Tayyorladi: Xolmo’minov Kamoliddin 8bh-2020 guruhi Reja: - 1. Iqtisodiyotning amal qilishida pulning tutgan o`rni 2.Kredit va uning turlari 3. Banklar va ularning iqtisodiyotni moliyalashtirishdagi roli 4. Bank kreditlari va foizlari
Iqtisodiyotning amal qilishida pulning tutgan o`rni - Insoniyat taraqqiyotining deyarli barcha bosqichlarida pul odamlarga iqtisodiy hayotni tashkil qilish vositasi bo`lib xizmat qilib kelgan va kelajakda ham shunday bo`lib qoladi. Har qanday jamiyatda ham ular pul topish uchun mehnat qiladilar va unga o`zlari uchun zarur bo`lgan moddiy va nomoddiy ne`matlar (tovarlar va xizmatlar) sotib oladilar. Xo`jalik aloqalari va bozor munosabatlarining rivojlana borgani sari pulning jamiyat hayotidagi roli ortib boradi. Tovar-pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining poydevorini tashkil qiladi. Shuning uchun ham pul muomalasini oqilona tashkil qilish va uning qadrsizlanishiga qarshi samarali chora-tadbirlarni amalga oshira berish davlat iqtisodiy siyosatida muhim o`rin tutadi. Pul ham aslida tovar bo`lib, u barcha tovarlarga xos bo`lgan xususiyatlarga ega. Shu bilan birga, uni boshqa tovarlardan ajratib turuvchi jihatlari ham mavjud.
Birinchidan, har qanday tovar, odatda, kishilarning biron-bir ehtiyojini qondiradi, pul esa maxsus tovar hisoblanadi, shu bois u boshqa tovarlarga to`g`ridan-to`g`ri ayirboshlanish xususiyatiga ega. Har qanday tovarga ayirboshlanish, ya`ni insonlarning tovarlarga bo`lgan barcha ehtiyojlarini qondira olish qobiliyati pulni jozibador tovarga aylantiradi. Ikkinchidan, oddiy tovar aniq mehnat (etikdo`z, novvoy, dehqon, olim mehnati) mahsuli hisoblanadi. Pul ham aniq mehnat mahsuli, lekin ana shu mehnat natijasi (mahsulot yoki xizmat)ning sotishdan olingan ekvivalentdir. Uning iste`mol qiymati kishilarning muayyan jismoniy yoki ma`naviy ehtiyojlarini qondira olishda emas, balki tovarlar ayirboshlashda ishonchli vosita bo`la olish qobiliyatidadir. Inson hayotidagi muammolar ichida eng asosiysi pul topishdir. Aynan shu muammoni echish insonning barcha boshqa muammolarining aksariyatini hal etish kaliti hisoblanadi. Shuning uchun ham, ya`ni bosh muammoni hal qilish maqsadida odamlar tovar ishlab chiqaradilar, turli xizmat ko`rsatish bilan band bo`ladilar, ular bilan bozorga chiqadilar va boshqalar bilan iqtisodiy (pul) munosabatlarga kirishadilar. - Birinchidan, har qanday tovar, odatda, kishilarning biron-bir ehtiyojini qondiradi, pul esa maxsus tovar hisoblanadi, shu bois u boshqa tovarlarga to`g`ridan-to`g`ri ayirboshlanish xususiyatiga ega. Har qanday tovarga ayirboshlanish, ya`ni insonlarning tovarlarga bo`lgan barcha ehtiyojlarini qondira olish qobiliyati pulni jozibador tovarga aylantiradi. Ikkinchidan, oddiy tovar aniq mehnat (etikdo`z, novvoy, dehqon, olim mehnati) mahsuli hisoblanadi. Pul ham aniq mehnat mahsuli, lekin ana shu mehnat natijasi (mahsulot yoki xizmat)ning sotishdan olingan ekvivalentdir. Uning iste`mol qiymati kishilarning muayyan jismoniy yoki ma`naviy ehtiyojlarini qondira olishda emas, balki tovarlar ayirboshlashda ishonchli vosita bo`la olish qobiliyatidadir. Inson hayotidagi muammolar ichida eng asosiysi pul topishdir. Aynan shu muammoni echish insonning barcha boshqa muammolarining aksariyatini hal etish kaliti hisoblanadi. Shuning uchun ham, ya`ni bosh muammoni hal qilish maqsadida odamlar tovar ishlab chiqaradilar, turli xizmat ko`rsatish bilan band bo`ladilar, ular bilan bozorga chiqadilar va boshqalar bilan iqtisodiy (pul) munosabatlarga kirishadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |