Ishlab chiqaruvchi kuchlar – ishlab chiqarish vositalari va ularni harakatga kelturuvchi kishilar birligidan iborat.
Kishilar uchun zarur bo’lgan hayotiy ne’matlarni takror ishlab-chiqarish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy aloqa va munosabatlar, iqtisodiy munosabatlar deyiladi.
Iqtisodiy siyosat – bu davlatning iqtisodiyot, iqtisodiy munosabatlar va takror ishlab-chiqarish jarayonlariga ta’sir ko’rsatishga qaratilgan chora tadbirlari.
Iqtisodiy tizimlar turkumlanishiga turlicha yondashuvlar. Iqtisodiy tizim modellari.
(2-reja)
Iqtisodiy jarayonlarni boshqarish mexanizmi hamda mulkchilikning ustuvor shakllariga ko’ra iqtisodiy tizimning bir qator modellari ajratiladi.
Buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot:
Davlat mulki ustuvorlikka ega;
Iqtisodiy jarayonlar bir markazdan turib boshqariladi va uyg’unlashtiriladi;
Bozor iqtisodiyoti:
Xususiy mulk ustuvorlikka ega;
Iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi orqali tartibga solinadi;
Aralash iqtisodiyot:
Mulkchilikning turli-tuman shakllari mavjud bo’ladi;
Iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi bilan birga davlat tomonidan ham tartibga solinadi;
An’anaviy iqtisodiyot:
Mulkchilik munbosabatlarida merosxo’rlik va sulolalarning mavqei hukmronlik qiladi;
Iqtisodiy jarayonlar urf-odatlar, udumlar, an’analar, ijtimoiy va diniy qoidalar yordamida tartibga solinadi;
Natural mayda tovar xo’jaligi, xo’jalik yuritishning ustuvor shakli hisoblanadi;
MULKCHILIK MUNOSABATLARI
(3-reja)
Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi. Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o'zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va o‘zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |