Iqtisodiy tizimlar tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi (1-reja)


Download 22.79 Kb.
bet1/4
Sana20.10.2023
Hajmi22.79 Kb.
#1711686
  1   2   3   4
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi


Iqtisodiy tizimlar tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi
(1-reja)
Iqtisodiy aloqalar, jarayonlar misoli zanjir bo‘lsa, har bir xo‘jalik yuritish sub‘ekti ana shu zanjirning xalqasi tarzida namoyon bo‘ladi. Bu aloqalar, munosabatlar xo‘jalik faoliyati yuritayotgan kishilar o‘rtasida yuz beradi. Shuning uchun ham odatda ularni ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar deb yuritiladi.

Hozirgi dunyo turli-tuman iqtisodiy tizimlar mavjudligi bilan tavsiflanadi. Ular muayyan tarixiy davrlarda vujudga keladi, rivojlanadi, biri ikkinchisi bilan almashinadi. Iqtisodiy tizim jamiyatdagi turli xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar o‘rtasida iqtisodiy munosabatlar, aloqalar, jarayonlarni bir butun holda, muayyan tarzda tarkib topishi va tartibga solinishini ifodalaydi.



Iqtisodiy tizim – bu zamon va makonda amal qilinadigan iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo’jalik yuritish mehanizmi va iqtisodiy muassasalarning o’zaro uzviy bog’liqlik asosida tarkib topgan yaxlit tuzilmasidir.
Iqtisodiy munosabatlarning ikki turini ajratib ko‘rsatish mumkin:

  1. Tashkiliy iqtisodiy munosabatlar – ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish orqali vujudga keladi. U ijtimoiy – iqtisodiy shaklidan qat‘iy nazar ishlab chiqarishning holatini ifodalaydi. Bunga mehnat taqsimoti, uning ixtisoslashishi va kooperatsiyasi, ishlab chiqarishning to‘planishi va uyg‘unlashtirilishi natijasida vujudga keladigan munosabatlarni kiritish mumkin.


2. Ijtimoiy–iqtisodiy munosabatlar – hayotiy ne‘mat va vositalarni ishlab
chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste‘mol qilish jarayonida vujudga keladi.
Xo‘jalik yuritish shakllari iqtisodiy faoliyatni har xil darajada turlicha tashkil qilinishidir.

Iqtisodiy tizimning tarkibiy qismlari:

  1. Ishlab chiqaruvchi kuchlar.

  2. Iqtisodiy munosabatlar.

  3. Texnologiya va ishlab chiqarishning tabiiy shart-sharoitlari.

  4. Xo’jalik yuritish mexanzimlari

  5. Iqtisodiy siyosat.



Download 22.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling