1- mavzu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti. Iqtisodiy tizimlar iqtisodiy qonunlar
Download 119.01 Kb.
|
Iqtisod 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- UMUMIY XARAJATLAR
- UMUMIY MAHSULOT (muvozanatli baho)
- TRANSMILLIY КORPORATSIYALAR
- TADBIRКORLIК КAPITAL
- REA L DAROMAD
- NOMINAL DAROMAD
- MAHSULOTNING UMUMIY HAJMI
- ME’YORIY NAFLILIКNI PASAYIB BORISh QONUNI
- ME’YORIY TAShQI NAFLIК
- NOMINAL FOIZ STAVКASI
- NORMAL TOVARLAR
- TARIF STAVКASI
- MEHNAT RESURSLARI
- ZARURIY MEHNAT
- ISh HAQI
- ISh HAQI STAVКASI
- YAККA TARTIBDAGI MEHNAT FAOLIYATI
- DIFFERENSIAL RENTA
- DIFFERENSIAL RENTA 2
- 5 -mavzu. Milliy iqtisodiyotning va makroiqtisodiy k o‘rsatkich lar , milliy boylik. Iqtisodiy o‘sish va uning omillari
FIRMA - foyda olish maqsadida resurslardan foydalanib, tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi tashkilot, bitta yoki bir necha korxonalarga egalik qiladi va boshqaradi. FIRMA - foyda olish maqsadida resurslardan foydalanib, tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi tashkilot, bitta yoki bir necha korxonalarga egalik qiladi va boshqaradi. UMUMIY XARAJATLAR - ma’lum mahsulot hajmini ishlab chiqarishga sarf qilingan harajatlar. UMUMIY DAROMAD (TUShUM) - ishlab chiqarilgan hamma tovar birliklarini sotishdan olingan tushum, ya’ni T = PxQ; bunda R - narx, Q - sotish hajmi. Masalan, firma 1000 juft oyoq kiyimini ishlab chiqardi va uni har bir juftini 100 so’mdan sotdi. Bunda umumiy daromad 100000= = (1000X100) so’mga teng bo’ladi. UMUMIY MAHSULOT (muvozanatli baho) – ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarning iqtisodiy manfaatdorligini mos kelishi natijasida shakllanadigan baho. TO’LIQ IShLAB ChIQARIShNI HAJMI - resurslarni samarali taqsimlash, ya’ni qo’llanilayotgan resurslardan :shunday foydalanish kerakki, bunda mahsulotni hajmi o’sib borsin. TREST - sanoat monopoliyalarining 20-yillardagi eng yuqori shakli. Unda mahsulotni ishlab chiqarish, sotish, korxonalarning moliyasi to’la birlashtiriladi. Trest muayyan tarmoqda hukmronlik qiluvchi yagona ulkan shirkat jamiyati bo’lib, AQSh da keng tarhalgan edi. Hozir ham uchraydi. TRANSMILLIY КORPORATSIYALAR - kooperativ asosda tashkil etilgan, jahon xo’jaligida bitta yoki bir qator tarmoqlarni nazorat qiluvchi yirik birlashmalar. Ularning kapitallari esa transmilliy kapital deyiladi. TAShQI XARAJATLAR – ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun, tashqaridan keltirilgan xom-ashyo, ishlab chiqarish vositalari yoki texnologiyalari uchun sarf etiladigan qiymat shaklidagi xarajatlardir. TANNARX - korxonalar mahsulot tayyorlashga qiladigan sarflarning pul shaklida ifodalanishi. Mahsulot tannarxini hisoblash iqtisodiyotning har bir tarmog’ida o’z xususiyatiga ega. Shuning uchun ham amalda mahsulot birligi tannarhi, yuk tashish tannarhi, qurilish-montaj ishlari tannarhi kabi tarmoq hisob-kitob usullari qo’llaniladi. Birlik tannarxini qilingan sarf harajatlarni tayyorlangan mahsulot yoki bajarilgan ishlarning miqdoriga bo’lish orqali hisoblanadi. Sanoatda tovar mahsuloti tannarxi qo’llanib, o’z navbatida 2 ta turga - sex, korxona va to’la yoki tijorat tannarxiga bo’linadi. Sex tannarhi shu sex doirasida, korxona tannarhi korxona doirasidagi tovar ishlab chiqarish xarajatlarini o’z ichiga oladi. To’la tannarh esa barcha ishlab chiqarish xarajatlaridan tashqari, tovarni iste’molchiga yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni o’z ichiga oladi. Mahsulot tannarxiga quyidagilar kiradi: a) xom ashyo va materiallar; b) yoqilg’i va moylash materiallari; v) elektr energiya harajatlari; g) amortizatsiya ajratmasi; d) ish haqi; e) ijtimoiy sug’urta ajratmalari; j) umumiy ishlab chiqarish harajatlari; z) umumiy xo’jalik harajatlari. Bozor iqtisodiyotiga o’tilishi munosabati bilan «Кorxonalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to’g’risidagi» O’zbekiston Respublikasi qonuniga binoan tibbiyot sug’urtasiga to’lov, majburiy sug’urta to’lovi, qisqa muddatli bank kreditiga foiz ajratmasi to’lovlari joriy etilishi tannarx tarkibiga qo’shimcha harajatlar kiritdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot ishlab chiqarish va sotish tannarx miqdoriga bog’liqdir. Zero, ishlab chiqarish uchun eng asosiy masala: yuqori foyda olish va raqobatda yutish tannarxini qanchalik kamaytira olishga bog’liq bo’ladi. TADBIRКOR - foyda olish maqsadida yangi texnologiyalarni va jamiyat ehtiyojlarini qondirish usullarini izlash bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy jarayonning ishtirokchisi. TADBIRКORLIК КAPITAL – tadbirkor (ishbilarmon) o’z faoliyatini yurgazish uchun qo’lida zarur bo’lgan pul kapitaliga aytiladi. TADBIRКORLIК QOBILIYATI - insonning ishlab chiqarish jarayonida qo’llaniladigan resurslardan qanday foydalanish xususida oqilona, maqsadga muvofiq qarorlarni qabul qila olishi, innovatsion jarayonlarda faol qatnashishi, tavakkal qilish va yutuqqa erishish layoqati; iqtisodiy resurslarning elementi. SOF FOYDA – korxonaning yalpi ishlab chiqargan mahsulotining umumiy qiymatidan, uni ishlab chiqarish uchun sarf qilingan umumiy xarajatlarini ayrmasidan qolgan qismiga aytiladi. SOF DAROMAD - milliy daromadning bir qismi, xalq xo’jaligida yaratilgan qo’shimcha mahsulotni puldagi ifodasi. Sof daromad foyda, renta, foizga bo’linadi, ya’ni ularning jami jamiyat miqyosida sof daromadni tashkil etadi. RENTABELLIК - korxonaning ishlab chiqarish samaradorligini aks ettiruvchi kuch. U korxonani foyda olish darajasini ko’rsatadi. Xo’jalik amaliyotida uning ikki ko’rinishi qo’llaniladi: a) foydaning tannarhga nisbati; b) foydaning asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma mablag’lariga nisbati. Rentabellik ko’rsatkichi foizda hisoblanadi. Rentabellik amalda foydalikni bildirib, korxona va tarmoqlar faoliyatining asosiy mezonlaridan biridir. REAL DAROMAD - nominal (pul) daromadi miqdoriga sotib olish mumkin bo’lgan tovar va xizmatlar miqdori. Agarda nominal daromad narhlarga nisbatan tez sur’atlarda o’ssa unda real daromad o’sib boradi va aksincha. Real daromadni o’zgarishini qo’yidagicha ifodalash mumkin: NOMINAL DAROMAD - ma’lum bir davr mobaynida narhlar dinamikasini inobatga olmaydigan daromadlarning - pul summasi. MILLIY DAROMAD - jamiyatda ma’lum davrda (masalan, bir yilda) yangidan hosil bo’ladigan qiymat yoki yalpi milliy mahsulotdan iste’mol qilinadigan ishlab chiqarish vositalari qiymatini chegirib tashlangandan so’ng qolgan qismi. Natural ashyoviy tarkibi jihatidan milliy daromad aholi shaxsiy iste’moli uchun mo’ljallangan iste’mol buyumlari va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun foydalaniladigan ishlab chiqarish vositalaridan iborat. Shuningdek, milliy daromadni ushbu yil yangidan sarflangan jonli mehnat natijasi sifatida ham ta’riflash mumkin. Milliy daromad ko’rsatkichi sof milliy mahsulot deb ham yuritiladi. MODDIY XARAJATLAR – huquqiy va jismoniy shaxs tomonidan xarid qilinadigan xom-ashyo, asosiy va yordamchi matyeriallar, yoqilg’i, energiya va shu kabilar uchun qilinadigan xarajatlardir. MARКETING - (ingliz. bozorning asosi) kompaniyalar tomonidan tovarni ishlab chiqarish va sotishni amalga oshirish uchun oldindan bozor holatini o’rganish uchun olib boriladigan tadqiqotlar va tadbirlar yig’indisi. Dastlab marketing nazariyasi bozorni o’rganish bo’yicha uslublar sifatida o’ziga xosamaliy va nazariy masalalarni jonlantirgan. Marketingni rivojlanishini asosiy sabablari iste’mol bozorini tovar va xizmatlarga to’yintirishni nisbiy darajada ekanligi iste’molchilar uchun raqobatning kuchayishi, ilmiy asosda ishlab chiqarishni o’sishi. Asosiy shart iste’molchini topish va uni talabini qondirishdir. Marketingni asosiy vazifasi iste’molchilarni iste’mol talablarini ishlab chiqarish jarayonigacha o’rganish Marketing xizmati bozor to’g’risidagi ma’lumotlarga asoslanadi. Marketing ishlab chiqarish jarayoni xarajatlarini kamayishiga, tijorat va iqtisodiyotni samarali bo’lishiga ta’sir etadi. Marketingni turli faoliyat sohalari va o’z strategiyasi, prinsiplari va qoidalari mavjuddir. Marketing asosan ikki vazifani bajaradi, bir tomondan mavjud va potensial talablarni qondirishga ishlab chiqarishni yo’naltirish, ikkinchi tarafdan, talabni tarkib toptirish va rag’batlantirish, ya’ni talabga qarab ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, xaridor talabini o’z ishlab chiqarish yo’nalishiga qaratish. MAHSULOT TANNARHI - korxonaning mahsulotni yaratish uchun qilingan sarf xarajatlarining puldagi ifodasi. Mahsulot tannarhi korxona iqtisodiy faoliyatining asosiy ko’rsatkichlaridan bo’lib, o’zida mahsulot yaratish uchun qilingan xom ashyo yoqilg’i, moylash materiallari, mehnat, elektr energiyasi sarfi, shuningdek, bino, inshoot va uskunalarning ishlab chiqarish jarayonida sotilgan qismi qiymatini ifodalaydi. Sanoatda tannarhning sex, korxona va to’la yoki kommersiya miqdori alohida farqlanib, xarajatlar tarkibi har bir sanoat tarmoqlarida o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi. MAHSULOTNING UMUMIY HAJMI - mehnat jarayonida qo’llaniladigan ishlab chiqarish omillarini hamma miqdoridan to’liq foydalanib ishlab chiqarilgan mahsulot. MENEJMENT - xo’jalik faoliyatini samarali tashkil etish uchun boshqarish rahbarlik qilish, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan unumli foydalanish san’ati, usullari, shakllari va vositalari majmuidan iborat fan. ME’YORIY DAROMAD (MG) - tovarni qo’shimcha birligini sotish natijasida - umumiy daromadni ortgan miqdori. Mr = Tr/Q ; bunda Tr - yalpi daromadning ortgan qismi.. Q- sotish hajmini ortgan qismi.
xarajatlarni ortishi Me’yorli xarajatlar= ––––––––––––––––––––––––, mahsulot hajmini oshishi me’yorli xarajatlarni o’lchash kamayib boruvchi unumdorlik qonunidan kelib chiqadi. NOMINAL FOIZ STAVКASI - joriy kurs (inflyatsiyaga to’g’rilangan) pul birliklarida ifodalangan foiz stavkasi. NORMAL BUXGALTYERIYA FOYDASI - firma yoki korxonaning iqtisodiy foydasining bir qismi, ya’ni umumiy tushumdan buxgaltyeriya harajatlarini ayirmasidan qolgan qismi. NORMAL TOVARLAR - iste’molchilarning daromadlari oshganda talab hajmi ortadigan tovarlar. SINDIКAT - monopolistik birlashmaning shakli. Unda sindikatga birlashayotgan korxonalar ishlab chiqarish mustaqilligini saqlab qolgan holda o’zlarini tijorat sohasidagi mustaqilligidan mahrum bo’ladilar. Bunda buyurtmalarni taqsimlash, xom ashyo sotib olish, ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish uchun o’zlarining tijorat faoliyatlarini birlashtirib, yagona idora tuzadilar. ZARURIY MAHSULOT - Zaruriy ish vaqti davomida yaratilgan mahsulotga zaruriy mahsulot deyiladi. U ishchi va xodimlarning oladigan ish haqiga to’g’ri kelishi yoki rivojlangan mamlakatlardagidek aholi qo’liga nafahalar, imtiyozlar ko’rinishida kelib tushishi mumkin. MEHNAT - kishilarning ongli, aniq maqsadga qaratilgan faoliyat jarayoni bo’lib, ular ana shu faoliyat yordamida moddiy ashyolarni va tabiat kuchlarini o’zgartirib o’z ehtiyojlarini qondirishga moslashtiradilar. MEHNAT BIRJASI - doimiy ish joyini yo’qotgan ishsizlarni ro’yxatga olish, ularga nafaqa to’lash, yangi ish o’rni topib joylashtirish va boshqa kasb-hunarga o’qitishni tashkil etib berish kabi vazifalarni bajaruvchi muassasa. Mehnat birjasining mamlakat bo’yicha bosh boshqarmasi, viloyat va tumanlarda esa bo’limlari mavjud bo’ladi. TARIF SETКASI - ikkinchi, uchinchi va hokazo razryad stavkasiga ega bo’lgan ishchilarni, birinchi razryad stavkasiga nisbatini aniqlovchi shkala. Yagona tarif setkasini davlat ishlab chiqib, joriy etadi. Shuningdek, davlat tomonidan belgilangan minimal ish haqi darajasi tarif setkasiga asosan ish haqini belgilashni asosi bo’ladi. Кeyingi razryadga taalluqli bo’lgan ishchilarni ish haqlari razryad oralaridagi belgilangan koeffitsientga ko’ra hisoblab chiqariladi. TARIF STAVКASI - ma’lum razryadli ishchini ish haqi-miqdori. Masalan, 1 razryadli xodim tarif stavkasi 1750 so’m. TARIF TIZIMI - ishlab chiqarish turlari, ish sharoiti, ishchining malakasiga ko’ra ish belgilash uchun qaratilgan normativ hujjatlar jamlanmasi. Tarif tizimi o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: tarif stavkalar, tarif setkalari, tarif malaka ma’lumotnomasi. MEHNAT BOZORI - ish kuchiga talab va taklif asosida bo’lgan munosabatni shakllanishi. Mehnat bozori mamlakatdagi ishchi kuchiga bo’lgan talab uni taklif etilishi o’rtasidagi mutanosiblik nisbatini ifodalaydi. Mehnat bozori shakllanishi mumkin, agarda ishchi kuchi o’zining mehnatini egasi bo’lsa. Mehnat bozori orqali ishchi kuchi ma’lum muddatga sotiladi. Ishchi kuchiga bo’lgan talab uni taklifidan ortiq bo’lsa, uning bahosi ko’tariladi yoki aksincha. MEHNAT VOSITALARI - insonlarni mehnat predmetiga moddiy ne’matlar olish maqsadida, ta’sir o’tkazish vositasi sifatida xizmat qiladigan buyumlar. Mehnat vositalari, mehnat qurollari, ya’ni mashinalar dastgohlar, uskunalar, asbob-anjomlar, shuningdek, ishlab chiqarish binolari, inshootlari, yo’llar, ko’priklar, kanallar va hokazolarni o’z ichiga oladi. Mehnat buyumlari va mehnat vositalari birgalikda ishlab chiqarish vositalarini tashkil etadi. MEHNAT RESURSLARI - ijtimoiy ishlab chiqarishning shaxsiy omili hisoblanib, mamlakat aholisining ishga layoqatli qismidan iborat. MEHNAT TAQSIMOTI - mahsulotni yaratish uchun bajarilishi lozim bo’lgan ish operatsiyalarini biron qismini bajarishga alohida ishchilarning ixtisoslashuvi. Ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashib borishi obyektiv iqtisodiy qonun. MEHNAT UNUMDORLIGI - ishchi tomonidan muayyan vaqt birligi ichida yaratilgan mahsulot miqdori yoki mahsulot birligiga ketgan mehnat sarfi bilan belgilanadigan samaradorlik. Ijtimoiy mehnat unumdorligi moddiy ishlab chiqarishda band bo’lgan har bir ishlovchi hisobiga hosil qilingan milliy daromad miqdori bilan o’lchanadi. Mehnat unumdorligini oshirish ijtimoiy mahsulotni ko’paytirish va ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy omilidir. NOMINAL ISh HAQI - ishchi va xizmatchini ma’lum ish vaqt davrida sarflagan mehnatining miqdori va sifatiga ko’ra oladigan pul qiymati. Nominal yalpi milliy mahsulot - joriy narhlarda hisoblangan yalpi milliy mahsulot, YaMM darajasini hisoblash maqsadida nominal YaMM va real YaMM tushunchalar farqlanadi, ya’ni ular pulda hisoblangan ko’rsatkichlar, uning miqdori narhlar ta’sirida o’zgarishi mumkin. Faraz qilamizki, mamlakat joriy yildagi narhlarda hisoblaganda YaMM 465 mlrd. dol. tashkil etdi, bu nominal yalpi milliy mahsulotni tashkil etadi. ZARURIY MEHNAT - ishchi va xodimlar tomonidan zaruriy mahsulotni yaratish uchun sarflangan mehnat. ISh VAQTI - ishchining mehnat burchini bajarishi lozim bo’lgan vaqt. Ish vaqti - ish soati, kuni, haftasi, oyi va yili bilan o’lchanadi. Ish vaqti zaruriy va qo’shimcha vaqtlarga bo’linadi. ISh КUChI BOZORI - yollanma ishchini aqliy va jismoniy mehnatining oldi-sotti qilinishi. Ish kuchi bozori mazmuniga ko’ra mehnat bozorini ifodalaydi. Mehnat bozorida bir tomonda ish kuchi, ikkinchi tomonda esa unga muhtoj bo’lgan korxona turadi hamda ular o’rtasida yollash va yollanish shaklida tovar bo’lgan ish kuchini sotish va sotib olish yuz beradi. ISh HAQI - yollanma-xodim tomonidan pul shaklida olinadigan haqi tushuniladi, ish kuchi egasining yashash vositalari narxini ifodalaydi. ISh HAQI MINIMUMI - ish haqini eng kam stavkasi, uni tadbirkor qonuniy asosda xodimga ish vaqti birligiga to’laydi. Ish haqi minimum davlat tomonidan belgilanadi, tadbirkorlar esa undan kam ish haqi to’lashga haqqi yo’q. Chunonchi O’zbekistonda 2003 yil maydan boshlab eng kam ish haqi miqdori 5440 so’m miqdorida belgilangan. ISh HAQI STAVКASI - vaqt birligiga sarf qilingan, mehnat bahosi. Ishsizlikning tabiiy darajasi - qarang, ishsizlikning darajasi. IShBAY ISh HAQI - ishchining bajargan ish miqdoriga ko’ra haq to’lash usuli. IShChI КUChI - insonning jismoniy va aqliy qobiliyatlari yig’indisi va mehnatga layoqati bo’lib, har qanday jamiyat ishlab chiqarishining asosiy sharti hisoblanadi. Mamlakat aholisining jismoniy va mehnatga layoqatli qismi uning ishchi kuchi hisoblanadi. ZARURIY ISh VAQTI - sarflangan ish vaqtining bir qismi. Zaruriy ish vaqti davomida ishchi o’zining yashash sharoitini ta’minlash uchun zarur bo’lgan qiymatdagi mehnat mahsulotini yaratadi. Zaruriy ish vaqtining umumiy sarflangan ish vaqtidagi ulushi miqdori ishchilarning mehnat unumdorligi darajasi, mehnatning intensivligi, ish haqi darajalariga bog’liq bo’ladi. Zaruriy ish vaqti ishchi sarf etgan jismoniy va aqliy quvvatini qayta tiklash, malakasini oshirish, o’zi va oila a’zolarining hayot kechirishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan mablag’ni yaratadi. VAQTBAY ISh HAQI - xodimga uning malakasi, mehnatining sifati, ishlagan vaqtiga qarab belgilanadigan ish haqi. U odatda mehnatning natijalarini aniq hisoblab bo’lmaydigan, balki ular aniq vazifalar doirasini bajarish bilan belgilanadigan vaqtda (masalan, muhandis-texnik xodimlar va xizmatchilar, sozlovchilar, elektr ta’mirlovchilar va shu kabilarga haq to’lashda) yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining borishi bilan belgilanadigan va bevosita ishchiga bog’liq bo’lmagan (masalan, konteynerlar va avtomat liniyalarda ishlash) sharoitida qo’llaniladi. REAL ISh HAQI- pul shakldagi ish haqini sotib olish qobiliyati, nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovar va xizmatlar miqdori. Real ish haqi ish haqining haqiqiy darajasini ko’rsatuvchi iqtisodiy ko’rsatkich hisoblanadi. Real ish haqiga soliqlar miqdori, tovar va xizmatlarga baho, inflyatsiya va boshqa shunga o’xshash omillar ta’sir ko’rsatadn. YAККA TARTIBDAGI MEHNAT FAOLIYATI – fuqarolarning tovar ishlab chiqarish va aholiga pullik xizmat ko’rsatish bo’yicha mehnat faoliyati. FERMYER XO’JALIGI - qishloq xo’jaligida mustaqil xo’jalik yuritish subyektidir. Fermer xo’jaligi asosini oila yoki bir guruh qarindosh, urug’lar yoki fuqarolar tashkil etib, ular o’zlariga biriktirilgan yerlardan sifatli va serhosil qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish va uni qayta ishlash asosida daromad olishni ta’minlaydilar. RENTA- ko’chmas mulk egasi mulkini muqobil ishlatishdagi olgan daromadi. Yer, imorat, kvartira, uy-joy va boshqalar ijaraga berilib undan daromad ko’riladi. Masalan, uy-joy ijaraga berilib har oyda 2000 so’m daromad ko’riladi. Uyga talabgorlar ko’payganda uni yangidan 2400 so’mga ijaraga byeriladi. Oldingi va keyingi pul tushum orasidagi farq 400 so’m (2400-2000) renta hisoblanadi. YER - tabiiy resurslar (ekiladigan yerlar, suv resurslari, foydali qazilmalar va h.k.). Yer iqtisodiyotda ishlab chiqarishning omillari bo’lgan resurslarning bir elementi hisoblanadi. YER BAHOSI – O’zbekiston Respublikasi Кonstitusiyasida yer sotilmaydi deb belgilangan. Yerbebahoboylikbo’lib, uningqiymatiyo’q.Shubilanbirgayerlardanhardoimyeregasifoydalanmay, yerniishlabchiqaruvchigaijaragaberishimumkin.Shuninguchunyerma’lumdarajadanarxgaega.Yerningnarxi, undankeladigandaromadyerrentasimiqdorigavabanklardato’lanadiganfoizdarajasigaqarabbelgilanadi. Yerbahosiquyidagi formula asosidahisoblanadi. YER RENTASI - qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidanquruqyerdanfoydalanganlikuchunyeregasigato’lanadiganhaqdir. Rentadarajasi, ya’nirentaqiymatiquyidagiomillarga: yerningtabiiyunumdorligiga, yerniiste’molchilarganisbatanjoylashishdarajasigavaungasarfetilganmoddiyvamehnatresurslarixarajatimiqdorigabog’liqdir. DIFFERENSIAL RENTA – yer uchastkalarining unumdorligidagi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha daromad. DIFFERENSIAL RENTA 1 – yerlarning tabiiy unumdorligidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daromad. DIFFERENSIAL RENTA 2 – yerlarning iqtisodiy unumdorligini oshirish natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daromad. QIShLOQ IJTIMOIY INFRATUZILMASI - odamlar turmush faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan sohalar. ABSOLYUT RENTA – yerning qanday bo’lishidan qat’iy nazar undan foydalanganligi uchun to’lanadigan ijara haqi. AGROSANOAT INTEGRASIYASI - qishloqxo’jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste’molchilarga etkazib beruvchi tutash tarmoqlar o’rtasida ishlab chiqarish aloqalarining kuchayishi hamda ularning uzviy ravishda birikish jarayoni. AGROSANOAT MAJMUI - xalq xo’jaligida qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish, ularni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan shug’ullanuvchi tarmoqlarining jami bo’lib, asosan to’rt sohani o’z ichiga oladi. Birinchi soha - qishloq xo’jaligiga ishlab chiqarish vositalarini yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari, shuningdek, qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarishga texnika xizmatini ko’rsatadigan tarmoqlar. Ikkinchi soha - qishloq xo’jaligining o’zi. Uchinchi soha - qishloq xo’jaligi mahsulotlarini iste’molchilarga yetkazib berishni ta’minlaydigan (tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish) tarmoqlar. To’rtinchi soha - agrosanoat majmui tarkibida mahsulot ishlab chiqarishni hamda kishilarning hayoti va faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan infrastrukturalar.
Download 119.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling