1- mavzu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti. Iqtisodiy tizimlar iqtisodiy qonunlar


Download 119.01 Kb.
bet5/8
Sana18.05.2020
Hajmi119.01 Kb.
#107595
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iqtisod 1


MAКROIQTISODIYOT (grekcha macros – katta va iqtisodiyot ma’nosini bildiradi) – u davlat iqtisodiyotiga bog’liq bo’lib, iqtisodiy voqelikni va jarayonni o’rganadi. Asosiy maqsadi va muammolari quyidagi asosiy yo’nalishlarni qamrab oladi: yuqori darajada ijtimoiy mahsulotni o’sishini, ish bilan bandlikni yuqori darajada ta’minlash, narxlarni muvofiq darajada bo’lish, eksport va importni muvofiqlashtirish.

JAMI IJTIMOIY MAHSULOT - ma’lum davr mobaynida jamiyatda hosil qilingan barcha iste’mol mahsulotlarni qiymatlarining yig’indisidan iborat. U ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha bo’g’inlarida sarflangan mehnatni mujassamlashtiradi va ayrim ishlab chiqaruvchilarning shu vaqt oralig’idagi mahsulotlarining yig’indisi sifatida ta’riflanadi. J.I.M tarkibiga; turli-tuman moddiy va moddiy bo’lmagan ne’matlar va xizmatlar kiradi.

DAROMADLAR BO’YICHA YAMM HISOBLASh - jamiyatda bir yilda olingan daromadlarni jamlash.

Aholi BOSHIGA TO’G’RI KELADIGAN YALPI MILLIY MAHSULOT - mamlakatning iqtisodiy o’sishidagi o’zgarishlarni o’zida aks ettiruvchi ko’rsatkich. U muayyan yilda mamlakatda yashovchi bir kishi hisobiga ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning haqiqiy aholi soni miqdorini ifodalaydi. U quyidagicha hisoblanadi:

real YaMM

JBMM = ---------------------

aholi soni



TRANSFERT - to’lovlar, davlat budjetidan uy xo’jaligi, firmalarga to’lanadigan to’lovlar (nafaqa, ijtimoiy sug’urta to’lovlari).

XARAJATLAR BO’YICHA YAMMNI HISOBLASh USULI - pirovard mahsulotlarni ishlab chiqarishga sarf qilingan hamma sarflarni qo’shish. Unda quyidagilar jamlanadi; shaxsiy iste’mol uchun xarajatlar, ya’ni aholini iste’mol buyumlari va xizmatlar (Ix); korxona va firmalarning investitsiyalari, ya’ni ularni mashinalar, dastgohlar sotib olishga, qurilishga, zaxiralarni o’zgarishi bilan bog’liq barcha xarajatlari (Yai); davlat tomonidan tovar va xizmatlarni xaridi (Dx); sof eksport (Se). YaMM = Ix+Yai-(-+Dx+Se).

ShAXSIY DAROMAD - soliqlarni to’laguncha uy xo’jaliklariga kelib tushadigan daromad.

YALPI IChКI MAHSULOT - mamlakatda ma’lum davr mobaynida yaratilgan pirovard tovar va xizmatlarning pul shaklidagi summasi. Rivojlangan mamlakatlarda XX asrning 50 yillardan boshlab statistikada yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi qo’llanila boshladi. Ushbu ko’rsatkich yordamida milliy iqtisodiyotni rivojlanish qonuniyatlari va tendensiyalari tahlil etiladi, boshqa mamlakatlarning iqtisodiyotlarini rivojlanish natijalari bilan solishtiriladi, iqtisodiyotni ishlab chiqarish strukturasiga baho beriladi, iqtisodiyotni qanchalik tashqi iqtisodiy aloqalarga bog’liq ekanligi aniqlanadi. Yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi yalpi milliy mahsulotdan mamlakatni tashqi kapital sarflaridan olgan foyda saldosi miqdoriga farq qiladi. Chunki xozirgi sharoitda qo’shma korxonalar faoliyati kuchayib bormoqda. Ushbu faoliyatdan olingan foyda saldosi YaMM miqdorini ko’paytirib yuborishi mumkin. O’zbekistonda yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi hisoblanadi.

YALPI MAHSULOTNI INFLIRLASh VA DEFLIRLASh - YaMM real hajmini nominal YaMMni narx indeksiga bo’lish orqali aniqlash (qarang, real YaMM).

YALPI MILLIY MAHSULOT(YAMM) - bir yil mobaynida mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlar yig’indisining bozor narhlarida ifodalanishidir. Bir mahsulotni takroriy hisoblashga yo’l qo’ymaslik uchun YaMM ga korxona tomonidan yaratilgan qo’shilgan qiymat kiritilishi zarurdir. Pirovard mahsulot yoki qo’shilgan qiymat korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini bozor bahosidan iste’mol qilingan xom-ashyo va materiallar ayirmasiga teng. YaMM ni ikki, ya’ni xarajatlar va daromadlar yo’li bilan hisoblash mumkin. Xarajatlar bo’yicha YaMM quyidagilarni jamlash orqali hisoblanadi: shaxsiy iste’mol uchun xarajatlar, ya’ni aholini iste’mol buyumlari va xizmatlarni sotib olishga qilgan xarajatlari; korxonalar (firma) yalpi investitsiyalari, ya’ni ularni mashinalar, dastgohlarni sotib olishga, hamma qurilishga, zahiralarning o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlari; davlat tomonidan tovar va xizmatlar xaridi, ya’ni davlat va uning organlari tomonidan korxonalar pirovard mahsuloti va ishlab chiqarish omillari xarid qilish bilan bog’lik xarajatlar; sof eksport, ya’ni ushbu mamlakat tovarlari va xizmatlari uchun xorijiy xarajatlarning ana shu mamlakat fuqarolari va tashkilotlari chet el tovar va xizmatlari uchun sarflangan xarajatlardan ortiqcha miqdori. Daromadlar bo’yicha yalpi milliy mahsulot yollanma ishchilarning ish haqini renta to’lovlarni, foizni, korporatsiyalardan daromadlar bilan bog’liq bo’lmagan ikkita to’lov turi iste’mol qilingan kapitalga ajratmalari hamda korporatsiyalarni bilvosita soliqlari miqdorini jamlash orqali hisoblanadi.

SOF MAHSULOT - moddiy ishlab chiqarish sohasida korxona yoki tarmoqda yangidan yaratilgan qiymatni xarakterlovchi ko’rsatkich. Sof mahsulot, yalpi mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymatiga farq qiladi. Rejalashtirish va statistikada sof mahsulot, yalpi yoki tovar mahsulotidan moddiy xarajatlarni (uni ichiga asosiy fondlar amortizatsiyasi ham kiritiladi) ayirib tashlash orqali aniqlanadi. Hamma tarmoqlarni sof mahsulotlarning jami ishlab chiqarilgan milliy daromadni tashkil etadi.

SOF MILLIY MAHSULOT (SMM) - yalpi milliy mahsulotni amortizatsiya qiymatiga kamaytirilgan miqdori yoki: YaMM - amortizatsiya = SMM. Amortizatsiya daromadga qo’shilmaydi, u shuni bildiradiki, YaMMning bir qismi ishlab chiqarishda ishlatiladigan mashina va uskunalar qiymatini kelajakda qoplash uchun olib ko’rilishi lozim.

REAL YAMM - inflyatsiya yoki deinflyatsiyaga qarab to’g’rilanib hisoblangan YaMM; bazis yildagi narxlarda hisoblangan YaMM.

Har xil yildagi YaMM hajmini taqqoslaganda faqat real YaMM qiymatidan kelib chiqish lozim.



REJALI INVESTITSIYALAR- yillik daromadni har qanday potensial darajasida ishlab chiqaruvchilar sarf qilmoqchi bo’lgan investitsiyalar.

SOF INVESTITSIYALAR - yalpi investitsiyalardan amortizatsiya miqdorining ayirmasi. Masalan, yalpi investitsiyalar = 40 p. b., amortizatsiya = 20 p. b., Sof investitsiyalar = 40 -20 = 20 p. b.

ShAXSIY ISTE’MOL– jamiyat a’zolarining yashashi va barkamol inson sifatida kamol topishlari uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar yig’indisidir.

MAКROIQTISODIY MUVOZANATNING КEYNSANChA MODELI - narhlar darajasi o’zgarmas bo’lgan sharoitda jami sarflar va real yalpi milliy mahsulot o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni aks ettiruvchi model (qarang, Кeynsancha iqtisodiy nazariya, Кeyns D.).

MAКROIQTISODIY TAHLIL - Makroiqtisodiy tahlilda jamiyat miqyosida yuz beradigan iqtisodiy jarayonlarning kechishi harakati tahlil etiladi. Makroiqtisodiy tahlilda, iqtisodiyotda o’ziga xos bo’lgan faoliyat ko’rsatish va rivojlanish qonuniyatlariga ega bo’lgan xususiy, davlat va boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlarni ishsizlik, inflyatsiya, moliya-kredit tizimi, iqtisodiy o’sish kabi muammolarini bitta turkum sifatida olib o’rganadi.

STAGFLYATSIYA - iqtisodiyotni holati, unda ishlab chiqarishning turg’unlashtirish yoki pasayishi (stagnasiya), o’sib boruvchi ishsizlik va inflyatsiya bilan xarakterlanadi. Shuningdek stagflyatsiya ishlab chiqarish quvvatlarining to’la ishlatilmasligi investitsiya jarayonining sustlashuvi ijtimoiy beqarorlik bilan ham xarakterlanadi. Stagflyatsiya g’arb mamlakatlarida 70 yillarda, sobiq SSSRda 80 yillarda yuz bergan. Bu xolatdan chiqish uchun ishlab chiqarishni tashkil etish, investitsiya, texnika, texnologiya tizimini yangilash, ishlab chiqarish tarkibini o’zgartirish va boshqa bir qator tadbirlarni amalga oshirish zarur.

INVESTITSIYA (lot. o’rash, kiyintirmoq) - mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida yoki xorijiy davlatlarning turli sohalariga uzoq muddatli kapital mablag’larni sarflash. Moliyaviy investisiya - aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatbaho qog’ozlarni sotib olish yo’li bilan mablag’lar sarflash. Real investisiya - mamlakat ichida va xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarishni rivojlantirishga mablag’ qo’yish ssuda va subsidiyalar berish vositasida amalga oshiriladi.

JAMI TAКLIF - iqtisodiyot ishlab chiqaradigan hamma tovar va xizmatlar; mumkin bo’lgan har bir baho darajasidagi ishlab chiqarishning real hajmi. Unga baho ta’sir etadi. Bu ta’sir proporsionaldir, ya’ni baho darajasi o’sgan sari jami taklif-miqdori ham o’sadi. Undan tashqari jami taklifga resurslarga baholarning o’zgarishi, ishlab chiqarish unumdorligini o’sishi va shu kabi omillar ta’sir ko’rsatadi.

JAMI TAКLIF EGRI ChIZIG’INING КEYNSANChA КESMASI - jami taklif egri chizig’ining gorizontal qismi o’zida YaMMning real hajmi o’zgarganda baholar o’zgarmaydi. Кeyns jami talab jami taklifni yuzaga keltiradi, degan fikrni ilgari suradi. Agar jami talab yyetarli bo’lmasa, unda ishlab chiqarish hajmi to’la bandlik sharoitidagiga teng bo’lmaydi. Baholar o’zgaruvchan bo’lmaganligi natijasida iqtisodiyot yuqori ishsizlik va turg’unlik holatida bo’ladi, ya’ni iqtisodiyot pasayish holatida bo’ladi. Taklif ishlab chiqarishni potensial hajmiga etganda u vertikal ko’rinishida bo’ladi.

JAMI TAКLIF EGRI ChIZIG’INING КLASSIК КESMASI - jami taklif egri chizig’ining vertikal qismi iqtisodiyotda to’liq bandlik sharoitidagi yoki ishsizlikning tabiiy nuqtasidagi holatini ifodalaydi, bunda real YaMM hajmi o’zgarmasdan qoladi, faqat baholar oshadi.

JAMI TAКLIF EGRI ChIZIG’INING ORALIQ КESMASI - ishlab chiqarishning real hajmini o’sishi bilan baholar ham o’sayotgan vaziyatni aks ettiradi.

JAMI TALAB - mumkin bo’lgan har qanday baholar darajasida iste’molchilar, tadbirkorlar va davlat tomonidan sotib olinishi mumkin bo’lgan mahsulot hajmi. Jami talabga baxo darajasi, teskari proporsional ta’sir ko’rsatadi, ya’ni baho o’sgan sari talab kamayadi va aksincha, shuningdek jami talabga aholi daromadlari, investision sarflardagi o’zgarishlar kabi omillar ta’sir qiladi.

IXTIYORIY IShSIZLIК - qarang, friksion ishsizlik.

IQTISODIY INQIROZ - ijtimoiy ishlab chiqarish harakatida uzilishlar, nomutanosibliklarning yuzaga kelishi. Iqtisodiy inqiroz davrida ayrim tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarishning qisqarishi, baholarning pasayishi yoki ko’tarilishi, ishsizlar sonining ortishi, ish haqining pasayishi, aholi turmush darajasining yomonlashuvi kabi holatlarda namoyon bo’ladi.

IQTISODIY SIКL - doimiy ravishda bir qancha yillar davomida iqtisodiy faollikni birin-ketin ko’tarilishi va pasayishi. Iqtisodiy sikl iqtisodiyotni rivojlanish shakli hisoblanadi va uning asosini iqtisodiy inqirozlar tashkil etadi. Iqtisodiy siklning asosiy sababi ishlab chiqarishning doimo kengayishiga harakat qilishi va undan talabni orqada qolishi, buning natijasida iqtisodiyotdagi jami taklif va jami talab o’rtasidagi hamda asosiy kapitalga bo’lgan talab va taklif o’rtasidagi muvozanat buziladi. Iqtisodiy sikl 4 bosqichdan iborat tushkunlik, turg’unlik, jonlanish, yuksalish. (ushbu tushunchalarga qarang).

IQTISODIY O’SISh - mamlakat iqtisodiy salohiyatining ortishi, ya’ni aholi ehtiyoji uchun zarur bo’lgan moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishning ko’payib, yaxshilanib borishi. Iqtisodiy o’sish mamlakatning rivojlanib, taraqqiy etib borishini ifodalaydi. Iqtisodiy o’sish - yalpi milliy mahsulot va milliy daromad hajmining ortib borishi, aholi jon boshiga yaratilgan mahsulotning ko’payishi bilan o’lchanadi. Iqtisodiy o’sishning intensiv va ekstensiv turlari mavjud.

DEPRESSIYA - iqtisodiy rivojlanishning davriy yuksalish va tushkunlik jarayoni bo’lmish iqtisodiy siklning bir bosqichidir. Iqtisodiy sikl: tushkunlik, depressiya (turg’unlik), jonlanish va yuksalish bosqichlaridan iboratdir. Turg’unlik - tanazzuldan keyingi bosqichdir. Bu bosqichda ishlab chiqarishning inqirozi to’xtaydi, ishlab chiqarish bilan iste’molning talab bilan taklifi o’rtasida muvozanat vujudga keladi.

DEFISIT – kamomad, zarar, oila byudjetining, vaqtning, davlat byudjetining kamomadli degan tushunchalari mavjud.

DAVRIY IShSIZLIК - qarang, siklik ishsizlik.

a) mehnat evaziga olinadigan; daromad (ish haqi, foyda);



b) mulkdan olinadigan daromad (foiz, renta, dividend) turga bo’linadi.

DAVRIY (SIКLIК) DEFISIT - iqtisodiyotni davriy rivojlanishi (tanazzuli) sababli va soliq tushumlarini qisqarishi bilan bog’liq davlat byudjetining defisiti.

INTENSIV IQTISODIY O’SISh – ishlab chiqarish jarayonini ishlab chiqarish maydonlaridan, ish o’rinlaridan ishlab chiqarishni ikki, uch smenali tashkil etish, yoki ekin maydonlaridan 2-marotaba hosil olish, hosildorlikni oshirishga aytiladi.

EКSTENSIV IQTISODIY O’SISh – ishlab chiqarish jarayonini kengaytirib ( ish o’rinlarini ko’paytirish ekin maydonlarini kengaytirish va xakozo) borishga aytiladi.

TURG’UN IShSIZLIК – mehnatga layoqatli aholining doimiy ish joyiga ega bo’lmagan guruhiga aytiladi.

TURG’UNLIК – iqtisodiy krizislar davrida ishlab chiqarish jarayonini ma’lum davrda deyarli ishlamaslik iqtisodiy holatiga aytiladi. Bu bosqichda ishlab chiqarish jarayonini jonlanishi uchun ma’lum bir davr ichida shart-sharoit yaratiladi.

TO’LIQ BANDLIК – ishlab chiqarish uchun yaroqli bo’lgan barcha resurslardan foydalanish. Ishchilar majburiy ishsiz bo’lmasliklari, ekiladigan yerlar va dastgohlar bekor turmasligi kerak.

TEXNOLOGIК IShSIZLIК - insonlarni mashinalar bilan almashtirish natijasida vujudga kelgan ishsizlik turi. Masalan, yog’-moy zavodida 10 kishi chigitni vagonlardan tushirar edi, zavod 2 ta avtoyukortgich sotib oladi, natijada 10 kishi bajaradigan ishni 2 kishi bajaradi, 8 tasi ishsiz qoladi.

TARКIBIY IShSIZLIК – ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi bilan bog’liq bo’lib, ayrim tarmoqlarda ular ishlab chiqargan mahsulotlarga talabni kamayishi natijasi vujudga keladi.

TARКIBIY INQIROZ – xom-ashyo, tovarlarning keskin yetishmasligi natijasida vujudga keladi. Bunga misol qilib energetik resurslarni yetishmasligini olish mumkin. Oqibatda talab va taklif mutanosibligi buziladi va xom-ashyoning bahosi ko’tarilib ketadi. Natijada shu vaqtgacha yashirin ko’rinishda bo’lgan iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida ortiqcha yig’ilib qolgan kapitallar yuzaga chiqadi. Ularda ishlab chiqarish vositalarining bir qismida ishlab chiqarish samarasiz bo’lib qoladi, ishlab chiqarish to’xtaydi, korxonalar yopiladi, ishsizlik ko’payadi. Tarkibiy inqirozlar davriy xarakterga ega emas, ammo uzoq muddat davom etishi bilan xarakterlanadi. Davriy inqirozdan farqli ravishda, tarkibiy inqirozda, masalan, po’lat quyish, ko’mir sanoati izdan chiqib turganda, to’qimachilik sanoati, kemasozlik va shunga o’xshash ayrim alohida tarmoqlar tez rivojlanishi mumkin.

STRUКTURAVIY (tarkibiy ishsizlik) - ishchi kuchi strukturasi sekin o’zgaradi va har doim takomillashib boradigan ishlab chiqarishning strukturasiga mos kelmaydi, natijada ish kuchiga bo’lgan taklif va unga bo’lgan talab mos kelmasligi natijasida ishsizlik vujudga keladi, bu strukturaviy ishsizlik deyiladi. Masalan, 80-yillarda dunyo bozorida neftning narhini pasayishi natijasida AQShda shu sohada ishlaydiganlarning ko’pchiligi ishsizga aylandilar. Кompyutyerni kashf etilishi va ishlab chiqarishga joriy etilishi natijasida idora xizmatchilarining ko’pchiligi o’z ishlarini yo’qotadilar, ammo shu vaqtning o’zida matematiklar, programmistlarga minglab bo’sh joylar bor edi.

MILLIY BOYLIК - jamiyat ixtiyoridagi mehnat bilan yaratilgan va jamg’arilgan moddiy ne’matlar majmui. Milliy boylik aholi turmushi, moddiy va ma’naviy darajaning negizi kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning moddiy asosi va natijasidir. Moddiy boylik tarkibiga asosiy ishlab chiqarish fondlari, fan, maorif, sog’liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at, dam olish va shu kabi muassasalarga tegishli bino, inshoot va uskunalar, ishlab chiqarish sohasidagi moddiy aylanma mablag’lar, zahiradagi moddiy resurslar kiradi. Shuningdek, aholini ixtiyoridagi xizmat muddati bir yildan ortadigan uy-joy va ro’zg’or buyum-anjomlari ham milliy boylik tarkibiga kiradi. Xo’jalik faoliyatiga tortilgan tabiiy resurslar ham milliy boylik hisobiga kiritiladi.

BANDLIКNING КLASSIК NAZARIYASI - iqtisodiyot fanida klassik maktab namoyondalari tomonidan ilgari surilgan makroiqtisodiy nazariya. Uning asosiy qoidalaridan biri iqtisodiyot o’zini-o’zi tartibga solish bozor mexanizmiga ega va u aholini to’la bandligi uchun sharoit yaratadi, davlat iqtisodiyotni tartibga solishga aralashmasligi zarur.

6 - mavzu. Moliyaning mohiyati va moliya tizimi, davlatning soliq-byudjet siyosati. Pul muomalasi, kredit va banklar

PUAShAL SOLIQ - daromad miqdoridan qat’iy nazar olinadigan soliq.

DIVIDEND - aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlar o’rtasida taqsimlanadigan sof foydasi. Bunda foyda egalik qilinadigan aksiyalarga muvofiq taqsimlanadi.

DILLER - qimmatli qog’ozlar, tovarlar va valyuta oldi-sotti savdo bitimlarida vositachilik qiluvchi shaxs yoki firma.

DISКONT- 1. Qimmatli qog’ozning amaldagi narxi bilan qiymat qoplanishi paytidagi narxi yoki belgilangan qiymati o’rtasidagi farq; moliyaviy vositani qiymat qoplanishi paytiga qadar belgilangan qiymatidan past narxda xarid qilish. 2. Valyutaning kelgusi kursi bilan darhol yetkazib berilgan paytdagi kursi o’rtasidagi farq. 3. Turli muddatlarda yetkazib beriladigan bir turdagi tovarning narhlari o’rtasidagi farq. 4. Birja bitimlarida tovar sifati shartnomada kelishilganidan past bo’lganida narxdan chegirish. 5. Valyuta bitimlarida valyuta rasmiy kursidan pasayishga qarab chetga chiqish.

DISКONTLASh - 1. Veksellarni hisobga olish. 2. Turli yillardagi iqtisodiy ko’rsatkichlarni vaqtga ko’ra taqqoslanadigan o’lchamlarga keltirish. 3. Ma’lum davr o’tganidan so’ng to’lanadigan daromadni hozirgi davrga va harakatdagi foiz stavkasiga keltirish.

DISКRESION FISКAL SIYOSAT - milliy ishlab chiqarish hajmiga, bandlikka, inflyasiyaga ta’sir etish maqsadida, davlat tomonidan ongli ravishda soliq solish va davlat xarajatlarini tartibga solish tushuniladi, tanazzul sharoitida unga muvofiq davlat sarflari oshiriladi, soliqlarning pasayishi bilan qo’shib olib boriladi, natijada kamomadni moliyalashtirishga, ishlab chiqarishning o’sishiga olib keladi. Inflyasiya sharoitida diskresion siyosat davlat sarflarini kamaytirish, soliqlar miqdorini oshirish, davlat sarflarini qisqartirish bilan soliq miqdorini oshirishni qo’shib olib borishni nazarda tutadi. Bu esa davlat byudjetining ijobiy saldoga ega bo’lishiga olib keldi. Real hayotda, iqtisodiyotda har xil omillar harakat qiladi, shuning uchun muvofiq fiskal siyosatni ishlab chiqish juda qiyindir.

BEVOSITA SOLIQLAR - qarang, to’g’ri soliqlar.

QAT’IY (absolyut) STAVКA- korxonalarni soliqqa tortish qonunlari orqali belgilangan stavkalar orqali soliqqa tortiladi.

AКSIZ - konkret tovarni sotib olish bilan bog’liq sarflarga soliq; ommaviy iste’mol tovarlariga bilvosita soliqlar; aksiz soliqdan ko’zlangan maqsad davlat byudjetini daromadlarini oshirishdan iborat. Sigaret, aroq, tuz, choy kabi mahsulotlar aksiz solig’i obyektidir. Masalan, sigaretni narhi 50 so’m bo’lsa, unga davlat 10 so’m aksiz solig’ini soladi, natijada u 60 so’mdan sotiladi va 10 so’m davlat byudjetiga daromad sifatida tushadi.

AКSIYA- aksiyador shirkat, jamiyat chiqargan qimmatbaho qog’oz bo’lib, unga ega bo’lgan a’zoga jamiyatni boshqarishda qatnashish, foydadan ulushini olish va jamiyat tarqalib ketgan holda, uning mol-mulklarini taqsimlashda qatnashish huquqini beradi. Aksiya, qiymati aksiyadorlar tomonidan so’m bilan yoki xorijiy valyutalarda to’lanishi mumkin. Biror mulkni aksiyador jamiyat mulkiga o’tkazishi yoki uni foydalanishga berishi mumkin. Aksiyadorlar jamiyatining a’zolari aksiyalar qiymatini jamiyatga qaysi shakl va ko’rinishda to’lashlaridan qat’iy nazar, u so’mda ifodalanadi. Aksiyaning eng kichik nominal qiymati 100 so’m. Aksiyadorlarga aksiyalarining nominal qiymati summasiga teng miqdorda sertifikat berilishi mumkin. Aksiya bo’linmasdir. Agar 1 ta aksiya bir necha kishiga tegishli bo’lsa ham, ularning barchasi aksiyadorlar jamiyati tomonidan 1 ta a’zo sifatida tan olinadi va o’z huquqlarini umumiy vakil orqali, amalga oshirishlari mumkin. Aksiyada quyidagilar ko’rsatilgan bo’lishi lozim: aksiyadorlar jamiyatining nomi va manzili; qimmatli aksiyalarning nazorat paketi - aksiya egasiga aksiyadorlar jamiyatida amaldagi hukmronligi ta’minlaydigan aksiyalar miqdori; u aksiyadorlar jamiyatining yig’ilishlarida, hal qiluvchi ovozga ega bo’lish huquqini beradi. Aksiyalarning nazorat paketiga egalik qilish amalda aksiyadorlar jamiyatida hukmronlikni ta’minlaydi.

Bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan davlat ham yirik tashkilotlar aksiyalarining nazorat paketiga ega bo’lishi mumkin.



AКSIYADORLAR JAMIYATI - yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan xo’jalik faoliyatini amalga oshirish maqsadida pul mablag’larini birlashtirish orqali yaratilgan tashkilot. Aksiyadorlar jamiyati yuridik shaxs hisoblanadi.

AКSIYANING NOMINAL NARXI - hissadorlik jamiyati ta’sis etilganda, sotilgan aksiyaning dastlabki narxi.

HISSADORLIК JAMIYATI - ko’proq foyda olish maqsadida mehnat, mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul resurslarini birlashtirgan uyushma.

QO’ShILGAN QIYMAT SOLIG’I (k. s. s.)- ishlab chiqarishning har bir bosqichida tovar qiymatiga qo’shib boriladigan qiymatga solinadi. U egri soliqlarning turi hisoblanadi. 2003 y. 1 yanvardan O’zbekiston Respublikasida qo’shilgan qiymat. solig’i stavkasi 20% qilib belgilangan. Ungacha q. q. s. 23% dan 30%gacha belgilangan edi. Bu hol respublikamizda soliq siyosati yaqqol ko’zga ko’rinadigan fiskal vazifasini bajarishdan chetlashganini ko’rsatadi.

BYUDJET - davlat, korxona yoki ayrim olingan shaxsning ma’lum muddat uchun belgilangan daromad va xarajatlarining hisobi.

BYUDJET DEFISITI (TAQChILLIGI) - davlat byudjetini xarajat qismini daromadlar qismidan ortiqcha miqdori. Masalan davlat byudjetini daromadlari 15 trln. xarajatlari esa, 18 trln. so’mni tashkil etdi, bunda byudjet defisiti 3 trln, (18-15) so’mni teng bo’ladi. Uning vujudga kelish sabablari: ishlab chiqarishni tanazzuli, «yashirin» kapitalni oboroti, raqobatdosh bo’lmagan sifatsiz mahsulotni ishlab chiqarish, ortiqcha: pul emissiyasi. Byudjet defisitini qoplashni uchta yo’li bor bular: davlat zayomlari, yangi pullarni emissiyasi, soliq solishni kuchaytirish.

DAVLAT BYUDJETI - davlat tomonidan o’z vazifalarini amalga oshirish uchun sarflanadigan markazlashtirilgan pul fondidir. U ikki qismdan iborat: 1. Daromad qismi -unda barcha tushumlar ko’rsatiladi. 2. Xarajat qismi - unda barcha xarajat turlari ko’rsatiladi. Xarajat va daromad teng bo’lganda davlat byudjeti muvozanatga ega bo’ladi. Xarajatlarning daromaddan oshib ketishi byudjetning yetishmovchiligini bildiradi. Byudjet yetishmovchiligini bartaraf etish uchun davlat byudjetining daromad qismini ko’paytirishga, ya’ni soliqlarni oshirishga, davlat qarzini ko’paytirishga, shuningdek, qo’shimcha miqdorda pul chiqarishga majbur bo’ladi. Davlat byudjetining xarajatlari uning vazifasiga ko’ra tashkil qilinadi va uning orasida eng yiriklari: iqtisodiy xarajatlar, mudofaa xarajatlari, tashqi faoliyatga doir xarajatlar, ijtimoiy maqsadlarga yo’naltirilgan xarajatlar, davlat mahkamalarini saqlab turish xarajatlaridan iboratdir.

DAVLAT QARZI - davlatning aholidan, bank, korxona, tashkilot va chet mamlakatlardan olgan qarzi.

DAVLAT QARZI - ma’lum vaqt davrida byudjet kamomadlar yig’indisi. U ikki guruhga bo’linadi: a) davlatning tashqi qarzi (xorijiy davlatlarga, tashkilot va alohida shaxslarga); b) ichki qarzi (davlatning o’z xalqidan qarzi).

Download 119.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling