Iqtisodiy taraqqiyotda pulning ro’LI


Bank kreditlari va foizlari


Download 109.07 Kb.
bet5/6
Sana09.06.2023
Hajmi109.07 Kb.
#1474763
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu iqtisodiy taraqqiyotda pulning ro\'li

Bank kreditlari va foizlari
Jamiyatdagi pul rusurslari harakatining notekisligitufayli paydo bo`ladigan pul jamg`armalarining tarmoqlar va korxonalar o`rtasidaqayta taqsimlashda bank kreditlari muhim rol o`ynaydi. Vaqtincha bo`sh bo`lganpul mablag`larini jamg`arish, ularni qarz (ssuda) kapitaliga aylantirish,belgilangan muddatlarda qaytarish va ulardan foydalanganlik uchun foizlarundirish bozor qoidalari asosida amalga oshiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank kreditlari quyidagi 4 xil vazifani bajaradi.
Birinchisi - pulga tenglashtirilgan to`lov vositalari (veksel, chek, sertifikat, va h.k.)ni yuzaga chiqarib, ularni xo`jalik oborotiga jalb qiladi.
Ikkinchisi - bo`sh pul mablag`larini harakatdagi, ishdagi kapitalga aylantirib, “pulni pul topadi” degan qoidani amalga oshiradi.
Uchinchisi - qarz berish orqali pul mablag`larini turli tarmoqlar o`rtasida qayta taqsimlash orqali ishlab chiqarish rusurslarining ko`chib turishini ta`minlaydi.
To`rtinchisi - qarz berish, qarzni undirish vositalari orqali iqtisodiy rivojlanishni ta`minlaydi.
Kredit mexanizmi orqali mablag`lar yuqori foyda beradigan tarmoqlar (korxonalar)ga yoki umumdavlat dasturlarida belgilab berilgan maqsadlarga yo`naltiriladi.
Bank krediti mamlakatda pul massasi hajmi va tarkibiga, to`lov oborotiga, pul muomalasining tezligiga juda katta ta`sir ko`rsatadi. Banklar veksellar, obligatsiyalar, sertifikatlar va boshqa muddatli majburiyatli qimmatli qog`ozlar chiqarish orqali kredit pullarini vujudga keltiradi va kredit mablag`lari bozorini shakllantiradi.
Bank krediti bozori davlat tomonidan tartibga solinadi. Kreditlash tartib-qoidalarini o`z vakolati doirasida Markaziy bank belgilaydi. Muayyan tarmoq va sohalarning rivojlanishini rag`batlantirish maqsadlarida qarz oluvchilarning turli guruhlariga davlat kafolatlari va imtiyozlari joriy etiladi. Kreditlash mamlakat eksport salohiyatini yuksaltirish, uy-joy qurilishi, kapital qo`yilmalarni rag`batlantirish, hududlarni jadal rivojlantirish maqsadlarida foydalaniladi.
Tijorat banklarining kreditlari davlat hokimiyat organlariga, xo`jalik yuritish sub`ektlariga va aholiga berilishi mumkin.
Muddatlilik va berilishini tabaqalashganligi bank kreditining muhim tamoyillari hisoblanadi.
Muddatlilik qarzga berilgan mablag`ning qat`iy belgilangan muddatda qaytarilishini bildiradi. Muddatida qaytarilmagan kredit pul muomalasiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Chunki u muomalada tovar ta`minotiga ega bo`lmagan pul mavjudligini bildiradi. Kreditga berilgan pul mablag`i bankka qaytib kelmasligi tufayli shu kredit resurslaridan boshqa xo`jalik yuritish sub`ektlari mahrum etiladilar. Tijorat bankining likvidligi yomonlashadi. Bulardan tashqari qarzdorning o`zi ham bankdan yangi kreditlar olish imkoniyatidan mahrum bo`ladi va kechiktirilgan kredit uchun oshirilgan foizlar to`lashga majbur bo`ladi.
Kreditlashni tabaqalashda tijorat banki kredit berishda mijozlarning moliyaviy ahvoli, balansi, likvidligi, o`z mablag`lariga ega ekanligi, hozirda va kelajakda rentabellik darajasi va kreditdan samarali foydalanish hamda uni qaytarish imkoniyatlarini xarakterlovchi boshqa sifatlarini e`tiborga olishi lozim. Bank kredit berishda har bir mijozga alohida yondashadi.
Kredit berilish muddatiga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:
-qisqa muddatli kreditlar (muddati bir yilgacha);
-o`rta muddatli kreditlar (muddati bir yildan uch yilgacha);
-uzoq muddatli kreditlar (muddati uch yil va undan ortiq).
Xalqaro kreditlar berilish muddatiga ko`ra bir muncha farq qiladi. Bunda bir yildan besh yilgacha muddatga berilgan kreditlar o`rta muddatli, besh yil va undan ortiq muddatga berilgan kreditlar esa uzoq muddatli kreditlar hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar uchun eng asosiy muammolardan biri berilgan ssudalarni o`z vaqtida qaytarilmasligidir. Ushbu muammoni qisman hal etish, ya`ni mijoz tomonidan kreditni qaytara olmaslik xavfini kamaytirish yo`llaridan biri mijoz mulkining ma`lum qismini berilgan ssuda uchun garov sifatida qabul qilishdir. Masalan, er, qimmatbaho qog`ozlar, debitor qarzdorlik yig`indilari, tegishli xujjatlar bilan birga taqdim etilgan tovarlar va boshqalar shunday garov sifatida qo`yilishi mumkin. Ayniqsa, er garov uchun muhim ob`ekt hisoblanadi, chunki u hech qachon o`z qiymatini yo`qotmaydi.
Qimmatbaho qog`ozlar banklar uchun ma`qulroq ta`minlash vositasi hisoblanadi. Chunki qimmatbaho qog`ozlarni bozorda osongina sotish, mulk egasini tezda o`zgartirish mumkin. Ularni bankda saqlash ortiqcha xarajatlar talab qilmaydi. Shular bilan bir qatorda ularni sotish va sotib olishda ortiqcha rasmiyatchilikning yo`qligi qimmatbaho qog`ozlarni garov ob`ekti sifatida ahamiyatini oshiradi.
Debitor qarzdorlik yig`indisi deganda, ochiq schyotlar bo`yicha hisob-kitoblardagi qarzdorlik yig`indisi tushuniladi. Bu pul bankning mijozi jo`natgan tovarlari uchun xaridorlardan o lishi lozim bo`lgan puldir. Bu turdagi ta`minlash ob`ekti jahon amaliyotida keng qo`llaniladi.
Xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar ko`pchilik davlatlarda, xususan respublikamizda kreditning keng qo`llaniladigan ta`minlanish ob`ekti bo`lib xizmat qiladi.
Sug`urta qilinuvchi sug`urta kompaniyasiga badal to`lab boradi. Sug`urta muddati tugashi bilan to`langan badallar yig`indisi uni to`lagan shaxsga qaytariladi. Bank sug`urta polisini ham yig`ilgan badallar yig`indisi miqdorida garov sifatida qabul qiladi.
Kreditni berishda quyidagi tartiblarga rioya qilinadi:
-kredit olish uchun berilgan arizani ko`rib chiqish va bo`lg`usi mijoz bilan yaqindan tanishish;
-mijozning kreditni to`lashga layoqatligini aniqlash va ssuda bo`yicha xavf-xatarni baholash;
-kredit shartnomasini tayyorlash va imzolash;
-shartnomada belgilangan shartlarning bajarilishi va kreditning qoplanishi ustidan nazorat olib borish.
Mijoz bankdan kredit (qarz) olish uchun dastlab ariza yozadi. Uning arizasida qarz olishdan ko`zlangan maqsad, uning miqdori va qaytarish muddatlari o`z aksini topadi. Ariza bankning kredit siyosatiga mos tushsa, u holda bank mijozning kreditga layoqatligini aniqlashga kirishadi.
Bank mijozning kreditga layoqatligini aniqlash uchun quyidagi ma`lumotlardan foydalanadi:
-mijozning bevosita o`zidan olingan ma`lumotlar;
-bankning arxivida ushbu mijoz to`g`risida mavjud bo`lgan ma`lumotlar;
-mijoz bilan shartnomaviy aloqada bo`lgan huquqiy va jismoniy shaxslardan olingan ma`lumotlar;
-turli xususiy va davlat muassasalarining hisobotlari va boshqa ma`lumotlar.
Bankning kredit bo`limi xodimlari bankdagi arxiv materiallari bilan tanishadilar. Agar ariza beruvchi oldin ham bank kreditidan foydalangan bo`lsa, unda albatta arxivda bu haqda ma`lumotlar bo`ladi.
Mijoz to`g`risida muhim ma`lumotlarni boshqa moliyaviy muassasalardan ham olish mumkin. Masalan, investitsiya kompaniyalari mijoz depozitlarining miqdori to`g`risida, to`lanmagan majburiyatlari to`g`risida va boshqa ma`lumotlarni berishi mumkin.
Mijoz kreditga layoqatli deb topilganda, bank u bilan kredit shartnomasini tuzadi.
Kreditning asosiy sharti, bu - qarz uchun haq to`lash. Bu haq qarz summasiga nisbatan foiz hisobida olinganidan uni qarz foizi yoki kreditning foiz stavkasi deb yuritiladi. Bu stavka kredit (qarz) oluvchining ma`lum ehtiyojini qondirgani uchun to`lashi shart bo`lgan haqdir. Qarz puli kapital sifatida, odatdagi to`lov yoki xarid vositasi sifatida ishlatiladi.
Mana shuning uchun ham qarzdor shaxs pul egasiga foiz stavkasini to`laydi.
Kreditning foiz stavkasi mamlakatning ssuda kapitallari bozorida aniqlanadi. Xalqaro kreditning foiz stavkasi esa jahon ssuda kapitallari bozorida aniqlanadi. Bu bozorlarning asosiy qismi London, Tokio, Nьyu-York, Frankfurt, Parij, Bryusselь shaharlarida joylashgan.
Foiz darajasi (yoki stavkasi) unga ta`sir etuvchi omillar tufayli o`zgarib turadi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
1. Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati, ya`ni bozorda qancha miqdorda qarz puliga talab bor va unga nisbatan qancha miqdorda qarzga beriladigan pul mavjud. Talab oshsa, foiz ortadi, taklif oshsa, u kamayadi.
1.2. Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan kutiladigan naf, aniqrog`i, shu pulning iste`mol qiymati. Qarz puli tadbirkor uchun ko`p foyda keltirsa yoki iste`molchi ehtiyojini to`laroq qondirsa, foiz yuqoriroq bo`ladi, aks holda u kamayib ketadi. Bunda pulni hozir ishlatishdan va kelajakda ishlatishdan nafi taqqoslanadi. Agar hozir pulni 10% hisobidan qarz olib, kelajakda undan 25% hisobidan foyda ko`rilsa, qarz oluvchiga shu foiz ma`qul bo`ladi.
1.3. Qarzni to`lash muddati va sharti. Agar qarz uzoq muddatga berilib, uni sekin-asta kichik-kichik qismlarga bo`lib, bemalol qaytarish mumkin bo`lsa, qarzdor yuqori foizga rozi bo`ladi. Agar qarz qisqa vaqtga berilsa va uni bir yo`la to`lash sharti bo`lsa, qarz oluvchi pastroq foizni ma`qul ko`radi. Gap shundaki, qarz qanchalik uzoq muddatga berilsa, uni ishlatib, shunchalik ko`proq daromad ko`rish mumkin va shu hisobdan foiz to`lash engil bo`ladi.
1.4. Qarzni qanday pul bilan berilishi. Agar qarz erkin almashtiriladigan valyutada berilsa, foiz yuqori belgilanadi, agar u oddiy valyutada berilsa, foiz nisbatan past o`rnatiladi. Erkin almashtiriladigan valyuta obro`-e`tiborli bo`lganidan uni ishlatish oson, undan tez daromad ko`rish va qarzni qaytarish mumkin.
1.5. Inflyatsiya darajasi. Inflyatsiya yuz bersa, qarzga berilgan pul egasi yutqazadi. Shu sababli foiz inflyatsiyani hisobga olib belgilanadi. Foiz inflyatsiya shiddatiga nisbatan to`g`ri mutanosiblikda o`zgaradi.
1.6. Pulni qarz berishdan ko`ra boshqa yo`sinda ishlatishdan tushadigan daromad. Bunda pul egasining afzal ko`rish tamoyili amal qiladi. Agar aktsiya dividenti ko`tarilsa, foiz pasayadi va aksincha. Agar aktsiyaga 15 foiz divident berilsa, foiz undan yuqori bo`lishi shart. Aks holda pul egasi uni qarzga bermay, aktsiya sotib olishni afzal ko`radi.
Qarz berishning xatar darajasi. Agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa, foiz past, agar bu xatarli bo`lib, qarz qaytishi shubhali bo`lsa, foiz yuqori bo`ladi. Odatda, moliyaviy baquvvat va nufuzli firmalar uchun past foiz tayinlanadi. Yuqori va past foizlar o`rtasidagi farq pul egalari uchun ma`lum darajada qarz xatarini kamaytiradi, chunki bir erda foizning kamligi boshqa erda uning ortiq bo`lishi bilan qoplanadi.
Kredit tashkilotlari pul va kapital bozorining faol ishtirokchilari bo`lib, bozor iqtisodiyotida muhim rol o`ynaydi. Ular o`z mijozlariga xizmat ko`rsatganliklari uchun foyda oladilar. Bank foydasi bank to`lagan foiz bilan u olgan foiz o`rtasidagi farqdan uning xarajatlarini chegirib tashlagandan so`ng qolgan summaga teng bo`ladi. Bank daromadining asosiy manbai foiz hioblanadi. Bank beradigan va oladigan foizlari o`rtasidagi farq marja deb yuritiladi. Banklar foiz siyosatini ishlab chiqadilar, foizni o`zgartirish orqali pul oqimiga ta`sir etadilar. Kredit siyosatini ishlab chiqishda Markaziy bank etakchilik qiladi.
Xulosa
Muddatlilik qarzga berilgan mablag`ning qat`iy belgilangan muddatda qaytarilishini bildiradi. Muddatida qaytarilmagan kredit pul muomalasiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Chunki u muomalada tovar ta`minotiga ega bo`lmagan pul mavjudligini bildiradi. Kreditga berilgan pul mablag`i bankka qaytib kelmasligi tufayli shu kredit resurslaridan boshqa xo`jalik yuritish sub`ektlari mahrum etiladilar. Tijorat bankining likvidligi yomonlashadi. Bulardan tashqari qarzdorning o`zi ham bankdan yangi kreditlar olish imkoniyatidan mahrum bo`ladi va kechiktirilgan kredit uchun oshirilgan foizlar to`lashga majbur bo`ladi.

Download 109.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling