1- mavzu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti. Iqtisodiy tizimlar iqtisodiy qonunlar


Download 119.01 Kb.
bet2/8
Sana18.05.2020
Hajmi119.01 Kb.
#107595
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iqtisod 1


DAVLAT SEКTORI – mulk shakllaridan biri bo’lib, uning subyekti (egasi) davlat hisoblanadi. Davlat mulki obyektlari bo’lib yer, tabiiy resurslar, asosiy ishlab chiqarish vositalari, bino va inshootlar, moddiy resurslar, moliyaviy resurslar, qimmatbaho buyumlar, axborotlar, madaniy va ma’naviy boyliklar hisoblanadi. Bu boyliklardan foydalanish to’liq davlat ixtiyorida bo’ladi. U davlat mulklaridan kerak bo’lgan yo’nalishda foydalanishni ta’minlaydi.

DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh- davlat mulkini, iqtisodiyotdagi davlat sektorini xususiylashtirishdan iborat bo’lib, u davlat mulkchiligining yakka hukmronligini tugatish, erkin tadbirkorlikka yo’l ochish va bozor iqtisodiyotini qaror toptirish maqsadida amalga oshiriladi. Xususiylashtirish orqali davlat mulki fuqarolarga berilib, mulk o’z egasini topadi; har bir kishi milliy boylikda o’z hissasiga ega bo’ladi.

JAMOA MULКI - madaniylashgan jamiyatda mulkchilikning bir shakli bo’lib, uning asosiy belgisi ishlab chiqarish vositalari va uning natijalariga jamoa-guruh tarzida egalik qilinishidir. O’zbekistonda qabul qilingan mulkchilik to’g’risidagi qonunda ishlab chiqarish vositalariga jamoa egalik qilishining kooperativ (jamoa), shirkat, ijara, aksionerlik, konsern mulk shakllari mavjud bo’lishligi ko’rsatilgan.

Milliy ishlab chiqarishning miqdorini ortishi baholarni o’zgarishi sharoitida yuz beradi.



IJARA - boshqa bir kishining mulkini to’lov evaziga ma’lum muddat uchun foydalanishga olish. Кo’pchilik mamlakatlarda yer, uy-joy savdo-sanoat binolari, mashina va uskunalarni ijaraga berish va ijaraga olish keng tarqalgan. Shu asosda har ikkala tomon ham daromad oladi. O’zbekistonda ijara to’g’risida qonun qabul qilingan.

IJARA MULК - shartnoma asosida ma’lum muddatga foydalanish uchun olingan mulk. Yer, uy-joylar, bino va inshootlar, mashina va uskunalar ijara mulk bo’lishi mumkin.

IJTIMOIY ZARURIY MEHNAT - jamiyatda ishlab chiqarish sharoitlari, xodimlarning malakasi va mehnat intensivligi o’rtacha bo’lgan sharoitda tovar ishlab chiqarish uchun sarflanadigan mehnat.

IJTIMOIY MULК - umummilliy boylik, yer, suv, o’rmonlar, jamiyat tomonidan egalik qilish va o’zlashtirish mumkin bo’lgan mulk. Unga yer osti va yer usti boyliklari, temir yo’l, havo, dengiz, avtomobil transporti, kosmik tizim, irrigatsiya inshootlari, energiya tizimlari, sanoat korxonalari, harbiy obyekt va aslahalar hamda shunga o’xshash narsalar kiradi.

OMMAVIY MULК – davlat mulki, respublika mulkidir, u ma’muriy-xududiy tuzilmalar ya’ni munisipal mulkdan iboratdir.

BUYRUQBOZLIК TIZIMI - iqtisodiy tizimni bir turi, uning asosiy belgilari: ishlab chiqarish vositalariga ijtimoiy (davlat va jamoat) mulki; iqtisodiyotning monopollashtirilganligi; jamiyat xo’jalik hayotining hamma tarafini markazlashtirilgan rejalashtirish va tartiblash. Uning xo’jalik mexanizmiga xos belgilari mavjud, bular: bitta markazdan turib, hamma korxonalarni bevosita boshqarish; davlat mahsulotni ishlab chiqarish va taqsimlashni to’liq nazorat qilishi; ishlab chiqarishni strukturasi va hajmini hukmron mafkuraviy aqidalardan kelib chiqqan holda belgilash. Buyruqbozlik iqtisodiy tizimi Sovet Ittifoqi, XXR, Shimoliy Vetnam, Shimoliy Кoreya, Кuba va ayrim Sharqiy Yevropa mamlakatlarida mavjud bo’lgan.

NATURAL XO’JALIК - tarixan eng dastlab tarkib topgan xo’jalik shakli bo’lib, unda mahsulotlar bozorda sotish uchun emas, balki xo’jalikning o’zida uning xodimlari va yaratuvchilari iste’moli uchun yetishtiriladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar o’sib, ijtimoiy mehnat taqsimoti chuqurlashib borishi natijasida natural xo’jalik o’rnida tovar xo’jalik yuzaga keladi. Natural xo’jalikka patriarhal dehqon oilasi xo’jaligi, hozirgi oilalarning chorbog’ xo’jaligi, shuningdek, ayrim korxona (agarda yetishtirilgan mahsulot xodimlarga bepul ulashilsa) misol bo’la oladi.

MILLIY BOZOR - muayyan mamlakat doirasida ishlab chiqarilgan, tovarlar muomalasi sohasini ifodalovchi tushuncha. Milliy bozor subyektini shu mamlakat fuqarolari bo’lmish tovar egalari, korxonalar, firmalar, birlashmalar, davlat va jamoatchilik tashkilotlari va ayrim fuqarolar tashkil etadi. Milliy bozor hajmi muayyan mamlakatning katta yoki kichikligiga, uning iqtisodiy darajasiga, xalqaro savdodagi ishtirokiga bog’liq bo’ladi.

XUFIYA IQTISODIYOT - davlat tomonidan nazorat qilinmaydigan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish, ya’ni soliq to’lamaydigan, qonunlarga bo’ysunmaydigan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish. xufiya iqtisodiyotga qarshi kurash vositalari quyidagilar: erkin bozorni vujudga keltirish, mulkka davlat egaligini va markazlashtirilgan direktiv rejalashtirishni yo’qotish.

XARID QOBILIYATI – pulningquvvati (qiymati)

UMUMIY BOZOR- 12 ta G’arbiy Yevropa davlatlari a’zo bo’lgan iqtisodiy uyushma. U 1957 yilda tashkil etilgan bo’lib, uning maqsadlari: boj ittifoqi va hamjamiyatga a’zo mamlakatlar doirasida kapital, tovarlar, ish kuchi xizmatlarning erkin ko’chib yuradigan umumiy bozorini shakllantirish; unga a’zo mamlakatlarga nisbatan yagona savdo siyosatini, shuningdek, valyuta, qishloq xo’jaligi, transport sohalarida umumiy siyosatni o’tkazish, moliya tizimini birxillashtirish iqtisodiy va valyuta ittifoqini tuzish va boshqalar. Hozirgi vaqtda ittifoqqa kiruvchi davlatlar o’rtasida milliy chegaralar ramziy tus olib, yagona valyuta va yagona narhlarga o’tilmoqda. Uning oliy organi Bryussel (Belgiya) shahrida joylashgan Кomissiya va Vazirlar Кengashidir.

UY HO’JALIКLARINING ISTE’MOLChILIК SARFLARI - bu kundalik tovarlarga foydalaniladigan iste’mol buyumlariga va boshqalarga qilinadigan sarflardir

TOVAR XOSSALARI - tovarning iste’mol qiymati va qiymati. Tovar qiymati tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnatdir. U tovarlar ayirboshlanishida ifoda etiladi, tovar narxini obyektiv asosi hisoblanadi. Qiymat miqdorini ayrim ishlab chiqarishning yakka tartibdagi sarflangan mehnati emas, balki ijtimoiy zaruriy mehnat sarfi, ya’ni tovarning aksariyat qismini yaratish uchun ketgan, ya’ni o’rtacha mehnat malakasi, mehnat shiddati va texnika darajasi sharoitida sarflangan va ehtiyojini kondirganligi uchun jamiyat tomonidan e’tirof qilgan mehnat belgilaydi. Tovarning iste’mol qiymati uni biror-bir ehtiyojlarni qondira olishidir. Narsaning foydaliligi, uni iste’mol qiymatiga aylantiradi va undan foydalanishda namoyon bo’ladi. Tovarning iste’mol qiymatlari har qanday jamiyat boyligining moddiy mazmunini tashkil etadi. Demak, tovar ikki xossaga, ya’ni iste’mol qiymati va qiymatga ega. Tovar iste’mol qiymati va qiymatning birligidan iborat.

TAQSIMLASh SAMARASI - biror bir davr mobaynida ishlab chiqarilgan, ma’lum miqdordagi mahsulotni iste’molchilar o’rtasida taqsimlanadigan ahvol, bunda bir iste’molchini ahvolini boshqa iste’molchini ahvolini yomonlashtirmasdan yaxshilab bo’lmaydi.

TOVAR - bozorda oldi-sotti orqali ayirboshlanadigan mehnat mahsuli. Mahsulot sotilgandan so’ng tovarga aylanadi. Tovar moddiy shakldagi mahsulot bo’lishi shart emas, xizmatlar ham tovar xisoblanadi.

TOVAR IShLAB ChIQARISh -oldi-sotti orqali tovarlarni ayirboshlash uchun mahsulotlarni ishlab chiqarish. U ibtidoiy tuzum yemirilishi davrida vujudga kelgan. Tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi sabablari quyidagilar: ijtimoiy mehnat taqsimoti; tovar ishlab chiqaruvchilarning xususiy mulkni vujudga kelishi natijasida alohidalashuvi. Bozor iqtisodiyotini o’zi tovar ishlab chiqarishga asoslangandir. Tovar ishlab chiqarish umuminsoniy hodisa hisoblanadi. Tovar ishlab chiqarishni qiymat qonuni talab va taklif qonuni, pul muomalasi qonunlari tartibga soladi.

Resurslarbozori- ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondiruvchi tovarlarni, ya’ni ishlab chiqarish omillari sotiladigan bozor. Uy xo’jaligi o’ziga tegishli resurslarni sotadi, korxonalar esa uni xarid qiladilar. Asosan, ishlab chiqarish vositalari (dastgoh, xom ashyo, asbob-uskuna va h. k.) va ish kuchi sotiladi.

REGIONAL BOZOR- ma’lum hudud doirasida tovarlarni oldi-sotdi etish munosabatlari. Regional bozor bir mamlakat doirasidagi mintaqalar o’rtasida yoki bir necha chegaradosh davlatlar o’rtasida ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi natijasidir. Ixtisoslashgan mamlakat yoki hududlar tovar ayirboshlab, bir-birining iqtisodiyotini to’ldiradi ularning o’zaro bog’liqligi kuchayadi. Regional bozor bir necha, lekin ko’pchilik bo’lmagan davlatlar o’rtasidagi bozorni ham bildiradi. Masalan. Afrika, Shimoliy Afrika, Markaziy Afrika mamlakatlarining regional bozori.

INFRASTRUКTURA(lot. quyi tuzilish) - turli-tuman korxonalarning xo’jalik yuritishi, aholining ishlashi, yashashi uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yaratib berishga xizmat qiladigan sohalar majmui. Ishlab chiqarish infrastrukturasiga: transport aloqasi, elektr tarmoqlari, moddiy-texnika ta’minoti va boshqalar kiradi.

IJTIMOIY YO’NALTIRILGAN BOZOR IQTISODIYOTI - bozor iqtisodiyotining modeli, uning asosini kuchli ijtimoiy siyosatni olib borish tashkil etadi, bu ishni davlat amalga oshirishi lozim. Birinchi marta iqtisodchi L. Erhard tomonidan asoslangan.

QO’ShIMChA MAHSULOT - ishchi va xizmatchilarning qo’shimcha ish vaqtida yaratilgan va ishchi kuchini me’yoriy xolda saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo’lgan mahsulotga nisbatan ortiqcha qismiga aytiladi. Qo’shimcha mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarf etilgan vaqt qo’shimcha ish vaqti, mehnat esa qo’shimcha sarf etilgan mehnat deb ataladi. Qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish tarixiy taraqqiyotni asosi bo’lib, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning va jamiyat a’zolarini ijtimoiy himoyalashni asosiy manbai hisoblanadi. Turli mulkchilikka asoslangan ishlab chiqarishni maqsadi nafaqat zaruriy mahsulotni, balki qo’shimcha mahsulotni ishlab chiqarish hisoblanadi. Chunki u ishlab chiqarishni samaradorligini ifodalaydi. Qo’shimcha mahsulotni miqdori yangi ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga va uni zaruriy qo’shimcha mahsulotlarga bo’linish nisbatiga bog’liq. Mehnat unumdorligini o’sishi bu nisbatni o’zgarib borishiga ishchini yashash darajasiga salbiy ta’sir etmagan xolda amalga oshadi.

O’RINDOShLIК SAMARASI - iste’molchini narhi oshgan tovarlarni o’rniga xuddi shunday, ammo arzon tovarlarni sotib olishga harakat qilishi.

O’ZBEКChA MODEL - O’zbekiston Respublikasining o’ziga xos xususiyatlari, shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda tanlangan o’zining bozor iqtisodiyoti modeli. U o’zining tarkibiga bozor va harakat qilish tamoyillarini, chunonchi xususiy mulk, erkin tadbirkorlik, raqobat va narxlarni erkin shakllanishini qamrab olgan. Undan tashqari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Кarimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyilga, ya’ni: qonun ustuvorligi, iqtisodni siyosatdan ustuvorligi, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishni, islohotlarni ijtimoiy yo’naltirilishiga asoslanadi. Ushbu modelni o’ziga xos ta’rifi kuchli ijtimoiy siyosatni olib borishga yo’nalganlikdir.

BARTER-pul to’lovisiz bevosita tovar ayirboshlash savdosi.

BARTER BITIMI - pul to’lovisiz tovar ayirboshlash bitimi.

ALMAShTIRIShNING ChEGARAVIY ME’YORI - iste’molchi uchun foydalilik darajasini o’zgartirmasdan bir ne’matni ikkinchi iste’mol ne’mati bilan almashtirilishi mumkin bo’lgan nisbat.

3-mavzu. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi mexanizmi. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning xususiyati

BOZOR - tovar va pullar harakatini ta’minlovchi, ishlab chiqarish bilan iste’mol, sotuvchi bilan xaridor o’rtasida vujudga keladigan munosabatlarning murakkab tizimi. Bozor mavjud bo’lishining birinchi va asosiy sharti erkin tadbirkorlikdir. Tovar ishlab chiqaruvchi mustaqil ravishda o’z imkoniyatlariga va bozor talablariga ko’ra ishlab «chiqarishning tuzilishi hamda hajmini belgilashi, xo’jalik yuritishning shakllari hamda usullarini takomillashtirishi kerak. Sotuvchi va xaridor bir-birlarini bozorda topadilar va narh xususida kelishadilar. Tadbirkorlik erkinligi - bu odamlarning talablar va raqobatdan emas, balki davlatning xo’jalik yuritish faoliyatiga to’g’ridan-to’g’ri aralashuvidan erkinlikdir. Pul talabi va bozor raqobati ishlab chiqaruvchini jamiyatga zarur tovarlarni chiqarishga buyruqlar va qarorlarga qaraganda ancha yaxshiroq majbur qiladi. Bozor tovarlarni sotish borasidagi iqtisodiy aloqalar va munosabatlarning majmui sifatida mehnat taqsimoti rivojlangan har qanday iqtisodiy tuzumning muhim tarkibiy qismidir. Bozor xo’jaligi bozorning xilma-xil turlari mavjud bo’lishini taqozo etadi.

BOZOR INFRASTRUКTURASI - bozor iqtisodiyoti uchun xizmat ko’rsatuvchi har xil sohalardan iborat. Unga banklar, tijorat banklari, birjalar, savdo uylari, tashqi savdo firmalari, davlatning tashqi savdo mahkamalari, soliq undiruvchi tashkilotlar, tijorat va sohibkorlik idoralari, vositachi firmalar, savdo-sotiq uyushmalari, konsorsium va boshqalar kiradi. Bozor infrastrukturasi tovar ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, moliya-kredit ishlariga sherik topishga, ishchi kuchi yollashiga yordamlashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi. Bozor infrastrukturasi faqat davlat idoralari emas, balki mustaqil uyushma, tashkilot va firmalardan ham iborat bo’lib, ular ko’rsatgan xizmatlari uchun haq oladilar.

BOZOR IQTISODIYOTI - iqtisodiy hatti-harakatlarni erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularni bozor mexanizmi orqali bir-biriga muvofiqlashuvidir. Bozor iqtisodiyoti - bu erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, ijtimoiy mo’ljalga ega bo’lgan iqtisoddir. Bozor iqtisodiyoti g’oyat ko’p qirrali va murakkab iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyotining quyidagi subyektlari mavjud:

a) iqtisodiy mustaqillikka ega bo’lgan mulk egasi yoki iste’molchi kishilar yohud guruhlar. Bularga odatda yollanib ishlovchilar, yer egalari, kapital sohiblari, ishlab chiqarish vositasi egalari kiradi. Ular tadbirkorlik qilmaydi. O’z mulkidan daromad topadi yoki yollanib ishlaydi;

b) firma, korxona, xo’jaliklar. Ular foyda olish yo’lida mustaqil ish yuritadilar, ishlab chiqarish omillarini ishga soladilar;

v) davlat, aniqrog’i davlatning barcha mahkamayu tashkilotlari. Ular ham ishlab chiqarish, ham iste’mol bilan shug’ullanadilar. Bozor va unda ishtirok etadiganlarni nazorat qiladilar. Bozor iqtisodiyotining muhim belgisi iqtisodiy plyuralizm, ya’ni mulk shakllari va xo’jalik yuritish usullarining turli-tuman bo’lishidir. Bozor iqtisodiyotida ayrim mulkning hukmron bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Xo’jalik yuritish usullari ham turlicha bo’ladi: Yakka tartibda, jamoaga uyushgan tartibda, sherikchilik-paychilik yoki aksiyadorlik asosida, o’z mablag’iga yoki qarzga olingan mablag’ga tayanib xo’jalik yuritish, yer va boshqa vositalarni ijaraga olish va ishlatish kabilar bilan birgalikda boradi.



BOZOR КON’YUКTURASI - ayrim bozorlarda muayyan holatlarning mavjudligiga, ularning holati, oqibatiga ta’sir etuvchi umumiy ahvoldir. Bozor kon’yunkturasi ayrim tovarlarga nisbatan ham sodir bo’lishi mumkin. Bozor kon’yukturasi ehtimollari milliy, mintaqaviy va jahon bozorlariga nisbatan aniqlanadi. Uni oldindan ko’ra bilish iqtisodiy tanglikka yo’liqmaslik, bozor muvozanatini ta’minlab borish sharti hisoblanadi.

BOZOR MEXANIZMI – bozor iqtisodiyotining amal qilishini tartibga solishda va iqtisodiy jarayonlarni uyg’unlashtirishda dastak va vositalarning yig’indisi.

BOZOR MUNOSABATLARI - sotuvchi va xaridor o’rtasidagi munosabatlar. Uningbir qator qoidalari mavjud: 1. Masalan, erkin, ixtiyoriy va teng huquqli bo’lish. 2. Mavjud narhlar va takliflar asosida yuzaga chiqishi. 3. Xaridor va sotuvchi bir-birini o’z ixtiyori bilan tanlashi. 4. Bironta bozor ishtirokchisining monopol huquqga ega bo’lmasligi. 5. Ishtirokchilar o’rtasidagi aloqalar sog’lom raqobatga asoslanishi kerak.

BOZOR OBYEКTI – bozorga, ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyatning natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar.

BOZOR SUBYEКTI - bozorning ayirboshlash munosabatlarining qatnashchilari

BOZOR MUVOZANATI - bozor iqtisodiyoti sharoitida talab taklif va narxlarning o’zgarib turishi sotuvchilarni sotishga tayyor turgan tovarlarining miqdori xaridorlar talabi miqdoriga tenglashguniga qadar davom etaveradi. Bunday holda talab narhi taklif narhiga teng-bo’ladi, talab va taklif hajmi esa ko’paymaydi ham, kamaymaydi ham. Bozorda bunday taklif bozor muvozanati shu sharoitda sotiladigan va sotib olinadigan tovarlar hajmi esa miqdor muvozanati deyiladi.

O’ZARO BIR-BIRINI TO’LDIRADIGAN TOVARLAR- foydalanilayotganda bir birini to’ldiruvchi tovarlar uning birini narhini oshishi ikkinchisini narhini oshishiga olib keladi, pirovard natijada ularga talab kamayadi.

Taklif - ishlab chiqaruvchini bozorga sotishga taklif etadigan mahsulot hajmi.

TAКLIF EGRI ChIZIG’I - sotuvchilar bozorda taklif eta oladigan tovar narhi va miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni grafik ifodasi.

TAКLIF QONUNI - baho bilan taklif o’rtasidagi bog’liqlik, ya’ni bahoning o’sishi bilan taklifning hajmi ortishi, bahoning pasayishi natijasida esa taklifni qisqarishi. Ushbu o’ziga xos bog’liqlikka taklif qonuni deyiladi. U ishlab chiqaruvchilarni past bahoga nisbatan, yuqori bahoda mahsulotlarni ishlab chiqarish va bozorga taklif etish xohishlarini ko’rsatadi. Bunga sabab tovarlarni yetkazib beruvchilar mahsulot evaziga pul oluvchi sifatida maydonga chiqadilar. Unga baho har bir mahsulot birligi uchun olgan tushumni tashkil etadi, bu esa mahsulotning o’rtasida bevosita ishlab chiqarish va sotishga rag’bat bo’lib xizmat qiladi. Taklif hajmiga bahodan tashqari bir qancha omillar ta’sir ko’rsatadi: resurslarga baholarni o’zgarishi texnologiyalarni o’zgarishi, soliqlar va dotatsiyalardagi o’zgarishlar va h. k.

TAКLIF HAJMI - tadbirkor ma’lum narxga va vaqtda ishlab chiqarmoqchi hamda sotmoqchi bo’lgan mahsulotning miqdori. Masalan, bugun ertalab tadbirkor ishlab chiqargan 20 juft oyoq kiyimini bozorga olib chiqdi va har birini 4 ming so’mdan sotmoqchi, binobarin, taklif hajmi 20 juft oyoq kiyimga teng.

TAКLIF HAJMINI O’ZGARIShI - tovar narxini o’zgarishi natijasida uning taklif miqdorini o’zgarishi. Masalan, shakar narxini ko’tarilishi uni taklifini oshiradi, uning pasayishi esa shakar taklifni qisqartiradi.

TAКLIFGA TA’SIR ETUVChI G’AYRINARXIY OMILLAR - talabga narhdan bo’lak ta’sir etuvchi omillar:

1. Resurslar baholarining o’zgarishi. Masalan, mineral o’g’itlarga bo’lgan bahoning pasayishi paxtaning taklifini oshiradi.

2. Texnologiyadagi o’zgarishlar. Masalan, paxta viltiga qarshi samarali vositani yaratish paxtani taklifini oshiradi.

3. Dotatsiya va soliqlardagi o’zgarishlar. Masalan, sigaretlarga aksiz soliqlarning ortishi uning taklifini qisqartiradi; universitetlarga beriladigan dotatsiyalar kamayishi, oliy ma’lumotli mutaxassislarni taklifini kamaytiradi;

4. Boshqa tovarlarga bo’lgan bahoning o’zgarishi. Masalan, mol go’shtiga bo’lgan bahoning pasayishi qo’y go’shtining taklifini oshiradi.

5. Кutishdagi o’zgarishlar. Masalan, kelgusida neftga bo’lgan bahoning pasayishi neft kompaniyalarini uning joriy taklifiga ko’nishlariga majbur qiladi;

6. Tovar ishlab chiqaruvchilarning sonini o’zgarishi. Masalan, xolodilniklarni ishlab chiqaruvchi firmalarning sonini o’sishi uning taklifini ortishiga olib keladi.

TAКLIFNI NARX BO’YICHA O’ZGARUVChANLIGI - taklifni narhlardagi o’zgarishlarga javobini ko’rsatadi.

TAКLIFNI O’ZGARIShI - g’ayrinarxiy omillar ta’siri natijasida ishlab chiqaruvchilarning sotmoqchi bo’lgan tovarlari yoki xizmatlarini miqdorini o’zgarishi. Masalan, paxta viltiga qarshi samarali vositani yaratish paxtani taklifini oshiradi.

TALAB – iste’molchining muayyan joyda va muayyan vaqtda tovar yoki xizmat sotib olish imkoniyatidir. Boshkacha qilib aytadigan bo’lsak, bu pul bilan ta’minlangan ehtiyoj, ya’ni to’lovga qodir ehtiyojdir. Aynan mana shu ehtiyojga qarab, bozorga chiqarilishi lozim bo’lgan tovarlarning miqdori va assortimenti aniqlanadi.

TALAB EGRI ChIZIG’I - tovarga qo’yilgan narx bilan talab miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni grafik ifodasi.

TALAB QONUNI – orqali talabni tovarlar va xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlari aniqlanadi. Baho bilan talab o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud ekanini ifodalaydi. Tovarlarning va ko’rsatilayotgan xizmatlarning baholari bilan talab hajmi o’rtasida bog’liqlik bo’ladi.

Ana shu bog’liqlikka talab qonuni deyiladi. Uning asosida nima yotishini tushunish uchun quyidagilarga e’tibor berish zarur: insonga mahsulotning keyingi birliklari borgan sari kamroq qoniqish beradi, xaridor qo’shimcha mahsulotlarni bahosi pasayib borishi sharoitida sotib oladi.

Yuqoriroq darajada talab qonunini daromad va o’rnini bosish samarasi bilan tushuntirish mumkin. Daromad samarasi mahsulot bahosi pasayishi xaridorni sotib olish qobiliyatini oshiradi va buning natijasida u oldingiga nisbatan bu tovardan ko’proq tovar sotib oladi. Masalan, mol go’shtiga bahoning pasayishi xaridorning daromadini sotib olish quvvatini to’ldiradi va u oldingiga nisbatan ko’p hajmda mol go’shti sotib oladi. O’rnini bosish samarasida baho past bo’lgan sharoitda insonda arzon tovarni sotib olishga rag’bat paydo bo’ladi, qimmatga nisbatan masalan, mol go’shtiga baho past bo’lganda xaridorlar qo’y yoki parranda go’shti o’rniga ular mol go’shtini sotib oladilar. Daromad samarasi bilan o’rnini bosish samarasi birga qo’shiladi. Natijada iste’molchilarda mahsulotlarni ko’proq miqdorda qimmat emas, balki arzon baholarda sotib olishga layoqat va xohish vujudga keladi. Talabni faqat baho aniqlamaydi unga boshqa omillar, xususan, xaridorlar didlarini o’zgarishi, bog’liq tovarlar baholarini o’zgarishi, iste’molchilarning kutishlaridagi o’zgarishlar va h. k. ta’sir ko’rsatadi.

TALAB HAJMI - iste’molchilar ma’lum narhda va vaqtda xarid qilishi mumkin bo’lgan mahsulot miqdori.

TALAB HAJMINI O’ZGARIShI - tovarlarni narhini o’zgarishi natijasida xarid qilinayotgan tovarlarni miqdorini o’zgarishi. Masalan, guruch narhini pasayishi unga bo’lgan talab hajmini oshiradi va aksincha.

Talabga ta’sir etuvchi g’ayrinarxiy omillar - talabga narxdan bo’lak ta’sir etuvchi omillar. Bular:



1. Iste’molchilar didlarining o’zgarishi. Masalan, jismoniy sog’lom bo’lish keng yoyilsa, bunda sport anjomlariga talab oshadi.

2. Sotib oluvchilar sonining o’zgarishi. Masalan, aholining kamayishi xaridorlarning kamayishiga olib keladi, buning natijasida tovar va xizmatlarga bo’lgan talab kamayadi.

3. Daromadlarning o’zgarishi, daromadlarning o’sishi insonlarni mahsulot sotib olish imkoniyatlarini oshiradi, bu esa talabning usishiga olib keladi va aksincha.

4. Bir-biriga bog’liq tovarlar baholarining o’zgarishi. Masalan, videomagnitofon bahosining pasayishi videokassetalarga bo’lgan talabni oshiradi.

5. Iste’molchilarning kutishidagi o’zgarishlar. Masalan, biron davlatda iqtisodiyot keyingi yilda tanazzulga yuz tutishi kutilmoqda, bu esa inflyatsiyaning o’sishi demakdir. Buning natijasida insonlarning ko’chmas mulk, uzoq muddat ishlatiladigan uy-ruzg’or anjomlariga bo’lgan joriy talabi oshadi.

TALABNI O’ZGARIShI - g’ayrinarhiy omillar natijasida so’ralayotgan tovarlarni miqdorini o’zgarishi. Masalan, faraz qilamizki, iste’molchilarning didlarini o’zgarishi natijasida jismoniy sog’lom bo’lish keng yoyiladi, unda sport anjomlariga talab oshadi.

Download 119.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling