Mulk subyektlari – bu mulkiy munosabatlarning ishtirkochlilari, ya’ni mulk obyekti va ishlab chiqarish natijalarini o’zlashtirishda qatnashuvchilardir.
Bular:
Davlat (turli darajadagi hukumat va boshqaruv organlari);
Korxonalar, xo’jalik birlashma (uushma)lari, jamoat va boshqa tashkilotlar;
Alohida kishilar va oilalar;
Chet elliklar (xorijiy fuqaro, tashkilot va davlatlar);
Mulkchilik shakllarining tasniflanishi
Davlat mulki – bunda mulkka egalik qilish va uni tasarruf etish davlat ixtiyorida bo’ladi. Davlat mulkidan foydalanish huquqi ko’pincha xo’jalik yurituvchi subyektlarga beriladi.
Respublika mulki – bular yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo’shlig’i, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika hukumati va boshqaruv tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag’lari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari.
Ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulki – bular davlat hokimiyati mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablag’lari, munitsipial uy-jpy fondi va kommunal xo’jaligi korxonalari hamda boshqa mulkiy majmualar, xalq ta’limi, madaniyat, sog’liqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki.
Davlat mulki quyidagi yo’llar bilan hosil bo’ladi:
Boshqa mulklarni milliylashtirib, davlat qo’liga olish;
Davlat mablag’lari hisobidan korxonalar va boshqa obyektlar qurish;
Davlat korxona va tashkilotlarida investitsiyalarni amalga oshirish;
Jamoa mulki – bunda ishlab chiqarish vostalari va uning natijalarini o’zlashtirish jamoa-guruh xarakteriga ega bo’ladi.
Jamoa mulki turlari:
Xususiy mulk – ayrim tadbirkorlarga qarashli, yollanma mehnatga asoslangan va o’z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. Bunda mulkka egalik qilish va uni tasarruf etish huquqi xususiy shaxslarga tegishli bo’ladi.
Aralash mulk – turli mulk obyektlari va uning natijalarini turli mulkdorlar tomonidan o’zlashtirishni bildiradi. (Aralash mulk subyektlari sifatida qo’shma korxonalar, xorijiy tashkilotlar, xorijiy tashkilotlar va xorijiy davlatlar chiqadi.
O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari
(4-reja)
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish – mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk xisobidan boshqa nodavlat mulk sakllarining vujudga keltirishni ham anglatadi.
Xususiylashtirish – bu davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan alohida shaxslarga o’tishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |