsional bo’ladi. Masalan, aholini daromadlarini o’sishi uni bir qismini jamg’arishga imkon beradi. Bu esa vaqtincha bo’sh pullarni banklar kredit berish orqali investision faollikni oshirishga imkon beradi. Yoki korxonalarning foyda miqdori oshishi, ularga ishlab chiqarishni rivojlantirishga ko’proq mablag’ ajratishga imkon beradi. ISTE’MOL FUNКSIYASI - jami iste’mol sarflari bilan har bir ma’lum paytda iste’molchi ixtiyoridagi daromadni har xil miqdorlari o’rtasidagi bog’liqlik. Ma’lum bir paytda iste’molchi ixtiyoridagi daromadni mumkin bo’lgan har xil darajalaridagi iste’mol sarflari. Iste’molga cheklangan moyillik - iste’mol qilinadigan daromadni o’sgan ulushi yoki qismi: SEY QONUNI – ga asosan jami taklif o’zining jami talabini yuzaga keltiradi, shuning uchun, jami taklif va jami talab bir-biriga mos keladi, degan makroiqtisodiy tamoyilga asoslanadi. Agar shunday bo’ladigan bo’lsa, tovarlar kyeragidan ko’proq ishlab chiqarilmaydi. Masalan, ishlab chiqaruvchi 2000 so’mlik mahsulot sotsa, bir vaqtning o’zida u o’ziga zarur bo’lgan tovarlardan 2000 so’mlik harid qilishi mumkin. O’zining talabini yuzaga keltirmoqda, ya’ni taklif 2000 = talab 2000. Shu bois iqtisodiyotni tartibga solishga davlat aralashmasligi kerak, degan xulosa ilgari surilgan. Iste’molga o’rtacha moyillik - umumiy daromadni - foizda ifodalangan, iste’molga sarf qilinadigan ulushi: IShSIZLIК - sog’lig’i yoki yoshi jihatidan ishga layoqatli kishining ish o’rnini yo’qotib beish bo’lib qolishi. Ishsizlik uch xil ko’rinishda uchraydi: 1. Ixtiyoriy ishsizlik (boshqa hududga ko’chish, o’qishga kirish, bolani parvarish qilish kabi sabablarga ko’ra ishdan bo’shashi natijasida yuzaga keladi). 2. Tarkibiy ishsizlik (ayrim kasblar, ish turlariga bo’lgan talabning susayishi natijasida yuzaga keladi). 3. Davriy ishsizlik (ayrim hududlar va tarmoqlarda ishchi kuchiga bo’lgan talabning kamayishi natijasida yuzaga keladi). IShSIZLIК DARAJASI - ish kuchiga, ya’ni ishlayotgan va ish qidirayotganlarga nisbatan ishsizlar sonining foizdagi ifodasi. Uni quyidagicha aniqlash mumkin: 8- mavzu.Bozor iqtisodiyotini tartibga solishning bozor va davlat mexanizmi TARКIBIY SIYOSAT - milliy iqtisodiyotni fan, texnika va texnologiyadagi o’zgarishlarga muvofiq tarzda umumiy va alohida ehtiyojlarni hisobga olgan holda rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tizimi. IMTIYOZ – ma’lum bir afzalliklarga ega bo’lish yoki ma’lum bir majburiyatlarni bajarishdan qisman yoki to’liq ozod bo’lish. Zarar ko’rib ishlaydigan korxonalardan imtiyozli soliqlar olinadi. IJTIMOIY SIYOSAT – bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning ijtimoiy siyosati kuchayadi. Davlatning ijtimoiy siyosati ijtimoiy jarayonlarini yaxshilab borish uchun davlat tomonidan ko’rilgan umumlashgan chora-tadbirlaridir. Ijtimoiy siyosat jamiyat hayotini iqtisodiy va ijtimoiy tomonlarini qamrab oladi. Uning asosiy yo’nalishlari daromad siyosatidan, baho va ish bilan bandlikni ta’minlashdan, ijtimoiy infratuzilmalardan (ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog’liqni saqlash) va ijtimoiy himoyalashdan iborat. Ijtimoiy siyosat bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy tabahalanishni yumshatishga qaratilgan. Ijtimoiy siyosat moddiy manfaatdorlikni muvofiqlashtiradi. U aholining turli guruh va qatlamlarini iqtisodiy faollikka chaqiradi va iqtisodiy samaradorlik bilan ijtimoiy samaradorlik o’rtasida huquqiy tenglikni ta’minlaydi. DAVLAT TOMONIDAN BOZORNING TARTIBGA SOLINIShI - ijtimoiy ishlab chiqarish rivojiga ta’sir ko’rsatish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy, tarkibiy-sarmoyaviy hamda ilmiy-texnikaviy va boshqa vositalar yordamida bozorni qaror toptirishda davlatning aralashuvidir. Davlat tomonidan boshqarish mexanizmi va usullarini qo’llash o’tish davrida boshlanadi. Bozorni boshqarishning eng muhim mexanizmlari: rejalashtirish, soliq tizimi, baho, ijtimoiy himoyalashdan iborat. BEVOSITA USULLAR – iqtisodiyotni tartibga solishning taqiqlash, ruhsat berish va majbur qilish kabi ma’muriy vositalari. BILVOSITA USULLAR – iqtisodiyotni tartibga solishning iqtisodiy vosita va dastaklari. ISTE’MOL SAVATI - kishilarning me’yoriy hayot kechirish faoliyatini ta’minlash uchun zarur hisoblangan oziq-ovqat va sanoat tovarlarining yig’indisini ifodalovchi tushuncha. AHOLINI IJTIMOIY HIMOYALASh - aholini bozor iqtisodiyotining salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlaridan asrash, shu oqibatlarning aholi ahvoliga ta’sirini yumshatishdir. O’zbekiston davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish dasturining o’zagi bo’lgan beshta asosiy qoidaning biri-aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o’tkazish; bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko’rishdir. Respublikamizda bozor munosabatlarini vujudga keltirishning dastlabki bosqichida ulgurji va chakana narhlarning anchagina qismi erkin tus oldi. Bunday sharoitda pulning qadrsizlanishi kuchayib, iqtisodiyot bir maromda ishlay olmaydi. Bu davrga aholining hayot kechirishini ta’minlaydigan amaldagi tizimni saqlab qolish va qo’llab-quvvatlashdan, moddiy ahvoli yomonlashib, ommaviy qashshoqlanishiga, umumiy ishsizlikka yo’l qo’ymaslikdan iborat bo’lgan ijtimoiy siyosat mos keladi. Bu bosqichda ijtimoiy himoyalash choralari asosan tovon to’lash vazifasini bajardi. Asosiy e’tibor hayotiy zarur hisoblangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish darajasining pasayishiga yo’l qo’ymaslikka, kerakli tovarlarning kamaytirilmasligiga, ularni bemalol xarid qilish kafolatini ta’minlashga, aholining daromadlari va narh-navo darajasini boshqa mustaqil respublikalardagi darajaga bosqichma-bosqich tenglashtirib borishni ta’minlashga qaratiladi. Aholining eng kam daromadga ega bo’lgan tabaqalari, ya’ni eng qiyin ahvolga tushib qolgan, odamlarga amaliy yordam ko’rsatish ijtimoiy himoyalash tizimining asosiy yo’nalishi bo’ladi. Shu maqsadda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ish haqining miqdori ancha oshiriladi. Vaqtincha ish bilan ta’minlanmagan shaxslarga ijtimoiy madad berishga katta e’tibor qaratilib, ularga maxsus nafaqa to’lanadi, ularni qayta o’qitish va yangi kasblarga o’rgatish tashkil etiladi. Bozor munosabatlarini shakllantirishning yangi bosqichida ham aholining ijtimoiy jihatdan eng muhtoj tabaqalari va guruhlarini qo’llab-quvvatlash avvalgidek ijtimoiy siyosatning ustuvor yo’nalishi bo’lib qolaveradi. DAROMAD - insonni mehnati evaziga yoki mulki hisobiga oladigan pul mablag’i summasi. Daromadlar ikkita. LORENS EGRI ChIZIG’I - aholi daromadlarini taqsimlanishini aks ettiruvchi egri chiziq. «Oilalar ulushi» abssissada, «daromadlar ulushi» ordinatada joylashgan. Egri chiziqda har bir nuqta ma’lum daromadga aniq daromadga ega oilalarni u yoki bu miqdorini umumiy daromaddagi ulushini ko’rsatadi. Grafikdagi bissektrisa daromadlarni absolyut teng taqsimlanishi holatini ko’rsatadi. Bissektrisaga binoan egri chiziq o’rtasidagi bo’lak aslida mavjud bo’lgan daromadlarni notekis taqsimlanishini ko’rsatadi. Shu bo’lak qanchalik katta bo’lsa, shunchalik daromadlarni notekis taqsimlanishi darajasi yuqori bo’ladi. Agar bu notekis taqsimlash kamaysa, egri chiziq bissektrisaga yaqinlashadi, agar oshsa uzoqlashadi. AHOLINING PUL DAROMADLARI - ishchi va xizmatchilarning ish haqi jamoa xo’jaligi a’zolarining mehnat haqi, ijtimoiy va shaxsiy yordamchi xo’jaliklardan tushadigan pul va moddiy buyum shaklidagi daromadlar, ijtimoiy iste’mol fondidan to’lovlar (pensiya, nafaqa, stipendiya), zayom va lotoreyalarga yutuqlar, aksiyasi uchun olgan dividendi, jamg’arma bankiga qo’ygan omonatlaridan keladigan foizlar, sug’urta tushumlari va boshqa manbalardan hosil bo’ladigan hamda pul shaklida mehnatkashlarning qo’liga tegadigan daromad va tushumlardir. Aholi pul daromadlarining asosiy manbai ish haqidir. 9-mavzu. Jahon xo‘jaligi va iqtisodiy integratsiya ISh КUChI MIGRASIYASI - ishchilarning boshqa hududga yoki bir mamlakatdan ikkinchisiga ko’chib yashashi va joyini o’zgartirishi. Ish kuchi migratsiyasi aholini yangi joyga doimiy, uzoq yoki qisqa muddatga ko’chirishdan iborat. Bir hududda ish kuchiga talabning ortishi tufayli mavsumiy migratsiya ham vujudga keladi. IQTISODIY INTEGRATSIYA - bir nechta mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan o’zaro birikishi yoki bir-biriga yaqinlashishi. Bundan maqsad mamlakatlar milliy xo’jaliklarning yagona xo’jalik mexanizmini barpo etish. КVOTA - davlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan tovarlarni ishlab chiqarish, ularni eksport va import qilish yuzasidan cheklashlarni joriy etilishi. Кvota o’rnatish xalqaro bitimlarga binoan amalga oshiriladi. Davlatlararo shartnomalarga ko’ra ayrim yoki bir guruh tovarlar yuzasidan kvota o’rnatiladiki, unga muvofiq mamlakatlar faqat belgilangan miqdordagi tovarlarni ishlab chiqarishi va chetga sotishi mumkin. ERКIN IQTISODIY ZONA (EIZ) - qo’shma sohibkorlik zonalari xorij kapitalining erkin amal qilishi uchun ajratilgan maxsus xudud, EIZ turkumiga bank va sug’urta zonalari kiradi, bu bilan bank muomalalari va sug’urta ishlari uchun imtiyoz va kapitalning kirib kelishiga qulay sharoit yaratiladi. EIZning maxsus turi - texnologik zonalardir. Bunday zonalarda yangi texnika va texnologiyani yaratish uchun imtiyozlardan xorijiy, shuningdek, milliy korxonalar va har xil tashkilotlar ham foydalanadi. Кompleks xarakterdagi alohida iqtisodiy zonalarda savdo-sanoat texnologiyasi ishlari uchun qulayliklar barpo etiladi. Bunday zonalar alohida, hamma uchun ochiq hududlar deb ataladi. ERКIN SAVDO ZONALARI - mamlakatning soliq to’lashda maxsus imtiyoz tartibi amal qiladigan alohida hudud. Unga kiritilgan tovarlar boj to’lovidan ozod etiladi. Hozir jahonda 500 dan ortiq erkin savdo zonalari mavjud. EMIGRASIYA - iqtisodiy, siyosiy yoki shaxsiy sabablarga ko’ra xorijiy mamlakatga vaqtinchalik yoki uzoq davr ishlash uchun insonlarni ko’chib o’tishi. YEVROPA HAMJAMIYATI - tarkibiga G’arbiy Yevropa regional tashkilotlaridan 3 tasi, ya’ni Yevropa iqtisodiy uyushmasi (EIU), Yevropa ko’mir va po’lat birlashmasi hamda Evroatom kirgan G’arbiy Yevropa mamlakatlarining davlatlararo birlashmasi bo’lib, 1957 yilda tashkil topgan. NISBIY USTUNLIК - ishlab chiqarilayotgan mahsulotni muqobil qiymati boshqa mamlakatlarnikiga nisbatan past bo’lganda yuzaga kelgan holat. Erkin savdo taqqoslash xarajatlar qoidasiga asoslanganligi sabab jahon iqtisodiyoti resurslarini samarali joylashtirish va farovonlikni yuqori darajasiga yerishish imkoniyatiga egadir. NOTARIF TO’SIQLAR - xalqaro savdoni cheklovchi bojxona poshlinasidan tashqari har xil to’siqlar: import kvotalar, maxsus litsenziyalar va shu kabilar (qarang, import kvotasi, litsenziya). OChIQ IQTISODIYOT - tovar va xizmatlarni eksport va importi hamda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi mamlakat iqtisodiyoti. Ochiq iqtisodiyot modelida tovarlar, xizmat va kapital oqimlari milliy chegaralar tashqarisiga chiqib turadi va unda asosiy makroiqtisodiy ayniyat quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi U = S+1+G+NX bunda U-milliy mahsulot, S - shaxsiy iste’mol uchun xarajatlar; 1 - korxonalarning yalpi investitsiyalar; G-davlatning tovar va xizmatlarni sotib olish bilan bog’liq xarajatlari, NX - sof eksport. JAHON INFRASTRUКTURASI - jahon mamlakatlari o’rtasidagi barcha munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan - kema, samolyot, poyezd, avtomobil transporti, xalqaro gaz va neft quvurlari, elektr energiyasini yetkazib berish tarmoqlari, reklama, axborot yetkazib berish kommunikatsiyalari (telefon, radio, oynaijahon, kompyuter tizimi), xalqaro birjalar, moliya markazlari, banklar tizimini o’z ichiga oladi. JAHON XO’JALIGI - jahon xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etuvchi va jahon mamlakatlari bilan iqtisodiy munosabatlar tizimi orqali bog’liq bo’lgan mamlakatlar milliy xo’jaliklarning yig’indisidir. JAHON XO’JALIGI INTEGRASIYASI - jahon xo’jaligi ishlab chiqarishining asosiy ko’rinishlaridan biri mamlakatlararo ishlab chiqarish, savdo, valyuta munosabatlari va boshqa sohalarda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan u yoki bu mintaqadagi davlatlar ittifoqining shakllanishi bo’ldi. Buning asosida yuzaga keladigan xo’jalik aloqalarni bog’lovchi va birlashtiruvchi iqtisodiy jarayonlar davlatlar o’rtasidagi integratsiya nomini oldi. JAHONShUMUL MUAMMOLAR - dunyodagi ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning alohida qatorini tashkil etadi. Bular o’z miqyosi va ahamiyatlari jihatdan olamshumul xususiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Bu muammolarni ijtimoiy tuzum, taraqqiyot darajasi, dini, jo’g’rofiy mavqeidan qat’iy nazar barcha davlatlarning hamjihatligi bilan hal etish mumkin. Bu muammolarga: urush va tinchlik, qurolsizlanish va rivojlanish; inson-jamiyat muammolari; jamiyat-tabiat muammolari kiradi. INTEGRATSIYA(lot. butun) - mustaqil xo’jalik faoliyatining tarmoq, mintaqa, milliy va xalqaro miqyosda o’zaro birlashib yaxlit xo’jalik shaklini tashkil etishi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar o’sishi natijasida mehnat taksimotining chuqurlashuvi integratsiyani yuzaga keltiradi. YAGONA IQTISODIY MINTAQA– erkinlashtirilgan maxsus iqtisodiy zona bo’lib, subyektlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar, maxsus qabul qilingan qonunlar asosida tashkil etiladi. Bu zonada integratsiyalashuv yuqori darajada bo’lib, raqobat erkinlashtirilgan asosda amalga oshiriladi. YOPIQ IQTISODIYOT - tovar va xizmatlarni eksport va importini amalga oshirmaydigan mamlakat iqtisodiyoti; xalqaro savdoda ishtirok etmaydigan iqtisodiyot; hozirgi mutloq yopiq iqtisodiyot mavjud emas. Yopiq iqtisodiyot modelida tovarlar, xizmatlar va kapital oqimlari, milliy chegaralar tashqarisiga chiqmaydi. OLTIN ANDOZA – oltinni pul tovari sifatida tayyorlanishga asoslangan shakli bo’lib, pul-valyuta munosabatlarini tashkil qilishda ishlatiladi. PARITET – valyutalarni sotib olish (sotish) jarayonida ularning sotib olish qobiliyatini tenglashtiruvchi almashtirish kursining darajasidir. POShLINA – qonunda belgilangan tartibda va shartlarda to’lovchilar tomonidan belgilangan miqdorda byudjetga yoki byudjetdan tashqaridagi foizga o’tkaziladigan majburiy to’lov. PROTEКSIONIZM SIYOSATI - davlatning milliy iqtisodiyotni chet el raqobatidan, ichki bozorni chet el tovarlari kirib kelishidan himoya qilishga qaratilgan siyosati. Eksportni rag’batlantirish, importni, cheklash va shunga o’xshash tadbirlarni amalga oshirish uchun chet el tovarlariga ustama haqlar belgilash, boj haqlarini oshirish orqali davlat proteksionizm siyosatini olib boradi. REIMPORT – iste’molchi mamlakatlardan reeksport qilingan tovarlarni sotib olish. REINVESTITSIYA – hamma dividentlarni yoki foizlarni (yoki ularning bir qismini) boshqa qimmatli qog’ozlarga yoki biznesga sarflash. REPORT – birjada tuziladigan bitimlardan biri bo’lib, uning asosida qimmatli qog’oz yoki valyuta ma’lum muddat o’tgach avvalgiga nisbatan yuqoriroq kurs bo’yicha sotib olish sharti bilan sotiladi. REEКSPORT – ma’lum bir mamlakat mahsulot ishlab chiqaruvchi mamlakatdan tovarlarni o’z iste’moli uchun emas, balki boshqa bir uchinchi mamlakatlarga qayta sotib yuborish uchun sotib olish. SAVDO - mahsulotni ayirboshlash, bunda mahsulot ashyoviy shakldan pul shakliga aylanadi. Savdo bo’lishi uchun sotuvchi va xaridor bo’lishi shart. Savdo muomala sohasida amalga oshadi. Download 119.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling