1- mavzu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti. Iqtisodiy tizimlar iqtisodiy qonunlar


TALABNING NARH BO’YICHA O’ZGARUVChANLIGI -


Download 119.01 Kb.
bet3/8
Sana18.05.2020
Hajmi119.01 Kb.
#107595
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iqtisod 1


TALABNING NARH BO’YICHA O’ZGARUVChANLIGI - narx o’zgarganda sotish hajmi qanchaga o’zgarganligini ko’rsatadi. Masalan, o’simlik yog’ining narhi 10 marotaba oshdi, natijada sotilayotgan

UMUMIY MUVOZANAT - hamma mavjud bozorlarni muvozanatlashtirilgan va kelishilgan holda harakat qilishini aks ettiruvchi holat. Masalan, bugun 4500 so’mga: 1 kg o’simlik yog’i-400 so’mga, 1 kg shakarni-100 so’mga, 1 juft oyoq kiyimini-4 ming so’mga sotib olish mumkin, deb faraz qilamiz. Agar ma’lum muddatdan so’ng 4500 so’mga sotib olish mumkin bo’lgan tovar miqdori sifati nisbatan saqlanib qolsa, demak o’sha muddatda iqtisodiyot umumiy muvozanat holatida bo’ladi, deb hisoblanadi.

UMUMIY MUVOZANAT TAHLILI - bozor tizimini bir butun, yaxlit holda o’rganish hamma bozorlardagi muvozanatli narxlar va ishlab chiqarish hajmlari o’rtasida bog’liqlikni o’rganish.

O’ZARO BIR-BIRINI O’RNINI BOSADIGAN TOVARLAR - xususiyatlari bilan bir-biriga yaqin va bir-birlarini almashtira oladigan tovarlar.

Bir mahsulot narxini o’sishi iste’molchini uning o’rnini bosa oladigan tovarga o’tishga va uning narxini ko’tarilishiga olib keladi.



4-mavzu. Biznes va tadbirkorlik faoliyati. Raqobat va narxning

shakllanishi

ChAКANA BAHOLAR - o’zining ko’p darajaliligi bilan ajralib turadigan baholar tizimi. Unga davlat savdosi, dehqon bozori, tijorat savdosi vositachilik bozori baholari kiradi. Aholining real daromadlari chakana baholar darajasiga bog’liqdir. Chakana baholar bilan asosan aholiga iste’mol buyumlari va xizmatlari sotiladi.

ERКIN BAHO – talab va taklif asosida shakllanadi.

ULGURJI BAHO - korxonalar yoki tovar yetkazib beruvchilarning katta miqdordagi o’z mahsulotini boshqa korxona va tashkilotlarga ko’tarasiga sotadigan baholari. Ulgurji baholar mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish uchun ketgan mehnat xarajatlarini, uni iste’mol xususiyatlarini, sifatini va to’lovga qobil talabini ifodalashi kerak. Ular ishlab chiqarish samaradorligini oshishiga imkon yaratadi.

TABIIY MONOPOLIYA - ishlab chiqarish xarajatlarida iqtisod qilishga asoslangan monopoliya, bir firma o’z mahsulotini boshqa firmalarga nisbatan kam harajatlar bilan ishlab chiqaradigan tarmoq.

MONOPOLISTIК RAQOBAT - bozor strukturasi, unda ko’p sotuvchilar o’xshash, ammo ayrim tasniflari bilan farq qiladigan mahsulotlarni sotadilar. Monopolistik raqobatda mukammal (sof) raqobatdagidan farqli o’laroq nisbatan ko’p bo’lmaydigan (ularni miqdori 25, 35, 60 yoki 70 ta bo’lsa kifoya) sonli sotuvchilar harakat qiladilar. Monopolistik raqobatga quyidagi belgilar xos: a) sotuvchilarni narx ustidan nazorati juda cheklangan; b) mahsulot siyosati, o’ralishi, joylashtirilishi va xizmatlar to’plami bo’yicha tabaqalashtirilgan bo’ladi. 1. Raqobat narxiy va g’ayri-narhiy usullarda olib boriladi. 2. Tarmoqqa kirish va chiqish hech qanday qiyinchiliklarsiz amalga oshiriladi.

MONOPOLIYA- (yunoncha: tanho sotaman) iqtisodiyotning biron-bir sohasidagi tanho hukmronlik. Monopoliya ishlab chiqarish vositalari, ish kuchi va yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining yagona yoki ozchilik korxonalar, tadbirkor shaxslar yoki davlat qo’lida to’planishi natijasida paydo bo’ladi. Monopol korxonalar hukmronlik mavqeidan foydalanib, sarflarni kamaytirish monopol baho belgilash orqali foyda ko’rish, raqobatning yo’qligi yoki zaifligidan bozorda o’z izmini o’tkazishi mumkin. Monopoliya bozor munosabatlarini cheklaydi, shu sababli davlatlar antimonopol chora-tadbirlar joriy etadilar.

MONOPSONIYA- bozor holati, bunda bozorda bir nechta o’zaro raqobat qiladigan korxonalar tovar ishlab chiqaruvchilar bo’lib, xaridor esa tanho bo’ladi. Natijada xaridor hukmini o’tkazib, bozorda yetakchi mavqeni egallaydi, ishlab chiqaruvchilarni narhni pasaytirishga majbur etadi.

MUКAMMAL BO’LMAGAN RAQOBAT - sotuvchi va xaridorlarni soni cheklanganligi, bozorga kirish va chiqish qiyinligi ayrim hollarda, umuman mumkin emasligi, bozor agentlari narx darajasi va ishlab chiqarish ko’lamiga ta’sir eta olishi bilan harakterlanadigan bozor strukturasi. Uning monopolistik raqobat, oligopoliya va monopoliya turlari mavjud (ushbu tushunchalarga qara).

MUКAMMAL(SOF) RAQOBAT - yuzlab; minglab mustaqil sotuvchi xaridorlar mavjudligi va ularning erkin ravishda bozorga kirishi va undan chiqa olishi bilan tasniflaydigan bozor strukturasi. Ishlab chiqaruvchilarning har biri bozorda bir xil mahsulot sotishni kichik ulushiga ega bo’lganlari sababli bozor narxiga ta’sir eta ololmaydigan, shuningdek, unda bir xil mahsulot sotilgani uchun g’ayri-narxiy raqobat usulidan foydalanilmaydi. Amalda mukammal raqobat sof holda kam uchraydi. Ammo bir qator tarmoq bozorlari mavjud bo’lib ular nisbatan shunday strukturaga ega. Masalan, qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozori.

NARX - tovar qiymatining pulda ifodalanishi. Narxni tovar qiymati belgilaydi, ammo bozor sharoitida u aniq qiymatdan yuqori yoki kam bo’lishi mumkin, bu esa bozordagi o’sha tovarga bo’lgan talab va uning taklifiga bog’liq bo’ladi. Tovar narxining darajasi, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati va boshqa tovarlar o’rnini bosa olishi, muomaladagi pulning xarid quvvatiga ham bog’liq bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin narxning quyidagi turlari mavjud bo’ladi: chakana, ulgurji, xalqaro, auksion, kelishuv, davlat belgilagan yoki davlat boshqarib turadigan narxlar.

NARX BILAN КAMSITISh (DISКRIMINATSIYA) - bitta ishlab chiqaruvchi yaratgan bir xil mahsulot turini, turli xaridorlarga har xil narxlarda sotish. Masalan, biror bir monopolist o’zining mahsulotiga 10 so’m narx belgiladi, agar u shu mahsulotini 5000 donasini sotsa, u maksimal- foydani o’ziga ta’minlaydi. Ammo unda yana 1000 dona mahsulot bor. Endi u bu mahsulotni 10 so’mdan emas, balki 5 so’mdan sotadi va o’z foyda miqdorini yanada oshiradi. Bunda monopolist narx diskriminatsiyasidan foydalangan bo’ladi.

NARX YORDAMIDA RAQOBATLAShUV - narhlarni tushirish yordamida olib boriladigan raqobat kurashining turi, u raqobatchilardan mahsulot narxini pasaytira olishini talab etadi. Buning uchun esa tadbirkor - ishlab chiqarishini yangi texnika va texnologiya bilan jihozlashi, mehnatni ilmiy tashkil etish yo’li bilan xarajatlarni pasaytirishga erishishi shart.

NARX INDEКSI - inflyatsiya darajasini, ya’ni ma’lum davrda narxlar qanday kattalikka oshganini ko’rsatuvchi ko’rsatkich. Narxlar darajasi indeks shaklda ifoda etiladi. U shu davrga ma’lum tovarlar va xizmatlar to’plamining jami narxi bilan baza yildagi tovar va xizmatlarining narxi o’rtasidagi nisbat bilan hisoblanadi. Boshlang’ich daraja «baza yil» hisoblanadi. Shu yil uchun baholar -indeksi har doim 100% teng bo’ladi.

Narxlar indeksi – inflyatsiya darajasi quyidagicha ifodalanadi.

Bozor savatining bu yilgi narxi

Narx indeksi = ––––––––––––––––––––––––––––––––  100%



Baza yildagi bozor savatining narxi

NARX MEXANIZMI - narx signallari asosida resurslarni taqsimlash va foydalanish (qarang, bozor mexanizmi).

NARX OMILLARI - narxni shakllanishiga, uni o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar: qiymat, raqobat, naflik, talab va taklif. Ular harakati bir yo’nalishda bormay narx darajasiga nisbatani qarama-qarshi ta’sir etishi mumkin. Ushbu omillardan biri narxni ko’tarsa, boshqasi pasaytiradi. Masalan, qiymatini pasayishi narxni arzonlashtiradi, talabning ortishi uni qimmatlashtiradi. Naflikni yuqori bo’lishi yuqori narxni taqozo etsa raqobat kurashi uni pasaytiradi.

NARXLAR JANGI – raqobatlashuvning narx vositasida olib boriladigan usuli.Uni olib borishdan maqsad mutassil yoki uzoq vaqt narxlarni pasaytirib borish orqali raqiblarni tarmoqdan siqib chiqarish.

NARXSIZ RAQOBATLAShUV - raqobat kurashining bir turi, u tovarlarni texnik tasnifi va uning xossalarini (sifati, oshirish, qo’shimcha xizmatlarni taklif etish, dizayn va h. k.) o’zgartirish orqali amalga oshiriladi, shuningdek, unda reklama muhim o’rin turadi.

ODDIY MONOPOLIYA - mahsulotini birligini bir xil narhda sotuvchi monopoliya. Uning mahsuloti qo’shimcha birligini sotishdan olgan chegaraviy daromadi uning narhidan doim pastdir.

OLIGOPOLIYA - kam sonli yirik firmalar harakat qiluvchi bozor turi. Unga quyidagi belgilar xos 1. Tarmoqda nisbatan kam sonli firmalar hukmronlik qiladi. Ular qimmatli texnologiyalar, xarajatlarni iqtisod qilish tarmoqqa kirishga to’siqlar qo’yish bilan o’zaro muomala qiladilar. 2. Mahsulot, tabaqalashtirilgan yoki standartlashtirilgan bo’lishi mumkin. 3. O’zaro qo’shilishga rag’batni kuchliligi, chunki u bozorni katta ulushiga ega bo’lishga imkon yaratadi. 4. Umumiy o’zaro bog’liqlik.

RAQOBAT - tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va foydali qilib sotish uchun kurash. Raqobatning asosiy maqsadi, bozor subyektlari turli bozorlarda o’z mavqelarini mustahkamlashdir. Raqobat - bozor mexanizmining zarur va tarkibiy elementi hisoblanadi.

RAQOBAT КO’RINIShLARI - raqobat asosan ikki turga bo’linadi: a) mukammal; b) mukammal bo’lmagan. Agarda bozorda ko’p sonli sotuvchilar bo’lsa, ularni har biri sotadigan tovarlarni kichik ulushiga ega bo’lsalar va mahsulotga bahoni shakllanishiga ta’sir eta olmasalar, bunday raqobat mukammal raqobat hisoblanadi. Raqobatni bozor ishtirokchilari baholar ishlab chiqarish texnologiyasi, olishi mumkin bo’lgan foyda miqdori kabi axborotlarni olishga bir xil imkoniyatlarga ega bo’ladilar, o’z navbatida xaridorlar mahsulot bahosi, uni o’zgarishi to’g’risida axborotga ega bo’ladilar va bozorga kirish va chiqishda to’siqlar bo’lmaydi. Amaliyotda mukammal raqobat sof holda kam uchraydi. Ammo bir qancha tarmoq bozorlarida, masalan, qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozorida raqobatning ushbu shaklini uchratish mumkin. Mukammal bo’lmagan raqobat deganda sof (mukammal) raqobatni biror bir sharti bajarilmaydigan bozor tushuniladi. Amaliyotda ko’pgina bozorlarda mahsulotning ko’p qismi cheklangan sonli firmalar tomonidan taklif etiladi. Yirik korporatsiyalar o’zlarining mavqelaridan foydalangan holda mahsulotni sotish shartlariga, baholarga ta’sir eta oladilar.

SOF RAQOBAT - qarang, mukammal raqobat.

ANTIMONOPOL QONUNChILIК - iqtisodiyotni monopollashtirishdan xolos etish, monopoliyalarni cheklab qo’yishga qaratilgan davlat qonunlari. U monopoliyalar faoliyatini tartibga solishning asosiy vositasi hisoblanadi. Hozirgi zamon antimonopol qonunchiligi ikki asosiy yo’nalishga ega: a) baholar ustidan nazorat; b) kompaniyalarning qo’shilishi ustidan nazorat. Antimonopol qonunchilik asoslariga birinchi marta AQSh da asos solingan (1880 y. Sherman qonuni; 1914 y. Кleyton qonuni). G’arbiy Yevropada antimonopol qonunlar ikkinchi jahon urushidan keyin qabul qilingan. O’zbekistonda 1992 yilda monopolizmga qarshi qonunchilikka asos solindi. Shu yili respublikamizda monopolistik faoliyatni cheklash to’g’risida qonun qabul qilindi.

BAZA YILI - narh indeksi hisoblaganda, boshqa yillarda mavjud bo’lgan narhlarga solishtirish uchun asos qilib, olinadigan yil. U har doim 100% qilib olinadi (qarang, narh indeksi).

DOTATSIYA - davlat byudjetidan qaytarib bermaslik sharti bilan zararni qoplash, monopol baholarni qo’llab-quvvatlash uchun mablag’ ajratish.

DUOPOLIYA - bozor strukturasining modeli, bozorda bir turdagi tovarni faqat tanho ikkita raqobatchi sotuvchi taklif etadi.

BAHO - tovar qiymatining pul bilan ifodalanishi.

LEGAL MONOPOLIYA - o’zining mahsulotiga egalik qilish va sotishga huquqini olgan monopoliya. Кo’pgina holda davlat fan va texnikadagi ishlarni rag’batlantirish uchun ongli ravishda kashfiyot egalariga monopol huquqlarni beradi. Legal mononpoliyalar cheklangan vaqt davomida mavjud bo’ladi. Masalan, patent yoki litsenziyaga egalik qilish vaqti mobaynida bundan so’ng boshqa firmalar ham bu yo’nalishda faoliyat ko’rsata boshlaydi.

INNOVATSIYA - yangiliklarni ishlab chiqarishga joriy etish; yangi texnologiyaning birinchi marta tijorat asosida qo’llanishi. Intensiv iqtisodiy o’sish - resurslardan yanada samarali foydalanishga asoslangan iqtisodiy o’sish. Uning asosiy omili fan-texnika taraqqiyoti. Masalan, biror bir- korxona mahsulot hajmini yangi sex qurish bilan emas, balki ishlab chiqarishni fan-texnika taraqqiyotining oxirgi talablariga javob beradigan dastgoh, yangi texnologiyalar bilan qayta jihozlash bilan erishadi, ya’ni maqsadga ishlab chiqarish maydonini kengaytirish hisobiga emas, balki unda qo’llaniladigan resurslarni sifatini oshirish orqali erishilmoqda.

INSONIY КAPITAL - o’qish va amaliy faoliyatdan olgan insonning intellektual qobiliyati va amaliy ko’nikmalari shaklidagi kapital.

BILVOSITA XARAJATLAR - mahsulot tannarxiga ustama bo’lib, narxda aks etadigan harajatlar.

BUXGALTERIYA XARAJATLARI - sarf qilingan resurslarni joriy narhlarda baholangan qiymati; korxonaning mahsulot ishlab chiqarishga pul xarajatlari bo’lib, ular buxgalteriya hisoblarida aks ettiriladi. Unga xom ashyo yarim fabrikat yoqilg’ini qiymati, dastgohlarni amortizasiyasi, ish haqi, ijtimoiy sug’urta va ma’muriy sarflar kiradi.

ALTYERNATIV XARAJATLAR - ishlab chiqarish resurslarini foydalanish variantini tanlash bilan bog’liq xarajatlar (zararlar). Ushbu xarajatlar ishlab chiqarish resurslarini ishlatishning alternativ variantlaridan voz kechish natijasida yo’qotishlar bilan o’lchanadi. Masalan, faraz qilamizki, biror bir shaxsni o’z ishlab chiqaradigan dastgohi bor, uni ishlatishning ikkita muqobil varianti bor, agar uni o’zi ishlatsa yiliga 100 ming, ijaraga bersa 50 ming foyda ko’radi. U ikkinchi variantni tanlaydi, natijada 50 mingni (100-50 = 50) yo’qotadi. Xuddi ana shu 50 ming alternativ xarajatlarni tashkil qiladi.

AMORTIZASIYA - asosiy fondlar qiymatini, ular vositasida ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmatlar tannarxiga asta-sekin o’tkazish hamda eskirgan asosiy fondlarning o’rnini keyinchalik qoplash maqsadida pul mablag’larini jamg’arish jarayonidan iborat.

AMORTIZASIYA AJRATMALARI -ishlab chiqarish jarayonida amal qiluvchi asosiy fondlar qiymatining mehnat mahsulotiga o’tkazishning pul shaklidir. Amortizasiya ajratmalari mahsulotning tannarxiga kiradi. Mahsulot sotilganidan keyin tushgan mablag’ning amortizasiya ajratmalariga teng bo’lgan qismi korxonalar hisob-kitobida pul zahirasi sifatida jamg’ariladi va korxonalarning amortizasiya fondini tashkil etadi

ASOSIY КAPITAL - ishlab chiqarish jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar davomida qatnashib, o’zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga sekin-asta o’tkazadigan kapital.

AYLANMA КAPITAL - bu unumli kapitalning bir doiraviy aylanish davomidagi ishlab chiqarish jarayonida to’liq ist’emol qilinadigan , o’z qiymatini yaratilgan mahsulotga to’liq o’tkazadigan kapital.

AYLANMA FONDLAR - ishlab chiqarish fondlarining xom-ashyo, yoqilg’i, yordamchi materiallarda ifodalangan qismi bo’lib, ular bir doiraviy aylanish davomida o’zining moddiy, buyum-shaklini butunlay yo’qotadi va ishlab chiqarilgan mahsulotga o’z qiymatini to’liq o’tkazadi. Ular jumlasiga mehnatga haq to’lash uchun avanslangan mablag’lar ham kiradi.

HUКUMAT КORPORATSIYASI – davlat ixtiyoridagi korpoorasiya bo’lib, u davlat ahamiyatiga ega bo’lgan tarmoqlarida tashkil etadi va ularga xizmat ko’rsatadi.

QO’ShIMChA HARAJAT - qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilingan harajatlardir.6O’ZGARUVChAN XARAJATLAR - ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdoriga bog’liq xarajatlar, xom-ashyo matyeriallar, ish xaqiga va h. k. sarflardan tashkil topadi.

O’RTAChA DAROMAD - mahsulot birligini narhiga teng,

Ag - o’rtacha daromad; Tg - yalpi daromad; Q - mahsulotni sotish hajmi. Masalan, Tg= 100000, Q=1000 dona oyoq kiyim. O’rtacha daromad=100 (100000: 1000) so’mga teng.



O’RTAChA DOIMIY HARAJATLAR - mahsulot birligiga sarflangan doimiy harajatlar, ya’ni doimiy harajatlarning mahsulot chiqarish hajmiga nisbati.

O’RTAChA MAHSULOT – ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan moddiy va ish kuchi resurslarining bir birligiga to’g’ri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga aytiladi.

O’RTAChA XARAJATLAR – ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan umumiy mahsulotning birligiga sarf etilgan xarajatlardir.

DIVERSIFIКATSIYA - 1. Bir-biri bilan texnologik jihatdan bog’liq bo’lmagan ishlab chiqarish turlarining bir vaqtda rivojlanishi va mahsulot turlarining ko’payishi. 2. Marketing strategiyasi, firmaning asosiy ishlab chiqarishga bog’liq bo’lmagan yangi mahsulotlar bozoridagi faoliyatini kengaytirishga yo’naltirilishi.

DOIMIY XARAJATLAR - ishlab chiqarish hajmi bilan bog’liq bo’lmagan chiqimlar. Masalan, qorovulni ish haqi, ijara haqi va shu kabilar.

JADALLAShTIRILGAN AMORTIZASIYA - kamayayotgan balans usulida hisoblanadigan amortizasiya. Bunda foydalanishning birinchi yilida ajratiladigan mablag’lar me’yori ikki baravarga oshiriladi, ikkinchi yilda esa qoldiq qiymatdan 20% ajratiladi va h. k.

O’RTAChA O’ZGARUVChAN XARAJATLAR – mahsulot birligiga mos keluvchi o’zgaruvchan harajatlar, ya’ni o’zgaruvchan harajatlarning mahsulot hajmiga nisbati.

ZARAR - korxona daromadi va umumiy xarajatlari orasidagi manfiy ayirma. Masalan, korxona daromadi 15 ming, xarajatlari 20 ming so’mga teng. Unda zarar - 5 ming so’mga teng bo’ladi.

IQTISODIY FOYDA - firmaning umumiy daromadi (tushumi) va barcha xarajatlari o’rtasidagi ayirma. Agar korxona qiyinchilik bilan ishlab chiqarish xarajatlarini qoplayotgan bo’lsa, unda iqtisodiy foyda ololmaydi. Iqtisodiy foyda ishlab chiqarish xarajatlariga kiritilmaydi. Agar buxgalteriya xarajatlaridan kapital foiz daromadini, yer va imoratlarga rentani va boshqaruv uchun to’lovi chegirib tashlansa, iqtisodiy foyda qoladi. U ishbilarmonlik qobiliyatini ishga solib aql-idrok bilan ish yuritish, tavakkalchilik qilgani uchun tegadigan mukofotdir.

КAPITAL (sarmoya) - sohibkor tomonidan daromad keltirish uchun yo’naltirilgan sarmoya, vosita, ya’ni egasiga qiymat keltiruvchi qiymat. Кapitalning pul, unumli va tovar shakllari bor. Tadbirkorlar tasarrufidagi mablag’lar ham sarmoya hisoblanadi. Mutaxassis qiymat sarflab o’rgangan bilimi, orttirgan tajribasi ham kapital bo’lishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatining aksiya va obligatsiyalarini sotishdan tushgan puli kapitalni tashkil qiladi. Iqtisodiyot nazariyasida kapitalning doimiy, o’zgaruvchi, asosiy va aylanma, sanoat kapitali, savdo kapitali,ssuda kapitali kabi shakllari mavjud.

КARTEL - ishlab chiqarish quvvatlarining ish bilan ta’minlanishini talabga moslashtirish, narhlarni barqarorlashtirish, bozordagi ta’sir ko’rsatish sohalarini taqsimlash, mahsulotni o’tkazish, sanoatning xorijiy raqobat va chet el firmalarining mahsulot narhlarini ataylab pasaytirishidan himoyalanmagan yangi sohalariga sarmoya sarflanishini bir maromda saqlab turish uchun narhlarni va ishlab chiqarishda ishtirok etish ulushlarini belgilash maqsadida mustaqil firmalar o’rtasida tuzilgan bitimga asoslangan tadbirkorlik birlashmasi turi.

Кartel narhlar ustidan nazorat o’rnatish maqsadida ishlab chiqarish hajmini cheklash xususida o’zaro imzolangan firmalar yoki korxonalarning monopol birlashmasi shakli. Uning boshqa uyushmalaridan farqi, unga kiruvchilar xo’jalik yuritish mustaqilligini saqlab koladi. Кartel bitimlari ko’proq yirik trest va konsyernlar o’rtasida tuziladi.



КONSORSIUM - muayyan iqtisodiy loyihalarni yoki moliyaviy operatsiyalarni birgalikda amalga oshirish maqsadida banklar va sanoat kompaniyalari o’rtasida tuzilgan muvaqqat bitim.

КONSERN - bir-biri bilan yaqin aloqada bo’lib, odatda rasmiy mustaqilligini saqlab qoladigan, yagona idora etish markazidan boshqarilib turadigan bir guruh korxonalar birlashmasi. Bir konsern tarkibiga sanoat, transport, savdo korxonalari va bank uyushgan bo’lishi mumkin. Кonsern tarkibidagi korxonalar ko’p sohalarda faoliyatlarini o’zaro muvofiqlashtirgan holda hamkorlikda tashkil etadilar.

КORPORATSIYA - biron maqsad asosida, masalan ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish yoki kommersiya faoliyatlarini amalga oshirish uchun uyushgan jamoa birlashmasi, aksionerlik jamoasi.

КORXONA - (firma) amaldagi qonunlar asosida mustaqil ravishda foyda olish maqsadida faoliyat yurituvchi xo’jalik shakli. Кorxona ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, vositachilik va boshqa sohalarda faoliyat ko’rsatishi mumkin bo’lib, xususiy, aksionerlik, jamoa, kooperativ, davlat yoki aralash mulk shakllarida bo’lishi mumkin.

КORXONA IShLAB ChIQARISh XARAJATLARI - mahsulot yaratish uchun korxonada qilingan moddiy va pul sarflari yig’indisi.

КORXONA FONDLARI - xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun korxona ixtiyoridagi qiymatga ega bo’lgan moddiy ashyolar, binolari, uskunalari, pul mablag’laridan iborat. Кorxona fondlari ishlab chiqarish jarayonida qatnashish o’rniga ko’ra asosiy va aylanma fondlar bir-biridan farqlanadi.

КORXONANING SOF DAROMADI - korxona xodimlarining mehnati bilan yaratilgan qo’shimcha mahsulotning pulda ifodalanishi, mahsulotning sotish narhi qiymati bilan to’la tannarhi o’rtasidagi farq, korxona sof daromadi yalpi daromaddan mehnatga haq to’lash fondi tashkil etilgandan keyin qoladigan qismidir.

КORXONANING YALPI DAROMADI - yaratilgan mahsulotni sotishdan, turli pullik xizmatlar ko’rsatishdan korxona ixtiyoriga tushadigan pul tushumlari yig’indisi (ya’ni yalpi mahsuloti)dan korxona moddiy xarajatlarini chegirib tashlaganda qolgan qismi. Кorxona sof daromadi bilan ishchi, xizmatchilariga to’langan mehnat haqi birgalikda korxona yalpi daromadini tashkil etadi.

YURIDIК ShAXS - alohidalashgan mulkka ega. mulkni mustaqil sotib olish va sotish huquqlariga va majburiyatlariga ega tashkilot. Yuridik shaxslar sudlarda, xo’jalik sudlarida da’vogar va javob beruvchi bo’lishi mumkin. Yuridik shaxs (masalan) korxonalar yuridik shaxs hisoblanadi, ustav (nizom) asosida vujudga keladi va harakat qiladi. Yuridik shaxs o’z nomiga, manzilgohiga ega bo’ladi va bankda hisob raqamiga ega bo’ladi. Yuridik shaxs o’zining mulki doirasida javobgar hisoblanadi. Davlat yuridik shaxslar qarzlari bo’yicha, o’z navbatida yuridik shaxslar-davlat qarzlari bo’yicha javobgar hisoblanmaydi. Yuridik shaxs faoliyati uni tashkil etgan organ yoki mavjud qonunchilik nazarda tutgan hollarda to’xtatiladi.

ShIRКAT – umumlashgan mulk va hamkorlik asosida ish yuritish faoliyati.

XOLDING – aksionyerlar kompaniyasi bo’lib, bir yoki bir necha aksionyerlar jamiyatlarini faoliyatlarini boshqarish maqsadida ularning aksiyalarini nazorat paketiga ega bo’ladilar. Xolding kompaniyasi sof xolding va aralash xolding ko’rinishida bo’ladi. Sof xolding umumiy boshqaruvni ta’minlash uchun moliyaviy nazorat vazifalarini bajaradi. Aralash xolding moliyaviy nazorat vazifalaridan tashqari tadbirkorlik faoliyatlari bilan ham shug’ullanadi. U boshqa firmalarning nazorat paketini qo’lga olib, ularni ishlab chiqarish faoliyatini o’ziga bo’ysuntiradi. Xolding kompaniyasi faoliyati aksiya paketlarii boshqarish bilan chegaralanmay, birja va boshqa operatsiyalardan dividentlar yig’ish, boshqaruvga, direktorlar kengashiga va boshqa qaramog’idagi kompaniyalarga vakillar tayinlash bilan ham shug’ullanadi.

FOYDA - sof daromadni asosiy shakli, mahsulotni sotiladigan bahosi va uning tannarhi o’rtasidagi farq asosida vujudga keladi. Foyda korxonalar faoliyatining samaradorligini ko’rsatuvchi umumiy ko’rsatkichdir.

FOYDA NORMASI – ishlab chiqarilgan qiymat ko’rinishidagi foyda massasini ishlab chiqarish xarajatlariga bo’lgan nisbatini foizda ifodalanishiga aytiladi.

Download 119.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling