Iqtisodiy terminlar


Tijorat va xususiy banklar


Download 19.64 Kb.
bet2/2
Sana09.06.2023
Hajmi19.64 Kb.
#1473789
1   2
Bog'liq
Iqtisodiy terminlar

Tijorat va xususiy banklar


Tijorat banki – tijorat asosida bank faoliyati, ya'ni mablag‘larni jalb qilish va kreditlarni taqdim etish, bank hisobvaraqlarini ochish va uni yuritish hamda to‘lovlarni o‘tkazish kabi amaliyotlarni amalga oshiruvchi kredit tashkilotidir. Tijorat banklari – bo’sh pulga (jamg‘armaga) ega va pulga muhtoj bo‘lganlar o‘rtasidagi vositachilardan biri hisoblanadi.
Tijorat banklari nima uchun kerak?
Tijorat banklari iqtisodiyotning “qon tomir tizimi” bo‘lib, aholi va biznesning to‘planib qolgan jamg‘armalarini taqsimlash orqali iqtisodiyotni zarur moliyaviy resurslar bilan ta'minlaydi. Bu vositachilik iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan “yoqilg‘i” bilan ta'minlaydigan omilidir.
Vositachi sifatida tijorat banklari pul mablag‘laridan foydalanganligi uchun foiz to‘lash sharti bilan omonatlarni jalb qiladilar va ularni aholi va tadbirkorlarga kreditlar va investitsiyalar shaklida foiz evaziga taqdim etadilar.
O‘zbekistonda tijorat banki faoliyatini yuritish uchun Markaziy bank tomonidan beriladigan bank litsenziyasini olish zarur. Ushbu litsenziya muddatsiz va uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.

espublika Markaziy banki tomonidan O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, Halqaro moliya korporatsiyasi va Toshkent moliya instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminarda yaqinda qabul qilingan “Xususiy bank va boshqa moliyaviy tashkilotlar hamda ularning faoliyati kafolatlari to'g'risida”gi Qonunning mohiyati, undagi me'yorlar va talablar: ularni amaliyotga tadbiq etish mexanizmlariga bag'ishlandi. 


Unda tijorat banklari va boshqa moliya-kredit tashkilotlari, manfaatdor vazirlik va muassasalar vakillari hamda ekspertlar, olimlar ishtirok etdi.


Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyada moliya-bank tizimini yanada rivojlantirish, xususiy banklar hamda lizing, sug'urta kompaniyalari, mikrokredit tashkilotlari hamda boshqa shu kabi xususiy mulkchilikka asoslangan moliyaviy tashkilotlar faoliyatining huquqiy asoslarini yaratish orqali mazkur tizimda xususiy mulkka asoslangan kapitalning ishtirokini oshirishni ta'minlash katta ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlangan. Mazkur chora-tadbirlar bank va boshqa moliyaviy xizmatlar ko'rsatish sifatini oshirish va raqobatni kuchaytirish, yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan bozor infrastrukturasini barpo etishga ko'maklashadi.


Mazkur Qonunni qabul qilishdan ko'zlangan asosiy maqsad - xususiy mulkchilikka asoslangan xususiy banklar va moliya ins titutlari faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlarni tartibga solish, ularining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash, bank-moliya sohasiga xususiy kapitalni jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratish, bank xizmatlari va boshqa moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatni kuchaytirish, mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini yanada oshirish, shuningdek zamonaviy bozor infratuzilmani rivojlantirish uchun zarur sharoit yaratishdan iborat.


Yangi qonunda xususiy banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlarini tashkil etish asoslari, ularning faoliyati kafolatlari belgilab berilgan hamda ular faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldini olish hamda tekshiruvlarning kamaytirilishini belgilovchi normalar o'z aksini topgani. Huquq va majburiyatlari esa aniq ko'rsatib berilgan.


Qonunda xususiy bank va boshqa moliyaviy institutlar faoliyati kafolatlari – qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlari, mulk huquqi, ular faoliyatiga aralashmaslik, ko'rsatiladigan moliyaviy xizmatlar uchun haq to'lash miqdorini mustaqil belgilash, daromad (foyda)ni tasarruf etish erkinligi, axborotdan foydalanish huquqlarining aniq ro'yxati keltirilgan.


Shu bilan birga, qonunda xususiy bank va boshqa moliyaviy institutlari faoliyatini tekshiruvini yanada takomillashtirish hamda tekshiruvlar tartibini aniqlashtirish, ular tomonidan nazorat qiluvchi organlarning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilishi huquqi alohida belgilangan.




Seminarda so'zga chiqqan ekspertlar xususiy bank va boshqa moliyaviy institutlar faoliyatining huquqiy asoslari va ularni amaliyotda qo'llanilishning xususiyatlari haqida o'zaro fikr almashdilar. Mazkur Qonun mamlakatimizda samarali xususiy bank va boshqa moliyaviy institutlar tizimi yaratilishida muhim bo'g'in bo'lishini qayd etdilar.
Download 19.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling