Microsoft Word Mavzu Iqtisodiy taraqqiyotda pulning roli
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
Eminov Dilshodbek Pul va Banklar mustaqil ishi
FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIM “IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR” KAFEDRASI Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) “ “PUL VA BANKLAR” FANIDAN MUSTAQIL ISHI Mavzu: « Iqtisodiy taraqqiyotda pulning ro’li. » Bajardi: 20.116- guruh talabasi Eminov Dilshodbek Qabul qildi: Maqsudov .Sh. Farg’ona - 2023 I-Mavzu: Iqtisodiy taraqqiyotda pulning roli Reja: 1. Iqtisodiyotning amal qilishida pulning tutgan roli 2. Kredit va uning turlari Insoniyat taraqqiyotining deyarli barcha bosqichlarida pul odamlarga iqtisodiy hayotni tashkil qilish vositasi bo`lib xizmat qilib kelgan va kelajakda ham shunday bo`lib qoladi. Har qanday jamiyatda ham ular pul topish uchun mehnat qiladilar va unga o`zlari uchun zarur bo`lgan moddiy va nomoddiy ne`matlar (tovarlar va xizmatlar) sotib oladilar. Xo`jalik aloqalari va bozor munosabatlarining rivojlana borgani sari pulning jamiyat hayotidagi roli ortib boradi. Tovar-pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining poydevorini tashkil qiladi. Shuning uchun ham pul muomalasini oqilona tashkil qilish va uning qadrsizlanishiga qarshi samarali chora- tadbirlarni amalga oshira berish davlat iqtisodiy siyosatida muhim o`rin tutadi. Pul ham aslida tovar bo`lib, u barcha tovarlarga xos bo`lgan xususiyatlarga ega. Shu bilan birga, uni boshqa tovarlardan ajratib turuvchi jihatlari ham mavjud. Birinchidan, har qanday tovar, odatda, kishilarning biron-bir ehtiyojini qondiradi, pul esa maxsus tovar hisoblanadi, shu bois u boshqa tovarlarga to`g`ridan-to`g`ri ayirboshlanish xususiyatiga ega. Har qanday tovarga ayirboshlanish, ya`ni insonlarning tovarlarga bo`lgan barcha ehtiyojlarini qondira olish qobiliyati pulni jozibador tovarga aylantiradi. Ikkinchidan, oddiy tovar aniq mehnat (etikdo`z, novvoy, dehqon, olim mehnati) mahsuli hisoblanadi. Pul ham aniq mehnat mahsuli, lekin ana shu mehnat natijasi (mahsulot yoki xizmat) ning sotishdan olingan ekvivalentdir. Uning iste`mol qiymati kishilarning muayyan jismoniy yoki ma`naviy ehtiyojlarini qondira olishda emas, balki tovarlar ayirboshlashda ishonchli vosita bo`la olish qobiliyatidadir. Inson hayotidagi muammolar ichida eng asosiysi pul topishdir. Aynan shu muammoni echish insonning barcha boshqa muammolarining aksariyatini hal etish kaliti hisoblanadi. Shuning uchun ham, ya`ni bosh muammoni hal qilish maqsadida odamlar tovar ishlab chiqaradilar, turli xizmat ko`rsatish bilan band bo`ladilar, ular bilan bozorga chiqadilar va boshqalar bilan iqtisodiy (pul) munosabatlarga kirishadilar. Bozorda ishlab chiqarish vositalari pulga sotib olinib, ular yordamida yaratilgan tovarlar pulga ayirboshlanib, iste`molga o`tadi. Tovarlar shaxsiy iste`molgami yoki ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun sarf etiladimi, baribir ularni harakatga keltiruvchi kuch puldir. Bozor munosabatlari sharoitida pul o`ta muhim iqtisodiy vositadir. U tufayli ishlab chiqarishning takrorlanishi amalga oshadi, iqtisodiy o`sishga erishiladi. Pul shaklidagi mablag`lar bozorda rerurslarga aylanadi, tovarlar sotilib, yana pulga aylantiriladi. Pulning insoniyat hayotidagi ahamiyati u bajarayotgan quyidagi vazifalarda o`z aksini topadi: Avvalambor, pul qiymat o`lchovi vazifasini bajaradi. Har qanday tovar ishlab chiqarilganda yoki xizmat ko`rsatilganda muayyan mehnat sarflanadi. Ana shu sarflangan mehnat bozor narxi orqali o`lchanib, pulda ifodalanadi. Tovarning bozordagi narxi orqali uni ishlab chiqarishga ketgan mehnat va barcha sarf-xarajatlarning nafaqat miqdori, balki sifati ham o`z o`lchovini topadi. YAxshiroq xomashyodan tayyorlangan tovarning sifati ham, odatda, yaxshiroq bo`ladi va binobarin, uning qiymati ham yuqoriroq bo`lgani uchun yuqori narxda sotiladi. Bunday tovarlar o`z egasiga ko`proq daromad (ya`ni pul) keltiradi. Tovarning bozordagi qadri, uning xaridorgirligi va raqobatbardoshliligi ham pul orqali o`z ifodasini topadi. Bozorga chiqqan tovar qancha yuqori narxda va tez o`z iste`molchisini topsa, bu narsa shu tovarning sifati yaxshiligidan va uning xaridorgirligidan dalolat beradi. Hech qanday tovar pul kabi bozordagi mahsulotlar va xizmatlarning qadr-qiymati va bahosini o`lchab bera olmaydi. Pulning ikkinchi vazifasi (yoki funktsiyasi) uning muomala vositasi ekanligidir. Chunki pul yordamida tovarni sotish, uni pulga almashtirish va bu pulga yana boshqa tovar sotib olish mumkin. Pul yordamida tovarni tovarga ayirboshlash (barter) bartaraf etiladi, oldi-sotdi ishlari ma`rifatlashgan, madaniylashgan holda va yuqori samara bilan amalga oshadi. Va nihoyat, pul jamg`arish vositasi vazifasini bajaradi, chunki pul boylik shakliga kirib, o`z egasiga kerak bo`lganda, xarid etish vositasiga aylanadi. Pul qog`oz yoki tanga bo`lgani uchun emas, balki o`zida mehnatni mujassamlashtirgani, unga hamma narsani xarid etish hamda saqlash mumkin bo`lgani uchun boylik hisoblanadi. Pul iqtisodiyotning samarali amal qilishini ta`minlovchi vosita sifatida, avvalambor, o`zi sog`lom bo`lishi, ya`ni uning qadri-qiymati barqaror bo`lishi kerak. Sog`lom bozor iqtisodiyoti pulga bo`lgan talab va taklifni muvozanatda bo`lishini taqazo etadi. Ammo ushbu muvozanat buzilsa, ya`ni pul keragidan ortib ketsa, u qadrsizlanadi, iqtisodiyot kasallikka uchraydi. Ishlab chiqarish hajmi, pul miqdori va pulning aylanish tezligi va narx o`rtasida uzviy bog`liqlik mavjud. Ishlab chiqarish o`smagan holda pul miqdori ko`paysa, bunga javoban narx oshadi. Agar ishlab chiqarish o`sib, pul ko`paysa, narx pasayadi. Kerakli pul miqdori faqat narxga qarab emas, balki iqtisodiyot ahvoliga va pulning aylanish tezligiga qarab belgilanadi. Iqtisodiy yuksalish yuz berganda, pul ko`p bo`lsa, uning tovar bilan ta`minlanishi ortadi, pul qadri tushmaydi. Ammo pul tez aylanib borsa, uning bir qismi ortiqcha bo`lib qoladi. Narxning pul miqdoriga ta`siri qisqa davrda sezilmaydi, uzoq muddatda namoyon bo`ladi. Agar pul miqdori iqtisodiy o`sishga monand ravishda ko`paysa, u qadrsizlanmaydi. Ishlab chiqarish hajmi, pul miqdori va pul oboroti o`rtasidagi muvozonat buzilsa, inflyatsiya yuz beradi. Keragidan ortiqcha pul ishlab chiqarish natijasida narxlarning to`xtovsiz o`sishi va pul birligining qadrsizlanishi inflyatsiya deb ataladi. Inflyatsiya asosida, odatda, pul talabi bilan tovar massasining bir-biriga nomuvofiqligi yotadi. Tovarlarga va xizmatlarga bo`lgan talab tovar aylanish hajmidan oshib ketadiki, bu narsa tovar ishlab chiqaruvchilar va uni etkazib beruvchilarning sarf-xarajatlari qanchaligidan qat`iy nazar, narx-navoning ko`tarilishi uchun sharoit yaratib beradi. Davlat byudjetining taqchilligi (davlat sarf- xarajatlarining ortib ketishi), haddan tashqari investitsiyalash (investitsiyalar hajmining imkoniyat darajalaridan ortib ketishi) sharoitida ishlab chiqarishning o`sishi va mehnat unumdorligining ko`tarilishiga qaraganda ish haqi ko`proq o`sadi. Natijada talab bilan taklif o`rtasidagi muvozanat buziladi, pulning qadrsizlanish jarayoni sodir bo`ladi. Pul inflyatsiyasining sabablari asosan quyidagilardir. Birinchidan, ko`p hollarda Markaziy bank tomonidan noto`g`ri pul siyosatining o`tkazilishi va natijada tovarlar bilan ta`minlanmagan pulning muomalada paydo bo`lishi. Masalan, iqtisodiy o`sishning pasayishining oldini olish yoki fond birjasida aktsiyalar kursining tushib ketishini to`xtatish maqsadida Markaziy bank pul taklifini ko`paytiradi, ya`ni pul emissiyasi amalga oshadi. Ikkinchidan, byudjet taqchilligi ham muqarrar ravishda pulning qadrsizlanishini keltirib chiqaradi. To`g`ri, pul siyosati bo`lmagan hollarda bunday taqchillikni qoplash uchun yangi pullar chiqarilib, xo`jalik oborotiga kiritiladi. Uchinchidan, bozorlarning monopollashuvi, ya`ni raqobatning yo`qligi inflyatsiyaning avj olishiga sabab bo`ladi. Monopoliyalar bozordagi narx-navoni yuqori belgilab, tovarlarni ishlab chiqish va taklif etishni ham kamaytirishga harakat qiladilar. Bu narsa umumiy talab bilan taklif nisbatiga salbiy ta`sir o`tkazadi va ular o`rtasidagi nomutanosiblikni kuchaytiradi. Ulardan tashqari inflyatsiyaga tashqi omillar ham ta`sir qiladi. Masalan, xomashyo va energoresurslar bahosining ko`tarilishi, xorijiy sarmoyalar (kreditlar) foiz stavkasining ortishi, xalqaro ahvolning tanglashuvi va hokazo. Shuni aytib o`tish kerakki, pulning qadrsizlanishi erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida yuqorida ko`rsatib o`tilgan sabablar tufayli, albatta, sodir bo`lib turadigan hodisadir. Bunday sharoitda uni jilovlab turish va iqtisodiyot taraqqiyoti hamda xalqning turmush darajasiga ta`sirini kamaytirib turish har qanday davlatning muhim vazifasi hisoblanadi. U yoki bu mamlakat iqtisodiyotida chuqur inqiroz sodir bo`lsa, u holda inflyatsiya ham chuqurlashadi yoki boshqacha qilib aytganda, uning jilovi davlat qo`lidan chiqib ketadi. O`z paytida tegishli choralar ko`rilmasa, giperinflyatsiya sodir bo`ladi, ya`ni pulning qadrsizlanishi oyiga 50 foizdan ortib ketadi. Shu narsani ham ta`kidlab o`tish joizki, mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o`tishning eng dastlabki va og`ir yillarida ham giperinflyatsiyaga yo`l qo`yilmadi. Buning asosiy omili bo`lib O`zbekistondagi kuchli antiinflyatsion (inflyatsiyaga qarshi) siyosat xizmat qiladi. Birinchidan, ishlab chiqarishni jonlashtirish, ya`ni uning o`sishini rag`batlantirish choralari ko`rildi. Xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Ikkinchidan, pul massasining ortishini cheklash yoki to`xtatib qolish choralari ko`rildi. Shu maqsadda pul daromadlari: ish haqi, nafaqa, pensiya va boshqa to`lovlarning o`sishi ustidan nazorat kuchaytirildi, ortiqcha pulni tovar bozoridan qaytarish uchun bankka qo`yiladigan depozit pullarga bank to`laydigan foizlar oshirildi. Pul deganda, biz, odatda, ko`z bilan ko`rish va qo`l bilan ushlash mumkin bo`lgan qog`oz yoki tanga pullarni tushunamiz. Biroq bu pulning bir turi, ya`ni naqd pullardir. Shu bilan bir vaqtda naqd bo`lmagan pullar ham mavjud bo`lib, ular aholining bank depozitlarida, kredit kartochkalarida, korxona, firma va tashkilotlarning bank hisob raqamlarida turuvchi pullaridir. Bu pullarni naqd bo`lmagan pullar deb yuritiladi. Undan tashqari aholining bankka qo`ygan pullari doimo ko`payib boradi. XULOSA Insoniyat taraqqiyotining deyarli barcha bosqichlarida pul odamlarga iqtisodiy hayotni tashkil qilish vositasi bo`lib xizmat qilib kelgan va kelajakda ham shunday bo`lib qoladi. Har qanday jamiyatda ham ular pul topish uchun mehnat qiladilar va unga o`zlari uchun zarur bo`lgan moddiy va nomoddiy ne`matlar (tovarlar va xizmatlar) sotib oladilar. Xo`jalik aloqalari va bozor munosabatlarining rivojlana borgani sari pulning jamiyat hayotidagi roli ortib boradi. Tovar-pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining poydevorini tashkil qiladi. Shuning uchun ham pul muomalasini oqilona tashkil qilish va uning qadrsizlanishiga qarshi samarali chora-tadbirlarni amalga oshira berish davlat iqtisodiy siyosatida muhim o`rin tutadi. Pul ham aslida tovar bo`lib, u barcha tovarlarga xos bo`lgan xususiyatlarga ega. Shu bilan birga, uni boshqa tovarlardan ajratib turuvchi jihatlari ham mavjud. Birinchidan, har qanday tovar, odatda, kishilarning biron- bir ehtiyojini qondiradi, pul esa maxsus tovar hisoblanadi, shu bois u boshqa tovarlarga to`g`ridan-to`g`ri ayirboshlanish xususiyatiga ega. Har qanday tovarga ayirboshlanish, ya`ni insonlarning tovarlarga bo`lgan barcha ehtiyojlarini qondira olish qobiliyati pulni jozibador tovarga aylantiradi. Ikkinchidan, oddiy tovar aniq mehnat (etikdo`z, novvoy, dehqon, olim mehnati) mahsuli hisoblanadi. Pul ham aniq mehnat mahsuli, lekin ana shu mehnat natijasi (mahsulot yoki xizmat) ning sotishdan olingan ekvivalentdir. Uning iste`mol qiymati kishilarning muayyan jismoniy yoki ma`naviy ehtiyojlarini qondira olishda emas, balki tovarlar ayirboshlashda ishonchli vosita bo`la olish qobiliyatidadir. Inson hayotidagi muammolar ichida eng asosiysi pul topishdir. Aynan shu muammoni echish insonning barcha boshqa muammolarining aksariyatini hal etish kaliti hisoblanadi. Shuning uchun ham, ya`ni bosh muammoni hal qilish maqsadida odamlar tovar ishlab chiqaradilar, turli xizmat ko`rsatish bilan band bo`ladilar, ular bilan bozorga chiqadilar va boshqalar bilan iqtisodiy (pul) munosabatlarga kirishadilar. Bozorda ishlab chiqarish vositalari pulga sotib olinib, ular yordamida yaratilgan tovarlar pulga ayirboshlanib, iste`molga o`tadi. Tovarlar shaxsiy iste`molgami yoki ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun sarf etiladimi, baribir ularni harakatga keltiruvchi kuch puldir. Bozor munosabatlari sharoitida pul o`ta muhim iqtisodiy vositadir. II-Mavzu: Pulning mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari Reja: 1. Pulning mohiyati 2. Pulning o’ziga xos xususiyatlari Pulning iqtisodiy mohiyati xususida iqtisodiy adabiyotlarda turli ta'riflar va talqinlar mavjud bo'lib, uning mohiyatiga nisbatan yagona yondashuv mavjud emas. Chunki, jamiyatda xo'jalik yuritish tuzumining va ijtimoiy - iqtisodiy sharoitning o'zgarishi pulning mohiyatini turlicha talqin etilishini talab etmoqda. Jumladan, iqtisodchi olimlar va soha mutaxassislari pulni - iqtisodiy kategoriya sifatida, qiymat o'lchovi vositasi, umumekvivalent tovar, maxsus tovar, ayirboshlash vositasi ekanligini e'tirof etadi. Pul jamiyatda sodir bo'layotgan ijtimoiy iqtisodiy munosabatlarda, jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, bozordagi talab va taklif asosida tovarlar bahosini aniqlashda bevosita qatnashishi uning mohiyatini namoyon qiladi. Pulning iqtisodiy mohiyati va uning zaruriyatiga xorij iqtisodchilari alohida e'tibor qaratgan bo'lmasalarada, iqtisodiy nazariyachilarning asarlarida unga nisbatan berilgan fikrlarini uchratish mumkin. Masalan, A.Smit pulni iqtisodiy kategoriya darajasiga ko'tarib, unga «pul - bu muomalaning buyuk g'ildiragi», «savdo-sotiqning yuksak quroli» sifatida ta'rif beradi. D. Yum A. Smitning pul xususidagi qarashlariga e'tiroz bildirib, «Pul bu - savdo - sotiqning g'ildiragi emas, balki u yog', shu savdo sotiq g'ildiragini erkin va yumshoq yurishiga imkoniyat yaratadigan vositadir degan fikrni bildiradi. Rossiyalik iqtisodchi olimlar ham pulning iqtisodiy mohiyatiga alohida e'tibor qaratishgan. Jumladan, iqtisod fanlari doktori, professor B.I.Sokolov pulning mohiyatiga «pul mehnat taqsimoti chuqurlashib borayotgan ushbu jamiyatda tovarlarni ayirboshlash va to'lovlarni amalga oshirish ishlarini yengillashtiradi» deya ta'kidlaydi. 0'zbekistonlik iqtisodchi olima Sh.Z.Abdullayeva pul, kredit va banklar masalasiga bag'ishblangan iqtisodiy adabiyotlarda pulning mohiyatini ochishda uchta jihatiga e'tibor qaratish lozimligini ta'kidlaydi. «Birinchidan, pulning iste'mol qiymatida boshqa tovarlarning qiymati o’z aksini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq mehnat asosini abstrakt mehnat tashkil etadi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo'ladi. Shunga asoslangan holda, pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo'lgan maxsus tovar degan xulosaga kelish mumkim. Iqtisod fanlari doktori, professor O.Yu. Rashidov va boshqalar ishtirokida nashrdan chiqarilgan darslikda «Pul - bu umumiy ekvivalent sifatida qo'llaniladigan universal tovarning alohida turi bo'lib, boshqa barcha tovarlarning qiymati u orqali ifodalanadi. Pulning maqsadi bozorga oid o'zaro harakatlarning transaksion xarajatlarini tejashdan iborat. Pulning iqtisodiy mohiyati xususida fikrlari eramizdan oldingi davrda yashagan Aristotel (er. oldingi 384 - 322 yy.), keyinchalik sarkarda Aleksandr Makedonskiy kabi buyuk shaxslar tomonidan qoldirgan manbalarda ham ko'rish mumkin. Pul - iqtisodiy kategoriya bo'lib, barcha tovarlar uchun umumekvivalent vazifasini bajaradigan maxsus tovardir. Shu bilan birga pul faqat ayirboshlash jarayonida zarur bo'ladigan, hukumat tomonidan o'rnatiladigan to'lov vositasidir. Boshqa tovarlar singari pul ham kishilar tomonidan jamg'ariladi. Kishilar tovarlarni sotish va xizmatlarni ko'rsatish orqali uni «sotib» oladi yoki jamg'aradi. Pulning vujudga kelishi kishilik jamiyati sivilizatsiyasining buyuk kashfiyotlaridan xisoblanadi. “Pul” deb nomlangan maxsus tovarning paydo bo’lishi natijasida odamlar o’rtasida ayirboshlash bilan bog’liq ziddiyatlar va extiyojlarning bir biriga mos kelmasligi, kabi muommolar barxam topdi. Pulning vujudga kelishi , uning evolyutsion rivojlanishi , nazariyasi, moxiyati va funksiyalari xaqida xorijiy va maxalliy iqtisodchi olimlar , nazariyachilar , mutaxasislar juda ko’p ilmiy asarlar , maqolalar va tadqiqot ishlari yaratgan. Hozirgi kunda ham ushbu jarayon davom etmoqda. Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun qadimda odamlar o’rtasida ro’y bergan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirish jarayoniga e’tibor qaratish lozim. Chunki, aynan mana shu tabiiy ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan biz kundalik hayotda va xisob – kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning vujudga kelishiga zamin yaratadi. Xususan, pulning vujudga kelishiga quyidagi omillar asos bo’lib xizmat qiladi: -qadimgi davrda odamlar o’z ehtiyojini ortib qolgan iste’mol maxsulotlari turib qolmasligi va saqlashning imkoniyati bo’lmaganligi bois ularni o’zlariga yaqin yoki tanish odamlarga bergan, bu o’z – o’zidan odamlar o’rtasida stixiyali ravishda bir tomonlama ayirboshlash munosabatlari vujudga kelishiga sabab bo’lgan; -keyinchalik odamlarning ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish tarzi rivojlanganligi natijasida, ikki tomonlama ayirboshlash munosabatlari vujudga kela boshladi. Bu davrda, kishilarda o’ziga zarur bo’lmagan buyumning o’rniga nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga berishi lozimligini anglay boshladilar. Bularning barchasi dastlab stixiyali ravishda sodir etilib, bu odamlarning kundalik uchun zarur bo’lgan buyumlar, oziq-ovqatlar, kiyim-kechaklar va boshqa extiyojlarni qondirish natijasida ro’y bergan. Bu davr ishlab chiqarish usulining natural xo’jalik tizimi davriga borib taqaladi. Ma’limki, natural xo’jalik tizimidan ilgarigi davrda xar bir kishi kunlik extyoj uchun zarur bo’lgan maxsulotni mustaqil ravishda ishlab topganligi bois, ular o’rtasida ayirboshlash munosabatlariga extiyoj bo’lmagan. Yuqorida qayd etilgan ikki omil kishilar o’rtasida ayirboshlash munosabatlarining shakillanishiga zamin yaratadi, natijada odamlar ixtiyoridagi ortiqcha maxsulotni o’zi uchun zarur bo’lgan boshqa maxsulotga ayirboshlashga extiyoj seza boshlaydi. Ayirboshlash- bu kishilarning istak – xoxishlari va extiyojlari maxsuli sifatida amalga oshiriladigan jarayon bo’lib, buning natijasida, tomonlar extiyojini qondirish maqsadida ixtiyoridagi narsadan vos kechib, zarur bo’lgan narsaning o’rniga berishdir. Ayirboshlash kishining extiyoji bo’lgan buyumga ega bo’lish imkoniyatini beradigan jarayondir. Demak ayirboshlash “A” va “B” tomonlar o’rtasidagi o’zaro kelishuv natijasida sodir bo’lgan jarayon bo’lib, “A” o’ziga tegishli tovar yoki xizmatni “B” tomonning tovar yoki xizmati uchun berishdir. Modomiki ushbu almashuv jarayoni ikki tomonga xam iqtisodiy jixatdan foydali bo’lib “A” tomon vos kechgan tovar yoki mahsulot o’rniga o’zi uchun zarur bo’lgan, undan ham foydaliroq tovar yoki xizmatni oladi. Shuningdek natura ho’jalikning rivojlanib borishi, jamiyatda mehnat taqsimotini shakillanishiga olib kelgan. Vaqt o’tishi bilan odamlar o’rtasida maxsulot ayirboshlash jarayoni rivojlanib, ishlab chiqarishning ixtisoslashuv jarayoni ro’y bera boshlagan. Xususan pulning vujudga kelishida chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi, keyinchalik hunarmandchilikning shakillanishi juda muhum ahamiyat kasb etdi. Ushbu davrda odamlar o’rtasida mahsulotlarni faol ayirboshlash jarayoni boshlandi. O’sha davrdagi ayirboshlash munosabatlarini faollashtirishga asosiy omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkun: - ishlab chiqarishning natural xo’jalik shaklidan tovar ishlab chiqarish shakliga o’tishi; - ishlab chiqaruvchi subektlarning bir- biriga o’zaro bo’liqligining vujudga kelishi ; - ayirboshlash jarayonida tovarlar ekvivalentligining ta’mnlanganligidir. Pulning muhim xususiyati shundaki, u ham boshqa tovarlar singari qiymatga va iste`mol qiymatga ega bo`lishi bilan birga boshqa barcha tovarlarga qarama-qarshi turadi. Bu bir tomonda pul, ikkinchi tomonda boshqa tovarlar. Pulning iste`mol qiymati shuki u o`z funksiyasini bajarib iqtisodiyot mushkulini oson qiladi (vositachi sifatida). Umuman pul insoniyat kashfiyotlari ichida eng oddiy, eng tushunarli bo’lib hisoblanadi. Insoniyatning butun yutuqlari ham, fojialari ham pul bilan bog`liqdir. Inson faoliyatini eng muhim xarakatga keltiruvchi kuchlardan biri pul bo`lib kelgan va shunday bo`lib qoladi. Taniqli davlat arboblaridan biri ta`kidlaganidek, «Davlatni o`rni uni qancha soldati yoki pushkalarini qudrati bilan emas, balki milliy valyutaning mustahkamligi bilan belgilanadi». Bunga shuni qo`shimcha qilish mumkinki, korxonaning mavqeyi unda necha kishini ishlashi, ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori bilan emas, balki uning moliyaviy barqarorligi bilan belgilanadi. Umumiy ekvivalent ro’lini uzoq yillar davomida oltin bajarib kelgan bo’lsada, tovar xo’jaligining va pul muomalasinig rivojlanishi qog’oz pullar, boshqa kredit vositalri, yuzaga kelishiga, kredit va pul mablag’larining bankda bir schyotidan ikkinchi schyotiga o’tkazilishi kabi jarayonlar bo’lishiga olib kelgan . Pul qanday shakilda bo’lishidan qat’iy nazar - u pul bo’lib qoladi. Pul to’g’risida evolyutsion nazariya uning o’lchov birligi va muomala vositasi ekanligini ochib beradi. Chet el iqtisodchilari pulning iqtisodiy kotegoriya sifatida mohiyati va zarurligiga kam e’tibor berishgan. 1857 yillarda taniqli ingiliz iqtisodchi U.djevons iqtisodiy fanlar uchun pul masalasi - bu geometriyadagi aylana kvadraturasiga teng demakdir degan ekan. Shuning uchun chet el iqtisodchilari bu bobni chetlab o'tishgan. 50 -yillardagi darslikning avtori pulning mohiyatidan ko'ra uni iqtisodga, ishlab chiqarish va bandlik, moddiy resurslar va ulardan foydalanishga ta'sirini organish muhimroqdir deb ta'kidlashgan va ko'p chet el olimlari shu yo'nalishda ish olib borishgan. Hozirgi vaqtda pul to'risida bizda mavjud chet el adabiyotlarida ko'rilgan masalalar bu fikrimizning isboti bo'lishi mumkun. XULOSA Pulning iqtisodiy mohiyati xususida iqtisodiy adabiyotlarda turli ta'riflar va talqinlar mavjud bo'lib, uning mohiyatiga nisbatan yagona yondashuv mavjud emas. Chunki, jamiyatda xo'jalik yuritish tuzumining va ijtimoiy - iqtisodiy sharoitning o'zgarishi pulning mohiyatini turlicha talqin etilishini talab etmoqda. Jumladan, iqtisodchi olimlar va soha mutaxassislari pulni - iqtisodiy kategoriya sifatida, qiymat o'lchovi vositasi, umumekvivalent tovar, maxsus tovar, ayirboshlash vositasi ekanligini e'tirof etadi. Pul jamiyatda sodir bo'layotgan ijtimoiy iqtisodiy munosabatlarda , jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, bozordagi talab va taklif asosida tovarlar bahosini aniqlashda bevosita qatnashishi uning mohiyatini namoyon qiladi. Pulning iqtisodiy mohiyati va uning zaruriyatiga xorij iqtisodchilari alohida e'tibor qaratgan bo'lmasalarada, iqtisodiy nazariyachilarning asarlarida unga nisbatan berilgan fikrlarini uchratish mumkin. Masalan, A.Smit pulni iqtisodiy kategoriya darajasiga ko'tarib, unga «pul - bu muomalaning buyuk g'ildiragi», «savdo-sotiqning yuksak quroli» sifatida ta'rif beradi. D. Yum A. Smitning pul xususidagi qarashlariga e'tiroz bildirib, «Pul bu - savdo - sotiqning g'ildiragi emas, balki u yog', shu savdo sotiq g'ildiragini erkin va yumshoq yurishiga imkoniyat yaratadigan vositadir degan fikrni bildiradi. Rossiyalik iqtisodchi olimlar ham pulning iqtisodiy mohiyatiga alohida e'tibor qaratishgan. Jumladan, iqtisod fanlari doktori, professor B.I.Sokolov pulning mohiyatiga «pul mehnat taqsimoti chuqurlashib borayotgan ushbu jamiyatda tovarlarni ayirboshlash va to'lovlarni amalga oshirish ishlarini yengillashtiradi» deya ta'kidlaydi. 0'zbekistonlik iqtisodchi olima Sh.Z.Abdullayeva pul, kredit va banklar masalasiga bag'ishblangan iqtisodiy adabiyotlarda pulning mohiyatini ochishda uchta jihatiga e'tibor qaratish lozimligini ta'kidlaydi. «Birinchidan, pulning iste'mol qiymatida boshqa tovarlarning qiymati o’z aksini topadi. Ikkinchidan , pulda ifodalanadigan aniq mehnat asosini abstrakt mehnat tashkil etadi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo'ladi. Shunga asoslangan holda, pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo'lgan maxsus tovar degan xulosaga kelish mumkim. Iqtisod fanlari doktori, professor O.Yu. Rashidov va boshqalar ishtirokida nashrdan chiqarilgan darslikda «Pul - bu umumiy ekvivalent sifatida qo'llaniladigan universal tovarning alohida turi bo'lib, boshqa barcha tovarlarning qiymati u orqali ifodalanadi. Pulning maqsadi bozorga oid o'zaro harakatlarning transaksion xarajatlarini tejashdan iborat. Pulning iqtisodiy mohiyati xususida fikrlari eramizdan oldingi davrda yashagan Aristotel (er. oldingi 384 - 322 yy.), keyinchalik sarkarda Aleksandr Makedonskiy kabi buyuk shaxslar tomonidan qoldirgan manbalarda ham ko'rish mumkin. Pul - iqtisodiy kategoriya bo'lib, barcha tovarlar uchun umumekvivalent vazifasini bajaradigan maxsus tovardir. Shu bilan birga pul faqat ayirboshlash jarayonida zarur bo'ladigan, hukumat tomonidan o'rnatiladigan to'lov vositasidir. Boshqa tovarlar singari pul ham kishilar tomonidan jamg'ariladi. Kishilar tovarlarni sotish va xizmatlarni ko'rsatish orqali uni «sotib» oladi yoki jamg'aradi. Pulning vujudga kelishi kishilik jamiyati sivilizatsiyasining buyuk kashfiyotlaridan xisoblanadi. “Pul” deb nomlangan maxsus tovarning paydo bo’lishi natijasida odamlar o’rtasida ayirboshlash bilan bog’liq ziddiyatlar va extiyojlarning bir biriga mos kelmasligi, kabi muommolar barxam topdi. Pulning vujudga kelishi , uning evolyutsion rivojlanishi , nazariyasi , moxiyati va funksiyalari xaqida xorijiy va maxalliy iqtisodchi olimlar , nazariyachilar , mutaxasislar juda ko’p ilmiy asarlar , maqolalar va tadqiqot ishlari yaratgan. Hozirgi kunda ham ushbu jarayon davom etmoqda. Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun qadimda odamlar o’rtasida ro’y bergan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirish jarayoniga e’tibor qaratish lozim. Chunki, aynan mana shu tabiiy ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan biz kundalik hayotda va xisob – kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning vujudga kelishiga zamin yaratadi. III-Mavzu: Pul shakllari va turlarining evolyutsiyasi Reja: 1. Pulning shakllari 2. Pulning turlari “Tanga” (money – lot.) tushunchasi bizlarga Qadimiy Rimdan kirib kelgan. Rim ma’budasi Yunona, lotinchadan tarjima qilinganda “ogohlantiruvchi” yoki “maslahatchi” ma’nosini beradigan, Money – tanga vakolatiga ega bo‘lgan. Aynan ushbu ma’buda ibodatxonasi yonida metall pul tayyorlaydigan ustaxonalar mavjud bo‘lgan. Mazkur ustaxonalar mahsulotini tanga – money deb atashgan, ingliz tilida “money” so‘zidan pulning umumiy nomi hosil bo‘lgan – money. Insoniyat asrlar osha o‘z holatini pul bilan bog‘lab kelgan. Insonning qancha puli ko‘p bo‘lsa u o‘z kelajagidagi yorqin hayotga shuncha ko‘p ishongan. Xalq orasida pul bilan bog‘liq irim-sirimlar ko‘plab uchraydi, har millatning o‘zini irimlari mavjud. Masalan, Rus xalqlari orasida bahorda qushlarni ilk sayrashini savdogarlar cho‘ntagida tanga bilan tinglashgan. Cho‘ntakda tanga bilan qushlar sayrashini tinglash yilni omadli kelishidan darak bergan, moboda qush sayragan vaqtda cho‘ntakda tanga bo‘lmasa yil omadsizlik va ziyon ko‘rish bilan o‘tadi deb hisoblangan. Noyob shakldagi pullar Dastlab pul vazifasini qimmatbaho mahsulotlar bajargan: marjonlar, yungli jonivorlar terisi, qimmatbaho chig‘anoqlar, qimmatbaho metalldan tayyorlangan buyumlar, qo‘y va tuyalar. Hozirgi kunda ham ayrim mamlakatlar ba’zida noyob shakldagi pullarni muomilaga kiritib turadi. Yaqinda Somali banki piramida, yumaloq, to‘rtburchak, silindr shaklidagi hajmli tangalarni muomalaga chiqardi. Beninda nasha bargi shaklidagi pullar muomalaga chiqarildi. Raundda bo‘lsa maymun aks ettirilgan uch hajmli tangalar chiqarildi. Eng katta tangalar Kanada Banki “Chinor bargi” deb nomlangan 100 kilolik oltindan yasalgan ulkan tanga chiqardi. Bunday tangadan atiga besh dona chiqarildi. “Bil Fil” nomli 31 kilolik tangani Avstriyada chiqarishdi, ular 15 dona edi. Dastlabki pullar Xitoyda paydo bo’lgan Qog‘oz pullar bizning eramizdan avvalgi 812 yilda paydo bo‘lib — ular Xitoyda yaratilgan edi. O‘sha paytlardagi pullar asosan xar-xil rituallar vaqtida ishlatilgan xolos. Xozir esa ular umuman boshqa maqsadlarda qo‘llanilmoqda. Umrbod qarzdorlar Keltlar ( xind-evropoid qabilalari — eramizdan 1500-1000 yllarda g‘arbiy va markaziy yevropa xududida istiqomat qilishgan ) pullarga nisbatan g‘ayrioddiy munosabatda bo‘lishgan. Ular o‘z yaqinlaridan tez-tez qarzga pul so‘rashgan va olgan qarzlarini albatta narigi dunyoda qaytarib berishni va’daqilishgan. Xamma banknotlar xam qog’ozdan tayyorlanmaydi Malayziyada, Vetnamda va Avstraliyada qog‘oz pullar qog‘ozdan tayyorlanmaydi. Ularni tayyorlash uchun yupqa plastikadan foydalaniladi, chunki bunday xolatda pullar o‘zining mustaxkamligi va bakteriyalarni to‘plamasligi bilan ajralib turadi. 100 000 dollarlik banknot Ushbu banknot qachonlardir Amerikada chiqarilgan. U oddiy odamlarga berilmagan, faqatgina moliya muassasalari o‘rtasidagi xisob- kitoblardagina foydalanilgan. Ma’lumot uchun, uni chiqarish 30 000 dollarga tushgan. Pullarda reklama 2004 yilda Amerikada banknotlarga reklama joylashtirish xaqidagi qonun loyixasi taklif qilingan edi. Lekin bu taklif qo‘llab-quvvatlanmadi, lekin qachonlardir bu g‘oya amalga oshirilishi extimoldan xoliemas.Tangalarda portretlarni zarb qilinishi Qadim zamonlardan buyon xukmdorlarning portretini pullarga zarb qildirish odat tusiga kirgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, birinchilardan bo‘lib, bu fikr Aleksandr Makedonskiyning kallasiga kelgan. Tangalar yordamida u o‘z ismini abadiylashtirishga qaror qilgan. Dunyodagi eng yirik banknot Ko‘pchilik bugungi kunda yirik banknotlardan eng ommalashgani 100 dollar deb xisoblashadi. Lekin, aslida esa, talab 500 yevroli banknotga yo‘naltirilmoqda. Eng yirik tanga Kanadada 100 kg og‘irlikdagi ulkan tilla tangani ishlab chiqarilgan. U «Zarang bargi» degan nomni olgan bo‘lib va uning 5 ta nusxasi mavjud. Avstriyada esa 31 kg vaznga ega bo‘lgan, «Big Fil» deb nomlangan 15 ta tanga ishlab chiqarishga muvaffaq bo‘lishgan. Numizmatikaning,paydobo’lishi,Mazkur turdagi kolleksionerlik faqatgina 19 asrdagina ommaviy tus oldi. Xozir ko‘pchilik odamlarga bu nafaqat xobbi, balkim foydali biznes xamdir. Noyob tangalar turli auksionlarda g‘oyatda qimmatbaxo narxlarda sotiladi. Elektron pullarning tarixi Naqdsiz pullar allaqachon banklar tomonidan ishlatib kelinmoqda, lekin insonlar ulardan o‘tgan asrning 90- yillaridagina, foydalana, boshlashdi. Avvaliga ko‘pchilik unga ishonchsizlik bilan munosabatda bo‘lishdi. Endi esa xayotni so‘m plastik kartalarisiz, bankomatlarsiz va elektron pullarsiz tasavvur qilish amri maxol bo‘lib qoldi. Qog‘oz pul Qog‘ozli pulni dastlab taxminan 1000 yil ilgari, qog‘ozning vatani - Xitoyda kashf qilishgan, keng ommaga bo‘lsa ikki asrdan so‘ng tarqala boshlagan Pulning qadrsizlanishi Pul qiymati har doim qimmatbaho metall narxi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan, chunki oltin va kumush narxi doimo oshib boradi deb hisoblangan. Biroq Amerika kashf qilingandan so‘ng Yevropaga arzon kumush oqib kela boshladi va bu holat kumush pul qiymatini qadrsizlantirib yubordi. Shuningdek pul infilyasiya davrida, Davlat o‘z xarajatlarini qoplash uchun hech narsa bilan (oltin) ta’minlanmagan pul bosib chiqarishni yoki asossiz kreditlar berganda qadrsizlanadi. Eng keng tarqalgan pul qog'oz puldir. Ular deyarli dunyoning barcha burchaklarida qo'llaniladi Kundalik hayot... Ularni chiqarish huquqiga faqat davlat ega. Qog'oz pullarning asosiy vazifalari shundaki, ular to'lov vositasi va ayirboshlash vositasidir. Qog'oz pullar qiymat belgisi bo'lib, uning mohiyati mamlakat byudjeti taqchilligini qoplashdan iborat. Banknot - bu faqat ma'lum bir davlatning markaziy banki tomonidan chiqarilgan qog'oz pullar. Qanday turdagi pullar mavjudligi haqida gapirganda, kredit pullarini eslatib o'tmaslik mumkin emas. Ularning paydo bo'lishi sanoatning barcha turlarining rivojlanishi va rivojlanishi bilan bog'liq, bunda sotib olish va sotish jarayoni bo'lib-bo'lib to'lash, kreditlash bilan amalga oshiriladi. Bunday holda, ular qarzni ma'lum vaqt ichida amaldagi pul bilan to'lash majburiyatidir. Pulning keyingi turi veksellardir. Ular qarzdorning so'zsiz yozma majburiyatini ifodalaydi. Hisob-kitob ma'lum bir miqdorni o'z vaqtida to'lashni va o'tkazishni kafolatlaydi belgilangan joy... Vekselning ikki turi mavjud - oddiy, u to'g'ridan-to'g'ri qarzdor tomonidan chiqariladi va kreditor tomonidan qarzdorga beriladigan o'tkazuvchan ("loyiha" deb ham ataladi). Dunyoda pulning ikkita asosiy turi mavjud: Yaroqli pul, ya'ni. nominal qiymati ularning haqiqiy (ichki) qiymatiga mos keladigan pullar. Bu pul turiga oltindan yasalgan quyma va tanga shaklidagi pullarni misol qilib keltirish mumkin (qarang). Ilk davrdagi pul tizimlarining aksariyati real pullar asosida ishlagan (qarang). Fiat pul, ya'ni. haqiqiy qiymati, qoida tariqasida, ularning nominal qiymatidan sezilarli darajada past bo'lgan pul. Masalan, ishlab chiqarish qiymati 100 ga teng dollar banknotasi 10 sentdan kam. Fiat pullari barcha zamonaviy pul tizimlarining asosidir. Pul jamiyat taraqqiyotining ma'lum bir bosqichida paydo bo'lgan (qarang), ayirboshlash jarayonida ma'lum bir vositachi tovar paydo bo'lib, u universal o'lchov rolini o'ynay boshlagan yoki, aytganda, ayirboshlangan qiymatning ekvivalenti. tovarlar. Tarixiy jihatdan eng qadimgi pul turi - tovar pullari shunday paydo bo'lgan. XULOSA Har bir iqtisodiy kategoriyada amal qiluvchi hamda mamlakat rivojlanishining asosiy dastaklaridan biri pul bo’lib, bozor iqtisodiyotiga o’tish va unda ish yuritishda pulning mavqei va ahamiyati yanada oshib boradi. Darhaqiqat , pul - «bozor tili» deb bekorga aytishmagan. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to’lovlar, daromadlar va xarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida pulning ahamiyatining oshishi shundaki, jamiyatimizda mavjud yuridik va jismoniy shaxslar faoliyati hamda ularning natijasi daromadi pul bilan bog’liq. Shuning uchun ham, pul barcha iqtisodiy rivojlanish pog’onalarida odamlarni o’ziga jalb qilib kelgan. Avstraliyalik iqtisodchi olim K. Mengerning fikricha, Arastu va Aflotundan boshlab XX asrning boshigacha pul to’g’risida jahonda besh-olti mingdan ortiq maxsus ishlar chop qilingan. Agar biz, hozirgi kunda pul to’g’risida yozilgan va chop qilingan adabiyotlar soni bir necha marta oshib ketgan , desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Tadqiqotlar shunchalik ko’p bo’lishiga qaramasdan, pul va uning xususiyatlari, har bir tizimda ishlatilishi, roli, iqtisodiyotga ta’siri, nega alohida olingan individumlar qo’lida pulning ko’payishi, ular boyligining ko’payishiga olib keladiyu, jamiyat miqyosida muomaladagi pul massasining ko’payishi jamiyat boyligi ortib borishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, degan savollarga hali to’liq javob berilgan emas. Pul va uning vazifalari to’g’risida mavjud xorijiy mamlakatlar iqtisodchilarining qo’llanmalarini olib qaraydigan bo’lsak, pulning kelib chiqishi to’g’risida ikki xil g’oya mavjudligini ko’rishimiz mumkin. Bular ratsionalistik va evolyutsion g’oyalardir. Ratsionalistik qarashning asoschilaridan biri Arastu bo’lib, u pulning kelib chiqishining asosini o’zaro bir-biriga teng qiymatni harakatga keltiruvchi biror bir maxsus «qurol», kishilar orasida o’zaro kelishuv natijasida qabul qilingan shartli birlik ekanini aytadi. O’zaro tovarlarni almashtirishda pul qatnashmaganda, tovarni sotish jarayoni tovarni sotib olish jarayoni sifatida yuzaga kelgan. Tovarlar o’rtasidagi proportsiya tasodifan, masalan, sotilishi kerak bo’lgan mahsulotga talab qay darajada va uning miqdori kam-ko’pligiga bog’liq holda o’rnatilgan. Keyinchalik, shu tovarlar ichidan umumiy ekvivalent sifatida ba’zi tovarlar ajralib chiqdi. Jamiyatning rivojlanishi muomalaga metallarning kirib kelishiga olib keladi. IV-Mavzu: Pul nazariyalari Reja: 1. Pul nazariyasi to’g’risida tushuncha 2. Pulning metallik nazariyasi Pul nazariyalari - pul tabiati va pulning ishlab chiqarishni shakllantirishga ta’siri haqidagi nazariyalardir. Bu nazariyalar kapitalistik ishlab chiqarish,usuligacha,bo’lgan davrda vujudga keldi. Kapitalistik ishlab chiqarish usuli davrida, pul-tovar munosabatlari xo’jalik sohasining hamma tarmoqlarini qamrab olgan davrdagina pul nazariyasi keng tarqaldi. Pul va uning sotib olish quvvati orasidagi munosobat pul nazariyalarining markaziy masalalaridan biri bo’lib kelgan. Xullas, iqtisodchilarning pulning mohiyati, uning funktsiyalari va pul muomalasiga bo’lgan qarashlari pul nazariyalarini keltirib chiqardi. Ilk tarihiy pul nazariyalari sifatida nominallik va metallik nazariyalarini keltirishi mumkin. Kapitalizm taraqqiyoti bilan birga bu nazariyalar ham o’zgarib yangi, miqdoriy nazariyaning paydo bo’lishiga asos bo’ldi. Hozirgi kunda monetarizm va iqtisodni pul-kredit,munosobatlari,orqali,tartiblashtirish nazariyalari ham mavjud. Ammo eng asosiy pul nazariyalari sifatida metall, nominal va miqdoriy pul nazariyalari tadqiqot qilib kelinmoqda. Pul nazariyalarining kelib chiqishiga asosiy sabab ishlab chiqarishning taraqqiy etishi va pul muomalasining taraqqiyotdan ma’lum darajada oqsashini oldini olish va uni rivojlantirish masalasi hisoblanadi. Qo’l mehnatidan manifakturaga, manifakturadan sanoat ishlab chiqarishiga o’tilishi bilan xalq xo’jaligida mehnatning integratsiyalashuvi ham kuchaya bordi. Buning natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar orasidagi pullik munosabatlar ham murakkablasha boradi. Feodalizmgacha bo’lgan naqd pullik munosobatlar bu davr talablariga javob bera olmay qoldi. Buni biz Evropadagi XV asrdagi «pul ocharchiligidan» dan ko’rishimiz mumkin. Xuddi shu davrdan boshlab pul nazariyalari to’g’risidagi ilk fikrlar yuzaga keldi. Bu nazariyalarning o’sha davrdagi muammolarini echishdagi roli beqiyos bo’ldi. Ilk bor vujudga kelgan pul nazariyalari Pulning metallik nazariyasi kapitalning dastlabki davrida taraqqiy etdi. Moneta tarkibini buzish (monetaning og’irlik miqdorini kamaytirish)ga qarshi kurashda progressiv rol o’ynadi. Bu nazariyalar o’sha davr ruhi va tuzilayotgan burjuaziya ehtiyojlarini aks ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullari tarfdori bo’lib chiqdilar. Bu nazariya o’sha davr kapitalizmining eng rivojlangan davlati Angliyada maydonga keldi. Metallik nazariyaning asoschilaridan biri U.Stefford (1554-1612y.) edi. U o’z qarashlarini o’zining Londonda 1581 yilda chop etilgan «Vatandoshlarimizning ba’zi odatiy arizalarining qisqartmasi» asarida bayon etdi. Bu oqim tarafdorlari Angliyada T.Men (1571-1641y.), D.Nors (1641-1691y.), Frantsiyada bu ta’limotni A.Monkreten (1575-1621y.), Italiyada F.Tamani (1728- 1787y.) va boshqalar rivojlantirdi. Ularning fikricha barqaror metall valyuta jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining muhim shartlaridan biridir. Jamiyat a’zolarining jamg’arishga bo’lgan intilishi iqtisodchilarning boylikning manbaini o’rganishlariga sabab bo’ladi. Ular bu manbani savdodan izladilar. Ularning e’tirof etishlaricha aktiv savdo balansi mamlakatga oltin va kumushning kelishini ta’milaydi. Shunday qilib, ilk metallik nazariyasi tarafdorlari jamiyat boyligini qimmatbaho metallar bilan almashtirib, ular pulning hamma funktsiyalarini bajaradi deb hisoblar edilar. Ilk metall nazariya tarafdorlarining asosiy kamchiliklari qo’yidagilardan iborat edi: ilk metallchilar haqiqiy pullarni qiymat belgilari bilan almashtirish zarurligi maqsadga muvofiq kelishini tushunib etmadilar; ilk metallchilar pulning jamiyat taraqqiyotida tovar muomalasi asosida yuzaga kelgan tarixiy kategoriya ekanligini tushunmadilar; ular jamiyat boyligi deb qimmatbaho metallarni jamg’arishni tushundilar va «bunday boylik manbai savdodir» degan noo’rin fikrga keldilar. Ular jamiyat boyligi mehnat natijasida vujudga keladigan moddiy va ruhiy qadriyatlar yig’indisi ekanligini tushuna olmadilar. Ilk metallik nazariyasi targ’ibotchilari savdo burjuaziyasi manfaatlarini himoya qilib chiqqan edilar. XVIII asr oxiri va XIX asrning birinchi yarimiga kelib sanoat burjuaziyasi manfaatlarini qondira olmagan metallik nazariyasi o’z mavqesini yo’qotdi. Ammo XIX asrning ikkinchi yarimiga kelib nemis iqtisodchisi, tarixiy maktab vakili K.Knis (1821-1898 y.) bu nazariyani himoya qilib chiqdi. Bu g’oyaning qayta tiklanishiga 1871-1873 y. da Germaniyaga kiritilgan oltin tanga standarti sabab bo’ldi. K.Knis targ’iboti metallchilar nazariyalarini yangi sharoitga moslashtirdi. Knis pul sifatida faqatgina metallni emas, balki markaziy bank banknotalari ham e’tirof etdi. Bu paytga kelib xo’jalikda asosiy rolni kredit o’ynay boshladi va bu oltin monetalar bilan birga muomalada bo’lgan va ularga almashtiriladigan banknota emissiyasining asosini tashkil etdi. K.Knis banknotalarni tan olgan holda hech nima bilan ta’minlanmagan qog’oz pullarga qarshi chiqdi. Uning fikricha pul muomalasi metal bilan ta’minlangan banknotalar va metal monetalarga asoslanishi shart. Qog’oz pullar uning fikricha, xuddi «qog’oz bulka» kabi ma’nosiz narsadir. K.Knis ta’kidlashicha oltin o’z tabiatiga ko’ra puldir. Birinchi jahon urushidan so’ng metallizm tarafdorlari oltin moneta standartni qayta tiklash mumkin emasligini tan olib o’z nazariyalarini himoya qilish maqsadida oltin quyma standart va oltin deviz standartga asoslangan banknota ishlab chiqarishini yoqlab chiqdilar. 1. Oltin tanga standarti. Oltin standarti birinchi marta 18-asrda Angliyada va 19-asrning oxirlarida boshqa mamlakatlarda joriy etildi. Bu standart oltin monometalizmi deb ham ataldi. Oltin tanga standarti oltin standartining ilk ko’rinishidir. Bu standart birinchi jahon urushi boshlanishiga qadar hukm surdi. Oltin tanga standartga xos bo’lgan belgilar qo’yidagilardan iborat bo’lgan: tovarlarning baholari faqatgina oltinda o’lchanardi; oltin tanganing muomalada bo’lishi; davlat xazinasi tomonidan cheklanmagan,miqdorda,moneta,zarb,qilinishi;kredit pullarini ularni nominali bo’yicha oltinga erkin almashtirilishi; oltinni olib kirish yoki olib chiqishning ta’qiqlanmanligi; ichki bozorda oltin moneta va banknotalar bilan birga haqiqiy qiymatga (ya’ni, to’la,haqiqiy,qiymatga),ega,bo’lmagan paytda chaqalar va ma’lum kursga ega bo’lgan davlat qog’oz pullarining muomalada bo’lishi. Bu pul tizimi mustahkam pul tizimi bo’lib, inflyatsiyani inkor etar edi. Muomala uchun zarur bo’lmagan oltin miqdori yana xazina ko’rinishiga qaytar edi. Ammo kapitalizmning krizisi davrida bu muvozanat izdan chiqdi. Ikkinchi jahon urushi davrida AQSh dan boshqa urushayotgan davlatlar banknotalarni oltinga almashtirishini va oltinni chetga olib chiqishni bekor qilindi. Oltin muomaladan surib chiqarilib xazinaga aylantirildi. AQShda esa oltin monetalar 1934 yilga qadar muomalada bo’ldi. Oltin quyma standart Birinchi jahon urushidan keyin 20-yillarda ba’zi mamlakatlarda oltin quyma standart joriy qilindi. Bu standartning oltin tanga standartdan asosiy farqi shunda ediki, muomaladagi banknotalar 12-12,5 kg. atrofidagi oltin quymalarga almashtirilardi. 12,5 kg. lik quymaga banknotani almashtirish uchun Angliyada 1700 ft. st., Frantsiyada 215 ming fr. talab qilinar edi. Bu bilan oltin muomaladan xalqaro oborotga chiqarildi. Ichki oborotda esa bunday imkoniyatga faqatgina yirik firmalar va puldorlar ega bo’lib qoldilar xolos. Oltin deviz standart Oltin quyma standartga kirmagan mamlakatlarda banknotalarni bevosita oltinga almashtirish tiklanmadi. Bu mamlakatlar o’z kredit pullarini oltin quyma standartga kiruvchi mamlakatlarning devizlariga (ya’ni valyutalariga) almashtirishini mo’ljallangan edilar. Bu bir mamlakat valyutasining ikkinchi davlat valyutasiga bog’liqlarini keltirib chiqarar edi. Pul sitemasining bu ko’rinishi oltin deviz standart nomini oldi. 1929-33 yillardagi jahon krizisidan keyin barcha mamlakatlarda oltin deviz standartning ba’zi elementlarini oltin dollar standart o’zida olib qoldi. Bu standartning o’ziga xos xususiyati shunda ediki; birinchidan, bu standartdan foydalanish huquqi faqatgina chet el emission banklari uchungina saqlab qolingan edi, ikkinchidan, bu standartda faqatgina AQSh dollarigina oltin bilan aloqasini saqlab qolgan edi xolos. 1971 yil dekabr oyidan boshlab dollarning oltin pariteti bekor qilinishi bilan oltin standartning barcha ko’rinishlari o’z kuchini yo’qotdi. Oltin standarti barbod bo’lishi va iqtisodiyotni davlat ishtirokida boshqarilishiga o’tilishi bilan metall pul nazariyasining o’rni boshqa nazariya bilan almashtiriladi. Neometalizmoimining asosiy kamchiligi shundaki, ular iqtisodni davlat tomonidan boshqarilishi bilan oltinga almashtirilmaydigan kredit pullar orasida ichki bog’lig’ini e’tiborga olmadilar. Pulning nominallik nazariyasi Nominalizm quldorlik tizimi davridagi faylasuflar ta’limotida yuzagakelgan bo’lib, bu ilk nominalizmdir. Birinchi nominalistlar tanga tarkibini buzish (tanganing og’irlik miqdorini kamaytirish)ni ko’r-ko’rona madh etuvchilar bo’lganlar. Emirilib ketgan tangalarni teng qiymatli tangalar bilan muomalada bir xilda yurganligiga asoslanib, ular pulning metall miqdori emas, balki uning nominali muhimdir deb da’vo qilib chiqdilar. Nominalizm XVII-XVIII asrlarda pul muomalasi to’la qimmatga ega bo’lmagan tangalar bilan to’lgan davrda shakllandi. Xuddi shu to’la qimmatga ega bo’lmagan tangalar (qog’oz pullar emas) ilk nominalizmning asosida yotar edi. Xuddi metallizm nazariyasi singari ilk burjua nominalizm vakillari ham Angliyadan chiqdi. Bular episkop, faylasuf-idealist Dj.Berkli (1683-1753y.) va iqtisodchi Dj.Styuart (1712-1780 y.) lardir. Nominalistlar quyidagicha xulosaga keldilar: pulni davlat bunyodga keltiradi; pulning qiymati unda ko’rsatilgan nominali bilan aniqlanadi. Xuddi shu bilan bu nazariya nominalizm deb atala boshlandi. Nominalizmning asosiy xatosi shundaki, bu nazariya bo’yicha pulning qiymati davlat tomonidan aniqlanar emish. Dj. Berkli pul aslini olganda marka, uning qanday materialdan yasalganligining va nimani aks ettirishining qanaqa ahamiyati bor degan g’oyani oldinga surdi. Xuddi shu bilan u mehnat qiymat nazariyasini va pulning tovarlik tabiatini rad etdi. Pulning umumiy qiymat ekvivalenti sifatida ob’ektiv ravishda paydo bo’lish mohiyatini tushunmay, nominalistlar uning qiymati davlatning sub’ektiv xohishi va irodasiga bog’liq dedilar. Nominalistlar pulning qiymat o’lchovini va baholar masshtabiniaralashtirib yubordilar. Dj.Styuart pulni teng bo’lgan bo’laklardan iborat masshtab deb aniqladi. Shu bilan birgalikda geografik masshtabni tushunish va ishlatish mumkin agar, buning asosida masofa mavjud bo’lsa; mahsulot og’irligini o’lchash mumkin, agar u qandaydir og’irlikka ega bo’lsa; shu kabi pul ham qiymat o’lchovi funktsiyasini bajaradi, agar u tovar bilan qandaydir hamjinslikka ega bo’lsa, deb uqtirdi. Nominalizmning keyingi rivojlanishi (asosan Germaniyada) XIX asrning oxiri va XX asrning boshiga to’g’ri keladi. XULOSA Pul – bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo’lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o’zida aks ettiradi va tovar xo’jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. Pul o’z taraqqiyotida quyidagi 4 bosqich va 4 shaklga ega bo’lgan ekan: 1. Tovar shaklida - “qo’yma” asrimizdan oldingi VII – asrgacha 2. Tanga pullar – “tanga” asrimizdan oldingi VII-XIX - asrlar 3. qog’oz pullar – “banknot” XIX-XX asrlar 4. Elektron pullar – “kartochka” XX – asr o’rtalarida 5. Jamiyat taraqqiyoti shunday amalga oshadiki, unda bir tomondan ma’lum bir iqtisodiy munosabatlar, aloqalar avvalgi tizim bilan vorislikni ta’minlaydi. Ikkinchi tomondan, jamiyatni olg’a eltuvchi yangi munosabatlar, aloqalar vujudga keladi. Uchinchidan, shunday iqtisodiy munosabatlar, aloqalar borki, ular jamiyatdagi o’zgarishlarga moslashgan xolda tizim rivojlanishiga katta ta’sir etib, ularni bir-biri bilan bog’laydi. Ana shunday munosabatlar Tovarpul munosabatlaridir. Ijtimoiy xo’jalik yuritishning tarixan ikki shakli mavjud. Birinchisi natural xo’jalik yuritish bo’lib, u eng uzoq davr (hozirgi paytda ham uchraydi) davom etgan. Ikkinchisi Tovar xo’jaligi bo’lib, u iqtisodiyotning rivojlangan bosqichiga xos. Ular bir-biridan farq qiladi. Tovar xo’jaligining eng katta farqi, mahsulot bozorda sotish uchun ishlab chiqariladi va tovar deb ataladi. Iqtisodiyotda yuz beradigan munosabatlar tovar, uni ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq munosabatlar bo’lib, shuning uchun tovar va uning xususiyatlarini, u haqdagi nazariyalarni o’rganish muhim ahamiyatga ega. Bu nazariyalarning eng asosiylari: qiymatning mehnat nazariyasi - klassik nazariya, me’yoriy naflilik nazariyasi – marjinal nazariya, sintez nazariyasi – Marshallning nazariyasidir. Bu nazariyalarning asosiy maqsadi ma’lum bir tovarga narx qanday belgilanishininazariy jihatdan asoslab berishdir. Tovar ishlab chiqarish bilan bog’liq holda pul kelib chiqar ekan, uning kelib chiqishi haqida ham qator nazariyalar borki, bu masalaga yondashuvga ko’ra umumiy ravishda ikkiga: ratsionalistik va evolyutsion yondashuvgv bo’lish mumkin. Birinchisi sub’ektiv psixologik yondashuv bo’lib, pulning kelib chiqishi kishilar o’rtasidagi kelishuv tufayli yuz bergan degan fikr bildirsalar, ikkinchisi esa pud jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining mahsuli deb ko’rsatishadi. Pul bozor itisodiyotining eng universal, eng yuqori likvidli vositasi bo’lib, qiymato’lchovi, muomala, jamg’arish funtsiyasini bajaradi. Dastlabki paytda pullar naqd pullardan iborat bo’lgan bo’lsa, tarixiy taraqqiyot davomida kredit munosabatlarini kelib chiqishi tufayli naqd bo’lmagan pullar ham ishlatiladigan bo’ldi. Hozirgi paytda mamlakatdagi barcha naqd va naqd bo’lmagan, «kvazi» pullar birgalikda pul massasini tashkil qiladi. V-Mavzu: Pulning nominallik nazariyalar Reja: 1. Pul tushunchasi 2. Pulning nominallik nazariyasi Nominal pul nazariyasi xususidagi tadqiqotlar natijasida ushbu nazariyani turlic ha nomlanishining guvohi bo‘ldik. Masalan, rus tilida pul nazariyasi haqida yo zilgan adabiyotlarda “nominallisticheskaya teorii deneg”, “metallicheskaya teori i deneg” tarzida, o‘zbek tilidagi iqtisodiy adabiyotlarda “pulning nominalistik na zariyasi”, “nominal pul nazariyasi” yoki “metall bo‘lmagan pul nazariyasi” tar zidagi so‘z birikmalarini uchratish mumkin. SHu bois, dastlab pulning “metall bo‘lmagan nazariyasi” haqida ayrim mulohazali holatlarni oydinlashtirib olish maqsadga muvofiq degan fikrga keldik. Metall bo‘lmagan pul nazariyasi turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin etilishining asosiy sabablaridan biri, pul na zariyasi to‘g‘risida yaratilgan iqtisodiy asarlarning deyarli barchasi xorijiy tillarda, asosan ingliz, nemis tillardan rus tiliga undan so‘ng esa o‘zbek tiliga o‘girilganligi da bo‘lsa kerak.Nominal pul nazariyasi tarafdorlari ushbu nazariyaning asosida qog‘oz pullar e’tirof etilishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, shuningdek nominal pul nazariyasining amal qilishining asosiy omili sifatida pul nominallarini,davla t tomonidan belgilanishi va uning ta’minlanishi ham davlat tomonidan am alga oshirilishini nazarda tutadigan bo‘lsak, nominal pul nazariyasini “qog‘o z pullar nazariyasi” tarzida ifodalash ham mumkin bo‘ladi. Nominal pul nazar iyasini “qog‘oz pul nazariyasi” tarzida yuritilishi uning aniqliligini, metall pul nazariyadan ushbu nazariyani, nominal pul nazariyasini qanday farqlari ma vjudligini ortiqcha qiyinchiliklarsiz,aniqlash imkonini beradi. Nominal pul nazariyasi xususidagi dastlabki qarashlarni quldorchilik, keyincha lik feodal tuzumi sharoitidagi qadimgi faylasuflar ta’limotlarida kuzatish mumkin. Pulning nominal nazariyasi XVII,VIII asrlarda, muomalaga haqiqiy bo‘lmagan metall pullar kiritilgan davrda shakllangan. Dastlabki nominal pul nazariyasining asosini qog‘oz pullar emas, balki haqiqiy bo‘lmagan tanga monetalar tashkil etgan. Pulning nominal nazariyasini ilgari surgan dastlabki iqtisodiy nazariya vakillari Dj.Berkli(1685,1780) va Dj.Styuart (1712,1780) hisoblanadi. Ularning nazariyalari asosida quyidagi ikkita holat yotardi: pul davlat tomonidan yaratiladi va pulning qiymati uning nominali bilan aniqlanadi. Pul birligining sotib olish qobiliyati uning nominali asosida, ya’ni qog‘oz pulda ko‘rsatilgan nominalqiymati bilan aniqlanadi. Nominal pul nazariyasi tarafdorlarining asosiy zaifligi shundaki, ularning ta’limotiga ko‘ra pulning qiymatini davlat belgilaydi. Bu bilan ular pulning mehnat mahsuli nazariyasi va tovar tabiatiga ega ekanligini inkor qiladi. Biroq bozor iqtisodiyoti sharoiti da pulning sotib olish qiymati talabva taklif asosida belgilanadi, shuningdek, milliy xo‘jalik doirasida to‘lov vositasini bajaradigan pullarning kursi xalqaro miqyosda amal qiladigan xorijiy valyutalarga bo‘lgan talab asosida o‘zgarib turadi. Nominalist pul nazariyasi vakillarining rivojlangan davri asosan XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga to‘g‘ri kelib,uning ko‘zga ko‘ringan tarafdorlarid an biri, nemis olimi G.Kna (1842,1926) hisoblanadi. G.Knappning pul nazariyasi ni, uning ta’limoticha ma’lum qiymatga ega bo‘lmagan monetalarda emasbalki xazina biletlari asosida asoslashga harakat qiladi. Nominal pul nazaryachilarining asosiy kamchiligi shundaki, ularning ta’limotida pulning qiymati davlat tomonidan belgilanadi degan g‘oya ilgari suriladi. Kredit pullar (veksellar, banknotalar, cheklar) esa ularning ta’limotida inobatga olinmaydi va e’tiborda n chetda qoldiriladi. CHunki kredit pullarning qiymati davlat tomonidan emas, balki ularning emitentlari tomonidan belgilangan nominal qiymatga ega bo‘lib, ushbu qiymat o‘zgarishga moyildir, ya’ni ularni muomalaga chiqargan emitentlar kredit pullarining dastlabki qiymatda saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar. Bizning nazarimizda, nominal pul nazariyasi vakillari qog‘oz pullarning qiymatini nafaqat oltin qiymatidan, balki tovarlar qiymatidan ham ajratib oldilar va ularning nominal qiymatining barqarorligi, sotib olish qobiliyati davlatning tegishli hujjatlari asosida aniqlanadi degan mantiqsiz g‘oyani ilgari sura dilar. Nominal pul nazariyasi vakillarining ta’limoti Germaniya tomonidan birinchi jahon urushini moliyalashtirish uchun muomalaga chiqarilgan katta miqdordagi emissiya jarayonida namoyon bo‘ldi. Biroq, ushbu ta’limotning haqiqatga yaqin emasligi Germaniyada 19,20 yillarda yuz bergan giprinflyasi ya sharoitida isbotlandi. Muomalaga asossiz ravishda emissiya qilingan juda katta miqdordagi qog‘oz pullar juda tez muddatda 700, 800 foiz darajasida inflyasiyaga uchrashi natijasida mamlakatda pul kredit, moliya tizimi izdan chiqdi. Buning natijasida ishlab chiqarishga bo‘lgan qiziqish pasayib, kishilar moddiy ne’mat yaratish hisobiga emas, balki mavjud moddiy ne’matlarni sotish hisobiga qo‘shimcha daromad olish payiga tushib qoldilar. CHunki ishlab chiqarish va qo‘shimcha moddiy ne’matlarni yaratish ma’lum darajadagi vaqtni talab etar, bu vaqtda esa ishlab topilgan daromad inflyasiya natijasida o‘zining qiymatini yo‘qotar edi. Tahlillar natijasi shuni ko‘rsatadiki, nominal pul nazariyasi iqtisodiyotning markazdan boshqarish tuzumi sharoiti va talabla riga mos keladi. CHunki ushbu tuzumda pulning nominal qiymati davlat tomoni dan o‘rnatilib, uning amal qilishi ham to‘liq nazorat ostiga olinadi. SHunda ushbu nazariya tarafdorlari tomonidan ilgari surilgan ta’limot o‘zini oqlaydi. Ta’kidlash joizki, markazdan boshqarish,tuzumi yoki markazdan rejalashtirish tu zumi sharoitida qog‘oz pullarning nominali davlat tomonidan o‘rnatilishi bilan birga, yaratilgan tovar moddiy qimmatliklarning bahosi ham yuqoridan belgilana di. SHu bilan birga,muomalaemissiya qilinadigan pulning miqdori, ularning haraka ti va amal qilish kabi barcha,jarayonlar ham davlat tomonidan rejalashtirilib, ushbu rejaning bajarilishi to‘lig‘icha tegishli organlar tomonidan nazorat qilib boriladi. Biroq, bozor iqtisodiyoti sharoitida nominal pul nazariyasini amaliy otga joriy etish va uning amal qilishining imkoniyati mavjud emas. CHunki davlat banklari tomonidan muomalaga emissiya qilingan pul belgilari tegishli talabva taklif asosida tovar moddiy qimmatliklarning bahosini belgilaydi. Uning sotib olish qobiliyatini mustahkam yoki zaif,bo‘lishi davlatning nazdidan anchagina yiroqda bo‘lib, davlat unga ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Bunday holat pulning miqdoriy pul nazariyasini vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. XULOSA Nominalizm quldorlik tizimi davridagi faylasuflar ta’limotida yuzaga kelgan bo’lib, bu ilk nominalizmdir. Birinchi nominalistlar tanga tarkibini buzish (tanganing og’irlik miqdorini kamaytirish)ni ko’r-ko’rona madh etuvchilar bo’lganlar. Emirilib ketgan tangalarni teng qiymatli tangalar bilan muomalada bir xilda yurganligiga asoslanib, ular pulning metall miqdori emas, balki uning nominali muhimdir deb da’vo qilib chiqdilar. Nominalizm XVII-XVIII asrlarda pul muomalasi to’la qimmatga ega bo’lmagan tangalar bilan to’lgan davrda shakllandi. Xuddi shu to’la qimmatga ega bo’lmagan tangalar (qog’oz pullar emas) ilk nominalizmning asosida yotar edi. Xuddi metallizm nazariyasi singari ilk burjua nominalizm vakillari ham Angliyadan chiqdi. Bular episkop, faylasuf-idealist Dj.Berkli (1683-1753y.) va iqtisodchi Dj.Styuart (1712-1780 y.) lardir. Nominalistlar quyidagicha xulosaga keldilar: pulni davlat bunyodga keltiradi pulning qiymati unda ko’rsatilgan nominali bilan aniqlanadi. Xuddi shu bilan bu nazariya nominalizm deb atala boshlandi. Nominalizmning asosiy xatosi shundaki, bu nazariya bo’yicha pulning qiymati davlat tomonidan aniqlanar emish. Dj. Berkli pul aslini olganda marka, uning qanday materialdan yasalganligining va nimani aks ettirishining qanaqa ahamiyati bor degan g’oyani oldinga surdi. Xuddi shu bilan u mehnat qiymat nazariyasini va pulning tovarlik tabiatini rad etdi. Pulning umumiy qiymat ekvivalenti sifatida ob’ektiv ravishda paydo bo’lish mohiyatini tushunmay , nominalistlar uning qiymati davlatning sub’ektiv xohishi va irodasiga bog’liq dedilar. Nominalistlar pulning qiymat o’lchovini va baholar masshtabini aralashtirib yubordilar. Dj.Styuart pulni teng bo’lgan bo’laklardan iborat masshtab deb aniqladi. Shu bilan birgalikda geografik masshtabni tushunish va ishlatish mumkin agar, buning asosida masofa mavjud bo’lsa; mahsulot og’irligini o’lchash mumkin, agar uqandaydir og’irlikka ega bo’lsa; shu kabi pul ham qiymat o’lchovi funktsiyasini bajaradi, agar u tovar bilan qandaydir hamjinslikka ega bo’lsa, deb uqtirdi. Nominalizmning keyingi rivojlanishi (asosan Germaniyada) XIX asrning oxiri va XX asrning boshiga to’g’ri keladi. Bu davr nominalistlarning asosiy namoyondalaridan biri G.Knap (1842-1926y.) edi. G.Knap o’zining «Davlat pul nazariyasi» (1905) asarida aytishicha pulning davlat tomonidan belgilanadigan sotib olish qobiliyati mavjud. Shu sababli ham pul davlat tomonidan yaratiladi. Bu nazariyani esa u davlat pul nazariyasi deb ataydi. Knapp va uning izdoshlari oldingi noministlardan farqli o’laroq o’z nazariyalarni to’la qimmatga ega bo’lmagan tangalarga emas, balki qog’oz pullargaasoslagan edilar. Knapp pul massasini tahlil qilishda davlat xazina biletlari vaalmashinadigan tangalarnigina e’tiborga oldi. Kredit pullari (veksel, chek, banknota) ni u alohida kategoriya deb qarab, o’z izlanishlaridan ularni chiqaribtashlaydi. Bu ularning katta xatosi edi. Nominalistlarning asosiy kamchiligi shundaki, ular pulning mohiyatini uning huquqiy asosidan izladilar. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling